O‘zbekiston Repsublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori mazmun-mohiyati bo`yicha targ`ibot tadbiri
Romitan tumanidagi “Bog`cha” MFY idorasi a’zolari ishtirokida O‘zbekiston Repsublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-1-sonli qarori yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
PQ-1-sonli qaror mazmun-mohiyati mas’ullarga batafsil tushuntirildi hamda ushbu mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan kompleks chora-tadbirlar yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Ijtimoiy profilaktikani samarali amalga oshirish uchun ma’muriy huquqbuzarlik “E-ma’muriy ish”da ro’yxatdan o’tganda huquqbuzar (jabrlanuvchi)larga avtomatik ijtimoiy profilaktikani amalga oshirish bo’yicha xulosa ijroga qaratilishi, “mahalla yettiligi” va ko’maklashuvchilarning faoliyati (KPI) ijtimoiy profilaktika natijalari asosida baholanishi, har bir xulosa ijrosi ustidan kunlik nazorat o’rnatilishi bo`yicha tushuntirish berildi.
Targ’ibot va tashviqot ishlari davomida mahalla xodimlariga ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy ishlarni boshlash bo’yicha tegishli ko’rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.