July 17, 2025

Romitan tumani Adliya bo`limi xodimlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024-yildagi PF-80-sonli farmoni hamda PQ-1-son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan o`tkazilgan huquqiy targ`ibot tadbiri

Romitan tumanidagi “Ibn Sino" MFY xodimlari va fuqarolari ishtirokida 16.07.2025-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024-yildagi "Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to’g’risida"gi PF-80-sonli farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida hamda "Adliya kuni" munosabati bilan Romitan tuman adliya bo`limi xodimlari va Romitan tuman Madad NNT HMB bosh mutaxassisi M.Fatullayev tomonidan targ`ibot tadbiri o`tkazildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Repsublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-1-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.04.2024-yildagi "Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 204-sonli Qarori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.04.2025-yildagi PQ-133-sonli qarori yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Targ’ibot va tashviqot ishlari davomida mahalla xodimlariga yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy ishlarni boshlash bo’yicha tegishli ko’rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.