January 5

“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o`tkazildi.

Romitan tuman adliya bo'limi YXKM xodimlari tomonidan 03.12.2025 yilda Romitan tumanidagi 19-umumta'lim maktabi o`quvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2025-yil III va IV choraklarga (II yarim yilikka) mo‘ljallangan ish rejasining 28-bandi ijrosi yuzasidan yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini aniqlash, o‘rganish va buzilgan huquqlarini tiklash, bolalar va yoshlar huquqlari davlat himoyasida ekanligini singdirish, yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, yoshlar ongida qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish, bolalar va yoshlarning huquqlari kafolatlarini ta’minlanish maqsadida “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o`tkazildi.

Tadbir davomida bolalar va yoshlar huquqlari davlat himoyasida ekanligini singdirish; – bolalar va yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘rganish, tahlil qilish va ularning buzilgan huquqlarini tiklash; – bolalar zo‘ravonligini oldini olish; – bolalar bullingini aniqlash va uni oldini olish yuzasidan huquqiy bilimlarni oshirish; – uyushmagan yoshlar bilan manzilli ishlash; – nogironligi bo‘lgan bolalar huquqlarini ta’minlash; – bolalar va yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish; – bolalar va yoshlarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatni olib boruvchi tashkilotlarda ushbu toifadagi shaxslarning huquqlariga hurmat ruhini shakllantirish; – vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda bolalar va yoshlarning qiynab kelayotgan huquqiy muammolarga yechim topish; – bolalar va yoshlarning tizimli muammolarini o‘rganish va hal etish choralari ko‘rish; – O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari, maktabgacha, maktab, oliy ta’lim va boshqa ta’lim muassasalarida hududiy va tuman (shahar) darajasida yoshlar bilan ishlovchi xodimlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etish; – bolalar va yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan bolalar va yoshlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlari, kafolatlari va imtiyozlari, shuningdek, bolalar zo‘ravonligi, bolalar bullingi, uyushmagan yoshlar bilan ishlash hamda nogironligi bo‘lgan bolalar huquqlariga oid huquqiy targ‘ibot materiallari (buklet, flayer va boshqa) tayyorlab, tarqatish; – maktabgacha, maktab, oliy ta’lim va boshqa ta’lim muassasalarida hamda mahallalarda, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda so‘rovnomalar tashkil etish orqali bolalar va yoshlarning mavjud muammolarini aniqlash bo`yicha tushuntirishlar berildi.