November 24

– IKKI QORA QALB –

~ Sen xayolimga hech qachon o'chira olmaydigan xotiralarni chizding
Sen mening qalbimga ranglarni chizding, men hech qachon uni o'rnini bosa olmadim

Chapter ~ 2 | Qon va hislar so'qmog'i

Maykning nigohlari suratda uzoq qolib ketdi. Bu surat uning o'tmishi va hozirgi hayotini bog'laydigan yagona ko‘prik edi. Yoshligida qilgan tanlovlari uni bugungi Maykga aylantirgan edi. Ammo bu yo‘lda u o‘z insoniyligini qurbon qilganini bilardi.

Uning fikrlari yana Roselinga qaytdi. "U mening dushmanim, lekin nima uchun uning nigohlari o‘zimga qarashimni eslatadi?" Mayk bu savolga javob topa olmay, qadahni qo‘ydi va turib, o‘sha oynavand devorga yaqinlashdi.

Shahar chiroqlarini kuzatar ekan, u ichida bir qarorga keldi. U bu o‘yinda faqat g‘alaba qozonishni emas, Roselin ustidan to‘liq hukmronlikni maqsad qilgandi. Ammo uning bu qarori birinchi marta nafaqat kuchga, balki qiziqish va tuyg‘ularga asoslangan edi.

Shu payt...

Maykning o‘ylarini kutilmagan telefon qo‘ng‘irog‘i buzdi. Bu safar ekranda "Jonatan" deb yozilgan edi. Bu uning eng ishonchli odamlaridan biri edi.
– Gapir, Jonatan, – dedi Mayk, har doimgidek sovuqqon ovozda.

– Mayk, biz Roselinning yangi bazasini topdik. Ammo bu safar u bizni kutib olishini bilamiz. Bu tuzoqqa o‘xshaydi. Nima qilamiz?

Mayk jilmayib qo‘ydi.
– Tuzoqlarni sindirish – bu o‘yinning eng qiziq qismi, Jonatan. Tayyor bo‘ling. Biz ham o‘yin qoidalarini buzamiz.

Mayk telefondan yig‘ishtirib, ichida yana bir reja tuza boshladi. Ammo uning yuragida nimadir g‘imirlardi – Roselinning nigohlari uning xotirasidan o‘chmayotgandi.

Roselinning harakatlari

O‘sha paytda, shaharning boshqa bir burchagida, Roselin ham rejalashtirayotgan edi. Uning yangi bazasi atrofida qo‘riqchilar sonini oshirishdi. Ammo Roselin tinch edi, garchi u Mayk harakatini kutayotgan bo‘lsa-da, ich-ichidan bu jangni intiqlik bilan kutayotgandi.

Roselin oynaga qaradi va o‘zini kuzatib turardi. Nigohlari jiddiy edi, lekin u ichida bir savol bilan qiynalardi: "Maykning ko‘zlaridagi o‘sha sovuq o‘tinuv nimani anglatadi? U men bilan jang qilmoqda, lekin nega bu jang faqat kuch emas, boshqa bir narsani ham ifodalaydi?"

Uning fikrlarini yordamchisi Leksi bo‘ldi.
– Roselin, Mayk yana harakat qilmoqchi. Bizni kuzatayotganlariga shubhamiz yo‘q.

Roselin jilmayib dedi:
– Ajoyib. U bilan jang qilish – bu faqat kurash emas. Bu men uchun yangi imkoniyat. Lekin Leksi, esda tut: o‘yinda faqat bir g‘olib bo‘ladi.

Leksi o‘z xo’jayini tomon hayrat bilan qaradi. Roselin nafaqat strategiyalarda, balki hissiy nazoratda ham kuchli edi. Ammo u ham o‘z ichida Maykning harakatlariga tobora bog‘lanib borayotganini inkor qila olmasdi.

Jang boshlanadi

Maykning odamlari kechasi Roselinning yangi bazasiga yaqinlashdi. Harakat yashirin, lekin aniq edi. Maykning rejasi – Roselinning odamlari orasidagi sotqinlarni aniqlash va bazani qo‘lga olish. Ammo Roselin ham bu hujumni kutayotgan edi.

Shahar chetidagi bu bazada uzoq kutilgan qarama-qarshilik boshlanish arafasida edi. Ammo bu faqat kuch va qudrat uchun jang bo‘lmasdi. Bu – Mayk va Roselin o‘rtasidagi ichki kurashning haqiqiy boshlanishi edi.

Bazadagi jang

Qorong‘u kechada Maykning odamlari Roselinning bazasiga yashirincha kirishdi. Har bir harakat sukut va aniqlik bilan bajarilardi. Ammo Roselinning odamlari hushyor edi. Jang boshlanishiga bir daqiqa ham qolmagan edi.

