May 30, 2025

"Despise to Desire"

4_Ep

Rena janob jeondan kelgan habarni o'qiy boshladi.

Janob jeon: ha, Karter xonim qo'ng'iroq qilgan ekansiz.

"Rena shoshqaloqlik bilan jungkookning raqamini terdi, lekin jungkook javob bermadi.

Jungkookni Singapurdagi voqea xotiralari xayoliga to‘lib-toshgancha tinchgina uxlayotgan Miuga ko‘z tashladi. Jungkook Renani alkagol tasirida ekanligini bilib. Bu Rena bilan to'g'ridan-to'g'ri yuzma-yuz kelish imkoniyati deb bildi.

— Mast holatdagi suhbat ogohlantirish

Janob Jeon: Karter xonim, men hozir qo'ng'iroqni qabul qila olmayman. Agar bu shoshilinch bo'lmasa, biz buni ertaga muhokama qilishimiz mumkin.

Rena: Mayyliii Jungkooook… meni eshitt iltiimoss.

Janob Jeon: Davom eting.

Rena: Meenn seniii sevaamann, seniii sevaamann,

Nima uchunn Miuuga uylandiiing? , u seni mendan tortib oldii. U senii yomon inson qildi.

Sen har doim Miuni, Miuni, yoqtirarding... U seni o‘sha paytda sevmagan. Men senga taklif qilmoqchi bo‘lganimda. u sening taklifinga“ha” dedi. Seningcha u seni sevganmi? Hahaha...

Yo‘q, u seni men bilan ko‘ra ololmagani uchun sening taklifinga rozi bo‘ldi.

Uni tark et, iltimos... qaytt... qaytt menga...
Miuu qanchalik seni sevishimni biladi... Sen yomon odamsan... Meni tashlab ketding u tufayli...

Janob Jeon: Ertaga yozganlaringiz uchun afsuslanasiz. Oxirgi bor, yaxshi tun, Karter xonim.

Rena: Yo‘q, iltimos, bunday qilma... Men yashay olmayman... Men sening Renangman, sening gulingman... Iltimos, meni bir marta bo‘lsa ham sev...

Vada berman, men senga Miudan ko‘ra ko‘proq sevgi beraman. Men ham senga u kabi bola beraman.

Nega uni homilador qilding, sen xiyonatchi, yaramas, qo‘rqoq... Men seni yomon ko‘raman, lekin sevaman ham... Meni ham xotining qil, Kookie... Menga ham uylanishingni xohlayman, meni ham homilador qil, Kookie...

U javob bermadi. U bir necha daqiqa kutdi, lekin har o‘tgan soniyada ko‘zlari tobora xiralashib, zo‘rg‘a ko‘rardi.

Rena: heeyyyy Jungkoook... Kookkieee...

Rena: jaavobb berrr jungkoook... Mening.. Jungkookim.

...................

Rena telefonni qayoqqadir uloqtirib, orzular mamlakatiga jo'nab ketdi.

—Hey, Rena! Uyg‘on, soat 9:30 bo‘ldi."
Marie uni uyg‘otmadi, chunki Rena kechagi voqealardan keyin juda qo‘rqib qolgan edi. U ehtimol, bugun ishga kechiksa ham, Jungkook uni kechirishi mumkin, deb o‘ylagandi. Shunday bo‘lsa-da, Marie ohista silkitib, Renani uyg‘otishga harakat qildi.

Rena o‘rnida qimirlay boshladi, ko‘zlarini ishqalab, to‘satdan o‘rnidan turib ketdi:
"V-voy... Men juda kech qoldim!"
Stol ustidagi soatga qarab, u og‘zini ochib yubordi:
"Voy, haqiqatan ham jadvaldan ortda qolyapman. U meni o‘ldiradi. Bugun kiyish uchun menga kiyimlaringni berib turasanmi?"

Dedida shoshib vannaxonaga yugurdi va Marie erta uyg‘otmagani uchun shikoyat qildi.

—Agar hidim bunchalik yomon bo‘lmaganida, bugun cho‘milmay qo‘ya qolardim. Aggghhh. Ey Xudo, umid qilamanki, u yaxshi kayfiyatda."

U tezda dush qabul qildi va chiqqach, Mariening kiyimlarini kiyib oldi.

—Shoʻrva ich, Rena,"

Marie nonushta olib keldi, lekin u necha marta taklif qilgan boʻlsa ham, Rena rad etdi.

U makiyaj qilmasdan, polga tushib qolgan telefonini olib, taksi chaqirdi va manzilga shoshilib ketdi.

—Voy, bechora Rena, hech nima yemading ham! Umid qilamanki, Jungkook... ahh... U shunchalik ahmoq bo'lib qolgan. Iltimos, mening sevigi azobida qolgan Renam, uyg‘on endi." Marie xo‘rsinib Renani orqasidan gapirib qoldi.

