July 1, 2025

Tutqun "Final"

20-episodeđź•·

-Final!

~Bu men intiqib kutgan qora ko'zlar... har gal tasodifiy uchrashuvlarni kutganim biroq, o'sha uchrashuv hech nasib etmagan kunlarni birma-bir ko'z oldimdan o'tkazdim. 1yil avval uydan ketganlarim, tuhmatlar, azobli sevgi qissam.. Xullas, bari qayta jonlandi.

Ajabo, u nega bunchalar o'zgarib ketgan? 1yil ichida nimalar bo'ldiki, u bu qadar haybatli ko'rinmoqda...? U menga so'zsiz tikilib turarkan, yuragim qo'rquvdan yorilayozdi, go'yo...

U ham men o'ylayotgan narsalarni o'ylayaptimi? Sog'inch, muhabbat, armon kabi hislar girdobidami? Yoki bu faqat menda qo'zg'alon ko'targan tuyg'ularmikin...?

Reichel

PovJungkook:

-o'zgarmagansan! O'sha o'sha yoqimli va go'zalsan..)

Author:

Xona eshigi ochilib, bosh shifokor ko'rinish berdi. Yuzidagi niqobini yechib, so'z boshladi:

-bu yerda Reichel kim?)-so'radi shifokor
-men.. bu menman!)-Reichel
-Jeon Jaehyun ikkingizni ko'rmoqchi ekanini aytdi. Marhamat!)- eshik oldidan qochib, ular uchun yo'l berdi

Yorug' xonaga tashrif buyurisharkan, xona o'rtasidagi qurulmalarga o'ralgan Jaehyunni ko'rishdi.. Yashash uchun kurashayotgan yosh yigit ularni yoniga chorladi. O'zi holsiz va xorg'in bo'lishiga qaramay, asta jilmaydi

-sizlarni yana birga ko'rganimdan mamnunman...)-chuqur nafas oldi yigit

-Jaehyun...)-yig'lamsirab gapirdi Reichel
-Rei.. aka... sizlarga bir gapni aytishim kerak..! Bu juda..muhum!)- bir nafas rostlab gapida davom etdi

-men... miyya saratoniga chalinganman... bu uyingizga tashrif buyurishimdan avval bo'lgandi. Oxiri baribir o'lim bilan tugaydigan bu kasallikka shifo topilmasligini aytishdi. Keyin esa yaqinlarim bilan oxirgi nafasimni olishim kerakligini angladim va uyingizga bordim...)-u o'rtada yana chuqur tin oldi

-nega mendan yashirding?)-alamzada so'radi Jungkook

-qanday aytardim? Siz menga kasalga qaragandek qarar edingiz va behuda pul sarflardingiz..?! Ho'sh, bundan nima ma'no..)-Jaehyun

-Ahmoq! Sen ukamsan! Seni davolardim! Qo'limdan kelganini qilardim! Tuzalarding!)-battar g'azab otiga mingan Jungkook baqira ketdi

-Amaki.. u kasal)-uni tinchlantirdi Rei

-gapimni eshiting.... men..ehtimol, oxirgi soatlarimni yashayapman.. lekin men baxtiyorman. Sababi, akamni topdim, Reichelni ham uchratdim va... o'limimdan avval oyim bilan ham uchrashdim.. ammo birgina armonim qoldi. Men sizlarni baxtli ko'rishni istardim biroq, eplay olmadim. Qo'limdan kelganini qildim ammo bu pinhon muhabbat juda kuchli edi.. Saratonga chalingan odam bas kela olmaydigan darajada kuchli... haha)- so'z o'rtasida kuldi va yoshli ko'zlarini akasiga qadadi

-Aka... men bilaman... qilgan rashklaringizni, faqatgina uni ko'rganda qilgan ahmoqona tabassumingizni, bildirmay qilgan g'amxo'rligingizni va.. uni azoblaganingizda birga azoblanishingizni... men hammasidan xabardorman! Ammo hech aqlim yetmadi... nega sevgingizga iqror bo'lmadingiz?)-u tinmay gapirarkan Jungkook va Reichel bir so'z demay tinglashardi.. Ehtimol, uning ovozini qaytib eshitishmas..?

