January 31, 2025

Hate or love

FINAL❗

-Kecha Taehyung keldi..)-yuzida beparvolik aks etgancha ovqatlanayotgan erkak ayoliga xitob qildi

-Taehyung? Nima qildingiz? Urmadingizmi ishqilib? Esingizdan chiqarmang nima bo'lganda ham u do'stingizni o'g'li..!)-havotirli ko'zlarini eriga qadab javob qildi Hwang xonim..

-aynan shu rishta sababli ham qo'l oyog'im bog'langan. Jin Ursin!)-qo'lidagi sanchqini stol ustiga tashladi

-Yoona ketishni istaydi..)-ohista gap boshladi ayol

-nima? Sen qayerdan bilasan?)- janob hwang

-siz sezmayapsizmi? U doim Taehyung haqida gap ketsa jim quloq soladi. Doim uning rasmlariga qarab o'tiradi. Kecha tunda ham qiziga u haqida gapirayotganini eshitdim. Nima bo'lganda ham u- Qizimiz! Unga nisbatan qattiq bo'lmang)-hwang xonim

-meni ishlarim bor)-o'ychan holatda stoldan turdi

Janob Hwang

Kechgi vaqt...

Qizi bilan o'zaro suhbat qurayotgan qiz unga qarab jilmayib gapirarkan, sira zerikay demasdi..

-koshki sen bo'lib qolsam Cheonsa...)-mehr to'la ko'zlarini qiziga qadadi, U...

-koshki, shunchaki shiftga termulib vaqt o'tkazsam edi... Hech narsadan xabarsiz, ortiqcha tashvishlarsiz, xiyonatlarsiz va mashaqqatli muhabbatsiz... Koshki, yosh bola bo'lsam...)-u ko'zi atrofiga yig'ilgan ko'z yoshlarini tarqatishga harakat qilarkan, qo'ng'iroq bo'ldi. Telefon ekranidagi 《Qahva ko'z》 yozuvini o'qishi bilan yuziga tabassum yugurgan qiz, telefonni qo'liga oldi

-otang doim umidimni uzdim deganimda paydo bo'ladi..)-asta tabassum qildi-yu go'shakni ko'tardi

📲-eshitaman..?)-yoona
📲-oh, ma'zur tuting adashdim menimcha..)-taehyung
📲-ajabo nega bunday hayolga bordingiz?)-yoona
📲-chunki mening xotinimning ovozi ancha yo'g'on va qo'pol. Xuddi erkaklarniki kabi..)-mazahomuz gapirdi taehyung
📲-ha yaramas Jingalak soch..! Seni yomon ko'raman. Menga qaytib qo'ng'iroq qilma)-yoona
📲-ho'sh endi yuzingni ham ko'rsatmaysanmi?)-tae
📲-kerak bo'lsa ko'rsatmayman! Adashib tushdingiz meni ortiq bezovta qilmang, notanish kimsa..)-yoona
📲-sizning ham ovozingiz qo'pol ekan meni ayolim bo'lmaysizmi?)-tae
📲-voy yaramas ovsar! Hali ovozim xunik ekanmi? Yaxshi, qizing va men sendan butunlay hafamiz!)-yoona
📲-agar "Moychechak" gullari ila sizdan avf etishingizni so'rasamchi, kichik xonim..? Meni kechirasizmi?)-tae
📲-yo'q!)-yoona
📲-nega?)-tae
📲-sen so'rading, men rad etdim!)-yoona
📲-qaysar ilon!)-tae
📲-ortiq qo'ng'iroq qilma, ahmoq!)-yoona
📲-agar ortiqcha ovora bo'lmasalar balki, derazadang bosh chiqararlar?)-tae
📲-nega?)-yoona
📲-shunchaki, uchayotgan qush bilan to'qnash kelishingni istayman! Yo tavba. Seni nega derazadan chaqiraman o'ylab ko'rchi..?)-tae
📲-kesatiq qilish bu- Hurmatsizlik!)-yoona
📲-unda sen yer yuzidagi eng betarbiya qizsan!)-tae
📲-yaramas!)-asta jilmaydi yoona va borib derazadan pastga qaradi

📲-hozir senga qo'l uzatsam, uni barcha qiyinchiliklarga qaramay tuta olasanmi, Moychechak...)-tae

📲-agar sen qo'llarimdan mahkam tuta olsang va bu yerlardan olib keta olsang, albatta..!)-yoona
📲-unda shunchaki qo'shakni qo'y)-tae
📲-nima? Nega?)-so'radi Yoona
📲-sen aytganimni qil!)-tae
📲-yaxshi..)-istamaygina go'shakni qo'ydi Yoona...

