July 6

Killer 7-chapter🔪

7-chapter

-Aron...)-Yoongi mayda qadamlar bilan qizga yaqinlashdi.

Yoongi ayni damda juda sokin edi. Xuddiki qizga tasalli bermoqchidek.

-Ahvoling..yaxshimi?)-so'radi biroz tortinib.

Aron yelka qisdi ammo indamadi. U hali ham vaziyatni yengil qabul qila olmayotgandi.

Biroz avvalgi jasad...
Undagi vaxshiylik va Xat Aronning hayollarini chalkashtirib yubordi.

"Ho'sh detective?"

Qotil aynan Aronga murojat qilgandi. Va bu xavfli ekaligini Aron ich-ichidan his qilardi.

-Aron..?)-qizga yana yaqinlashdi Yoongi

Qiz esa boshini yuqori ko'tardi.
Xonada ulardan boshqa hech kim yo'q..

-menda..hammasi yaxshi..)-u yana ko'zlarini olib qochdi

-yolg'onni eplay olmas ekansan)-javob qildi Yoongi kinoyali ammo jiddiy ohangda

-Yur, seni uyga tashlab qo'yaman)-Yoongi ortiqcha hech narsa demasdan qizning joyidan qo'zg'alishini kutdi

Ammo...
Aron harakatlanmadi xuddi oyoqlari yerga mixlanib qolgandek.

-Aron?)-qayta chaqirdi Yoongi

-Ha..?)-Aron avvalgi gaplarni eshitmagandek erkakga o'girildi

-Senda chindan ish chatoq, ishonaver)-Yoongi endi oddiy gap bilan qizni olib keta olmasligini bildi va Aronning bilagidan ehtiyotkorlik bilan tutdi. Hech qanday bosimsiz!

-Meni eshit!)-u qizning ko'zlariga tik qarab davom etdi

-Xozir seni uyinga olib boraman. Biroz dam olasan va o'zinga kelganingdan so'ng ishga qaytaverasan. Meni tushundingmi?)-Yoongi qizning javobini kutardi

-Yaxshi..)-Aronning esa qarshilik qilish uchun ham holi qolmagandi

-Yoongi gaplashib olsak..?)-komissar mashina tomon ketayotgan Aron va Yoongining oldiga keldi

-Qaytganimdan so'ng Komissar)-Yoongi aniq so'zladi va qizni mashina tomon yetakladi. Aron Yoongiga biroz tayangan holda edi

-Ammo muhum ish)-qistovga oldi Komissar

-Xozir..)-erkak Aronni mashina ichiga joylashtirgach, Komissarning oldida to'xtadi.

-Tinchlikmi?)-Yoongi

-Men aniqlashtirib olishim kerak, bino ichiga jasad olib kirilguncha xodimlar qayerda edi? Nega hech kim sezmadi?)-Komissar biroz jahl va alam bilan so'zladi

-Men ham shunga qiziqyapman. Aniqlasangiz xabar bering.)-Yoongi endi ketmoqchi edi Komissar uni qaytadan to'xtatdi

-Aron menga xatni berayotganda qotil chapaqay ekanini aytgandi.. Ammo u qayerdan bila qoldi?)-Komissar

-Aron rasman ishga qaytganda o'zidan so'rab olarsiz)-u yana mashinasi tomon ketayotgandi ammo birdan ortiga qaytdi

-Aronni uyiga tashlagach, tezda qaytaman. Ungacha jasadga ham voqea joyidagi izlarga ham tegmay turishsin)-Yoongi qat'iyat bilan tayinlagach mashinaga o'tirib, ko'zdan g'oyib bo'ldi

-Janob..)-dedi Komissarning yoniga yaqinlashgan xodim sekingina

-Hmm)-javob berdi komissar oddiy tovush bilan ko'zlari esa hali ham Yoongining ortidan tikilgandi

-Boshliq Kim, yuqoridagi havo quvurlarini tekshirishimizni aytdi)-xodim sukut saqlab, Komissarning javobini kutardi

-Men tekshirishimni istayapsanmi Minho?)-biroz jahl bilan ovozini balandlatdi Komissar. Uning tajang ahvolda ekanligi kundek ravshan edi

-Ammo Janob quvurlar..?)-xodim hali gapini yakunlamasdan Komissar pasr ammo bo'g'iq ovozda so'zladi

-Bilaman, Minho, o'sha quvurlar olib boradigan ikkita joy bor. Biri- bo'limning orqa tomoni bo'lsa, ikkinchisi- Yoongining xonasi!

