December 8

– FARFALLA –

3 BOB || [ SIRLAR OCHILISHI ]

Har hayolimda faqat sensan mening Kapalagim
3-bob : Sirlar ochilishi

Madeline Carlosen kompaniyasiga birinchi ish kunini boshlaganida, ichida biroz qo‘rquv va hayajon aralash edi. Qabulxonadan ichkariga qadam qo‘yar ekan, birdan ko‘krak qafasida g‘alati titroq his qildi. Atrofda hammasi odatdagidek edi, biroq o‘zi ko‘rmagan narsa boshqalar nigohida aks etdi.

— Madeline, sizni ichkariga taklif qilishyapti, dedi - Ameliya, unga tabassum qilib.

Madeline ichkariga kirdi. Sebastian kabinetining eshigini ochgan zahoti, unga qarab turgan ko‘zlar g‘ayrioddiy sovuq edi. Ammo, xonaning orqa tarafidagi oynadan bir narsalar kirib kelayotganini ko‘rdi.

Madeline / Pov
Bu... ko‘m-ko‘k kapalaklarmi? Nimaga bu yerda bunday ko‘p kapalaklar bor? Bu odatiy emas...

Sebastian esa, bu lahzada faqat Madelinega emas, balki o‘z ichki tuyg‘ulariga qarshi kurashayotgan edi. Kapalaklar atrofda aylanar, ularning qanotlaridagi ranglar xonaning har bir burchini jilolantirar edi.

Sebastian / Pov
Nega bundan bo'lyabdi? men bu qizni ilk marotaba ko‘rgan bo'lsam nega mana shunday hodisa sodir bo‘ladi? Bu tasodifmi yoki boshqa bir narsa?

Madeline qattiq hayajonlangancha savol berdi:
— Bu yerda nima bo‘lyapti? Bu kapalaklar qaerdan kelib qoldi?

Sebastian jiddiy va sovuqqonlik bilan qaradi.
— Men sizga ularning sababi haqida hech narsa aytmayman, chunki o‘zim ham buni tushunmayman.

Uning tovushida sovuqlik sezilar edi, ammo ichki hayajon yuzini yashirishga imkon bermadi.

— Siz ham bilmasangiz, demak, bu faqat menga taalluqli emas... Yoki?

Sebastian bir muddat sukutda qoldi. Kapalaklarning atrofida aylanib yurishi unga eski bir tushni eslatdi. U bolalik chog‘ida ko‘rgan tushni...

Sebastian / Pov
O‘sha kechada onam vafot etgan paytda ham shunday kapalaklar paydo bo‘lgandi. Ular nimani anglatadi? Bu qizning taqdiri bilan meniki bog‘liqmi?

Madeline birdan bir qadam oldinga tashladi
—Bu sizning kampaniyangiz, janob. Ammo men his qilyapman, bu oddiy ish emas. Nima bo‘lganini bilishimiz kerak.

Sebastianning yuragi bir lahza to‘xtab qolgandek tuyuldi. U hali hech kimga his qilmagan bir tuyg‘uni his qildi – ishonchmi yoki qo‘rquvmi, aniqlay olmadi.

— Mayli, lekin bu haqda ortiqcha savollar bermang. Va unutmaslik uchun, sizning vazifangiz – ishlash, sirlarni hal qilish emas.

U bu gapni qattiq ohangda aytdi, lekin ichida bir savol tug‘ildi: Bu sirlar faqat menga tegishlimi yoki u ham bu sirlarga tortilganmi?

Madeline lablarini qattiq qisib, boshini qimirlatdi.
— O‘zim uchun hamma narsani aniqlayman. Balki, siz bilmasangiz ham, kapalaklar menga javob berar. Va kegin men kampaniyangizdabishlash fikridan bosh tortaman majiz tutasiz janob Carlos!!!!

Xonadan chiqqanida, Madeline kapalaklardan birining qo‘lida qo‘nib, keyin parvoz qilganini his qildi. Bu unga bir necha sekund davomida sokinlik berdi, lekin ichki tuyg‘ulari o‘zgacha edi.

Madeline / Pov
Bu kapalaklar men uchun nimani anglatadi? Nima uchun menda bunday voqealar sodir bol'yabdi? Bularning sababi nimada?

