July 1

Killer 5-chapter🔪

5-chapter🔪

Katta politsiya mahkamasi va uning orqa qismiga yig'ilgan olomon... o'rtada esa vaxshiylarcha o'ldirilgan navbatdagi marhuma...

-Endi u haddan tashqari yaqin keldi!)-pichirladi Aron

Shu payt uning oldiga Yoongi yaqinlashdi

-Aron.. menimcha men bir narsani aniqladim!)-Min

-aynan?)-Aronning qoshlari orasiga chiziq tushdi

-hammani majlis xonasiga yig' men o'sha yerda tushuntiraman.)-endi uzoqlashmoqchi bo'lganda Aron uni to'xtatdi

-Menga aytsang yetarli emasmi?)-Aron

-Yo'q Aron. Buni hamma bilishi lozim!)-u shoshib bo'lim ichiga kirib ketdi

-Atrofni to'liq tekshiring hech qanday mayda narsa e'tiboringizdan chetda qolmasin!)-bor ovozi bilan baqirgancha buyruq berdi boshliq Kim Namjoon

-Oh Janob ehtiyot bo'ling..)-dedi kichik yordamchi Kim havotirlanib

-Nima bo'ldi? Nima bu?)-dedi oyoq ostiga qarab

-Bu yerda shisha siniqlari bor ekan..)-sekin yerga engashgan kichik yordamchi gapirdi va shishani yig'ib olmoqchi bo'ldi

-Oh..)-birdan u qo'lini kesib ketgan siniqni yerga otdi

-ahvoling yaxshimi?)-havotirlanib bilagidan tutdi Aron

-Rahmat xonim yaxshi.. shunchaki biroz chuqur kesildi..)-u qonayotgan qo'lini ikkinchi qo'li yordamida mahkam qisgancha o'rnidan turdi

-Ahh ahmoq, shuni ham eplay olmadim..)-u biroz alam bilan kuldi va Aronga yuzlandi

-Shifokor xonasiga boraman)-kichik yordamchi yengil tabassum qildi va u ham bo'lim ichiga kirib ketdi

MAJLIS XONASIDA

-Biz seni kutyapmiz Min)-boshlashga ishora qildi Aron

Yoongi katta monitor oldiga keldi va monitorda shu paytgacha o'ldirilgan jasadlar rasmi paydo bo'la boshladi.

-Shu paytgacha uyushtirilgan 5ta qotillik! Bir xil yo'nalish! Bir xil usullar va Qotil ham Bitta!)-biroz jim bo'ldi Min

-Buni bilamiz Min! Sen bizga biz bilmaydigan narsalarni aytmoqchi eding?)-sabrsizlangancha so'radi Aron

-Men ulardagi bog'liqlikni fahmladim!)-Yoongining ovozi mardonavor yangradi

Hamma birdan unga qarab qoldi. Axir ular bosh qotirayotgan jumboq shu edi-da! Va bu sirni shunchaki yangi kelgan xodim ochib berayotgandi..!

-Ularning ismlari!)-Yoongi gapini tugatgach, qarshisidagilarning yuzlarini ko'rish uchun boshini ko'tardi

-Hazillashyapsanmi?)-jiddiy ohangda so'radi qiz

-qanday qilib ismlar sabab kimnidir o'ldirish mumkin? Yoki nima u o'zi yoqtirmaydigan ismlar ro'yhatini tuzadimi?)-kinoya bilan gapirdi U..

-Hali ham anglab yetmapsizda.... yaxshi unda o'zim to'liqroq ma'lumot beraman!)-u qo'lidagi ko'rsatgich tayoqchasini monitordagi birinchi jabrlanuvchi rasmiga to'xtatdi

-Bu qizning ismi "Fiona")-dedi va tayoqchani ikkinchi jasad tomon surdi

-Bu esa "Im Suryeon")-tanishtirgach tayoqcha uchinchi jasad tomon harakatlandi

-Navbatdagi qotil "o'lja"si esa "Nam Inhae" va to'rtinchi murdaning ismi "Dal Mari")-u tayoqchasini so'ngi murda tomon yurgizgach, og'ir xo'rsindi

-Va bugungi qotillik qurboni "Min Sue")-u shundan so'ng jimib qoldi. Ehtimol, Detective va boshliq gap ma'nosini chaqishdi deb o'ylagandi ammo aksincha, ular hanuz ahmoqqa qaragandek qarab turishardi

-Jin ursin, haliyam yetib bormadimi?)-qizishdi Yoongi

-Men avval ham so'ragandim, nima o'zinga yoqmagan ismga ega bo'lgan odamni o'ldirasanmi? Sen aytayotgan narsa hazldan boshqasi emas!)-birdan baqirib yubordi Aron

-Aron...!)-tishlari orasidan vishillagancha gapirdi Yoongi. U o'z jahlini bosishga urinardi

-Qurbonlar ismlaridagi bosh xarflarni ol! Ho'sh, nima kelib chiqyapti?)-u savol bilan yuzlanib turarkan, Aron o'ylanib qoldi.

