OWNED BY A MAFIA
Atrof-muhit odatdagidek sokin edi, talabalar partalarda o‘tirib, o‘quv mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanayotgan edilar.
Baʼzi talabalar professorning maʼruzasiga jiddiy eʼtibor qaratayotgan bo‘lsalar, boshqalari devordagi soatning jarangiga chalg'ib, darsning so‘nggi daqiqalarini sanayotgan edi.
Professor narsalarini yig‘ar ekan, "Dars tugadi," deb e’lon qildi.
Talabalar tashqariga otilib chiqishdi, bir necha soniya ichida sinf bo'shab qoldi.
— Jiwoo! Jiwoo! Uyg‘on, dars tugadi,” dedi bir qiz, atrofdagi voqealardan bexabar uxlayotgan eng yaqin do‘stini silkib.
— Yn iltimos, - dedi Jiwoo shikoyat bilan, yuzini boshqa tomonga burib.
Jiwoo, ketdik... aks holda sening qo‘rqinchli tan soqchilaring ichkariga bostirib kirishadi, seni izlab, — dedi Yn, sumkasini yig‘ishtirar ekan.
— Mayli!!!" — dedi Jiwoo erinib, kitoblarini befarq tarzda sumkasiga joylarkan.
Birdan Jiwoo xayoliga nimadir keldi va ko‘zlarida hayajon chaqnadi.
— Yn!! Men senga aytishni unutdim, bugun uyimda ziyofat bor. Albatta kelasanku, hech qanday bahona bo‘lmasin. — dedi Jiwoo tantanali ohangda, qo‘llarini chalishtirib.
—Va javobimni oldindan bilasan —yo‘q. Men uyinga borishni xohlamayman, u yer juda qo‘rqinchli, — dedi Yn xavotir bilan.
—Men allaqachon aytganman, yo‘q degan javobni qabul qilmayman. Senda tanlov yo‘q, dugonajon. Xayr!!! Ko‘rishamiz!!seni yaxshi ko'raman.
Shunday deb, Jiwoo sumkasini oldi-da, sinfdan yugurib chiqib ketdi.
—Uning akasi uyidan ham qo‘rqinchliroq,— deb g‘uldiradi Yn, derazadan tashqariga termulib.
Jiwoo Jeonlar oilasiga mansub bo‘lib, uning akasi Jeon Jungkook nafaqat Koreyada, balki butun Osiyoda taniqli shaxs hisoblanadi.
U muvaffaqiyatli biznesmen sifatida tan olingan bo‘lsa-da, uning yerosti bizneslari bilan mashhurligi ham bor. Qisqasi, u mafiya sifatida tanilgan.
Yn u haqda o‘ylab, bo‘g‘zidan zo‘rg‘a yutindi. Uni faqat bir marta ko‘rgan — Jiwooni kollejga olib kelganida.
Shubhasiz, uning go‘zalligi Ynni ham sehrlab qo‘ygan edi, lekin u havoni taranglashtirgan qorong‘i aurasini va g‘ayritabiiy, tahdidli energiyasini sezmay qolmadi. Qattiq ifodali chehra va o'tkir nigohlar — Jeon Jungkook aynan shunday inson edi.
Agar Yn undan qo‘rqmayman desa, bu yolg‘on bo‘lardi.
...............................
Yn kichkina, ammo qulay kvartirasiga kirganida, uni ukasi Daehyun quvonch bilan qarshi oldi.
Soatlab kafeda ishlaganidan so‘ng, uning charchagan chehrasi ukasining bolalarcha ovozini eshitib yorishib ketdi.
—Noona! Men sizni sog'indim, - deb xitob qildi u, uning belidan quchoqlab.
Yn kulib yubordi va tiz cho‘kib, uning sochlarini bir oz to‘zg‘itdi.
Ularning qon qarindoshligi yo'q, lekin Yn uni ikki yil oldin piyodalar yo‘lagida baland isitmadan qaltirab yotgan holatda uchratgan edi.
Yn uni o‘z uyiga olib bordi va u yerda parvarish qildi. Bir necha kundan so‘ng u tuzaldi, ammo Yn uni yana o‘sha yo‘lakda tashlab ketishni xohlamadi, chunki yetimlik azobini yaxshi bilar edi.
Shu sababli u o‘shandan beri Yn bilan birga yashaydi. Yn uni o‘z ukasidek yaxshi ko‘radi, u esa uni o‘zining opasi deb biladi. Hozirda u sakkiz yoshda.
