Tutqun🕷
13-episode🕷
(o'tgan qismda)
PovJungkook:
~Ming Lanat! REICHEL! Senga ishonib xato qildim. Demak, ko'rnamaklik qilding?! Bu yaxshi emas... senga ishonishni boshlaganimda hammasini bir pul qilishing odobdan emas..!)-
Jk
-Jungkook shahdam qadamlari ila katta qo'rg'onga tashrif buyurarkan, ko'zlaridagi g'azab uchqunlari qarshisiga chiqqanni yoqib yuboray derdi. Viqor bilan yurib kelib, uyning qoq markazida to'xtadi. U hali bir og'iz gapirmasidan onasi peshvoz chiqdi
-Yaxshi keldingmi, Jungkook?)- muloyimlik bilan so'radi ayol
-Reichel qani?)-berilgan savolga e'tibor qilmay gapirdi U
-xonasida..)-ayol hali gapini yakunlamasdan Jk baqirib ketdi
-REICHEL. )-bor ovozi bilan baqirdi erkak. Uning chaqiruvidan so'ng Reichel ko'rinish berdi. U shoshib zinalardan tushdi-yu g'azabnok bo'lishga ulgurgan erkakning qarshisiga kelib to'xtadi
-ha Amaki?)-katta munchoq ko'zlarini tikib turardi U
Birdaniga bilaklaridan mahkam tutgan qo'l sabab muvozanatni yo'qotgan qizaloq qattiq silkinib ketdi
-hali ko'rnamaklik qiladigan bo'ldingmi?)-darg'azab holda tishlarini g'ichirlatdi Jk
-n.nima haq.ida gapir.yapsiz?)-og'riq allaqachon ko'zlariga yosh to'plagan, tanasiga esa qo'rquvni joylab bo'lgandi
-MEN BILAN O'YIN O'YNAMA! YOSH BOLAGA O'XSHAYMANMI? NEGA ENDI HECH NARSADAN HABARI YO'Q ODAMDEK ISH TUTYAPSAN??)-qizning qo'lini avvalgidan qattiqroq siqdi
-axir.. tushuntirib...bersangiz.chi?)- erkakning qurshovidan chiqishga urinib gapirdi U
-Demak, oying va ukangga pul jo'natdingmi?)-savol to'la og'ir nigohlarini qizga qadadi erkak. Ammo qizaloq vaziyatni tushunaolmay erkakga qaragancha qotib turardi
-Inkor etma! Nima o'g'irlik qilishga moyilliging bormi? Avvallari ham qilganmisan deyman? Har holda birdaniga bunchalik katta pulni qo'rqmay o'tkizganinga qaraganda ancha malakali o'g'risan?!)-Jk
-n.nimalar deb valdirayapsiz o'zi..?)- ayni damda holat shu qadar chigal ediki, o'zi ham tushuna olmayotgan bir vaziyatda o'zini qanday qilib oqlashga hayron qolgan qizaloq birdaniga yig'lab yubordi
-Meni osonlikcha o'g'riga chiqaryapsizmi? Axir.. men ham xuddi siz kabi vaziyatdan bexabarman!)-Reichel
Yuzini osmonga qaratgancha qizning qo'llarini zarb bilan irg'itgan Jungkook ochiq oydin haqorat qilishga o'tdi
-OILANG QASHSHOQ EKANINI SHUNDOQ HAM BILAMAN. AMMO BU BEMALOL O'G'RILIK QILIB ULARNI BOQISHING VA O'ZINGNI "YAXSHI FARZAND" QILIB KO'RSATISHINGA SABAB BO'LA OLMAYDI! Oilangni shunchalik yaxshi ko'rar ekansan nega halol mehnat qila olmaysan? GAPIR!)- Jk
PovReichel:
-Men tamom bo'ldim! U nima deyotganini bilmaymanu lekin men o'zimni oqlashim uchun biror gap ham ayta olmayotganim uchun o'zimdan nafratlanib ketyapman. O'g'rilik dedimi? Nima qildim axir? Kimni tunadimki bu kabi haqoratlarni eshitishga majburman? U ham menga ishonmasa nima qilaman? Kim meni oqlaydi? U meni himoya qilishi kerak bo'lgan bir paytda o'zi meni ayblab tursaya...