Rena shoshib Jungkookning kabinetiga kirdi va unga bir necha bor ta'zim qilib kech qolgani uchun qattiq uzr so'radi.

Jungkookning jag‘lari qattiq qisilib turgan edi. U yaxshi bilar edi: Rena kecha bo‘lgan voqeani eslamayotganini yoki eslamayotgandek o'zini ko‘rsatayotganini. Jungkook telefonida nimadir yozdi, va shu zahoti Renaning telefoni vibratsiya qildi.

—Ko‘rib chiqing," dedi Jungkook.

U shoshilib telefonini olib, Jungkookning xabarini o‘qidi.

Janob Jeon: Ushbu chatni pastga tushiring.

(Rena pov)

Janob Jeon bilan suhbatimni pastga aylantirar ekanman, yozgan gaplarimni anglashga harakat qilardim va kechagi Marie bilan bo‘lgan suhbatlarimni noaniq esladim. yuzimda darhol ter tomchilar paydo bo‘ldi va mening tizzalarim cho‘kib, ko‘zlarim qo‘rquvdan yoshga to‘ldi.

Men unga qaradim, uning g‘azabi meni yutib yuborishga tayyorligini his qildim va tezda ko‘zlarimni pastga, pollarga qaratdim. Qo‘rquv bilan qo‘llarimni ishqaladim, titrab turgan qo‘llarimdan mobilim yerga tushdi.

—M-meni kechirasiz. Men Mast edim. Qasam ichaman, kelajakda bunday ish qilmayman. Hatto, bundan keyin umuman ichmayman ham. Iltimos, janob Jeon, men bularning hech birini nazarda tutmagan edim. Juda uyatdaman."

Men yig‘i aralash ovozim bilan yolvordim, u Miuga qanchalik qattiq g‘amxo‘rlik qilishini anglab yetdim va yillar davomida yuragimda qadrlab kelgan inson oldida o‘zimni qanday sharmanda qilganimni tushundim.

—Agar yana bir imkoniyat bersam, kelajakda yana shunday harakatni takrorlashingiz ehtimoli bor, axir bunday qilganingizni Singapurda ham ko‘rsatgan edingiz," — u hali ham klaviaturada bir narsa terayotgan edi.

Uning so‘zlari meni hayratda qoldirdi. Uning eslatmasi bilan o‘sha safarimizni xira esladim.

....................

2 OY OLDIN.....

Biz chet elda yig‘ilish o‘tkazishimiz kerak edi va hayajon juda sezilardi. Oldingi ishlagan kompaniyalarimda bir nechta xizmat safarlarini boshdan kechirgan bo‘lsam-da, bu safar Jungkook bilan birinchisi edi.

Talabalik davrimizda ham safarlarga chiqqan edik, o‘sha paytlarda u menga g‘amxo‘rlik qilgan, garchi hissiyotlarini kamdan-kam ko‘rsatsa-da. Shuning uchun boshqa bir joyda bo‘lsam u menga hech bo‘lmaganda yaxshi muomila qiladi deb o'yladim. Shunga biroz hayajonlanar va bir oz asabiylashar edim.

................................

—Karter xonim, to'rt kishilik joy bron qiling, siz o'zingiz bilan har qanday odamni olib kelishingiz mumkin, lekin unutmang bu ish safari." —U menga bilvosita oila a'zolarini olib kelmaslikni eslatdi.

Marie, talabalik davrimizdagi yaqin do‘stim va ishlaydigan ayol, men tanlagan hamroh edi. U o‘sha yillardan beri aloqamizni saqlab kelgan yagona inson edi va qiyin paytlarda doim menga katta tayanch bo‘lgan.

Lekin jungkook kimni biz bilan olib borayotgandi? Ehtimol, menedjerni.

Keyinroq, qandaydir zaruriyat tufayli, menejerimiz safarga kela olmadi.

Ammo men bilib qoldimki, u biz bilan birga Miuni ham olib ketayotgan ekan. Bu mantiqan to‘g‘ri edi, lekin men uchun kutilmagan holat bo‘ldi. Shundan so‘ng uchta xona uchun chipta va mehmonxona bronlarini kompaniyamiz nomidan band qildim. Marie esa chinakam hayojonda edi.

................................

Biz manzilga – Singapurga yetib bordik. Mehmonxona menejeri bizni kutib olib, uchta xonani ko‘rsatdi. Janob Jeon juda band bo‘lgani uchun uchta xona band qilish u uchun muammo emas edi.

Miu o‘zining bexato didi va zamonaviy uslubi bilan ham mashhur. Ba’zida o‘ylab qolardim, janob Jeon uni moda sohasidagi biznes loyihasiga qo‘shishni hech o‘ylarmikin, deb.