Yoona

-Yoona!)-pastgi xonadan yangragan tovush tufayli tezlik bilan derazani yopgan qiz, javob qilish uchun xonadan chiqdi

-eshitaman dada..)-javob qildi U

-pastga tush)-dadasini gapidan pastga oshiqqan qiz ayni damda nimalar bo'layotganidan behabar edi..

-eshitaman..?)-yoona
-haligi... men sendan bir nechta savollar so'rayman, ortiqcha savollarsiz javob ber)-janob Hwang
-yaxshi...)-yoona
-sen mustaqil hayotga tayyormisan?)-janob hwang
-mustaqil? )-biroz o'ylanib qolgan qiz jasurlik qilish va baxt uchun kurashishning ayni payti ekanligini angladi

-agar Taehyung bilan bo'lsa, Ha!)-yoona
-seni bundan keyingi kelajak tashvishlantirmaydimi?)-j. Hwang
-agar oldimda Taehyung bo'lsa, Aslo!)-yoona
-qizinga to'liq mehr bera olasanmi?)-j. Hwang
-agar Taehyung bilan birga bo'lsa, Albatta!)-yoona
-bundan so'ng boshinga keladigan ishlarga rozimisan?)-j. Hwang
-Taehyung men bilan bo'lsa, Kifoya!)-yoona
-unda senga oq yo'l! O'z baxting tomon qadam tashla va aslo afsuslanma!)-j. Hwang
-nima? Rostanmi? Siz meni u bilan birga bo'lishimga qarshi emassiz to'g'rimi?)-ko'z yoshlarini arang ushlab turgan qiz, bo'layotgan voqealar ro'yo emasligiga ishonishga urunardi

-sen mening yolg'iz farzandimsan! Ko'zingdan oqayotgan har bir tomchi go'yo qalbimga tushib, tushgan yerini yoqmoqda... Har bir tomchi o'zidan o'chmas iz qoldirmoqda... Bu dog'lar qalbimni to'ldirdi. Ammo ortiq chiday olmayman! Men seni yaxshi ko'raman va doim baxtli bo'lishing uchun harakat qilaman. Endi esa eringni oldiga chiq va baxtli bo'l)-gapining yakunida ko'zlarida asragan ko'z yoshi asta yerga dumaladi. U aslida darddan to'kilgan emas, balki baxtdan uchgan ko'z yoshi edi...

Yoona dadasini mahkam quchgandan so'ng eshik tomon otildi. Tashqarida uni kulib turgan yuzi bilan qarshi olgan eriga yugurib bordi-yu bo'ynidan mahkam quchdi

-sen men bilan ekansan, har qanday devorni oshib o'taman Qahva ko'z..!)-asta pichirladi Yoona...

-sen istarkansan, barcha devorlarni yorib o'taman, Moychechak...!)-javob qildi Taehyung

Muallif: ayni shu onda mini ff gim o'z nihoyasiga yetganini siz aziz o'quvchimga ma'lum qilaman. Va yana eslatilishi lozim bo'lgan bir narsa bor!
《-bu ff yaqin insonim bo'lgan Yoonaga atab yozildi. Gapni cho'zish yokida baland parvoz gaplar bilan sahifamni bezamoqchi emasman... aytadigan ikki jumlam bor xolos, aslida..) Moychechak, shunchaki bilib qo'yishingni istayman, men seni hammadan ko'ra ko'proq yaxshi ko'raman. Ba'zan buni ayta olmayman ammo muhumi his qildirish, shunday emasmi?》

-E'tiboringiz uchun rahmat🎀