Yn xarajatlarini qoplash uchun kafeda ishlaydi, lekin maosh yetarli emas. Shunga qaramay, u oy oxirigacha kunini ko‘ra oladi.
—Daehyun, nima qidirayotgan eding? — deb so‘radi u, chunki u uyga kirgan zahoti ko‘rgan birinchi narsa Daehyunning oshxonada nimadir qidirayotgani edi.
— Noona, men ochman, shuning uchun yeyishga nimadir qidirayotgandim,— dedi u, qornini ishqalab.
Bu oyda u oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilishga yetarli pulga ega emasdi, chunki butun mablag‘ini dorilariga sarflagan edi. U besh oy oldin, uch haftadan ortiq vaqt davomida isitma, holsizlik va charchoq his qilganidan so‘ng shifokorga murojaat qildi. Tekshiruvlardan so‘ng, shifokorlar unga leykoz (qon saratoni) tashxisini qo‘yishdi. Unga kasallik birinchi bosqichda ekani va uni induksiya terapiyasi orqali davolash mumkinligi aytildi.
Lekin u hanuzgacha davolanishdan bosh tortmoqda, chunki uning yagona muammosi — pul. Agar u butun pullari va jamg‘armasini davolanishga sarflasa, u ham, Daehyun ham oxir-oqibat ochlik va qashshoqlikdan halok bo‘lishadi. U bu kasalligi haqida hech kimga — na Daehyunga, na Jiwooga — hech narsa demagan.
Chunki Daehyun uning uchun xavotirga tushadi, Jiwoo esa davolanish xarajatlarini to‘lab berishga urinadi, lekin u bunday bo‘lishini istamaydi. Jiwoo unga allaqachon moliyaviy jihatdan juda ko‘p yordam bergan.
—Daehyun, meni shu yerda kutib tur. Menda biroz pul bor. Borib senga rameon olib kelaman,— dedi u, hamyonidan qolgan pulni qidirib.
— Lekin noona, siz nima yeyasiz?
— Bugun kechqurun do‘stimning uyidagi ziyofatga boraman, u yerda biror nima yeyman. Sen xavotirlanma, uxlayver. Qo‘shni xoladan senga qarab turishini so‘rayman.
Daehyun bosh irg‘ab qo‘ydi va xonasiga qaytib kirdi.
Daehyunni ovqatlantirgandan so‘ng, Yn hozir o‘zi uchun libos tanlamoqda, garchi tanlov imkoniyati cheklangan bo‘lsa ham.
Bayramdagi hamma juda boy bo‘ladi, men esa ularning darajasiga mos keladigan birorta ham libosga ega emasman,
- dedi u o‘ziga-o‘zi, yotoqda o‘tirib, nima kiyishni bilmasdan.
Shu payt telfoniga xabar keldi.
U telefonini qulfdan chiqardi va Jiwoo tomonidan yuborilgan xabarni ochdi.
Yn iltimos, tug‘ilgan kuningda sovg‘a qilgan libosimni kiygin. U senga juda yarashadi.
Y/nning ko'zlari baxtdan ochilib, Jiwoo sovg'a qilgan qimmatbaho ko'ylakni esladi.
U ich-ichidan Jiwooga minnatdorchilik bildirdi va libosni topish uchun shkaf tomon yugurdi.
— Men bu libos haqida deyarli unutgan ekanman,— dedi Yn, hayajon bilan qutini ocharkan.
Yarim soat ichida u tayyor bo‘ldi va oxirida, kvartira kalitlarini qo‘shni xolaga topshirgach, jo‘nab ketdi.
Nihoyat Jeon qarorgohiga yetib kelganida, Ynning ko‘zlari hayrat va qiziqish bilan atrofni kuzatdi. U ko‘rgan manzara go‘yo ertakdan chiqqandek edi — shunchalik go‘zalki, rostligiga ishonish qiyin edi.
U boshini silkitdi va o‘zini yana haqiqatga qaytardi.
Yn qarorgohga kirishga chog‘lanayotgan edi, biroq kimdir uni to‘xtatdi. Uning tashqi ko‘rinishini kuzatar ekan, Y/n darrov tushundi — bu odam qo‘riqchi edi.
— Xonim, iltimos, taklifnomangizni ko‘rsating.