Janob Jeon haqida gapiradigan bo‘lsam, men uning shaxsiy hayoti haqida o‘ylab qolaman. U har doim sovuqqon va jiddiy inson bo‘lib ko‘rinar edi, hatto talabalik davrlarimizda ham. Ammo Miuning yonida u butunlay boshqa odamga aylanardi. Ular shubhasiz bir-birlariga juda mos kelishardi.

Hammamiz biroz dam oldik, keyin Janob Jeon va Miu qayergadir chiqib ketishdi, meni esa ich-ichimdan bir og‘riq bosib oldi. Uning ko‘zlarida Miuga bo‘lgan mehrni ko‘rganimda, yuragimda yillar davomida yashirinib kelgan sog‘inch va istak yana bosh ko‘tardi. Bu mehrga uzoq yillardan beri intilgan bo‘lsam-da, u faqat yuragimda qolib ketdi.

Ularni qachon qaytib kelishganini bilmadik, chunki men va Marie kechki ovqatni yeb, uxlab qoldik. Ularni qo‘l ushlashib birga kelayotganini ko‘rganimda yuragim g‘ash bo‘lib ketdi.

Ba’zan o‘z nigohimdan ham qo‘rqaman, u ularning baxtiga baxtsizlik soyasini solib qo‘yadi, deb o'ylayman. Ammo bu taqdir o‘yini. Men bunga o‘zimni tayyorlashim kerak, chunki bu manzarani hali ko‘p bora ko‘raman.

Ertasi kuni ertalab u meni uchrashuv haqida gaplashish uchun xonasiga chaqirdi va biz bir oz muhokamalar qildik.

men uni biroz charchaganini sezardim. U blazerini kiymagan edi. Sochlari hali ham nam edi, ehtimol dushdan keyin. Barmoqlari klaviaturada mahorat bilan raqsga tushayotgandi, lekin men tanbeh olmasligim uchun hech narsaga tikilib qaramadim.

Kechqurun biz uchrashuvga tayyorlandik.

Men va janob Jeon xususiy xonada janob Davidni kutib oldik. Biz biznes haqida suhbatlashdik va ular bir necha ichimlik ichishdi. Janob Jeonga qarashim shart emasligini o‘ylab, biroz yengil tortdim, chunki uning xotini yonida edi, lekin u ko‘p ichmadi.
...........................

— Karter xonim, uchrashuv tugadi. Endi borib o‘zingiz hohlagandek vaqt o'tkazing!” Bir soatdan so‘ng u meni kuzatib qo‘ydi, bu menga o‘zim xohlagancha vaqt o‘tkazishim mumkinligini anglatardi.

Biz Marie bilan kechki ovqatni yedik, keyin esa shaharni tomosha qilish va zavqlanish uchun chiqishga qaror qildik. Biz atrofda sayr qilib, suratga tushdik va manzaralarning go‘zalligidan bahramand bo‘ldik.

Rena va Mariena

—Jungkook men bilan hatto to‘g‘ri gaplashmadi ham,” dedi Marie norozi ohangda.

—U doimo shunday bo‘lgan. Hozir esa yanada mas’uliyatli va jiddiyroq,” deb men uning haqida ilgari paydo bo‘lgan, keraksiz fikrlarimni rad etishga harakat qildim.

—Biz Miuni yolg‘iz qoldirdik, lekin u bizga qo‘shilishni istamadi,” dedi Marie afsus bilan.

—Xavotir olma, yana aytaman, seningcha Jungkook uni shunday ko‘chalarda erkin yurgizarmidi? U doimo unga malika kabi munosabatda bo‘lgan. Shuning uchun hammasi joyida...”– Men kuldim, garchi yuragim og‘rib tursa ham. Fikrlarimni tozalash uchun ozgina toza havo kerak edi.

Yo‘q, men rashk qilmagan edim, shunchaki ranjigan edim. Nega men emasman? Men nimani noto‘g‘ri qilgan edim? Nega u menga qarab jilmayolmas edi? Bu juda achinarli edi.

— Kel bir oz ichamiz,” deb barni ko‘rib, Marieni tortib olib bordim, u esa mamnuniyat bilan rozi bo‘ldi.

Biz bir necha shisha ichdik, va mast holatimda yuragimni to‘kib sola boshladim. —"Nega u menga bunday qilayapti?"

— Rena , har safar mast bo‘lsang, yuragingdagi sog‘inchni haqida gapirishni boshlaysan. Unga hech qachon sevganingni aytmading-ku, endi, nega 'nega nega nega' deb so‘rayapsan?" — uning ovozi biroz jahldan tushgan edi.

— Oh-ha, mayli! Buni unut... lekin shunchaki esdan chiqarma... yuragim hanuz ham uning muloyim teginishiga yonib turibdi," deb shikoyat qildim va ko‘zim xiralashib, o‘zimni uning yelkasiga tashladim – shunday his qildim.

O‘zimni yana xonamizda ko'rdim, belimda bir og‘irlik bor edi. Ko‘zlarimni ishqalab, yonimda bemalol uxlayotgan Mariening tanasidan ozod bo‘lishga urinib ko‘rdim.— "Marie... qo‘yib yubor..."

