"Entwined fates"
Taehyung: Ha... Bu mening rafiqam va hayotimdagi yagona muhabbatim, Kim Rena...
Rena uning so‘zlarini eshitib nafas olishdan to‘xtadi. U aytgan gaplariga ishonolmasdi. Har qanday paytda hushidan ketib yiqiladigandek edi. Kang xonim esa uning holatini payqaganga o‘xshadi va gapirishga qaror qildi.
Kang xonim: Rena, yaxshimisan?? Ranging oqarib, terlab ketibsan...
Rena: Ha?.. M-men yaxshiman. Faqat yuvinish xonasiga b-borishim kerak. Kechirasiz.
U uzr so‘rab chiqib ketdi va yuvinish xonasiga yo‘l oldi. Oynaga qaraganida, butun yuzi oqarib ketganini ko‘rdi — faqat yonoqlari qip-qizil, hayajondan qizarib turgan edi. U yonoqlariga qo‘l tekkizdi, so‘ngra yuragiga qo‘llarini qo‘ydi — yuragi juda tez urayotgan edi.
shuning ta'sirida juda qattiq nafas olayotgandi.Yuzini bir necha bor yuvdi, so'ng yana oynaga qaradi.
Rena: Nima bo‘lyapti senga?? Nega o‘zingni go‘yo sevimli yigitidan maqtov eshitgan o‘smir qizdek tutyapsan?? Jinnilik-ku, Rena. U shunchaki rostini aytdi, xolos. Axir u sening ering! Nega bu qadar hayajonlanyapsan?
U o‘zini tinchlantirishga urindi, lekin bu urinish butunlay samarasiz bo‘ldi. Yuragi uni eshitmasdi, faqat tobora tezroq ura boshladi. Uning so‘zlari Renaning ongida qayta-qayta aks sadodek yangrayotgan edi. Eng ko‘p uni bezovta qilgan narsa esa — Taehyung uni “hayotidagi yagona va chin muhabbati” deb atagani edi.
Bu yolg‘on emasmi? Axir Marie uning sevgisi edi-ku... Unday bo‘lsa, qanday qilib — Rena — “hayotidagi yagona va chin muhabbati” bo‘lishi mumkin?
Rena: xursand bo‘lma. U buni faqat Janob Kangni biz baxtli er-xotin ekanligimizga ishontirish uchun aytdi, xolos. Bundan ortiqcha ma’no yo‘q.
Endi yuragi asta-sekin odatdagi holatiga qayta boshlagan edi, ammo ko‘ngli g‘amgin edi. Bilardi — bunday his qilishga haqqi yo‘q, lekin baribir yuragi ezilardi. U oqib turgan suvga tikildi va chuqur xo‘rsindi. Shu payt eshik taqilladi, bu esa uni cho‘chitib yubordi.
X: Yaxshimisiz, xonim? Janob Kim meni sizni tekshirish uchun yubordi... ichkariga kirsam bo‘ladimi?
Rena darhol o‘zini qo‘lga oldi va javob berdi.
Eshik ochildi va ofitsiantka libosidagi yosh qiz ichkariga kirdi.
X: Xonim, o‘zingizni yaxshi his qilyapsizmi? Janob Kim meni sizni chaqirishim uchun yubordilar. Ular VIP bo‘limida kutishyapti.
Rena bosh irg‘ab tasdiqladi va pardozini tuzatgach, ofitsiantka bilan birga tashqariga chiqdi. Qiz uni VIP bo‘limga boshlab bordi. U yerda Rena Janob Kang va uning rafiqasi bilan birga Taehyung va Sooyaaning o‘tirganini ko‘rdi.
Taehyung uning kelayotganini ko‘rdi va ko‘zlarida yengil xavotir aks etdi. U Renaga qaradi va kutilmaganda, mutlaqo oddiy ohangda so'zladi.
Taehyung: Yaxshimisan? Biroz uzoq qolib ketding, shuning uchun men uni seni tekshirishga yubordim.
Rena: Men shunchaki pardozimni tuzatayotgan edim, xolos. Boshqa hech narsa yo‘q.
Taehyung Renani yolg'on gapirmaganligiga ishonch hosil qilib bosh irg‘adi va so‘ngra Janob Kangga tomonga o'girildi.
Janob Kang: Endi rafiqangiz ham shu yerda ekan, yana bir bor takrorlayman. Ertaga bo‘lib o'tadigan ziyofatimga siz ikkalangizni taklif etaman. Hech qanday bahona qabul qilinmaydi. Tushunarlimi?
Rena Taehyungga qaradi va Tae bosh irg‘ab, rozilik bildirishini ishora qildi.
Rena: Xavotir olmang, amaki. Albatta boramiz…
Janob Kang uning so‘zlaridan mamnun bo‘lib bosh irg‘adi. So‘ngra kotibasidan qo‘ng‘iroq keldi.
Janob Kang: Mayli, Taehyung, endi men ketaman. Lekin seni kutaman, shuning uchun meni uzoq kutdirib qo‘yma...
