May 4, 2025

Tutqun

10-episodeđź•·

-IT EMGAN XAROMI!)-Jk vajohat bilan HoSeokga tashlanib ketgandi. Bor kuchi bilan qarshisidagi erkakga musht tushirarkan, hech to'xtay demasdi. Go'yo tomirlarida qon emas g'azab oqayotgandek. Hobi bu vaqtda shunchaki jim tura olardi xolos. Sababi, ayni damda Jungkookga kuchi yetmasdi va bir vaqtning o'zida u aybdor shahs edi!

Jungkook ana endi o'rnidan turdi. Qo'llarini kiyimining ichki cho'ntagiga olib bordi va oxirgi nuqtani qo'yish maqsadida to'pponchasini oldi. Qarshisida najot tilab, chala jon qolgan erkakga biroz tikilib turdi-yu, so'ngra o'ylab o'tirmay tepkini bosdi.

PAQ..đź’Ą

Jk

PovJungkook:

~nihoyat uni topdim. Agar yana biroz kech qolganimda bilmadim u ablax nima qilgan bo'lardi. Uni qutqarib qolganimdan xursandman! Nega? Sevganim yoki himoya qilganim sababli emas albatta! Unga jazoni o'zim bermoqchiman! Hamma gap mana shunda..! Ko'rasan qushcham, ana endi kim ekanligimni ko'rasan! Seni oldimda ushlab turish uchun eng "sevimli" narsalaringdan foydalanaman!

~Sekinlik bilan ko'zlarimni ochtim. Jin ursin! Men hali ham yashayapmanmi? Aqalli tinchgina o'lishimga ham qo'yishmaydi! Shoshma...? Jungkook qutqardimi meni? U kelganmidi? Xozir men uning uyidaman shundaymi?

Jin ursin! Kulishim yoki yig'lashimni ham anglolmaydigan bir ahvoldaman! U meni bir mahluqning qo'llaridan qutqardi...
-O'zi azoblash uchun!
Ammo u keldi!
-meni O'z zindoniga olib ketish uchun!
Ammo u meni qidirgan!
-foydalanish uchun!

JIN URSIN! Xuddi tanam ichida ikkita odam bordekman. Biri juda beg'ubor va ishonuvchan, ikkinchisi esa mutlaqo aksi!

"Eshikning zarb bilan ochilishi... Undan vajohat bilan kirib kelgan erkak... qo'lida esa pishshiq kamar.... haa, xozir nimalar bo'lishi hammaga kundek ravshan..!"

-Uyg'ondingmi? Ajoyib! Endi ishni boshlasak ham bo'ladi..)-Jk qo'lidagi kamar bilan qizga tobora yaqinlashib kelardi.

Ayni damda Reichel yig'lab-sihtashi, yolvorishi, ortga tisarilishi yohud baqirishi kerak edi. Ammo u mutlaqo jim... na yuzida qo'rquv nash'asi bor va na ko'zlarida bir tomchi yosh. U shu qadar jim ediki, tirik murda kabi...

-Nega jimsan?)-qizning o'zgacha harakatlarini kutayotgan erkak so'z boshladi

Yana Jimlik...

-sendan so'rayapman?! Yoki nima Hobi zo'rlash oldi tovushing chiqmasligi uchun tilingni kesdimi?)-mazah qildi Jk

Hamon sukut...
Endi erkakning jahli chiqishni boshladi. Qo'lidagi kamar bilan zarba berdi. Bu unchalik qattiq emasdi, shunchaki qizning javob berishi uchun berilgan yengil zarba edi, xolos. Ammo yosh qizaloq indamasdi. U qarshilik ham qilmadi. Yig'lamadi. Bu nimasi endi? Nima u qo'rqmayaptimi? Yo rostan ham o'lishni istaydimi? Bu nima tomosha?

-taslim bo'lishni istamayapsanmi? Yaxshi...)-Jk kamarni havoga ko'tardi. Qattiq zarba kelishi kutilayotgan mahalda Reichel tilga kirdi. Kamar esa hech bir harakatsiz havoda qolgandi

-nega meni shunchaki o'ldira qolmaysiz? Shunchaki to'pponchani oling va tepkini bosing! Nega meni ham, o'zinigizni ham qiynayverasiz?)-hali hamon ortiqcha harakatlarsiz so'zlardi U..

-o'lishmi? Axir bu juda yengil jazo emasmi? Sen qochding! Bu uchun qattiq tovon to'lashing kerak qizaloq!)- g'azab bilan so'zlardi erkak

-u ham shunday degandi... O'lim men uchun juda yengil ekanligini aytgandi. Ammo nega....?)-ayni shu so'zdan so'ng ko'zidan bir tomchi yosh dumaladi. Alam va hasratga to'la bir tomchi achchiq suv...

-men nima qildimki har kuni qayta-qayta o'lib tirishga majburman? Nega hayotimdagi shuncha azob yetmagandek sizlar ham hissa qo'shasiz? Men sizga nima qildim axir... ayting Amaki?! Men kimga yomonlik qildimki menga nisbatan bu qadar shafqatsizlik qilyapsiz. Yoki tinchgina o'ldirmayapsiz, yoki yashashga qo'ymayapsiz...)-so'zlarini tugatib, yuzidagi yoshni artib tashladi va qarshisidagi erkakga tik qarab so'zida davom etdi

-endi esa istaganingizni qiling. Urasizmi o'ldirasizmi, endi baribir!)-so'ng yana jim bo'lib qoldi. Harakat va ko'z yoshlarsiz, butunlay jim edi...