-men yorib o'ta olmagan narsa muhabbat va nafratdan bino qilingan ulkan devor edi... aynan shuni yenga olmadim! Sizlarni baxtli bo'lishingizga qarshilik qilgan ham aslida shu edi... ammo siz taslim bo'ldingiz! U ketdi siz esa umidingizni uzdingiz! Har gal xonada yolg'iz ichganingizda, Reichelning xonasiga ko'p qatnayotganingizdayoq bu muhabbat ikkingizni ham yoqib kul qilayotganini sezardim.)-u charchagani bois jim bo'lib qoldi

-Jaehyun... dam ol)-qo'lini qo'liga qo'yib gapirdi Reichel

-agar xozir ko'zlarimni yumsam, qayta ochmasligimdan havotirdaman... ichimdagi so'zlar ham men bilan birga o'lishiga yo'l qo'ymayman!)-qat'iyan so'zladi yigit

-Jaehyun...)-dedi past ovozda Jungkook

- kasal ekanligingni bilmagandim.. agar bilganimda senga yaxshiroq muomala qilgan bo'lardim! Doim oldingda bo'lardim va ko'proq menga kerakligingni aytardim... Ukajonim..! Sen men uchun qadrlisan)- ayni shu jumlani aytishi bilanoq hammaning ko'zlaridan yosh oqdi

-men sen suyana olishing uchun dunyoga kelgandim, ammo menga tayanish o'rniga o'zimga tayanch bo'ldingmi? Nega bunday qilding? Nega baxtim uchun umringni qurbon qilding? Nega bularni sir saqlading? Senga qilgan nohaqliklarim va sovuq muomalam uchun meni kechir)- u sekin boshini egdi

-kechirimni mendan emas, Undan so'rang)-dedi yigit boshi bilan qizga ishora qilib

-u mendan ko'ra ko'proq azob chekdi)- qo'shimcha qildi Jaehyun

-unday emas... Jaehyun endi dam ol. O'zingni qiynama iltimos! Hali ko'rasan albatta, tuzalasan!)-ko'z yoshlarini artib gapirdi Reichel

-Jaehyun... sendan bir narsa so'rayman ammo yolg'on gapira ko'rma! Sen.. Reichelni sevasan to'g'rimi?)- so'radi Jungkook

-aslida... unday emas... ammo.. ehtimol men uni sevarman? Ammo o'lishi muqarrar o'lgan shahs sevishga arzimaydi! Men uchun ham siz baxtli bo'ling aka... uni baxtli qiling ..)-shu on yurak urishini ko'rsatuvchi moslama bir xil tovush chiqarishni boshladi

TIIIITT

Tekis chiziqni ko'rsatayotgan qurulma... xona o'rtasidagi yotoqda butun umrlik "uyquga" ketgan bemor... Xonada esa yig'i ovozi yangrab qoldi...

(3 soatdan so'ng)

-buni bemorning stolidan topdik..)- kichik qog'ozchani Jungkookga tutqazdi Shifokor

Jungkook hech bir so'zsiz uni ochdi. Mayda xarflar bilan yozilgan so'zlarni o'qishga kirishdi.

《-Qadrli akaginam! Agar bu xat sizda bo'lsa demak, allaqachon o'lganman! Ammo umid qilamanki, o'limimdan avval ichimdagilarni o'zingizga ayta oldim?! Men ketyapman... Yuragimni sizga tashlab ketyapman! Men uchun ham yashashingiz uchun! Unutmang, yuragim sizda ekan yig'lashga, yiqilishga, kasal bo'lishga haqqingiz yo'q! Hayotimni sizga bag'ishlagan ekanman, doim kulishga, sog'lom bo'lishga, yaxshi inson bo'lishga va... Reichelni ehtiyot qilishga majbursiz! Agar o'lmaganimda buni sizdan iltimos qilmasdim! Shundoq ham o'zim uni sizdan tortib olardim ammo na iloj?! Qismat shu ekan. Ammo men uni sizga tashlab ketar ekanman xotirjamman! Chunki mening akam dunyodagi eng mehribon va g'amxo'r aka! Qabrim boshiga kelib ko'p bezovta qilmang! O'lganimdan so'ng yig'lamang va ichkilikga ruju qo'ymang! Sababi endi oldingizda bo'lmayman... Hyung! Men sizni yaxshi ko'raman.
Hurmat bilan JEON JAEHYUN》

Ko'zlarida yosh bilan xatni tamomlagan erkak yerga cho'kkaladi. Biroz o'ziga kelib olgandan so'ng qayta xatga qaradi. Biroz tikilib turdi va xatdagi bo'yalgan so'zga ko'zi tushdi. Diqqat bilan razm solgach so'zni to'liq o'qidi va qayta ko'ziga yosh to'plandi

"Qabrim boshiga kelib ko'p bezovta qilmang" so'zi yoniga "ammo gaplashgani kelib turing, yo'qsa, qo'rqaman" yozuvi yozilgandi. Ushbu so'zlarni o'qir ekan Jungkook yurak yuragidan ezilib yig'lab qoldi...

1-Fasl Finali tugadi. Keyingi faslda ko'rishguncha...)