Tutqun
12-episode🕷
Reichel xuddi Jungkook aytganidek kamar qoldirgan ko'kimtir izlarni yashirdi, o'ziga oro berdi va asta pastgi qavatga tushdi. U kim kelganligiga qiziqdi biroq u Jungkookning onasi ekanligi xatto hayoliga ham kelmagandi
-hayrli tong...)-oshxonaning katta stolida ortini o'girib o'tirgan ayolga yuzlandi U..
-hayrli tong...)-javoban jilmayib qo'ydi ayol. Reichel eshik oldida unga tikilib turib qoldi. So'ng ayol uni oldiga chorladi
-kelmaysanmi..?)-dedi u mutlaqo muloyim ohangda
-albatta..)-borib, ayolning oldidan joy oldi
-isming nima qizim?)-Yoonah
-Reichel.. Kang Reichel)-Rei
-necha yoshdasan? Qayerdan kelding? Nega bu yerdasan?)-Yoonah
-Yaqinda 19 yoshga kiraman. Asli Seoulda yashayman. Bu yerga esa....)-u biroz o'ylanib qoldi va sal avval Jungkook aytgan gaplar hayolidan o'tdi
《-sen endi sevgilim ro'lini ijro etasan!》
-Men Jungkookning... sevgan qiziman)- boshini quyi eggancha javob qildi U
-Jungkook? Uning sevgan qizi bormi?)-yoonah
-ha aslida..)-rei
-men xursandman. Har xolda u mening yolg'iz o'g'lim!)-ayolning gapidan so'ng boshini ko'tardi qiz
-o'g'lingiz? Ammo uning...?)-Rei
-haa, men u bilan yashamaganman. Ammo endi bunday davom etmaydi!)-Yoonah
-qaytib kelganingizdan xursandman...)--tabassum qildi Reichel
TIME SKIP
Ayni Jungkook uyga tashrif buyurajak mahal...
Jungkook uyga kirib keldi. U avval umuman guvohi bo'lmagan bir manzara... issiq taom tayyorlangan... o'zgacha qilib bezalgan bashang stol... yorug' va changlardan toza bo'lgan xona... va... unga mehr bilan tikilib turgan ayol.. bari boshqacha! Ipidan ignasiga qadar...
-hayrli oqshom, O'g'lim..)-tabassum qilgancha o'g'li tomon oshiqdi ayol
-sizga ham)-bilinar bilinmas tabassum qildi, hali ham qat'iylik tark etmagan bir qiyofada
-qorning ochdir? Qara sen yoqtirgan taomni tayyorladim?!)-o'g'liga tikilib turardi ayol
-ha, ko'rdim. Hozir yuvinib tushaman)- ich ichidan "Oyi" jumlasini aytishga tutindiyu biroq uddalay olmadi va indamay yuqori qavatga ko'tarildi
PovJungkook:
~Sog'indim...! Mehringiz, shirin so'zingiz, issiq quchog'ingiz, taftingiz hamma hammasini! Men Sizni sog'indim! Ammo nima qilay, sizni qabul qilishim oson emas. Menga vaqt kerak..! Balki, juda uzoq vaqt...?
Jungkook xonaga kirganida, yotoq ustida allaqachon shirin tushlari bilan yolg'iz qolgan qizga ko'zi tushdi. Juda shirin uxlardi U... avval ham shunchalar beg'ubor tarzda uyquga ketarmidi? Yoki Jungkook endi payqadimi buni? Nima bo'lsa ham u hozir bu bilan band bo'lmasligi kerak!
-ho'sh mazalimi..?)-qiziquvchan nigohlari bilan boyadan buyon termulib o'tirgan ayol asta tilga kirdi. U o'g'lidan javobni kutarkan Jungkook asta bosh chayqadi
-ha... mazali... juda)-ohista so'zlardi U
-senga avvalgi lazzatni his ettira olganimdan xursandman)-ayolning yuzidagi tabassum keng yoyilgandi
-aslida, bu lazzatni ko'pam his qilmaganman. Ammo bu menga yoqti)-Jk
-shu mavzuni eslamaylik maylimi o'g'lim?)-qo'llarini Jungkookning qo'llari ustiga qo'ydi
-men dam olaman. Yig'ishtirmay qo'yavering Reichel o'zi qiladi)-ayolga ta'kidlab xonasiga ko'tarildi
PovYoonah:
~Sen chindan ulg'ayibsan... endi avvalgidek "laqma bolakay" emassan.. Ayni muddao, sen men uchun munosib raqib bo'lasan, Bolajonim! Bu qiziqarli!
《Oradan o'tgan 3oy hayratlanarli darajada ajoyib edi. Oilada shakllangan mehr-muruvvat havas qilsa arzigulik... Oilani ushlab turgan bir rishta bor ediki, u yaqin orada uzilishi muqarrar...!》
Jungkook ish stoli ustida xotirjam o'tirardi. Ko'zlari esa muhim hujjatlarga qaratilgan. Hujjatlarni ko'zdan kechirarkan, xonaga kotibi kirdi.
-Janob Jeon)-so'z boshladi U
-gapir)-Jk
-Janob, aslida buni bilsangiz kerak ammo har ehtimolga qarshi ogohlantirishni afzal ko'rdim...)-Jungkook butun hayolini yig'ib diqqat bilan kotibning so'zlarini tinglardi
-Janob, hisobingizdan katta miqdorda pul o'tkazilgan...)-asta yutunib qo'ydi kotib
-nima? Qanday mablag'?)-so'radi Jeon
-unisini bilmayman, ammo Chet hisob raqamiga katta miqdorda pul o'tkazilgan. Bundan xabaringiz yo'qmidi?)-Kotib
-yo'q! Menga qara, Jihun! Xoziroq raqamni aniqla! Xoziroq!)-qat'iyan ta'kidladi U
-tushundim Janob)-kotib xonani tark etdi
PovJungkook:
~Kim qilgan bo'lishi mumkin? Kim bunga jur'at eta oladi? Atrofimda mendan qo'rqmaydigan biror shahs bormi? Chet hisobiga dedimi? Ming Lanat yana qanaqa maynavozchilik bo'ldi bu..?!
Tahminan 2 soatlardan so'ng..
-Janob Jeon)-yana o'sha chehra xona o'rtasida ko'rinish berdi
-aniqladingmi?)-so'radi erkak
-ha Janob! O'tkazilgan pul miqdori 50.000$ ni tashkil etadi. O'tkazilgan hisob raqami esa ****)-u gapini yakunlab erkakning javobini kutardi
-Jihun)-Jk
-eshitaman)-jihun
-pulni o'tkazgan raqamni ham aniqlashning iloji bormi?)-so'radi erkak
-Ha Janob! Mana..)-u erkakga qo'lidagi qog'ozga yozilgan telefon raqamini ko'rsatdi
PovJungkook:
~Ming Lanat! REICHEL! Senga ishonib xato qildim. Demak, ko'rnamaklik qilding?! Bu yaxshi emas... senga ishonishni boshlaganimda hammasini bir pul qilishing odobdan emas..!