U haddan tashqari jim edi.

Atrofdagi barcha undan bir so'z kutarkan, nafas tomoqlarda yo'qolib ketayotgandi

Birdan u qoshlarini chimirdi. Xuddi bir narsani fahmlagandek.

Va gapirish uchun lablarini yengil qo'zg'atdi. Shu on u barchaning e'tibor markazida edi.

-Fiona: "F", Im Suryeon: "I", Nam Inhae: "N", Dal Mari: "D", Min Sue: "M"...)-va u yanada chuqurlashdi

-Find me!)-past ovozda ammo tahdidli ohangda pichirladi Aron

-Barakalla!)-nihoyat ichidagini tushuntirishga musharraf bo'lgan Yoongining yuzi yorishdi

-Biz shu paytgacha bekorchi narsalar bilan vahtimizni sovurdik! "Qotil qurbonlar uchun kim?" degan savolga javob qidirdik. Ammo savoldi biroz o'zgartirishimiz kerak edi... "Nega aynan ular?" Mana endi ishga yanada chuqurroq kiramiz...)-Yoongi Aronga o'girildi ammo qiz hali ham voqea ta'siridan chiqib ulgurmagandi...

-Agar "Find me" yozuvi yakunlanmaganini hisobga olsak, qotilning keyingi qurboni "E" ismli ayol bo'ladi...)-yanada havotir bilan pichirladi Aron..

Next day

Aron mahkamaga ancha avval kelgan va ko'proq vahtini qurbon tanasidagi dalillarni topishga sarflayotgandi

-Janob Yu, o'zingiz o'ylab ko'ring, axir qanday qilib Qotil hech qanday iz qoldirmasligi mumkin? Xatto arzimas iz bo'lsa ham?!)-Aron

-Men ham shunga hayronmanda, detective! Axir men ekspertman. Ish faoliyatim davomida juda ko'p qotilliklarga guvoh bo'lganman ammo bunaqasini endi ko'rishim!)-biroz asabiy gapirgach, yana murdaga tikilib qoldi

-Bo'ynida bo'g'ilish izi bor... Yana o'ng qo'lidagi ko'rsatkich barmog'i ham shishgan...Aftidan, qo'lida uzuk bo'lganga o'xshaydi.. uzuk barmog'iga tor kelgani uchun o'zidan aniq iz qoldirgan. Uni kim yechib olgan bo'lsa ham buni osonlik bilan uddalay olmagani aniq!)-Ekspert

-barmoq.. barmoq atrofini yaxshilab tekshiring. Ehtimol, iz topilar?)-u ishga berilib, marhumaning oldiga cho'kdi.

Janob Yu qo'lidagi kattalashtiruvchi oyna bilan jasadni sinchiklab qaray boshladi. Shu payt o'rtaga o'lik sukunat cho'mdi. Ular shunchalik jim edilar-ki, xatto nafas olmayotgandek tuyulardi.

-Oh..)-birdan xo'rsindi Janob Yu.

-Shoshmang...?)-u buyruq ohangida gapirdi xuddiki "Aronning nafas olishi ham unga halaqt qilayotgandek" Bir on Aron nafasini ushlab turdi.

-Bu nimasi?)-Janob Yu qo'lidagi "oyna" ni Aron tomonga yaqinlatdi

-Qarang detective!)-ekspert ko'zlarini mahkamroq qisdi

-Bu yerda begona iz bor!)-Aron javobdan bir qadam oldinga siljidi. Ko'zlarida umid va g'alaba uchqunlari chaqnadi... Axir nihoyat arzimas bo'lsa ham iz topilgandida

-Tezroq tekshiring maylimi? Umuman kuta olmayman!)-u shunday deb qo'llarini peshonasi uzra aylantirdi

PovAron:
-Bu safar qotil bizga ancha yaqin. Ammo nimani isbotlamoqchi shunga hayronman? Bizga shu qadar yaqin kelib, o'zini qanday panada tuta olyapdi? Buning ortida qanday mavhumlik bor o'zi? Bu aqlli Qotil mening detective degan nomimni sharmanda qilyapti. JIN URSIN!

Ekspertiza xonasi

Havotir sabab bir joyda tura olmayotgan Aron xona o'rtasida u yoqdan bu yoqqa tinmay harakatlanardi. U o'zini bosishga qancha harakat qilmasin miyyasidagi eng noxush fikr unga aslo tinchlik bermasdi. "Agar qotil oramizda bo'lsachi?"

