Killer 4-chapter🔪
4-chapter
Sovuq pichoqni ushlab turgan Aron yuzlarini burishtirdi va Yoongiga qayta yuzlandi.
-Barmoq izlari yo'qmi?)-so'radi u talabchan ohangda
-Afsus.. u juda toza ishlaydi. Bu kabi arzimas xatolar u uchun emasdek...)-javob qildi Yoongi xo'rsinib
-Marhumani ko'rmoqchiman. U qayerda?)-Aron jasad tomonga harakatlandi va marhumaning bosh tomoniga kelgancha, tikilib qoldi
-yana yozuvmi? Ammo jurnalistlar buni aytishmagandi?!)-Aron Yoongidan javob kutardi
-Biz aholini tinchini buzishni istamadik va bu "o'tmas pichoq" qotilligini oshkor eta olmadik. Har bir jasadda bu yozuv bor. "Find me!" Jin ursin!)-Yoongi yer tepindi
-Biz uni topishimizni istaydi ammo biror belgi bermaydi shundaymi?)-qizishdi Aron
Ularga bosh ekspert kelib qo'shildi
-Uni topishimizni istayotgan ekan nega ovora qiladi? Kelib aybini tan olsa bo'lmaydimi? Bu qonxo'r qachongacha odam o'ldiradi yana?)-yoshi 50 dan oshgan Janob Yu yuzidagi niqobini asta yechdi
-U o'yin o'ynayapti Janob! Berkinmachoq o'yinini!)-tishlari orasidan vishilladi Yoongi
-Ee jin ursin yosh bolalarcha o'yinini! Odamlar o'lyapti axir! Odam degan hayvondan farq qilishi kerak emasmi?)-jahl bilan so'zladi ekspert
-Janob qarab yuboring)-shu payt ortdan kichik yordamchining ovozi keldi. Ekspert shoshgancha u tomon bordi
-VOY JIN URGUR!)-qayta baqirdi U va sheriklarini chaqirdi
Yoongi va Aron jasad yoniga qayta yaqinlasharkan, ekspert Yu qo'lida kichik qog'oz ushlab olgandi
-Bu marhumaning og'zidan chiqti. Nimadir deb yozilgan ammo so'lak hisobiga yozuv xiralashibdi)-u qo'lidagi kichik qog'ozni Aronga uzatdi
-Bu yana nima?)-qoshlarini chimirdi Aron va o'qish uchun ko'zlarini biroz qisdi
-Damian...!)-past ammo chuqur ovozda gapirdi Yoongi
-Shunday shekilli. Damian odatda Ispanlarga xos ism. Demak bu shunchaki tahallus emas, balki ismdir?)-Yoongi
-Endi o'yin ancha shiddatli kechadi Min! Bu ism haqida hamma ma'lumotlarni to'plang!)-butun jamoaga qarata gapirdi Aron
-sen esa..)-past ovozda Yoongiga yaqinlashdi
-Komissar Hong bilan biror aloqasi bormi yo'qmi shuni tekshir!)-Aron
tahminan 3soatdan so'ng
Aron stolidagi hujjatlar bilan band ekan oldiga yugurgancha kichik yordamchi Kim keldi
-Aron xonim, bizda bugungi marhumaga tegishli ma'lumot bor.)-xansiragancha bayonot berdi Kim
-bilasizmi.. aniqlashimiz bo'yicha, Dal Mari xonim Song-Sun to'dasi rahbari bilan ozgina muammoga duch kelgan. U 500 million won qarz olgan albatta, foizi bilan 3 oydan so'ng qaytarishga. Ammo to'da rahbari muddat tugagach unga bosim o'tkazgan. Bu hodisadan 3kun o'tib, Mari xonim vafot etgan...)-hech qayerda xato qilmaslik uchun yon daftaridan o'qib berayotgan Kim, ma'lumot tugagach asta boshini ko'tardi
-Xozirda bizda yana bir gumonlanuvchi paydo bo'ldi...)-Yordamchi Kim
-o'sha to'da rahbari bilan uchrashish kerak. Yoongi qayerda?)-u javobni kutmay xonani tark etdi
-Yoongi!)-qiz erkak tomon yaqinlashgach gapni cho'zmay maqsadga o'tdi
-Xoziroq tayyorlan. Song-Sun to'dasi qarorgohiga boramiz! U yerda Dal Mariga tegishli ma'lumotlar bo'lishi mumkin!)-dedi Aron
-yaxshi)-hech qanday e'tirozsiz rozi bo'ldi Yoongi va mashinaga chiqdi
Yo'lda
-o'sha to'da rahbari pul uchun qilgan deb o'ylaysanmi?)-so'radi Min
-Ehtimoldan holi emas! U suvdan quruq chiqish uchun ishni seriyali qotillikdek ko'rsatgan bo'lishi mumkin.)-Aron
-Yigiting bormi Aron?)-mavzuga butunlay zid bo'lgan savol bilan yuzlandi Min
-Nima?)-yuzini burishtirgancha ahmoqqa qaragandek tikilib turdi Aron
-Sevganing bormi?)-yana hech narsa bo'lmagandek so'radi Yoongi
-Yo'linga qara va jag'ingni yum!)-keskin javob qildi Aron
-Ilk ko'rishganimizda ancha muloyim mushuk eding..!)-mazax qildi Min
-Bas qil deganda to'xtashni maslahat beraman!)-Aron
-demak, mushukchaning tirnoqlari o'syapdi... yaxshi)-shundan so'ng ular ortiq gaplashishmadi...!