Marie befarq holda, uxlayotgan edi. Zaiflashgan holatimda uning oyoqlari va qo‘llaridan qutulish uchun barcha kuchimni sarfladim. Lekin meni eng ko‘p ajablantirgani shuki, qanday qilib bu yerga kelib qolganimni eslay olmasdim.

Chanqoqlik meni siqib qo‘ydi, shoshilinch suvga muhtoj edim, lekin hech qanday shisha topolmadim yoki xiralashgan ko‘zlarim bilan ko‘ra olmadim. eshikni ochganimda, nimadir sababdan oyoqlarim meni janob Jeonning xonasi tomon yetakladi.

Eshik oldida turib, taqillatishni boshladim, so‘zlarim biroz notekis chiqardi:— "JANOB JEONNN, MENGAAA SUV KERAKKKKK."

U eshikni ochmadi, men esa polga o‘tirib olib, taqillatishni davom ettirdim. Bir necha daqiqadan so‘ng eshik sharaqlab ochildi va ayolning oyoqlari ko‘rindi.

Men tazim qilib davom etdim: —Bu- bu siiiiz- Jeonnnn xonim?"

Miu yelkalarimdan tutib, ko‘zlarimga tikildi: "Rena, sen shunchalik mast bo‘lganmisan..?" U meni biroz silkitdi.

Birdan kimdir qo‘limdan tutib, menga suv shishasini uzatdi. Ko‘zlarim yarim yumuq holatda bo‘lsa-da, shishaga tikilgancha, uni ochib, bir necha ho‘plam ichdim.

— Rahmat, Miu... oops, Jeon xonim," deb kulib bosh egdim.

Shundan keyin xotiram chalkashib ketdi. Avvalgi kechani qanday bo‘lganini eslashga urinib ko‘rsam ham, hech narsani eslolmadim.

O‘sha kecha qandaydir chegaralarni kesib o'tganmidim?

Ertasi kuni ertalab men barda mast bo‘lganimni noaniq eslab uyg‘ondim. Marie bilan birga bir nechta qadaq ichganim va oxir-oqibat mehmonxonamizga qaytganimni aniq eslay olmasdim. Shuningdek, janob Jeonning xonasiga borganimni biroz eslay oldim, ammo u yerda Miu ham bor edi.

Nonushta chog‘ida Mariega savol berdim,
— "Kecha meni sen qaytarib olib keldingmi?"

— Janob Jeon sening raqaminga qo‘ng‘iroq qildi. Sen allaqachon mast eding, shuning uchun men qo'ng'iroqni ko'tardim va qayerdaligimizni aytdim. Keyin mehmonxona xodimlari mashina va haydovchi yuborib, bizni qaytishimizga yordam berishdi."

—Rostdanmi?" men hayrat bilan so‘radim va qo‘ng‘iroq tariximni tekshirib, yuzimga tabassum yugurdi. "U hali ham men uchun qayg‘uradi," deb pichirladim.

—Hayolingga kelgan narsalarni to‘xtat! Telefon qo‘ng‘irog‘ida Miu bor edi, shuning uchun u bizni topishni Jungkook aytgan bo‘lsa kerak,” Marie qattiq ohangda gapirib, yuzimdagi tabassumingni yo‘q qildi.

—Darvoqe, nega yolg‘iz uxlayotgan eding?" — deb so‘radi Marie, meni biroz hayratda qoldirib. Esimni yo‘qotib qo'ydim, bo‘lib o‘tgan voqealarni eslashga harakat qildim. Yana xira xotiralarda Jungkookning yarim yalang‘och tanasi ko‘z o‘ngimga kelib, yuragim gursillab urdi.

Jinursin!! Bu haqiqatan sodir bo‘ldimi yoki men shunchaki tush ko'rdimmi?

Men hayron bo‘lib, aqlim chalkashib turgan bir paytda, eshik taqilladi.

Men tezda o‘rnimdan turib, Miu kirayotganida bosh egdim. U esa yumshoq ohangda:
— Bo‘ldi, Rena. Men senga boshliq emasman. Ovqatlaringni to‘g‘ri ye. Siz ikkalangizni yaxshi ekanligingizni bilish uchun kelgandim, — dedi.

— Ha, biz yaxshimiz, rahmat! Jeon xonim, kecha men biron bir tomosha ko'rsatmadimmi? — dedim xavotir bilan, chunki Janob Jeondan so‘rashga jur’atim yetmadi.

— Hmmm, biroz tomosha ko'rsatding. Lekin sen kulgili ko'rinar eding.... Xavotir olma, sen shunchaki chanqaganding, shuning uchun suv berdim va do‘sting eshikni ochmagani uchun seni boshqa xonaga kiritdim. — dedi u va Marie tomon qaradi, u esa uyatidan boshini pastga egdi.

— Oh! Kechagi kecha uchun uzr so'rayman va rahmat xonim! — dedim, uning samimiy mehribonligini qadrlab.

U gapni ish masalasiga burib ketdi.

—Bugungi uchrashuv uchun kerakli narsalaringni olib kel va menga ergash." Men bosh irg‘ab, buyumlarimni yig‘dim va ularning xonasiga kirdim, u yerda janob Jeon noutbukda ishlayotgan edi.

Uning Yarim yalang‘och tanasining ko'rinishi ongimda hanuzgacha aylanib yurar edi, hatto buni tushimda ko‘rgan bo‘lsam ham. Men tomog‘imni yutib, sekin-asta u tomon qadam tashladim.

Unga yaqinlashib salom berdim.

—Xayrli tong, janob.”

—Hayirli tong! Tezroq keling, — dedi u boshini ko‘tarmay.

— «Parol?» dedi u, noutbuk ekranini menga qarata egib, parol kiritishimni so‘radi. Xotiralar miyamda aylananib yurganidan qo‘lim titrab, parol yozayotgandim, barmoqlarim bexosdan uning qo‘liga tegib ketdi. Sovuq tegishi nafasimni bir zumga to‘xtatib qo‘ydi.

—Diqqat qiling" dedi u qattiq ohangda, mening noqulay holatimni payqab. Men esa shoshib uzr so‘rab, o‘zimni yig‘ib oldim va tezda parolni kiritib, himoyalangan faylni ochdim. Shundan so‘ng ishga sho‘ng‘ib ketdik.

Biroq, biz ishimizga chuqur sho‘ng‘igan paytimizda, Miu xonaga kirdi. U noz- karashma bilan yurib keldi, va uning kirishi darhol Janob Jeonning e’tiborini tortdi. Uning oldin jiddiy va ishbilarmon ko‘ringan chehrasi, Miuni ko‘rganidan muloyimlashib qoldi.

—Azizim» dedi u muloyim ohangda, yorqin tabassum bilan unga yaqinlashib.

—Bir oz vaqtingni ajrata olasan, deb umid qilgandim.»

Men Janob Jeonning ko‘zlari rafiqasini ko‘rgach qanday chaqnab ketganini ko‘rdim. Bir necha daqiqa oldin menga sovuqqonlik bilan gapirgan ovozi birdan mehrga to‘lib, yumshoq ohangga aylandi:

—Albatta, Azizam. Sen uchun hamma narsani qilaman.»

Miu hazil ohangida eri qo‘lini tortib, jilmayib dedi:
—Rena, umid qilamanki, men muhim narsani bo‘lmayapman?»

Men ichimda rashk tuyg‘usini his qilgan holda, majburan tabassum qildim:
— yo'q, Jeon xonim. biz deyarli tugatgan edik.–dedim chiqishga tayyorgarlik ko'rib.

Yana qo‘llarim qaltirashni boshladi, hujjatlarim va boshqa narsalarimni yig‘ishni boshladim. Va Janob Jeon menga yig‘ishimda yordam berdi.

Nega hanuzgacha og‘riyapti yuragim?

Men ketayotgan edim, lekin uning so‘zlari meni to‘xtatdi.

— Karter xonim, o‘sha spetsifikatsiyalar bo‘yicha dizayn jamoasi bilan aloqada bo‘ling... — dedi u, lekin gapini Miuning ehtirosli o‘pishi to‘xtatib qo‘ydi. Men hali ularning xonasida edim va o‘pishish tovushini eshitayotgan edim. Ko‘zlarimni ko‘tardim va o‘z dahshatimga guvoh bo‘ldim: Miu uning oyoqlari orasiga o‘tirgan, qo‘llari esa uning orqasida edi.

Miu va Jungkook

Men darhol ortimga burilib, eshikni yopib xonadan chiqib ketdim. ichimda o‘zimga la’natlar ayta boshladim: nega har doim ularning o‘pishishlariga guvoh bo'lishim kerak?

Ko‘kragimda bir tugun paydo bo‘ldi. Ular bir-birlarini chin dildan sevishlarini bilsam ham, Miu uning oldida bexavotir ravishda noz-karashma qilayotgani menga hasad va alam hissini berdi.

U menga eslatib qo‘ydi: u erishgan sevgi menga hech qachon nasib etmasligini, qancha orzu qilsam ham.

...........................

HOZIRGI VAQT....

O‘sha paytda ham, hozir ham mast edim. Ichmaslikka harakat qilaman, chunki har safar ichsam, o‘sha shirin xotiralarimizga qaytaman va u menga tegishli bo‘lgandek tasavvur qilaman, o‘zimni aldab.

Men to‘rtta shisha ichmasam, mast bo‘lmas edim, lekin u yonimda bo‘lganida bir marta ham ichmaganman, hech bo‘lmasa eng kichik imkoniyatni ham buzib qo‘ymaslik uchun.