Madeline ofisdan chiqib, uzoq davom etuvchi yo‘lak bo‘ylab yurganida, kapalaklar uni kuzatib borayotgandek tuyuldi. Atrofda hech kim yo‘q edi, lekin u o‘zini yolg‘iz his etmadi.

Madeline / Pov
Bu yerda qandaydir kuch bor. Hissiyotlarim meni aldamasa kerak. Kapalaklar nimanidir ko‘rsatmoqchi, lekin nima ekanligini bilmayapman.

Yo‘lak oxiridagi derazadan quyosh nurlari tushar, lekin o‘sha yorug‘lik ichida kapalaklar bir necha soniya davomida gavdalanib, keyin yo‘q bo‘lib ketishdi. Madeline ularning qayerga g‘oyib bo‘lganini bilmasdi.

Shu payt qabulxonada Ameliya unga qarab jilmaydi.
— Hammasi joyidami? Bir oz rangi o‘chib ketganga o‘xshaysiz.

Madeline boshini chayqadi.
— Ha, joyida. Balki biroz charchagandirman.

Lekin ichki tuyg‘ulari tinchlanmadi. Ameliya unga yaqinlashib, sekin ovozda pichirladi:
— Carlosen kompaniyasida ishlash oson emas. Ayniqsa, janob Sebastian bilan.

— Nega unday deysiz?

Ameliya yelkasini qisib, sirli tabassum qildi.
— Uni o‘z sirlaringiz bilan qiziqtirishga harakat qilmang. U shunchaki ishlashni istaydi.

— Ha shuning uchun ham ishlash fikrimdan qaytdim sizlarga va kampaniyangizga omad tilab qolaman yana ko'rishamiz - deya hayrlashdi va bu yerni tark etti.

Sebastianning kabinetida

Sebastian kapalaklar tarqalgach, chuqur nafas olib, o‘zini stulga tashladi. Ko‘zlarini yumib, o‘sha kapalaklar bilan bog‘liq eski xotiralari ko‘z oldidan o‘ta boshladi. Bolalikda otasi uni qattiq koyigan, ammo onasining vafoti bilan bog‘liq hech narsani tushuntirmagan edi.

Sebastian / Pov
Bu kapalaklar yana qaytib kelganiga ancha bo‘lgandi. Ular Madeline kelgan kun paydo bo‘ldi. Nima uchun? U bu voqealarda qanday rol o‘ynaydi?

Birdan eshik taqilladi.
— Sebastian, ichkariga kirishim mumkinmi? - bu Kristian edi!

Sebastian qoshlarini chimirdi.
— Kiring.

Kristian – Sebastianning uzoq vaqtdan beri eng yaqin do‘sti. U gapni aylantirishni yoqtirmas, har doim to‘g‘ri va ishonchli edi. U kirib kelib, stolga bir papkani qo‘ydi.

— Bu o‘tgan haftadagi hisobotlar. Lekin... seni hayratda qoldiradigan bir narsam bor.

Sebastian papkaga qaradi.
— Bu safar yana nima?

Kristian yuzidagi jiddiy ifoda o‘zgarishsiz qoldi.
— Madeline haqida. U kompaniyada shunchaki oddiy xodim bo‘lib ishlashga kelganini aytgan. Lekin uning oilasi haqida biroz ma’lumot to‘pladim.

Sebastian qiziqish bilan unga qaradi.
— Va nima topding?

— Uning oilasi juda oddiy. Ammo bir narsa g‘alati – uning onasi tug‘ilganidan oldin bir necha marta kapalaklar bilan bog‘liq hodisalarni ko‘rganini aytib o‘tgan.

Bu gap Sebastianni sergaklantirdi. Uning yuragi tez ura boshladi.
— Kapalaklar? Nima maqsadda bu ma’lumotlarni yig‘ding?

— Chunki o‘zimizning oilamiz tarixida ham shunga o‘xshash voqealar borligini unutmagin. Bu oddiy tasodif emas.

Sebastian og‘ir tin oldi.
— Madeline... u faqat xodim emas. Nima bo‘lsa ham, bu sirni ochishga to‘g‘ri keladi. Lekin u bu yerda ishlash fikridan qaytdi !!