Aron o'z uyi yoniga kelgach, o'sha parishonlik bilan mashina eshigini ochdi

-O'zing eplay olasanmi?)-dedi mashina ichidan Yoongi

Aron eshikni yopar ekan, Yoongiga qaradi. Yuzidagi charchoq bilan majburan tabassum qildi va:

-Ha..rahmat)-u mayda qadamlar bilan uyiga ravona bo'ldi

PovAron:

-Men nega o'zimni bunchalik yomon his qilyapman? Men detective man axir! Bundan avval ham jasadlar bilan ishlaganman, qotillik joylarida bo'lganman. Ammo xozirgi vaziyat biroz boshqacha... aynan menga yo'naltirilgan xat bo'lmaganda ehtimol hozir ham yaxshi bo'larmidim?

Aron og'ir qadamlari bilan uy eshigini yopdi va kirish xonasidagi divanga o'zini tashladi

-Jin ursin, charchadim..)-ko'zlarini yumgancha so'zladi U..

Shu payt Aron hali uyquga ketishga ulgurmasdan deraza oynasiga nimadir qattiq urildi

-JIN URSIN!)-birdan qattiq qo'rqib ketgan Aron joyidan sapchib turdi. Xona chiroqlari o'chiqligi qizni yanada daxshatga tushirdi. Biroz avval Aron juda charchaganini bahona qilib chiroqlarni yoqmagandi

-Kim bor?)-qo'rquv bilan pichirladi Aron. U biroz balandroq gapirsa qarshisiga kimdur chiqib kelishidan qo'rqardi.

U qo'liga stol ustidagi gul tuvakni oldi

Va nafasini yutgancha oshxona tomon yurdi.
Aronning tuvak ushlab olgan qo'li hamon qaltirar, ammo qiz o'zida jur'at topib yurishda davom etardi

-Menda qurol bor!)-baqirdi Aron daxshat ichra. So'ng qo'lidagi tuvakni mahkam siqib qo'ydi.

Oddiy tuvak "qurol" bo'la olmasligini bilgan Aron ich-ichidan shu yolg'onga ishongisi kelardi.

Oshxona oldidagi oynaga yaqinlasharkan, ko'zlari kosasidan chiqib ketay derdi

Derazaga qon sachragandi.
Undan ham daxshatlisi - derazaga urilgan qush o'sha zahoti o'lgan, bo'ynida esa qonga bo'yalgan qog'oz osilgancha turardi

-Ming lanat...)-ko'ziga yosh to'lgan qiz pichirladi

Aron yana harakatsiz qoldi.

Qo'llari kuchliroq titradi va qo'lidagi tuvak sirg'ala boshladi.
Buni sezgan Aron tuvakni sekin stol ustiga qo'ydi va deraza tomon o'girildi.
U o'ylardi.. derazani ochgandan so'ng nima bo'ladi? U xavfsizmi?

Aron o'zini qo'lga olib, titrayotgan qo'lini deraza tutqichiga uzatdi. Bir zum qushning jasadiga qarab turdi va asta derazani ochdi

U avvaliga hech bir harakatsiz qotib turdi. Ko'zlari esa o'lik qushdan uzilmasdi. So'ng biroz ichidagi qo'rquvni yengib qush bo'ynidagi xatga qo'l cho'zdi.

Ixcham qog'oz..

Va undagi atiga ikkita jumla qizning yuragini battar qo'rquvga soldi

"Hayrli tun"

Aron qog'ozning unisi tarafini ham o'girdi ammo bundan boshqa narsa topa olmadi. Qotil shunchaki Aronga- qonli "tilak" qoldirgandi xolos...

Erta tong

Tong sahardan mahkamaga tashrif buyurgan Aron yana e'tibor markaziga tushib qolgandi. Sababi uning uyqusizlikdan shishgan ko'zlari va so'lg'in yuzi edi.

U katta bo'lim bo'ylab Yoongini qidirarkan, unga qaratilgan nigohlarga e'tibor qilmadi

-Hayrli tong detective)-qarshisiga chiqdi komissar

-Sizga ham komissar)-Aron xozir yuzi qanchalik tund ko'rinayotganini tahmin qilgach, lab uchida jilmaydi

-Tinchlik emasga o'xshaydi?)-dedi komissar ehtiyotkorlik bilan

-Yo'q, shunchaki yaxshi uxlay olmadim. Yoongi qayerda?)-so'radi atrofga bo'y cho'zgancha

-o'z xonasida..sizni kutayotgandik)-komissar

-Menimi? Yaxshi..)-Aron va komissar birgalashib xona tomon yurishdi va ogohlantirmay xonaga kirishdi

