July 20, 2025

“Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” nomli huquqiy ko‘mak aksiyasi doirasida o`tkazilgan targ`ibot tadbiri

Romitan tuman adliya bo‘limi tomonidan xodimlarning mehnat huquqlari kafolatlarini ta’minlash maqsadida “Xodimlarning mehnat huquqi kafolati” nomli huquqiy ko‘mak aksiyasi doirasida Buxoro viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i tomonidan tasdiqlangan reja-grafikka asosan 18.07.2025-yilda Romitan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari ishtirokida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Shuningdek, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga O‘zbekiston Repsublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi
PQ-1-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.04.2024-yildagi "Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 204-sonli qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024-yildagi "Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to’g’risida"gi PF-80-sonli farmoni mazmunini yetkazish maqsadida tegishli tushuntirishlar berildi.