— Yo‘q, janob Jeon, bunday voqea hech qachon takrorlanmaydi. Iltimos, meni ishdan bo‘shatmang... — dedim, chunki uning meni ishdan bo‘shatmoqchi ekanligini sezdim.

— Men sizni shunchaki ishdan bo‘shatmayman, Karter xonim, — dedi u, men esa chuqur nafas oldim. U printerga buyruq berdi, keyin tezda menga yaqinlashib, printerdan chiqqan xatni olib, imzolab, ustiga muhr bosdi. So‘ngra u qog‘ozni yuzimga uloqtirdi.

— Siz ishdan bo‘shatildingiz! Men sizga modalar dunyosida, korporativ sohada yoki boshqa joyda ish topishingizga yo‘l qo‘ymayman, — dedi u va kibr bilan kuldi. Men yerga tushgan qog‘ozni olib, o‘qishga tushdim.

(Jungkook pov)

Men va Miu ikimiz ham me'yorida ichdik. U meni yotog‘imga itarib, o‘tirishga majbur qildi.
— Bugun juda ko‘p ishlading, mukofot vaqti keldi! — dedi u hazil bilan, keyin esa asta-sekin kiyimlarini yecha boshladi. Bu meni beixtiyor qiziqtirib qo‘ydi.

U juda qisqa va jozibali bir kiyimni qo‘liga oldi.
— boshqa tomonga qara! — deb talab qildi u. Men kulib, nigohimni boshqa tomonga qaratdim. Uning buyruq ohangi doimo meni gap qaytarishga majbur qilmasdi. Biz turmush qurganimizga endi yetti oy bo'lgandi.

U mening oldimda kiyinib oldi, lekin uni ko'rishimga ruxsat bermadi. Ba'zan u bu narsalardan zavqlanib, meni sabrsiz qiladi. Ko'p o'tmay, uning qo'llari oyoqlarim bo'ylab siljib, az*oyimga tegayotganini his qildim.

—Azizam, sen juda qattiqqo'lsan! Bu mag'rur turishning yagona sababi menmi?" deb jilmayib qo‘ydim

Men unga, uning mukammal qomatiga, sutdek silliq terisiga qaradim. Uning ko'kragi tizzalarimga tushdi. Men uning yuzini silab.

—Sen mening jismoniy kuchimni uyg'otadigan yagona sababsan. —dedim

Uning qomatiga qarab az*oyim taranglasha boshladi. Bu kecha u boshqacha edi va jazibador ko'rinardi.

Men ko'ylagimni yechdim, u o'rnidan turdi va meni yotoqq turtdi. Yotoqqa chiqgach, mening ustimga chiqib oldi. — Ustimga chiqish qanday bo'larkan?— deb kuldi.

—Men sendan bunday so'zlarni birinchi marta eshityapman", deb xursand bo'ldim va uning namligini his qildim, tez orada u menga o'zini topshira boshladi. Men uni bo'sa olmoqchi bo'lib tortdim.

—Janob Jeonnnn, menga suv kereeeek!" degan tovush eshitilib, eshik taqilladi. Biz o‘pishimiznil to‘xtatdik. Miu tezda o‘rnidan turib, qisqa kiyimini tuzatib, tashqariga chiqdi va menga hammasini o‘zi hal qilishini aytdi. Men ham o‘rnimdan turib, o‘zimni tartibga keltirdim, bir shisha suv va kalit kartani oldim. Shu paytda Miu u bilan gaplashayotgan edi, u esa nimanidir boshlashga tayyor edi.

Karter xonim nihoyat uyg‘ongan edi, lekin u juda ko‘p ichgan edi ham. Men uning oldiga yurib, suv shishasini uzatdim. U boshini egib, doimiy ravishda ta’zim qilardi.

—Miu... Men hozir qaytaman..." Men unga past ohangda gapirdim, u bosh irg‘ab, "mayli" dedi, chunki Miuning ustidagi kiyim tashqariga chiqish uchun mos emas edi.

Men uning bilagidan mahkam ushlab, uni xonadan tashqariga olib chiqqanimda Karter xonim yuzini tirishtirdi.

— Karter xonim, bu yerda janjal ko'tarmang"– deb ogohlantirdim.

—Yaxshi, Janob Je-on! Kechirasiz..." U hanuzgacha boshini egib turardi, men esa uni xonasiga sudirab borib, eshigini taqillatdim.

—Hooooy Marieeee -eshiknii ochhh ahmoqq...cho'chqaaaa halii hamm uxlayapsanmiii. " U eshikni tepib yubordi. Men tezda uning og‘zini qo‘llarim bilan yopdim.

— To‘xtang, Karter xonim." Ammo uning tentak do‘sti qancha chaqirishimga qaramay meni eshitmadi, u ham juda mast edi.

Men Karter xonimni boshqa bo'sh xonaga sudrab bordim. Kalit kartani chiqarib, eshikni ochdim.