Kristian hayron holatta Sebastianga tikilib qaradi:
— Nimaga bunday qildi. Naxotki seni kampaniyangdan ishashga bosh torgan ilk inson Madeline bo'lgan bo'lsa bu juda ajoyib bo'libdi

Sebastian unga odag'aylab qarash qildi va :
— Kris sen malumot aytgan va hujjat topshirgani kirdinmi? Yoki meni asabimni o'ynash uchunmi?

— Yaxshi yaxshi indamadim hosh endi nima qilasan?

— U bilan gaplashib olishim kerak lekin bir savol qiynayabdi!

— Qanday savol ekan

— U rozi bo'larmikan?

Madeline uydan uyga qaytayotganda, xayolida faqat Sebastian va o‘sha kapalaklar bor edi.
Madeline / Pov
Sebastian juda sirli odam. Nima uchun u men bu narsani bilishni hohlamayabdi naxotki bu u uchun oddiy xol bo'lsa ? Bu kapalaklar... ular nimanidir ko‘rsatishga harakat qilmoqda. Bu oddiy voqea emas.

Yo‘l bo‘ylab ketayotganida, bir kapalak uning qo‘lida qo‘ndi. Madeline qotib qoldi. Kapalak qanotlaridagi naqsh unga qandaydir tushunarli belgiday tuyuldi vaa. Madeline onasiga bildirmaslik uchun uyga kech keldi huddiki ozini ishdan kelayotgandek ko'rsatti lekin onasiga haqiqatni aytishni tog'ri fikri deb o'yladi!

Madeline kechki payt uyiga kirib keldi. Hali ham kun davomida bo‘lgan voqealardan xayolan chiqib ketolmayotgan edi. Onasi uni odatdagidek kutib oldi, lekin qizining yuzidagi o‘ychan ifodani sezgan zahoti darhol so‘roq qilishga tushdi:

— Qizim, bugungi ishing qanday o‘tdi? Nimalar bo‘ldi? Boshlig‘ing bilan kelishib, biror narsani gaplashib oldingizmi?

Madeline biroz sukut saqladi. U o‘z his-tuyg‘ularini onasiga qanday qilib aytishni bilmasdi. Nihoyat, mayin ovozda gap boshladi:

— Ha, ona, ish yaxshi o‘tdi... lekin men o‘sha yerda ishlash fikrimdan qaytdim. Endi o‘sha joyda ishlamoqchi emasman.

Onasi qiziga hayrat ila tikilib qoldi.

— Nega bunday deysan, bolam? Boshlig‘ing shunchalar yomon odammi? Yoki u senga biror nojo‘ya gap aytdimi?

Madeline bu savollarni eshitib, ichki bir qarorga keldi. U boshqa sir yashirib o‘tira olmaydi. Onasining qo‘lidan ushlab, sekin kresloga o‘tqazdi. Bu holatni kuzatib turgan onasi yana ham hayratlandi.

— Nima gap, qizim? Menga nima demoqchisan?

Madeline chuqur nafas olib, yuragidagi g‘alati holatni ochib so‘zlay boshladi:

— Bugun boshlig‘im bilan ilk bor uchrashganimda... bir g‘alati voqea yuz berdi, ona. Bizning suhbatimiz boshlanishi bilan qayerdandir kapalaklar uchib kelib, atrofimizni o‘rab olishdi. Ular bizning atrofimizda parvoz qila boshladi! Bu qanday holat? Nega men har doim kapalaklar bilan bog‘liq g‘alati narsalarga duch kelaman? Sizdan bir iltimosim bor, ona. Bu voqeaning sababini, asl sirini menga ayting. Men buni faqat siz bilasiz deb o‘ylayman!

Onasi bir muddat sukut saqladi. Uning ko‘zlari yosh bilan to‘ldi, lekin yuzida bir oz yengillik alomati sezildi. U nihoyat o‘zini bosib, qizining qo‘lidan ushlab gapira boshladi:

— Vaqt-soati yetib keldi, qizim. Sen endi katta qiz bo‘lding. Yillar davomida bu haqiqatni sendan yashirishga majbur bo‘lgan edim, lekin endi buning iloji yo‘q. Bu sirlardan xabar topishing kerak...

Madeline nafasini ichiga yutib, onasining navbatdagi so‘zlarini kutdi. Bu gaplar uning butun hayotini o‘zgartirib yuborishi aniq edi...

3 Bob tugadi yoqdi degan umiddaman
Kawasaki Deri