-Aron?)-so'radi Yoongi qosh chimirib. U Aronni uyida dam olyabdi deb o'ylagani tabiiy xol

-Nega hayratlanasan?)-Aron kelib kursiga o'tirdi va komissarga qaradi

-Nega meni kutayotgandingiz, komissar)-qo'llarini ko'ksiga birlashtirish barobarida gapirardi

-kecha bir narsa tufayli uxlay olmadim detective. Siz kecha menga xatni uzatayotib, qotil chapaqay ekanligini aytdingiz. Xo'sh, nega bu xulosaga keldingiz o'zi?)-komissar

Aron tushuntirish kerakligini payqadi.
U ko'ksiga birlashgan qo'llarini bo'shatdi va Komissarga chuqur tikildi

-Men detectiveman. Bundan avval ham shunday xatlar bilan ro'baro' kelgandim. Bu tahmin Komissar)-Aron juda yengil qilgan javobi konissarni qoniqtirmadi chog'i yana savol berishga tushdi

-Menga aynan nega bu tahminni qilganingiz qiziq!)-o'z savolida turib oldi U

Aron xo'rsindi va o'rnidan turdi

Ular yonida turgan oq monitor oldiga keldi va qo'liga qora rangli marker oldi. So'ng chap qo'lida yoza boshladi.
Uning xatlari notekis va tushunarsiz edi. Yozib bo'lgach, qarshisidagi erkakga yuzlandi

-Odatda inson o'zi o'rgangan narsada mukammal bo'ladi. Men o'ng qo'lda yozaman, shuning uchun chap qo'lda yozish men uchun noqulay. Yozuvimda esa o'ng tomonga og'ishlik bor. Qotilning nega aynan chapaqay ekanligi borasidagi tahminimga kelsak..)-Aron bir muddar jim qoldi va qo'lini cho'ntagiga olib bordi.

U qo'liga kichik qog'ozchani oldi.
Kecha, o'lik qush orqali jo'natilgan xabar..

Aron o'zini yo'qotib qo'ymaslik uchun chuqur nafas oldi va qog'ozni ko'rsatdi

-Qotilning yozuvida esa chap tomonga og'ishlik bor. Tahminimcha u bu xatni- o'ng qo'lida yozgan. Avval hech ishlatmagan qo'lida xat yozish unga ancha og'ir kelgan bo'lishi ehtimoldan holi emas ammo shuni aniq aytamanki, agar u bu kabi xatlarni ko'proq yozganida yozuv bunchalik notekis bo'lmasdi. Normal odam chap qo'lda yozganda shunday egri va notekis yozuv paydo bo'ladi, chapaqaylarda esa aksi!)-Aron gapini yakunlagach bir Komissar Hong ga bir Yoongiga qaradi

-Bu yangi xatmi?)-qog'ozni qo'liga oldi Yoongi

-ha.. kecha tunda qotil yozib qoldiribdi)-Aronning tanasi uvushdi

-Tunda? Nima sen qotilni ko'rdingmi?)-yanada havotir bilan so'radi Yoongi

-Yo'q, kecha sen ketganingdan keyin derazaga bir qush kelib urildi. Uning bo'ynida esa shu xat bor edi)-sokin ovozda gapirdi Aron

Komissar qoshlarini chimirdi

-Qush orqalimi?)-komissar

-ha..

-Bu odatiy qo'rqitish emas... Kim qilgan bo'lsa, ruhiy bosim o'tkazishni yaxshi biladi)-biroz o'ychan ammo qat'iy ohangda gapirdi Komissar Hong

-agar qush orqali bergan bo'lsa u senga juda yaqin...)-havotir bilan pichirladi Yoongi Aronga eshitilarli darajada past ovozda

-shundan havotirda edim..)-Aron yana ko'zlarini bir nuqtaga tikdi

-demak, endi uyingiz ham xavfsiz emas ekanda detective?)-komissar

-hayronman)-Aronning qisqa javoblari ahvoli hali ham yaxshi emasligini anglatardi

-nega xatda faqat "hayrli tun" degan?)-tushunolmay so'radi Yoongi

-U men bilan ruhan o'yin olib boryapdi... demak, U- men uchun "kimdir")-Aron shu payt ko'zlarini nuqtadan uzib, Yoongiga qaradi

Xonaga sukunat cho'kdi.

Hech kim javob bermadi.
Hatto Komissar Hong ham Arondan ko'z uzmadi.

Qotil kundaligi

<-Bu mening o'yinim. Unda esa kartalar tez ochilmaydi. Men so'nggi kartani tashlaganimda mag'lubiyatingizning yakuniy hukmi — o'lim bo'ladi>