Birinchi o‘q yangradi. Bu harakat jangning boshlanishini bildirdi. Qisqa vaqt ichida baza atrofida qattiq jang bo‘layotgandi. Qo‘riqchilar va hujumchilar o‘rtasida keskin kurash boshlanib, bazaning har bir burchagini qamrab oldi.

Ammo Mayk shoshilmasdi. U har doimgidek jim kuzatardi, so‘ng o‘zining asosiy harakatini amalga oshirish uchun joy tanlardi. U Roselinni topish va unga yuzma-yuz kelish niyatida edi.

Roselin va Maykning to‘qnashuvi

Baza ichkarisida Roselin vaziyatni boshqarishda davom etardi. U birinchi o‘q ovozini eshitgan zahoti jang rejasini ishga solib, odamlarga buyruqlar bera boshladi. Lekin u ich-ichidan bu hujumda Maykning o‘zi ishtirok etayotganini his qilardi.

Roselin qo‘lidagi quroli bilan zalga chiqdi. Shu payt qarshisida Maykning soyasi paydo bo‘ldi. U xotirjam edi, qo‘rqmay qarshisiga chiqayotgan yagona odam edi.

– Menga qarshi yuzma-yuz chiqishga qaror qildingizmi? – dedi Roselin sovuq ohangda, qo‘lidagi quroli bilan uni nishonga olar ekan.

Mayk jilmaydi. U qo‘llarini ko‘tardi, lekin qurolsiz edi.
– Sen bilan jang qilishning boshqa yo‘lini ko‘rmayapman, Roselin. Sening o‘yinlaring menga yoqmoqda. Lekin bir savolga javob ber: bu o‘yin qachon tugaydi?

Roselinning nigohlari qisqarib, u bir qadam oldinga yurdi.
– Sen yo‘q qilinganda, Mayk. Shunda bu o‘yin tugaydi.

Maykning jilmayishi yanada chuqurlashdi.
– Balki bu o‘yin bizni o‘zgartirib yuboradi? Sen bu haqda o‘ylab ko‘rganmisan?

Yurak urishlari

Bu so‘zlar Roselinning o‘ziga bo‘lgan ishonchini biroz zaiflashtirdi. Ammo u buni bildirmaslikka harakat qildi. U qurolini Maykning yuragi tomon qaratib, sovuqqon ohangda dedi:
– Qanday o‘yin bo‘lmasin, men g‘olib bo‘laman. Seni yo‘q qilish men uchun masala emas.

Mayk qadam tashladi va endi u Roselinning yuziga yaqinlashgandi. Uning ko‘zlari sovuq, ammo unda g‘alati bir iliqlik bor edi.
– Balki bu o‘yin seni men bilan bir qadam oldinga yurishga majbur qilar? Sen hozir meni otishing mumkin, lekin men sening nigohingda boshqa narsa ko‘ryapman. Bu nafaqat nafrat, Roselin.

Roselin o‘zini yo‘qotib qo‘yayotganini his qildi. Bu odam nafaqat uning dushmani edi. Maykning har bir so‘zi, har bir harakati uning yuragidagi tinchlikni buzardi.

Ammo u qurolini pastga tushirmadi.
– Gaplarni yig‘ishtir, Mayk. Bu – jang, hislar haqida emas.

Mayk kulimsirab, past ovozda dedi:
– Hislarsiz jang qiziq bo‘lmaydi, Roselin.

Ikkilanish va qaror

Ularning suhbati ichki qarama-qarshilikka aylandi. Bir lahzada Roselin quroli bilan uni otishi mumkin edi, lekin u buni qilolmadi. Shu payt Mayk Roselinning qo‘lidagi qurolni bir chetga itarib, uni kuchli qo‘llari bilan ushlab qoldi.

Roselin bir lahza uning qo‘lida qoldi, ammo tezda o‘zini tortib oldi. Nigohlar o‘rtasidagi kurash jangdan ham keskinroq edi. Ularning bu holati atrofdagi jangning shovqinini yo‘qotib qo‘ygandi.

– Meni yana o‘zingga tortasan, Mayk, – dedi Roselin pichirlab. – Ammo unutmang, oxir-oqibat bu jangdan faqat bitta odam chiqadi.

Mayk jilmayib javob berdi:
– Va men seni shunga majbur qilaman.

Jangning yakuni

Roselin Maykni qoldirib, tezda orqaga chekinib ketdi. U bu holatdan chiqish uchun o‘zini yig‘ib olishi kerak edi. Mayk esa uning ketidan qarab turarkan, ichida shunday o‘ylardi: "Bu ayol meni mag‘lub qiladi yoki men uni o‘zimning dunyomga tortaman."

Minamiya Carcia dan Pegasus fanfic uchun mahsus mualliflik huquqi mavjud.