Manzilda
-shunchaki ichkariga kirib boramizmi?)-So'radi Yoongi
-bu ularga yoqmaydi. Biz politsiyachimiz!)-Yoongi
-Qo'rqoq mushuk!)-u shunchaki mazaxlab, kirish eshigi tomon ketdi
Katta zirxli eshik ochilarkan, Aronning yuziga ichkaridagi temir xidi urildi. Xona ichi tashqaridan sovuqroq edi. Aron shahdam qadamlar bilan hech ikkilanmay odimlab borarkan, oldiga ikkita barzangi yaqinlashdi
-Kimsan oyimqiz?)-so'radi erkak yoqimsiz jilmayib
-Menga Song-Sun rahbari kerak!)-dedi Aron
-O' mana bu xonimchaga qarang. Shunchaki kelib, Janobimiz bilan gaplashmoqchi ekaningni aytsang o'tkazib yuboramizmi? Yong'oqdek kallang ichidagi aqlni ishlatmadingmi?)-u qizning peshonasiga barmog'ini endi tekkizmoqchi edi barmog'ini sovuq qo'l ushladi va bir deganda yerga yeqitdi.
-Voy sen lanati!)-dedi sherigi va Yoongiga qarshi xujum qildi
Ammo bunisi ham yerga chalqancha quladi.
-Demak, qo'l jangida mahoratlisan?)- savol bilan qaradi Aron
-ishkariga kiramizmi?)-kamtarlik bilan savolni javobsiz qoldirdi U..
Shu on ularning oldidan bir to'da barzangilar chiqishdi. Ular ikki jiftlikni o'rab olishar ekan Yoongi qizni gavdasi ortiga oldi va sovuq ohangda dedi:
-Bu yerda yomon niyatda kelmadik! Boshlig'ingiz Jeon bilan gaplashamiz va ketamiz!)-Yoongi
-boshlig'imizni ismini tilinga olishga qanday jur'at etasan Mishqi?)-dedi bo'yi pastroq yigit va Yoongiga tashlandi
Bu safar ham uni yerga qulatgan Min mardonavor qaddini rostladi va balandroq baqirdi
-JIN URGUR JEON QAYERDA O'ZI?)-shu payt og'ir qadam tovushlari eshitildi
-Baqirmasangchi, berkinmachoq o'ynaganim yo'q)-ortdan kelgan ovoz sovuq edi. Barzangilar bir deganda ta'zim qilishdi va shu xolatda qilt etmay turishardi
-Kimsizlar?)-Jeon sekin yaqinlashib markazdagi stulga o'tirdi
-Ismim Yoongi. Politsiyadanmiz)-Yoongi
-Politsiyani xush ko'rmasligimdan bexabarmisan?)-qoshlarini chimirdi o'rta yoshli, kelishgan Jeon
-Bir nechta savolimiz bor xolos)-Aron
-Juda jasur xonimcha... Men Seuldagi yarim hududni boshqaraman. Sizningcha, vahtimni yoqimsiz savollaringizga javob berish uchun sarflashga majburmanmi? Xatto hozir shu eshikdan tirik chiqib keta olasizmi yo'qmi buni ham bilmaysiz!)-Jeon
-Janob Jeon, men detective Aronman. Chindan bu yerga savol uchun keldik. Sizga qarshi chiqish yoki ortiqcha kavlashtirish uchun emas.)-Aron bir vaqtning o'zida ham muloyim ham buyruq ohangida gapirardi
-Yaxshi qani o'sha Jin urgur savolni bering!)-dedi Jeon kursiga qulayroq joylashib
Jeon bilan suhbatdan so'ng, kechki soat 21:40; Bo'limda
-Aron..)-eshikdan biroz bosh chiqargan Yoongi asta chaqirdi
-men biroz oldingi ish bo'yicha kirdim)-dedi Yoongi
-Komissar Hong ga tegishlimi?)-Aron
-Ha.. ammo aminmanki, bu ma'lumotlar seni xursand qilmaydi...)-u stolga yaqinlashib bir nechta qog'ozlarni asta qo'ydi
-Afsus..)-Aron chuqur nafas olib hujjatlarni ko'zdan kechira boshladi
Qog'ozda
Ism: Hong Jeonghan
Yosh: 32
Bo'limga qabul qilingan yil:2014 yil
Xizmatdan avvalgi hayoti: Ispaniyadagi Madriddagi uyiga 16 yoshida borgan va 4 yil mobaynida Jurispol akademiyasida ta'lim olgan. Keyin esa maxsus diplom bilan xizmatga Koreaga qaytgan. Ispaniyadagi ism sharifi ma'lum emas!
-Komissar Ispaniyada yashaganmi?)-qoshlarini chimirdi Aron
-Ha, senga aytganimdek "Damian" bu ispancha ism. Va...)-biroz jim qoldi U
-Nimanidir yashiryapsan Min!)-shubhali qaradi Aron
-Damian - bo'ysundiruvchi va nazorat qiluvchi degani. Bu ismni bekorga yozib qoldirmagan)-Yoongi
Shu payt xonaga shoshib Kichik Yordamchi Kim keldi
-Meni ma'zur tuting, ammo shoshilinch muammo bor!)-Kim Taehyung
-yana o'tmas pichoqmi?)-so'radi Yoongi
-Ha.. va bu safar jasad politsiya bo'limining orqa tomonidan topildi....)-bu xabar xonadagi hammani muzlatib qo'ygandi...