October 23

AQShdagi Buyuk retsessiya: sabablari, oqibatlari va saboqlari

Buyuk retsessiya 2000-yillarning oxirida sodir bo‘lgan jahon tarixidagi eng katta iqtisodiy tanazzullardan biridir. Ushbu iqtisodiy beqarorlik davri 1930-yillardagi Buyuk Depressiyadan keyingi eng jiddiy inqiroz deb hisoblanadi. "Buyuk retsessiya" atamasi 2007-yil dekabridan 2009-yil iyunigacha davom etgan AQSh tanazzulini ham, 2009-yilda sodir bo‘lgan global iqtisodiy tanazzulga ham aloqador.

Buyuk retsessiya sabablari

Retsessiya AQShdagi ko‘chmas mulk bozorining qulashi bilan boshlandi, bu shiddatli o‘sishdan so‘ng turar joy narxlari tez qulashga o‘tdi. Inqirozning asosiy sababi to‘lov qobiliyati past odamlarga subsidiyalar asosida ipoteka kreditlari berilishi edi. Ushbu kreditlar ko‘chmas mulk narxlari doimiy ravishda oshib borishi taxmini bilan berilgan.

Shu bilan birga, jahon moliyaviy bozorlarida ko‘payib ketgan ipoteka bilan ta’minlangan qimmatli qog‘ozlar qiymatini yo‘qotdi. Moliyaviy tashkilotlar ushbu mahsulotlarni qadrsizlanishini to‘liq tushunmasdan faol ravishda sotish natijasida yuzaga keldi.

AQSH hukumatining moliya sohasini tartibga solishda muvaffaqiyatsizligi. Ayniqsa, Federal zaxira tizimi tomonidan qattiq nazoratning yo‘qligi kreditorlarga xavfli bo‘lgan ipoteka kreditlarini berishga imkon berdi.

Iqtisodiy oqibatlar

2007-yilda uy-joy bozori qulashi oqibatida, u butun jahon iqtisodiyotida zanjirli reaksiyani boshladi. Kredit bozorlari jiddiy muammolarga duch keldi, natijada ko‘plab moliya institutlari, shu jumladan, Qo‘shma Shtatlardagi eng yirik sarmoya banklaridan biri bo‘lgan Lehman Brothersning bankrot bo‘lishiga olib keldi.

Inqirozni bartaraf etish choralari

AQSh Federal zaxira tizimi va boshqa Markaziy banklar iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirdi, jumladan, foiz stavkalarini pasaytirish, miqdoriy yumshatish dasturi orqali banklarga favqulodda kreditlar berish va Amerika tiklanish va qayta sarmoya qonuni kabi kamomad xarajatlari orqali fiskal rag‘batlantirish.

Biroq, bu choralarga qaramay, ba’zi ekspertlarni fikricha asosan moliya sektori va yirik korporatsiyalarni qo‘llab-quvvatlaganliklarini sababli, mikroiqtisodiyotning tiklanishini va ish o‘rinlarini yaratishni sekinlashtirgan.

Inqrozdan keying tiklanish

Buyuk retsessiyadan tiklanishi sekin kechdi. AQShning yalpi ichki mahsuloti faqat 2009-yilning ikkinchi choragida o‘sishni boshladi va faqat 2011-yilga kelib inqirozdan oldingi darajaga yetdi. Biroq, oddiy fuqarolar uchun inqiroz oqibatlari uzoqroq sezildi - ishsizlik 2015-yilgacha yuqori darajada saqlanib qoldi va uy xo‘jaliklarining daromadlari 2016-yilgacha avvalgi darajaga qaytmadi.

Buyuk tanazzul saboqlari

Buyuk tanazzul moliyaviy bozorlar va bank tizimini to‘g‘ri tartibga solish muhimligini yaqqol ko‘rsatdi. Haddan tashqari qarz olish va xavfli moliyaviy innovatsiyalar jahon iqtisodiyotga ta’sir qiluvchi chuqur inqirozlarga olib kelishi mumkin ekanligi isbotladi. Ushbu inqiroz ipoteka kreditlarini qattiqroq nazorat qilish va iste’molchilarni xavfli moliyaviy xatarlardan himoya qilish zarurligini ko‘rsatadi.

Xulosa

Buyuk retsessiya moliya tizimidagi zaifliklarni ochib, jahon iqtisodiyoti uchun burilish nuqtasi bo‘ldi. Ushbu inqirozdan olingan saboqlar kelgusida bunday inqirozlarning takrorlanishining oldini olishga qaratilgan moliyaviy islohotlar va siyosatga manfiy ta’sir etib kelmoqda.