Tutqunđź•·
15-episodeđź•·
《Oradan bir oy vaqt o'tgandi. Jaehyun Jeon farzandi sifatida yashay boshladi. Akasi bilan ham aloqalari yaxshi. Har xolda endi Reichel zerikmaydi. U uchun ham do'st bor... Yoonah esa bu uyda o'zini ortiqcha hisoblaydi. Har xolda o'tmishdagi xatolari uchun katta tavon to'lashi kerak!》
-Janob Jeon..)-eshikdan kirgan Jihunga so'zsiz tikildi Jeon
-haligi... yana ogohlantirishim kerak-ki, hisob raqamingizdan avvalgidek pul o'tkazilgan...)-Jihun
-nima?)-hayratini ochiq ko'rsatdi Jeon
-ha Janob, afsuski shunday. Bu gal ham avvalgidek miqdorda.. ya'ni 50.000$)-Jihun
-LANATI! BUNI QILISHGA KIM JUR'AT ETYAPTI O'ZI?)-Xonani to'ldirib baqirdi Jeon
-Janob.. bu avvalgi raqam orqali amalga oshirilgan...)-asta so'zlardi Jihun
-nima?
"AYNI SHU VAQTDA JEON XONADONI"
Reichel hovlidagi bog' oldiga chiqib ketdi. Unga sherik bo'lish uchun esa Jaehyun. Ular birga miriqib suhbatlashisharkan, uy ichida Yoonah qolgandi. Ayni fursat...
-qara anavi kuchukcha kapalak bilan o'ynayapti..)-qo'li bilan ishora qildi Jaehyun
-Yo Xudo! Ajoyib manzara. Buni muhrlash kerak. Telefonim? Qani u? Men hozir..)-Reichel turib uy ichiga kirib ketdi
U oshxona oldidan telefonini axtararkan telefon yuqori qavatda qolganligi esiga tushdi va tepa qavatga ko'tarildi
-Bu yerda nima qilyapsiz?)-savol bilan qarshisida aynan uning telefonini ushlagancha turgan ayolga yuzlandi Reichel
Ayol nima deyishni bilmay birdan telefonni yerga tashladi.
-nega telefonim sizning qo'lingizda?)- takror savolini qaytardi qiz
-men... u.. juda...uzoq jiringladi. Ha, shunga kim ekanligini bilish uchun..chiqqandim)-Yoonah
-nega unda uni sindirdingiz?)-Reichel
-uni sindirmadim! Tushib ketdi.. shunchaki qo'limdan sirg'alib ketdi)-Yoonah
-nimalar bo'lyapti?)-xonaga kirib keldi Jaehyun
-u meni telefonini sindirganlikda ayblayapti! Ha sindi ammo atayin qilmadim)-o'zini oqlashga tushdi ayol
-Rei??)-oyisiga e'ribor bermay qizga yuzlandi
-u meni telefonimni titkilayotgandi. Kelganimni ko'rganidan so'ng uni tashlab yubordi)-Reichel
-atayin qilmadim dedimku! SIRG'ALIB KETDI XOLOS!)-ovozini balandlatdi ayol
-unga baqirmang! Nega uni telefoni kerak bo'ldi sizga?)-Jaehyun
-unga qo'ng'iroq bo'lgandi men qaray dedim)-yoonah
-Sabab?)-Reichel
-qanday sabab? Sen tashqarida eding balki muhim qo'ng'iroqdir dedim)-Yoonah
-ahmoqona!)-yuzini ters burgancha g'o'ng'illadi Reichel
-Katta tezlikda shahar bo'ylab harakatlanayotgan mashina tez orada ko'zlangan manzilga yetib bordi. U dadil yurib kelarkan, xatto qadamlari ham odamning yuragiga qo'rquv sola olardi
-Nimalar bo'lyapti bu yerda?)-Jk
-keldingmi o'g'lim. Qara, sevgiling bilan ukang meni nohaq ayblashyapti! Meni yolg'onchiga chiqarishdi)-bir zumda ko'ziga soxta ko'z yoshi olgancha so'zlardi ayol
-nima bo'ldi?)-So'radi erkak
-men uning telefoni..)-hali gapini yakunlamasdan Jaehyun so'z boshladi
-balki, bu ertakni tugatarsiz a? Kimga keragi bor bu tomoshani? Nega aybingizni tan olmayapsiz?)-Jaehyun
-aybim uning telefoni qo'limdan tushib ketganimi? Shumi aybim?)-o'g'lining ortiga berkingancha gapirdi ayol
-siz atayin qildingiz... ammo bu ahamiyatsiz! Shunchaki, nega meni telefonim sizga kerak bo'lgani qiziq?!)- ayolga tik qarab gapirdi Reichel
-Kim bilan gaplashayotganingni bilasanmi o'zi?)-Jk
-ha! Doim meni aybdor qilib ko'rsatgan va o'zi suvdan quruq chiqqan ayol bilan!)-qiz shu qadar dadil so'zlardiki uning bilganlari va tahminlari hammasini ochiq qilishga qodir edi
-n.nima? N.nimalar deyap.san hoy?!)- Yoonah
-bu nima deganing?)-so'radi Jk
-adashmasam bugun ham hisobingizdan pul o'g'irlangan?)-Rei
-qayerdan bila qolding? Yoki nima aybingni tan olmoqchimisan?)-Jk
-aslida bu kimning ishi ekanligini ko'rsatmoqchiman! Aytingchi xonim nega telefonim kerak bo'ldi sizga?)- Rei
-ayttimku, qo'ng'iroq..)-Yoonah gapini yakunlamasdan Reichel gap qo'shdi
-yaxshi, buni eshittim endi rostini so'zlang)-yanada o'ziga ishonch ila gapirdi U
-qara Jungkook u xatto seni oldingda menga shunday muomala qilyapti!)- yana o'g'lini ishga soldi ayol
-men ham tushuntirishingizni talab qilaman!)- maqulladi Jaehyun
-aka, axir pullar qayerga ketgani qiziq emasmi siz uchun? Har xolda u sizning pulingiz?!)-jaehyun
-menga ochiq ayting! Buni siz qilmaganingiz haqida! GAPIRING!)- ayolning sukuti barchasini oydinlashtirgandi.
Jungkook bir so'z ham deya olmadi. Nima ham deya olardi axir, shuncha payt butkul begunoh odamdan shubxa qildi, aybladi, urdi xatto kurakda turmaydigan so'zlar aytdi. Ammo asl aybdorni doim yelkasi ortida saqladi. Endi esa yana bir bor aldangani uchun o'zini ahmoqlardek his etardi. U bag'rini ochdi va yaralandi! U katta xatoga yo'l qo'yganini ancha kech angladi
PovJungkook:
~Qalbingizdagi yaralarning birortasini dushmaningiz qoldirmagan..! Unda yaqinlaringizning hissasi katta!
-Turing, Sudya kelyapti!)-ijrochi bor ovozda baqirdi. Bu ogohlantiruvdan barcha o'rnidan qo'zg'aldi
-Men barcha arizalarni ko'zdan kechirdim. Ayblanuvchi Lee Yoonah farzandini voyaga yetmasidan avval qarovsiz qoldirganligi, xujjatlarsiz Londonda yashab kelayotgani va o'g'rilikda ayblanib 15yilga qamoq jazosiga mahkum etiladi! Muddatdan avval chiqish esa bekor qilinadi! Hurmat qiling, Sud hukmi bu!)-shundan so'ng sud zalida hech kim qolmadi