Buxoro viloyatida “Ziyo ulash” aksiyasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
Romitan tuman davlat xizmatlari markazlarda tashkil etilgan kutubxonalarga nafaqat adliya xodimlari, balki, fuqarolar ham o‘zlari o‘qigan kitoblarini taqdim etib, kitob almashmoqda.
Viloyatdagi mavjud 13 ta tuman va shahar adliya bo‘limlari davlat xizmatlari markazlarida bo'lgani kabi Romitan tumani adliya bo'limi davlat xizmatlari markazida ham aksiya doirasida kitob almashish tadbiri yuqori saviyada o‘tkazildi.
Romitan tuman adliya bo'limida o‘tkazilgan ushbu aksiyada nafaqat xodimlar va fuqarolar, balki tumanning to‘rtta sektor rahbarlari: tuman hokimi, prokurori, ichki ishlar bo‘limi va soliq inspeksiyasi rahbari hamda ikki karra paralimpiada chempioni Sherzod Namozov ham faol ishtirok etishib, tashkil etilgan kutubxonaga kitoblarni taqdim etish orqali o‘z hissalarini qo‘shishdi.
Bir so'z bilan aytganda, “Ziyo ulash” loyihasi aholi orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqish va bilimini orttirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.