May 29, 2025

Tutqun🕷

14-episode🕷

PovYoonah:
~Kamar zarbi? Sotilmasdim? Bular nima haqida gapiryapti o'zi? Bu qanday bema'nilik bo'ldi? Jungkook bu qizni uradimi? O'g'lim zo'ravon bo'lib voyaga yetdimi? Eh Mark.. meni kimlarning qo'liga yubording o'zi?

--Qadrli akam bunchalar beshafqat ekani xatto hayolimga ham kelmagandi...)-eshikdan kirib kelgan yosh yigit sohta tabassum qildi

-sen kim bo'lding?)-bir qoshini yuqori ko'tarib so'radi Jeon
-ukangiz... ismim Jeon Jaehyun)-yana o'sha sohta tabassumi bilan so'zladi U..

-Jeon? Ukam?)- Jungkook endi yo'nalishni eshik tomon burdi va yigitga yaqinlashdi

-nega oxirgi paytlar yaqin qarindoshlarim tez-tez yo'qlab qolishyapti?)-Jk
-bundan xabarim yo'q ammo mening tashrifim ancha avval bo'lishi kerak edi. Sizni uzoq kuttirganim uchun kechiring, Akajon!)-Jaehyun
-Asabimga tegma! Qanday akaa? Bu qanday maynavozchilik? Nima ahmoqqa o'xshaymanmi?)- g'azab bilan tishini g'ichirlatdi Jk
-nega asabiylashasiz? Ukangizni shu yo'sinda kutib olasizmi? Nahh, bu odob-ahloq qoidalariga zid!)-Jaehyun
-bunisi ham odob haqisa gapiradi Jin Ursin!)-u qo'li bilan peshonasini ushladi va ortga burildi. Jaehyun fursatdan foydalanib Yoonahga xitob qildi

-Ohh, qadrli onajonim! Sizni yana ko'rib turganimdan xursandman! Har xolda bu go'zal chehrangizni ancha yillar muqaddam ko'rgandim..)-Jaehyunning gaplari Yoonahni bezovta bo'lishiga sabab bo'ldi. Shu on Jungkook ukasiga qayta yuzlandi

-Seni ham tashlab ketganmi?)- so'radi U
-ha akajon, men ham sen kabi oddiy Yetimman!)-onasiga bir ko'z tashlab yuzini burdi
-Noto'g'ri vaqtda, noto'g'ri joyda tug'ilganim uchun butun umr tavon to'lashga majbur bo'lgan bolakayman! Ammo bir narsa qiziq. Oyijonim, agar sizga kerak bo'lmagan ekanmiz nega bizni dunyoga keltirdingiz? Baribir, mehr bera olmas ekansiz nega bizni ham qiynadingiz?)-Jaehyun

Uning so'zlari o'q kabi og'zidan otilar, har bir so'z Yoonahning qalbiga olovdek sanchilardi. Ammo na iloj, u bilardi. Bir kun farzandlari shu gapni aytishlari kerakligidan xabardor edi... har xolda bu uning aybi..!

-Bas qil! Bu yerga nima maqsadda kelding o'zi?)-Jungkook
-Birinchidan, yaqinlarimni ko'rmoqchi edim, ikkinchidan esa menda pul tugadi! Tomirimda Janob Jeonning qoni oqayotgan ekan menga ham biror narsa tegar deya keldim..!)-Dadil so'zladi yigit
-seni bor yo'qliging haqida dadam bilmagan, qayerdan ham senga ulush tegsin?)-Jk
-oyimning xabari bo'lganku, demak, dadam ham bundan xabardor edi..)-Jaehyun
-men seni qabul qilishni istamasamchi?)-so'radi Jeon
-Ukangizni ko'chaga olib chiqib qo'ymassiz? Har xolda ota-ona bir ukangizman?!)-Javob qildi yigit
-JIN URSIN! Hammasi jonimga tegdi! Yer tagidan chiqib kelayotgan yaqinlarim shu qadar to'ydirdiki, o'zimni yer tagiga tiqishmasa bo'lgani!)-u ukasining oldidan uzoqlashib, zina oldiga yaqinlashdi va bir so'z ham demay tinglayotgan qizning quloqlariga pichirladi

