January 5

Romitan tumani Adliya bo`limi xodimlari tomonidan PQ-1-son qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024 yildagi PF-80-sonli farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan o`tkazilgan huquqiy targ`ibot tadbiri

Romitan tumanidagi “Mirishkor" MFY xodimlari va fuqarolari ishtirokida 11.12.2025 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024 yildagi "Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to’g’risida"gi PF-80-sonli farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Romitan tuman adliya bo`limi xodimlari tomonidan targ`ibot tadbiri o`tkazildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Repsublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-1-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 16.04.2024 yildagi 204-sonli "Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.04.2025 yildagi PQ-133-sonli qarori yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Targ’ibot va tashviqot ishlari davomida mahalla xodimlariga yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy ishlarni boshlash bo’yicha tegishli ko’rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.