July 24, 2025

Romitan tumani Gazli shahridagi 37-umumta'lim maktabida o‘quvchilarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etish maqsadida “Dolzarb 90 kun” fan to`garaklari tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Loyiha doirasida 2025-yil 1-iyundan 2025-yil 30-avgustgacha maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan Romitan tumanidagi 37-umumta'lim maktabida pedagog xodimlar va o`quvchi yoshlar ishtirokida 23.07.2025-yilda tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan o‘quvchilarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etish maqsadida “Dolzarb 90 kun” fan to`garaklari tashkil qilinganlik holati o‘rganildi va maktab o‘quvchilariga zarur huquqiy mavzular doirasida tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, pedagog xodimlarga O‘zbekiston Repsublikasi Prezidentining 2025-yil
3-yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-1-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.04.2024-yildagi "Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 204-sonli qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024-yildagi "Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to’g’risida"gi PF-80-sonli farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida “Huquqiy bilimlar oyligi” doirasida “Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g‘oyasi asosida tadbir o‘tkazildi.

Shuningdek, pedagog xodimlar va o`quvchilar ishtirokida huquqbuzarlik va jinoyatlarning mazmun-mohiyati va ular keltirib chiqaradigan oqibatlar to`g`risida huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi.