March 28, 2025

Mahalla fuqarolar yig`ini raislari saylovi yuzasidan o`tkazilgan targ`ibot tadbiri

Romitan tumanida 28.03.2025 yilda Mahalla fuqarolar yig`ini raislari saylovi yuzasidan MFY raislari saylovini tashkil qilish va o`tkazish bo`yicha tuman ishchi guruh rahbarlari ishtirokida tadbir o`tkazildi.

Tadbirda Mahalla fuqarolar yig`ini raislari saylovlari respublikamiz hududida may-iyun oylarida o`tkazilishi rejalashtirilayotganligi aytib o`tildi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi va «Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining 2018-yil 15-oktyabrda "Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida"gi O'RQ-499-son Qonuni, 2025-yilning 11-fevral kuni qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O'RQ-1027-sonli Qonuni bo`yicha ushbu Qonun bilan «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi va «Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga fuqarolar yig‘ini raisi vakolatlari muddati uch yildan besh yilga uzaytirilishini, bo‘shab qolgan o‘rinlarga fuqarolar yig‘inlari raislarining besh yil muddatga saylanishini, shuningdek fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalarining vakolatlari aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to'g'risida yangiliklar kiritilganligi, va o‘zgartirishlarga muvofiq:

fuqarolar yig‘ini raisi vakolatlari muddati uch yildan besh yilga o‘zgartirilganligi;

fuqarolar yig‘ini raisi vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda bo‘shab qolgan o‘rinlarga yangi saylov o‘tkazish orqali rais besh yil muddatga saylanishi;

Senat kengashining fuqarolar yig‘ini raisi saylovini o‘tkazish bilan bog‘liq vakolatlari Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga o‘tkazilganligi;

fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi respublika komissiyasining saylovni o‘tkazish bilan bog‘liq vakolatlari hududiy komissiyalariga o‘tkazilganligi;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashlarining nomi Qoraqalpog‘iston, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashlari sifatida o‘zgartirilganligi tushuntirildi.

Targ’ibot va tashviqot ishlari davomida tuman ishchi guruh rahbarlariga yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy ishlarni boshlash bo’yicha tegishli ko’rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.