-Detective!)-chuqur ammo past tovushda gapirdi Janob Yu

- Ekspertiza xonasiga xatto kirish taqiqlangan ammo siz u yoqdan bu yoqqa yurib xonamni changityapsiz! Agar shunday bezovtalanishda davom etsangiz xonada chiqarib yuborishimga to'g'ri keladi)-u Aronni qayta ogohlantirgach, o'z ishiga sho'ng'idi. Ekspert Yu asosan o'zi yolg'iz ish olib boradi va xonasiga kirishga hech kimga ruhsat bermaydi. Sababi U- ish vaqtida chalg'imaslikni istaydi. Ammo bugun vaziyat biroz boshqacha. Aron bu ishga yollangan "maxsus detective" bo'lganligi va xonaga kirish uchun astoydil ruhsat so'raganligi uchun Ekspert yo'q deya olmadi.

-Aniqladingizmi?)-ekspertga yaqinlashdi Aron. Ammo avvalgidek shovqin qilib emas mutlaqo sokin ohangda edi.

-Halicha yo'q.. bu ish siz o'ylagandek oson emas.)-javob qildi ekspert boshini ham ko'tarmay

-Qiziq...)-so'z boshladi ekspert birozdan so'ng. Ammo uning so'zlari yakunlanmasdi.

-Hmmm...)-yana tovush chiqardi ammo fikrini to'liq yakunlamadi

-G'alati..)-dedi u va boshini Aron tomon burdi

-Jasadni topilgani haqda birinchi kim xabar qildi?)-xotirjam tarzda so'radi erkak

-Haligi... ha, kichik yordamchi Kim Taehyung. Uni taniysiz, doim tabassum qiladigan yosh yigitcha)- yordamchi Kimni eslagan Aron beihtiyor yuziga tabassum oldi

-Undan so'rab ko'ring detective, jasadni ko'rgan paytda qo'lidagi uzukka ko'zi tushmadimikin?)-yumshoq gapirdi erkak va xona eshigini ayol uchun ochib berdi

-Endi esa meni yolg'iz mulohaza yuritishimga qo'yib bersangiz..)-ekspert Yu nim tabassum qildi

-Oh ma'zur tuting, sizni ovora qildim. Omad tilayman Janob Yu)-Aron ham javoban tabassum qilgach xonani tark etdi

-Taehyung qayerda?)-duch kelgan xodimdan so'radi Aron

-Oshxonada bo'lsa kerak yana qayerda bo'lardi)-javob qilgach ishida davom etdi xodim.

-kichik yordamchi Kim..?)-biroz past ammo jonli tovush chiqardi Aron

-Oh.. Hayrli kun xonim!)-o'sha yorqin tabassumini hadya etgancha jilmaydi Taehyung

-senga ham.. qo'ling ancha yaxshimi?)-biroz havotir aralash so'radi va uning qo'llariga qaradi

-nega bog'ichni olib tashlading?)-havotirlanganini aniq ko'rsatdi Aron

-tashvishlanmang, men yaxshiman..)-bosh irg'adi va davom etdi

-odatda, yaralarim tez bitadi. Xavotirlanishga xojat yo'q)-u butunlay yengil va beparvo gapirdi

-Tushunarli.. ha, sendan bir narsa so'ramoqchi edim)-qiz maqsadga o'tdi
Taehyung esa "bemalol, eshitaman" degan nigoh bilan qarab turardi

-kecha tunda jasadni topganingda qo'lidagi uzukka ko'zing tushmadimi?)-Aron

-o'ng qo'lida uzuk bor ekanmi? Aslida, bilmayman xonim, eslay olmayman. Men shunchaki, qo'rqib ketdim va sizlarga xabar berish uchun yugurdim. Bu kabi mayda detallarga ahamiyat bermadim)-yelka qisgancha imo qildi U

-qahva ichasizmi?)-so'radi mayin ohangda

-yaxshi tayyorlayman)-u yana taklif kiritdi

-Oh yo'q demasdim, bu ish ancha toliqtiradi...)-Aron ham taklifni qabul qilgach, yengil tabassum qildi

Kechgi vaqt, Sud zali

Sudya kelishi bilan "sud ochiq deb e'lon qilindi" O'rtada turgan Aron qo'lidagi voqea joyidan topilgan dalilni ushlab turardi. Qarshi tomonga esa ayblanuvchi Komissar Hong Jeonghan keldi. Uning ko'zlarida umidsizlik yaqqol ko'rinardi. Ammo u o'zini taslim bo'lgandek ko'rsatishni istamasdi. U boshini yuqoriga ko'targan va o'ziga ishongan qiyofada turishni ma'qul ko'rdi.