-Nega jimsan? Yoki bahona izlayapsanu topolmayapsanmi?)-Jk
-Amaki... menga ishonmaysizmi?)- yig'lamsirab so'radi qiz
-Ishonishim uchun sabab aytchi? Qani qo'lingdan kelarmikan)-Jk
-Jungkook... qo'y endi. Bo'ldi shuncha gap so'z yetarli. Qilgan bo'lsa xato qilibdi shunchaki kechirsang...)-ayol hali gapini yakunlamasdanoq Reichel gap boshladi
-Nega meni kechiradi? Men nima qildimki u meni kechirishi kerak? Aybim nimada? MEN HECH KIMNING KECHIRIMIGA ZOR EMASMAN. SHU PAYTGACHA INDAMADIM AMMO ENDI YETAR! MENI OSONLIKCHA O'G'RI DEYA OLMAYSIZ! HECH NARSADAN XABARI YO'Q ODAMGA TUHMAT QILISHGA HAQQINGIZ YO'Q!)-Reichel gapini yakunlagach kelib tushgan tarsaki uni yerga qulatgandi. Qizargan yuzini ushlagancha o'tirarkan qulog'ida yangragan Jungkookning o'shqirishi edi
-SEN KIM BILAN GAPLASHAYOTGANINGNI BILASANMI? MENING OYIM BU! BU YERDA KIM EKANLIGINGNI UNUTGAN BO'LSANG ESLATISHIM MUMKIN. MEN UCHUN BUYUMDAN BOSHQA NARSANI ANGLATMAYSAN!)-Jk
Jk ning so'zlari yosh qizaloqning yuragini chilparchin qilgandi. Ammo bundan uning o'zi bexabar... U shunchaki jahl ustida gapirgan ikki og'iz so'zlari qizning ichidagi butun bir dunyoni qulatgandi. Bu shunchaki so'zlar emas, shaharlarni qulatuvchi bir vosita edi....
PovReichel:
~Shu 3 oy... oradan o'tgan shu 3 oy ichida allaqachon telbalarcha oshiq bo'lgan insonim bir zumda sevgimga yakun yasadi... To'g'rirog'i, sevgimga emas orzularimga...! Nima qila olaman? Kimga arz qilaman? Kimim bor ediki, ortiga berkinsam... Ortimda kim bor ediki, suyana olsam...? Ko'nglim vayron bo'lgani haqida kimga shikoyat qilaman? Kim bunga e'tibor beradiki arz qilsam?!
-Menga qizig'i yo'q xoziroq pulni top!)- Jk hali so'nishga ulgurmagan g'azabi bilan yerda o'tirgan qizga gapirdi
Yana avvalgi sukunat...
Javobsiz savollar...
Va.. o'sha parchalangan nigohlar...
Bari Jungkookning xotirasidan o'chib ulgurmay yana qaytalangandi. Kichik qizaloqning sukut ila qalbni yoquvchi o'tkir nigohi...
Jungkook bir so'z demay yig'layotgan qizga qaradi va nigohiga yengilmaslik uchun yuzini ortga burdi. U qo'pol ohangda gapirdi
-hisob raqamimdan 50.000$ o'tkazilgan. Chet el raqamiga. Qizig'i shundaki, bu ish sening raqaming orqali sodir bo'lgan! Shunday ekan, xoziroq sevimli oyijoninga qo'ng'iroq qil va "o'g'irlagan" pulingni qaytarishini, sababi, sen qo'lga tushganingni ayt! Agar pullar bugunoq hisobimga o'tmasa nafaqat Sen balki, oying, ukang xatto qabrdagi ota-onangni ham tinch qo'ymayman!)- yana bir qulatuvchi zarbani yollagan erkak ko'ksini kerib eshik tomon yo'naldi. Chamamda, qizning dunyolarini qulatgach, biroz ko'ngil yoysa vijdoni churq etmasmidi...
Ammo o'sha on Reichel o'rnidan turdi va Jungkook kabi qo'rs ohangda so'z boshladi
-Pullarni olmoqchi bo'lganimda bu yerga kelgan ilk kunimdayoq buni qilgan bo'lardim! Qolaversa, agar o'gay oyimni yaxshi ko'rganimda, u meni sotmagan bo'lardi! Ayni damda nimalarni gapirganingiz haqida ham to'liq bilmaysiz Jeon Jungkook! Bir insonning shahsiyati bilan o'yin o'ynash yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi!)- Qizning so'zlarini eshitib turgan Jungkook bir nima deyishga iymandiyu biroq Reichelning davomli so'zlari bunga izn bermadi
-Ha, yana bir gap, o'lgan ota-onam haqida gapirishga noloyiqsiz!)-ichidagi to'fonlarning bir tomchisini sirtiga chiqargan qiz tomon dadil yaqinlashgan erkak endi uning jag'idan mahkam tutdi va o'ziga qaratdi
-haddan tashqari erkinsan?! Kamar zarblari esingda yo'q chog'i? Ho'sh yana ota onang haqida gapirsam ham qo'lingdan nima keladi?)-ko'ksini kergancha gapirdi Jeon
Ayni damda bu suhbat faqat ikki kishu o'rtasida emas balki butun oila davrasida bo'layotgandi. Bu suhbat shu qadar qizg'in ediki, Yoonah bir so'z demay shunchaki, tinglardi... Har xolda o'g'li o'ylaganidan yomonroq bo'lib chiqdi!
-Qadrli akam bunchalar beshafqat ekani xatto hayolimga ham kelmagandi...)-eshikdan kirgan shahs qizdan avval so'z boshladi
Barcha nigohlar unga qadalgandi.
U esa tabassum qilardi xolos...