Men uni iloji boricha ehtiyotkorlik bilan yotoqqa tashladim, undan imkon qadar uzoqroq turishga harakat qildim, lekin u darhol jim bo‘lib qoldi, hatto nafas olishi ham eshitilmadi va biroz o‘tib, yotoqdan sirg‘alib tushdi.

Instinktiv ravishda: "Karter xonim??" dedim, yuziga yengilgina urib. U ko‘zlarini ochib, yuziga qo‘limni ushlab turdi. "Juda issiq," dedi u, qo‘limni yuziga silab o‘tkazdi va menga qarab, ko‘zlarini pirpiratdi. Uning nigohi ko‘kragimga qadalib qoldi.

—Voahhh!! Tana... tanangiz juda issiq ekan!!" dedi u hayrat bilan, mening ko‘ylagim yarmi yechilgan holatga qarab.

—Qachondan beri shunchalik ulg'ayib qolding, ha?" dedi u, yuzini menga yaqinlashtirib, ko'zlarini yumdi. "Ko'r, men yonib ketayapman," dedi u qizargan yuzini ko'rsatib. Spirtli ichimlik ta'siri ostida uning oppoq terisi qip-qizil bo'lib ketgan edi.

—S-sen Miu bilan ... Oops, Jeon xonim bilan yotganmiding?" dedi u, ko'kragimga urib, injiq bola kabi yig'lay boshladi. Men esa uni muloyimlik bilan o'rnidan ko'tardim.

— Karter xonim, sizga nima bo'ldi?" Men unga past ovozda qichqirdim, u esa tezda orqaga chekindi va mening oldimda tinimsiz bosh egishni boshladi.

Uning mast holati men uchun yangilik edi. U har doim muvaffaqiyatli uchrashuvlar yoki biznes partiyalardan keyin bunday holatni inkor etardi, va men nima uchun rad etishini tushundim.

—“Loyiha bo‘yicha qilgan xatolarim uchun uzr so‘rayman, janob Jeon. Ularni darhol tuzataman. Men chin dildan ishlayman, gapimga amin bo‘ling... Doimo siz bilan birga bo‘lishni istayman. Sizning tanqidlaringiz meni ishda mukammal qiladi. Shuning uchun men kompaniyaga va sizga eng yaxshisini berishga harakat qilaman. Ah,....faylni qayerga qo‘ydim?”

U boshini egib g'alati gaplar haqida gapira boshladi, ko‘zlarini atrofga qaratdi, xonani diqqat bilan kuzatib, mening qo‘llarimni ushlab oldi.

—Uxlang Karter xonim! Ertaga uchrashuvimiz bor."Men yana oramizda masofa o'rnatishga urinib, uni qo'lini pastga tushirdim va yotoqqa joylashtirdim.

—Oh, mayli, lekin…” U mening ko‘ylagimni ushlab, yana menga yaqinlashdi, tik turib menga qaradi.

—Nima bo‘ldi senga? Biz do‘st bo‘lgan kunlarni eslash qiyinmi? Men hech qachon bilolmadim, nima uchun do‘stligimizni shunday buzding? Kollejdan keyin to‘satdan qayerga yo‘qolib ketding?” U meni silkitdi, ehtimol javob izlayotgan edi.

— Karter xonim, o'zingizni tuting..." dedim va undan uzoqlashishga harakat qildim. Uning drama qilishiga endi sabrim yetmadi.

—meni Karter xonim deb chaqirishni to'xtat, iltimos... Meni oldingidek Kiwi yoki Rena deb chaqirgin... Iltimos, faqat bir marta,” dedi u, ko'ylagimdan qo‘llarini bo‘shatib, mening quchog'imga yiqildi.

Chuqqur nafas olib, sekinlik bilan uni yotoqga qo‘yayotganimda. Shu payt Miu xonaga kirib keldi va meni Renaning tanasini ushlab, qiynalayotganimni ko‘rdi. U tezda yordam berdi va Renaning ustiga adyol yopdi.

—U ichib olganida shunchalik qiziqarli bo‘lishi mumkinligini bilmas edim," dedi Miu kulib, qo‘limni ushlab.

—Men buni bugun bildim," deb javob berdim.

Karter xonimning so‘zlari va harakatlari haddan tashqari edi, bu meni qattiq bir qarorga kelishga majbur qildi. Uning umidsizligi aniq ko‘rinib turardi, lekin men bu safar bunga ko'z yumishga qaror qildim.

(Jungkook pov tugadi)

....................................

Renani nuqtai nazaridan davom etadi-

..........

Jungkook ishdan bo'shashim uchun bir qator sabablar sanab o'tdi:

—mas'uliyatsiz xatti-harakatlar, maxfiylikni buzish, itoatsizlik, doimiy ravishda ish rejalari va maqsadlarga erisha olmaslik, ishga kechikib kelish, g‘alati va tushuntirib bo‘lmaydigan xatti-harakatlar va yana boshqalar.