— U-umm, menda taklifnoma yo‘q,— dedi u, asabiy tarzda barmoqlarini o‘ynab.
— Kechirasiz xonim, lekin agar sizda taklifnoma bo‘lmasa, ichkariga kiritolmaymiz.
— Lekin meni Miss Jiwoo taklif qilgan. Men uning eng yaqin dugonasiman, — dedi u, uni ishontirishga urinib.
Atrofga tezda ko‘z yugurtirar ekan, u bir nechta odamlarning unga g‘alati va sinchkovlik bilan tikilayotganini ko‘rdi. Bu holat uning asablarini battar taranglashtirdi.
—Yo‘q xonim, sizni ichkariga kirita olmaymiz. Janob Jeondan qat’iy buyruq bor — taklifnomasiz hech kimni ichkariga
—dedi qo‘riqchi, ammo gapini tugatishga ulgurmay, kimdir kelib Yn yonida to‘xtadi.
—Nega uni ichkariga kiritmayapsizlar?" — dedi u qiziq ohangda, qoshini ko‘tarib so‘radi.
Boshini biroz qiyshaygan holda qarar ekan, Yn qarshisida turgan odamning Taehyung ekanligini ko‘rdi.
Taehyung — Jiwooning amakivachchasi. Ba'zida Jiwoo uni ziyofatlarga o‘zi bilan birga olib keladi, chunki Jungkook odatda Jiwooning, ayniqsa kechasi yolg‘iz yurishiga ruxsat bermaydi.
Taehyung yoqimtoy va kamtar inson sifatida tanilgan, lekin Yn uning atrofida o‘zini noqulay his qiladi — ayniqsa, uning harakatlari tufayli. Taehyungning jismoniy yaqinlikka moyilligi, ehtimol, uning uchun tabiiy holatdir, ammo Yn bunday munosabatdan mamnun emas. Umuman olganda, u o‘zini yaxshi inson sifatida ko‘rsatadi, biroq bu jihati Ynni bezovta qiladi.
—Janob bu xonimda taklifnoma yo‘q, va biz Janob Jeondan qat’iy buyrug' olganmiz — taklifnomasiz hech kimni ziyofatga kiritmaslik kerakligi haqida. — deb qo‘riqchi vaziyatni tushuntirdi.
— U men bilan birga kiradi, va mana mening taklifnomam,— dedi Taehyung biroz qo‘pol ohangda, taklifnomani qo‘riqchiga uloqtirib.
qo‘riqchi bosh egib, ularga qasrga kirishga ruxsat berdi.
Ular zalga kirib borayotgan paytda, Yn hurmat bilan bosh egib Taehyungga minnatdorchilik bildirdi. Kutilmaganda, Taehyung Ynni quchoqlab oldi, bu esa Ynni butunlay dovdiratib qo‘ydi.
— Rasmiy bo‘lishning hojati yo‘q, Yn. Men sen uchun har doim tayyorman,— dedi Taehyung uning qulog‘iga pichirlab, qo‘lini asta orqasidan pastga siljitarkan.
Yuragi shiddat bilan ura boshladi, bu esa Taehyungni qat’iy ravishda itarib yuborishga majbur qildi. majburan jilmayib qo'ydida, Jiwooni izlashga tushdi.
To‘satdan kimdir Ynning yelkasiga tegdi, bu esa uni qattiq cho‘chitib yubordi.
—Yahh Yn, seni kutib charchadim,— dedi Jiwoo ichimligidan bir ho‘plab.
—Jiwoo xonim, meni qo‘rqitib yubording! Men allaqachon bu mafiya muhitidan qo‘rqib turibman, — dedi Yn uning yelkasiga engil urib. Jiwoo esa qiqirlab kulib yubordi.
—Aytgancha Yn, sen juda ajoyib ko‘rinyapsan, — dedi Jiwoo ko‘zini qisib.
—Rahmat, lekin senchalik emas,— dedi Yn, Jiwooga boshdan-oyoq nazar tashlab. Jiwoo esa jilmaydi.
—Jiwoo, meni bu yerga taklif qilishdan shunchalik hayajonlanganingdan, taklifnomani berishni unutibsan, — dedi Yn, lablarini erkalik bilan chiqarib.
—Hehehe! Voyy, butunlay unutibman. Bilasan-ku, men ham sendek tentakman, — dedi Jiwoo o‘z haziliga kulib.