-negadur zerikarli.... nimadir xato! Yoqmayapti. Menga bunday zerikarli o'yinlar yoqmaydi. Kel, o'yinga o'zgartirish kiritamiz.)-Jk qizdan javob kutardi ammo Rei boshini eggancha jin tinglashda davom etdi

-o'ylab qarasam, faqat sen jazolanishing chindan ham adolatsizlik. Bu juda yomon..)-uning oxirgi gapidan so'ng qiz erkakga qaradi

-o'rningga ukang Donhwa jazolansa menimcha, qiziqroq bo'lardi... sen va men esa uni maroq bilan tomosha qilamiz..!)-qizning tepasida turib olib, yoqimsiz jilmaydi

-yo'q.... aslo..! Faqat u emas! Iltimos qilaman faqat ukam emas! Unga tegmang. Mana... meni istaganingizcha jazolang! Aytyapmanku istasangiz o'ldiring, ammo Janob.... ukamga tegmang... u hali kichik... u hali bola....)-qiz ko'z yoshlarini nazorat qilishni unutgandi. U endi chinakamiga yolvorardi.

-yo'q... o'zing aytganingdek seni qiynashdan charchadim. Endi boshqalarga ham navbat bersangchi mittivoy... axir ular ham bu tabarruk kamar zarbidan rohatlanishsin. Bu qadar ochko'z bo'lish yaxshi emas..!)- mazah qilishda davom etardi Jeon

-iltimos qilaman..! U hali 13yoshda. Unga tegmang. Men bilan istaganingizcha o'ynang ammo uni bu ishga aralashtirmang. Janob...)-Reining gaplarini Jkning keskin ovozi bo'ldi

-men gapimni aytib bo'ldim! Qarorimni o'zgartiraman deb xomtama bo'lma!)-u kamarni yerga uloqtirib og'ir qadamlar bilan eshikga yaqinlashdi

-AMMO NIMA UCHUN? NEGA ODAMLAR HAYOTI SIZLAR UCHUN ODDIY BUYUMDEK? NEGA BEPISAND ISH QILASIZ? O'YLAMAYSIZMI, HAYOTI BARBOD BO'LAYOTGAN INSON NIMALARNI HIS QILAYOTGANI HAQIDA QAYG'URMAYSIZMI? HAR KECHA TO'SHAGINGIZGA YOTGANINGIZDA CHAP KO'KSINGIZDAGI NARSA OZGINA BO'LSADA AZOB BERMAYDIMI? VIJDON BORMI O'ZI?? MING LANAT! NEGA BUNCHALAR BEPARVOSIZ)-Reichel bor ovozi bilan baqirib,

ichidagilarni to'kib sochardi.

Ammo Jungkook xotirjam ohangda so'z boshladi

-Hayoting? Seni hayoting shundoq ham boshqalar tomonidan barbod qilinganku..?! Nega meni ayblayapsan. Agar bugun ham men bormaganimda kim bilsin qay ahvolda bo'larding? Endi menga aytchi, nega seni arzimas, bir pulga qimmat hayoting meni tashvishlantirishi kerak? Nega bu meni qiziqtirsin?)-Jk

-koshki, o'shanda kelmaganingizda...! Koshki, o'sha yerda o'lib bo'lsam edi... ammo siz meni tinch qo'ymadingiz! Ammo unutmang Jeon Jungkook, bir kun sizga ham kimdir tomonidan shunday kunlar kelishi mumkin..!)-ko'z yoshlarini artib gapirdi Reichel

-kim tomonidan kelar ekan a? Aytayotgan gaplaringni o'zing eshityapsanmi? Axir juda kulguliku.. haha! Menga bu ishlarni qiladigani tugul so'zimga qarshi chiqadigani ham topilmaydi demaganmidim..?)-so'radi Jungkook

-sizga qila olmas, ammo bir kun qiz farzand ko'rsangiz...)-erkak tomonidan yaqinlashgan o'shqiriq uning so'zini yakunlashiga izn bermagandi

-O'CHIR! HECH KIM.. unutma hech kim bu ishni qila olmaydi! Menga qara, tilinga erk berma! Ukang qayerda ekanidan boxabar bo'l! Uning ham jonini senikiga qo'shib olaman!)-u eshikni zarb bilan yopgancha chiqib ketdi

-aniqladingmi?)-darg'azab ahvolga yugurdagiga qaradi

-ha Janob! U kichik sinf o'quvchisi. Yaqinda 14ga to'ladi. Yashash manzili, o'quv sinfi xatto kimlar bilan muloqotda ekanligi haqida ham to'liq ma'lumot bor!)-yordamchi
-yaxshi... hammasini stolim ustida ko'rishni istayman!)-Jk
-tushundim Janob!)-yordamchi

《Korea aeroporti》

-men keldim, Mark)-muloyim ohangda telefon ortidagi shahsga gapirdi ayol
-o'ylaymanki, hammasi yodingda azizam?)-erkak
-albatta, men uning manziliga boraman va rejamizni amalga oshirish uchun qo'limdan kelganini qilaman)-ayol
-seningcha, uddalay olasanmi?)-erkak
-albatta, axir mehr ko'rmagan yosh bola onasi kelganini bilsa ishonmaydimi? Shu qadar ishonadiki, pullar qanday qilib kartangizga tushganini ham bilmay qolasiz!)- qah-qaha otib gapirardi ayol...