-bu gal qutulding, qushcham! Ammo unutma, biz bir xonada yotamiz!)-gapini tugatib, o'z xonasiga chiqib ketdi

《2 soatdan so'ng》

-Biz deyarli tengdoshmiz. Senga yaxshi do'st bo'laman. Menga ishon!)- butunlay samimiylik ila so'zladi Jaehyun
-ha, ammo bu juda murakkab! Ya'ni, mening hayot tarzim...)-yuzini oyoqlariga qaratib oldi Reichel
-men eshitishga tayyorman..)-Jaehyun
-maylimi, ertaga gaplashsak.. bugun juda charchadim)-Rei
-ha bemalol. Ammo avval bir narsani so'rashim kerak. U seni urdi to'g'rimi?)- yigit
-bu unchalik og'riqli emas.. havotir olma)-stuldan turish barobarida gapirdi qiz
-ammo sen bunga chidashga majbur emassan!)-Jaehyun
-men kettim. Hayrli tun)-Rei
-Hayrli tun..)-Jaehyun

Reichel

Erta tong

PovReichel:
~Kechagi Jaehyunning gaplari tun davomida hayolimdan ketmadi. "Sen bunga chidashga majbur emassan!" Majbur emasman, ammo men bosh ko'tarolmayman. Bunga haqqim yo'q. Ayni damda uning quliman! Narxim baholangan. Nima ham qila olardim? Hatto o'z haq-huquqlarim ham o'z qo'limda emas...!

~NONUSHTA

-Nega Rei tushmadi?)-stol atrofidan joy olarkan asta so'radi Jaehyun
-senga nima? Jimgina ovqatlan!)-buyruq ohangida gapirdi Jk
-nega ahamiyati bo'lmasin, u ham ovqatlanishi kerak. Kecha hech narsa yemadi.)-jaehyun
-u haqida qayg'urish senga qoldimi?)- g'azab uchqunlari chaqnayotgan o'tkir nigohi ila yigitga o'qraydi

-Hizmatchi, Reini nonushtaga chaqiring!)-u Jungkookning gapini beetibor qoldirgancha, hizmatchiga gapirdi

-LANATI!)-u qo'lidagi pichoqni stolga zarb bilan tashladi
-u mening ayolim! Nega sen unga qiziqib qolding o'zi? Bunga haqqim bor deb o'ylaysanmi?)-Jk
-men yomon ish qilmadim! U kasal bo'lib qoladi. U seni sevganing ekaniga aloqasi yo'q buni! Agar men qayg'urishimni istamasang, mendan avval o'zing qil!)-xuddi Jungkookdek gapirdi Jaehyun.

Jungkook bir zumda jim qoldi. Chunki, ukasining gaplari to'g'ri. Ammo o'zining hayolida Jk doimo HAQ!

-hayrli..tong..)-sekin zinalardan pastlab, oshxona tomon keldi qiz

-senga ham hayrli tong. Nega homushsan?)-jilmayib so'radi Jaehyun
-yo'q, hammasi yaxshi.)-u ko'z qiri bilan Jk ga nazar tashladi

-men kettim!)-Jk o'rnidan turib uyni tark etdi
-unga e'tibor berma, qani o'tir ovqatlanamiz)-jilmayib gapirdi yigit
-ha qornim juda och. Unga e'ribor berishni istamayman)-Rei ham javoban jilmaydi

-Jihun! Jeon Jaehyun haqida hamma ma'lumotlarni bilishni istayman! Xatto qon guruhigacha! Kechgacha hal qil)-Jk
-tushundim)-Jihun

PovJungkook:
~Qayerdan paydo bo'lding bilmadim-u ammo sen ham men kabisan! Xatto o'zingni tutishing ham. Seni qabul qila olaman. Ammo kun kelib menga qarshi bosh ko'tarsang, ko'targan boshing oyoqlarim ostida ezg'ilanishiga shahsan o'zim kafolat beraman!