—Ha ha ha... juda kulgili-ku, — dedi Yn kinoya bilan, bu hazil unga umuman yoqmaganini bildirgan holda.
— Lekin seni ichkariga kim kiritdi?— deb so‘radi Jiwoo qiziqib.
— Sening amakivachchang Taehyung menga yordam berdi. - dedi Yn noqulay qiyofada.
— Mayli. Endi yura qol, bazmdan zavqlanamiz.
- dedi Jiwoo, Ynning bilagidan ushlab, zalning burchagida joylashgan bar tomon boshlab ketdi.
Yn boshqalardan uzoqda joylashgan stulda jim o‘tirardi. Jiwoo esa mehmonlarni kutib olish bilan band edi.
Birdaniga Ynda yuvinish xonasiga borishga ehtiyoj paydo bo‘ldi. U atrofga qarab, yo'l-yo'riq so'rash uchun Jiwooni izlay boshladi.
—O‘zim topishim kerak.
- deb pichirladi u, joyidan turib.
Bu yer bilan tanish bo‘lmagani sababli, u Uyning boshqa tomoniga chiqib qoldi, u yerda esa hech kim yo‘q edi.
—Bu joy yuragimni siqayapti. Qaytganim ma'qul,- deb o'yladi u.
Ammo u bo‘g‘iq bir ovozlarni eshitgach, qadamlari to‘satdan to‘xtab qoldi.
Dastlab, u bu ovozlarni e'tiborsiz qoldirishni tanladi, biroq qiziqishi ustun keldi.
U ovozlar kelgan tomon yurib bir eshik qarshisida to'xtadi. Eshik tutqichini ochmoqchi bo'lgan edi hamki, lekin kimdir uning qulog'iga pichirladi - bu esa uni qo'rqitib yunbordi.
— Nima izlayapsan? — deb so‘radi u.
U shoshilinch tarzda orqasiga o‘girildi va eng ko‘p qo‘rqqan inson bilan yuzma-yuz keldi.
— J-Janob J-Jeon.-
uning nomi Ynning lablaridan shivirlab chiqdi.
Ko‘zlari o‘tkir va qorong‘i edi, xuddi uning ongidagi har bir fikrni ko‘rayotgandek, yuragini teshib o‘tayotgandek tikilgan. Bu nigohlar Ynning orqasidan sovuq yurib o‘tganidek, badanini titratdi. Uning yuzi qirrador bo‘lib, kuchli jag‘ chizig‘i va baland yanoq suyaklari bilan ajralib turardi. Uning sovuq, tahdidli holati esa shundoqqina aytib turardi — bu odam bilan hazillashib bo‘lmasligini.
— Men faqat yuvinish xonasini qidirayotgandim. - dedi u duduqlanib, unga ko‘z tashlamaslikka harakat qilib.
Jungkookka bir nazar tashlaganida, u Ynga go‘yoki uni tiriklay yeb qo‘yadigandek tikilib qarab turganini ko‘rdi.
U hech qanday javob eshitmagach, ketmoqchi bo‘ldi. Ammo Jungkookning qo‘li to‘satdan harakatga kelib, uning bilagidan mahkam ushlab oldi va uni joyidan jilishga qo‘ymadi. Dastlabki hayratdan so‘ng, ich-ichidan uni qo‘rquv qamrab oldi.
—Sen kimsan? - dedi Jungkook sovuq va hissiz ohangda. Biroq, qandaydir tarzda Yn uning tovushida nafaqat sovuqlik, balki g‘ayritabiiy ishtiyoqni ham sezdi.
—Jiwooning do‘sti. - javob berdi u, yuragidagi vahima tobora kuchayib borayotganiga qaramay, ovozini barqaror tutishga harakat qilib.
Javobidan qoniqmagan Jungkook uni chaqqonlik bilan eng yaqin devorga tiradi.
u ingrab yubordi, kutilmagan harakatdan ko‘zlarini mahkam yumib oldi.
Uni ikki qo‘lining orasida devorga tiqib, sovuq va buyruq ohangda dedi:
U savoldan hayratda qolib, ko'zlarini ochdida asta javob berdi.
— Y/n...
Jungkook uni qo‘yib yubordi, va YN bu imkoniyatdan foydalanib, orqasiga qaramasdan u yerdan yugurib chiqib ketdi.
U chiqib ketayotganida, u past ovozda pichirladi:
— Ko'zlaring chiroyli ekan.