Janob Kang bosh irg‘ab, rafiqasi bilan birga o‘rnidan turdi. Ular ikkalasi xayrlashib, jo‘nab ketishdi.
......................
Taehyung, Rena va Sooyaa endi uyga yo‘l olishgan edi. Sooyaa allaqachon orqa o‘rindiqda uxlab qolgandi, shuning uchun butun yo‘l davomida sukunat hukm surdi, faqatgina dvigatelning ovozi eshitilardi. Ko‘p o‘tmay, ular uylariga — hashamatli qarorgohlariga yetib kelishdi va Taehyung mashinani to‘xtatdi.
Taehyung Sooyaani quchog‘ida ko‘tarib, xonasiga yo‘l oldi. Rena ham uning ortidan yurgan edi, ammo u Jimsoo xonimning ahvolini tekshirish uchun boshqa tomonga burildi.
Rena Jimsoo xonimning tinchgina uxlayotganini ko‘rdi, axir kechasi yarim tun bo‘lib qolgan edi. Rena uning yoniga yaqinlashdi va dori-darmonlarini ichganiga ishonch hosil qilgach, sekin ortga qaytdi.
U xonasiga kirib, kiyimlarini almashtirdi. Qulay futbolka va shim kiyib oldi. Tungi parvarish tartibini bajarib, uxlamoqchi bo‘ldi, ammo shu payt Sooyaani tekshirishni unutganini esladi.
U xonasidan chiqib, Sooyaaning xonasiga yo‘l oldi, lekin u yerda Sooyaa yo‘q edi. Rena biroz qoshini chimirdi, ammo keyin Taehyung Sooyaaani o‘zi bilan olib ketganini esladi.
Rena Sooyaaning tungi kiyimini olib, Taehyungning xonasiga yo‘l oldi. U eshikni taqillatdi, lekin hech qanday javob bo‘lmadi.
Eshik qulflanmagan edi, shuning uchun u ichkariga kirdi va Taehyungning u yerda yo‘qligini ko‘rdi. U ehtimol o'z ish xonasida bo‘lsa kerak, deb o‘yladi. So‘ngra uning nigohi to‘shakda tinchgina uxlab yotgan Sooyaa tomon tushdi.
U Sooyaaning yoniga yaqinlashdi va uning sochlarini muloyimlik bilan siladi. Keyin sekin va ehtiyotkorlik bilan uning kiyimini yechdi, uni uyg‘otmaslikka harakat qilib. Sooyaga tungi kiyimini kiyintirdi va yana sochlarini muloyimlik bilan silab qo‘ydi.
Rena sooyaning peshonasidan o'pishi bilan shu payt hammom eshigi ochilib, Taehyung beliga faqat sochiq bilan o'ralgan holda chiqib keldi.
Rena ko'zlari katta-katta ochilib, yonoqlari qizib ketganini his qildi, shuning uchun u xijolatini yashirish uchun darhol boshqa tomonga qaradi. Taehyung unga biroz jilmayib qarab turardi, chunki u har doim uning bu harakatlarini juda yoqimli deb bilardi.
Ularning orasida noqulay sukut hukm surardi, bu esa vaziyatni yanada noqulayroq qilardi. Rena unga qaradi, uning qanchalik jozibali ekanini ko‘rib, uzoqroq qarashga jur’at eta olmadi. Darhol pastga qarab, terlagan qo‘lini ko‘rdi.
Rena: Xo‘sh... Umm... Men uni tekshirishga va kiyimlarini almashtirishga kelgandim... Endi ketaman.
U ikkilanib gapirdi va orqaga qaytish uchun to‘shakdan turishga harakat qilayotgandi, birdan bir qo‘l uni ushlab, turishiga yo‘l qo‘ymadi. U yoniga qaradi va, yarim ochiq ko‘zlari bilan unga qarab turgan Sooyaani ko‘rdi.
Sooyaa: Oyyiii, ketmang... uyqusi qochgan ohangda
Rena bir lahzaga hayron bo'lib qoldi — Sooyaa odatda u bilan uxlashni so‘ramasdi. Bu holat uni biroz hayratlantirdi. Nima deyishini bilmay, avtomatik ravishda ko‘zlarini Taehyungga qaratdi... ammo ko‘zlari yana uning yarim yalang‘och tanasiga tushdi.
Jinursin! Bu odam nega hanuz kiyim kiyishni o‘ylamayapti?" — deb ichidan shivirladi u, yuzlari qizarib.
Uning nigohi Taehyungning yaxshi shakllangan tanasida kezib yurdi va ichida o‘zini koyidi: “O‘zinga kel, Rena! Diqqatni jamla, bu senga kerak emas!”
Taehyung uning ifodalarini ko‘rib yana jilmaydi va Rena javob kutayotganini payqadi. Taehyung u qanday javob kutayotganini yaxshi bilar edi,ehtimol"Boraver men Sooyaa bilan o'zim qolaman"deyishni, lekin u bunday kayfiyatda emasdi.
So‘ngra u aytgan so‘zlar Renani shunchalik hayratda qoldirdiki, u qotib qolgancha joyidan jilolmadi.