Zalda esa unga dalda berayotgan atiga faqat ikki kishi bor edi -Idora Boshlig'i Kim Namjoon va kichik yordamchi Kim Taehyung.

-Marhamat, detective Aron. O'z dalillaringizni va shubhalaringizni ochiqlang)-so'z navbatini berdi Sudya

-Muhtaram Sudya Janoblari, aslida qarshimdagi komissarga nisbatan hech qanday yomon niyatim yo'q xatto u bu ishga umuman aloqador emasligini ich-ichimdan tasdiqlayman! Ammo o'zimiz istamagan xolda unga tegishli bo'lgan buyumni topdik. Ming afsus, ammo buyum o'ziniki ekanligini komissar tasdiqladi...)-u Sudyaga yaqin kelib qo'lidagi qo'lqoplarni topshirdi

Bir muddat dalil sifatida taqdim etilgan qo'lqoplarga qarab turgan Sudya qoshlarini yuqori ko'tardi.

Aron esa o'z joyidan turib kuzatardi.

Shunda Sudya qo'lidagi buyumni stolga yengil tashladi

-ayblanuvchi Hong Jeonghan! So'z navbati sizga!)-Sudya indamay boshini ayblanuvchi tomon burdi va uning so'zlarini tinglay boshladi

-Meni hech narsadan xabarim yo'q! Avval ham aytgandim xozir ham aytaman, "Men politsiya bo'limiga insonlar hayotini asrash uchun qo'shilganman! Ularni jonini olish uchun emas!")-u qat'iy ohangda gapirgach, xona ichida so'zlari aks-sado berdi

-Kechirasiz..)-suhbatga bevosita aralashdi Yoongi va asta ta'zim qildi

-Janob Sudya, bilaman qo'lingizdagi dalil oldida bizning ichki sezgilarimiz ahamiyatsiz ammo men ham Janob Hong kabi nufuzli odamni bu kabi chirkin ishga qo'l urishiga ishonmayman. Men holisona fikr bildiryapman, qolaversa komissar mening qadrdonim ham emas! Ammo shuni aytamanki, bu ish juda murakkab. Oddiygina qo'lqop yetarli emas!)-Yoongi indamay yana o'z o'rnini egalladi.

Komissar esa ishonqiramay tikilib turardi. Axir yangi kelgan paytidan boshlab bir-birini suymagan ikki erkak xozir tarafkashlik qilayotgandi.

Butun zalda shovqin ko'tarildi. Barcha bir ovozdan "Komissar bunday qilmaganini" ta'kidlardi. Shunda Sudyaning yog'och bolg'achasining qattiq urilgan zarb tovushi butun xonani egalladi.

-Komissarning advokati taqdim etgan dalillar juda kuchli edi! Komissarning alibisi bor, qolaversa qo'lqopda ham komissarga tegishli iz yo'q. Shunchaki, marhumaning qoni surtilgan. Bu yetarli emas! Shunday ekan, xoziroq Komissar Hongni qo'yib yuborishga majburmiz!)-jarangdor ovozida ta'kidladi Sudya va sud o'z nihoyasiga yetdi.

-Jin ursin!)-o'ziga eshitilarli qilib pichirladi kimdir. Uning ohangidan ishlari yaxshi ketmayotgani yaqqol sezilardi....

-Janob chekasizmi?)-o'z bo'limiga yetib kelgan komissarga yuzlandi xodim

-O'zimniki javonda edi... bir daqiqa..)-u ustki kiyimining ichki cho'ntaklariga qo'l yugurtirdi ammo o'ylagan narsasini topa olmadi chog'i yuzini burushtirdi

-Lanat bo'lsin! Javon kaliti qamoqxonada qolgan shekilli)-jahl bilan xo'rsindi u

-menikidan cheka qolmaysizmi?)-qayta taklif kiritdi xodim

-yo'q Taehyungni chaqir unda bo'lishi kerak edi..)-u xafsalasiz gapirgach, ko'zlarini yumdi.

2hafta davomida endi ozodlikni his qilayotgandi.

Yengil shabada yuziga urildi va kipriklarini harakatga keltirdi.

U chuqur nafas oldi. Ikki haftadan beri ilk bor ozodlik havosi o'pkasini to'ldirayotgandi

<-Sizlarni doim kuzataman va keyingi harakatlaringizni belgilayman xuddi ustingizdagi Shoh kabi! Sizlar esa meni to'xtatish uchun so'ngi nafasingizni ham qurbon qilasiz... mening qo'llarimda..>