October 10

Romitan tuman Adliya bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024 yildagi PF-80-sonli farmoni ijrosi yuzasidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami huquqlarini himoya qilishga qaratilgan “huquqiy ko‘mak” aksiyasi targ`iboti

Romitan tuman adliya bo`limi xodimlari tomonidan 09.10.2024 yilda Romitan tuman Hofizrabot MFY fuqarolariga O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024 yildagi "Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to’g’risida"gi PF-80-sonli farmoni mazmun mohiyati hamda Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami
huquqlarini himoya qilishga qaratilgan “huquqiy ko‘mak” aksiyasi o‘tkazilib, fuqarolarga bir nechta huquqiy masalalar bo`yicha tushuntirishlar berildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024 yildagi "Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to’g’risida"gi PF-80-sonli farmoniga asosan joylarda aholi tomonidan ko`tarilayotgan dolzarb muammolarni ko`rib chiqish va hal etish uchun har oyda mahallalarda "Adliya kuni" tadbirlarini o`tkazishi, hamda olis hududlardagi mahallalarda har oyda kamida ikki marotaba sayyor davlat xizmatlarini ko`rsatib borishi, shuningdek, uyma-uy yurish va "Huquqiy ko`mak" aksiyalarini o`tkazish orqali fuqarolarning kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish bo`yicha takliflar tayyorlashi bo`yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024 yildagi "Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to’g’risida"gi PF-80-sonli farmoniga asosan aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish bo’yicha amaliy choralar ko’rib borish;

joylarda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish;

fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko’rsatish tizimini yo’lga qo’yish va muvofiqlashtirib borish;

joylarda aholi tomonidan ko’tarilayotgan dolzarb muammolarni ko’rib chiqish va hal etish uchun har oyda mahallalarda “Adliya kuni” tadbirlarini o’tkazish;

Bunda olis hududlardagi mahallalarda har oyda kamida ikki marotaba sayyor davlat xizmatlarini ko’rsatib borish;

Yana yuqoridagi farmonga ko`ra uyma-uy yurish va “Huquqiy ko’mak” aksiyalarini o’tkazish orqali fuqarolar kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlash;

“mahalla yettiligi”ga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazish, shuningdek ular tomonidan “Online-mahalla” platformasiga kiritilgan aholining kundalik hayotidagi huquqiy masalalarga oid muammolarini hal etib borish;

aholiga, avvalambor “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko’rsatilishini ta’minlash;

yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida xabardor qilish;

fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarida “Mahalla huquqshunosi” loyihasi amalga oshirilib, loyiha doirasida fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari raislarining huquqiy bilim va ko’nikmalarini uzluksiz oshirib borishga qaratilgan qisqa muddatli bepul o’quv kurslari tashkil etilishi bo`yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.