November 13, 2024

Storm of love 🔥

Storm of love 🫀

- A? Mina biroz avval nima deyotganding eshitmay qoldim ! - Yona atay qilgandek Minaga qosh qoqib qoʻydi.

-A.a.. men. pardoz xonasiga ketdim ...

*

Yona pardoz qilishga ulgurmasidan suratchilar kelib boʻlishgandi.

-Ular sizlarni kutishyapti!

Yona eshikdan endi chiqmoqchi boʻlgan edi Mina uni turtib oldinga chiqib oldi.

-Hh huddi shu bilan biron nima oʻzgarib qoladida aa? - Piching qildi Yona.

Suratga olish joyiga chiqishar ekan , Hammani koʻzi Yonada edi.

Hatto 2 brend direktorlari ham ular bilan quyuq soʻrashdi.

Lee Dong Wook - balenciaga brendi direktori

Kang Sejun -Chanel brendi direktori

-Ooh Janob Tae didingizga dap yoq !

Suratga olish ishlari boshlanib ketti . Birinchi boʻlib Yonani suratga olishdi.

-Janoblar Mm bizga koʻngilli yigit kerak ?

-Nega ? - xayron boʻlib soʻradi u.

- Agar bu xonim bilan bir yigitni suratga olsak szga yanada koʻproq foyda keladi. Agar yoʻq desangiz, unda oʻzingiz bilasz

- Mana menda oʻsha koʻngilli yigit - dedi direktorlaridan biri.

Bu gapdan hamma yoqni kulgu qopladi

-Yaa Janob 50 ga chiqqan boʻlsangiz ham xazlkashligingiz qolmaganda

Janob Sejun bu gapga shunchaki kulib qoʻydi.

-Ohh Janob ! Siz chiqing

-Yoʻq kerak mas

-Rostdan ham kerak emas ! - dedi Yona tilga kirib

Direktorlar unga hayron tikilishdiyu
Yana davom etishdi.

-Janob Kim yoʻq demang endi !

-Yoʻq !!!

-Men ! - shu payt orqa tarafdan ovoz keldi bu Jungkook edi.

-Bu kim boʻldi endi - visirladi u.

Jungkook sahnaga chiqarkan

-Bu mening jiyanim ! - faxrlangannamo koʻkrak kerib qoʻydi Janob Sejun.

-Aha Janob bu qoʻlingizni Xonimning beliga qoʻying , xonim siz esa qoʻlingizni janobning yelkalariga qoʻying.

-Ouu ana uzukka koʻz qoʻygandek mossizlar ! - ogʻzini koʻpirtirib gapirarkan

Yona boʻshashib ketdi.chunki u....
Jungkook ni tanir edi...

Flashback 2 yil avval

-Yona ... Seni sevaman. Iltimos sen ham meni sevsang sevgi daraxti oldiga kel !- shahdam qadamlar bilan ketayotgan qizning ortidan baqirgancha qoldi

Yona ning birinchi muhabbati u edi....

Yona uyga borib, oʻzini divanga otdi.

-Aaaaa u meni sevarkan ooo aaa iiii
- sakragan kuyi bir xil gapni qaytararkan.

Ha u oʻshanda introvert sovuqqon emasdi. Bunday boʻlishiga , odamlarga ishonmasligiga ham U sabab boʻlgan...

-Haa men u yerga borib men ham uni sevishimni aytaman

U shunday deya tayyorlanib aytilgan manzil tomon yol oldi.

Manzilga yetgach oʻziga tanish chehrani uchratdi. Toʻgʻrirogʻi chehralarni ...

Uning Eng yaqin dugonasi Sara va Jungkook... Bir biridan och qolgan boʻrilardek boʻsa olishardi tashqaridan ularni huddi sevishganlar deb oʻylash qiyin emasdi.

Jungkook Yona kelganini sezib ortidan yugurdi.

-Yona !! yoonaaa ..

* Flashback tamom *

Yona shularni eslarkan koʻzlaridan bir tomchi koʻzyosh tomchiladi.

-Men .. men pardozimni yangilashni kerak.. - u shunday deya belidagi qoʻllarni siltab tashlab , pardoz honasi tomon yugurib ketdi.