—Bunday bo‘lishi mumkin emas. Siz oldindan biron bir ogohlantirish bermadingiz-ku, bularning hammasi yolg‘on bohonalar. Meni shunchaki ishdan bo'shatolmaysiz.

Men umidsizlik bilan yolvordim, ovozim his-tuyg‘ulardan qaltirab chiqdi:

—Buni qila olmaysiz, Janob Jeon!! Mening hayotim, mening kareram xavf ostida. Iltimos, bu qarorni qaytaring. Bu hammasi yolg‘on... Men har doim o‘z vazifalarimni bajarganman, va majburiyatlarimga sodiq bo‘lganman..."

—Men hatto kompaniya uchun daromad ham keltirganman, garchi bu atigi 3% bo‘lsa ham. Iltimos, shaxsiy masalalarni ish faoliyatimga aralashtirmang. Meni ishdan bo‘shatmang, iltimos. Men bunga juda ko‘p mehnat qildim. Ishim uchun son-sanoqsiz uyqusiz tunlarimni qurbon qildim. Iltimos, Janob Jeon!!"

So‘zlarim chin yurakdan chiqqan azob va umidsizlik bilan to‘lgan edi. Umid qilardimki, u qarorini qayta ko‘rib chiqadi va hech bo‘lmaganda mening kompaniyaga sodiqligimni tan oladi, tan olmasa ham, mening ahvolim va o‘zimni aybdor his qilishim uning qaroriga ta’sir qilishi mumkin deb o‘yladim. Ammo uning keyingi so‘zlari menga juda qattiq zarba berdi.

—Rostdanmi? Unda o‘zingga to'liq mos keladigan fohishalik ishi bilan shug'ullan! Ular senga yaxshi maosh to‘lashadi. istasang tanangni ularga tekinga ber, yoki homilador bo‘l. Menga yoki Miuga endi hech qachon shunday umidsiz yuzingni ko‘rsatma!»

Uning so‘zlari yuragimni teshib o‘tdi. Endi bu kamsitish va haqoratlarni ko‘tara olmadim, ichimdagi qahr portlab chiqqanida, joyimdan turib, qo‘limdan kelgancha yuziga tarsaki tushirdim.Keyin esa bo‘g‘zimga kelgan g‘azab bilan yoqasidan mahkam ushladim.

—Nima deyapsan, Jungkook.. q-qanday qilib bunday deyishing mumkin? Bilardingku men mast edim. Agar men chegaramdan o'tgan bo'lsam, shunchaki meni ishdan bo'shatishing mumkin. Qanday qilib meni fohisha deb atayapsan?? F-fohisha? Bilarding-ku, men har doim faqat seni sevganman. Senga bo'lgan tuyg'ularim bizning kolej davriga borib taqaladi. B-bilaman, sen hech qachon menga men qaragandek qaramagansan, lekin sen meni va sevgimni haqorat qila olmaysan... J-Jung-kook ..haqiqatdan ham Miu seni yomon tomonga o'zgartiribdi!! S-sen hech qachon bunday bo'lmagansan. Sen hech qachon o'zini o'ylaydigan, meni bunchalik yomon ko'radigan inson bo'lmagansan .. Lanati Jeonnnn.. Miu aslida haqiqiy fohisha.. U shunchaki seni xohladi, seni hech qachon sevmagan.

So‘zlarim tomog‘imda tiqilib qoldi, ko‘zlarim yoshga to‘ldi. Yig‘lab, uni urdim, lekin u meni biroz kuch bilan turtib yubordi, va men divanning suyanchig‘iga yiqilib tushdim. Suyanchiq qornimga qattiq tegib ketdi.

Jeon jungkook

—U HAQIDA AYGAN GAPLARING OQIBATIGA JAVOB BERISHGA TOYYOR TUR" u baqirdi. Men qornimni ushlab, og‘riqdan ingrab yotdim, lekin u menga bir qarab ham qo'ymadi.

Bu mening Jungkookim emas.

U dadil qadamlar bilan kabinetdan chiqib ketdi, butun ofis jim-jit bo‘lib qoldi, ularning ko‘zlari va quloqlari shiddatli qarama-qarshilikning guvohi bo‘ldi. U atrofdagilarga bir qarab qo‘ygach, hamma yana o‘z o‘rniga qaytdi.

Men u yerda ko‘p yig‘ladim.

Jungkook, sen men sevgan odam emassan endi! Men xursandman, buni qilding. Endi sendan nafratlanaman. Nihoyat, men sendan va sening zaharli shaxsiyatingdan uzoqlashib ketishga qaror qildim.

..................................

Hii guys! Bu bobi sizlarga yoqdimi?

Agar fanfic davomida Renaga nima bulishi qiziq bulsa kuproq reaksiya tashlang.... 💋🥰