– IKKI QORA QALB –
~ Sen xayolimga hech qachon o'chira olmaydigan xotiralarni chizding
Sen mening qalbimga ranglarni chizding, men hech qachon uni o'rnini bosa olmadim
Chapter ~ 3 | Nafrat va ehtirosning o‘rtasidagi chegaralar
Roselin bazaning ichkarisida bo‘lib o‘tayotgan jangni kuzatar ekan, o‘zining odamlari orqali jangni boshqarishga urinar edi. Ammo Mayk bilan yuzma-yuz uchrashuv uning barcha o‘ylarini chalg‘itib yuborgandi. U ichida qandaydir noaniqlik va xavotirni his qilardi.
"Men nima qilaman? Maykni yo‘q qilish kerak. Ammo..." – Roselin fikrlarini yig‘a olmay, boshini changalladi. Shu payt uning yonida yana bir portlash ovozi eshitildi.
Mayk esa atrofni sinchiklab kuzatib, Roselinning qayerga ketganini aniqlashga harakat qilardi. Barcha jangchilar chetga tortilib, u va Roselin o‘rtasida bo‘lgan oxirgi dialogdan so‘ng bu jang shunchaki kuch ko‘rsatish emas, balki ikki qalbning qarama-qarshiligiga aylangan edi.
Roselin o‘zini yashirishga harakat qilib, bir kichik xona ichiga kirib, eshikni yopdi. Ammo bu eshikni ko‘p o‘tmay kimdir ochdi. Mayk edi. Uning nigohlari o‘tkir, harakati esa hal qiluvchi edi.
– Yashirinish – sening uslubing emas, Roselin, – dedi Mayk eshikni asta yoparkan.
Roselin qurolini qayta tayyorladi. Ammo uning qo‘llari qaltirayotgandi. Bu xavotirdan emas edi – bu Maykning yaqinligi tufayli edi.
– Menga yaqinlashma, Mayk. Bu safar... bu safar sen ketolmaysan.
Mayk uning qarshisida to‘xtab, sekin quroliga qaradi, so‘ng nigohini Roselinning ko‘zlariga qaratdi.
– Meni otmoqchimisan? Oson ish bo‘lmaydi, Roselin. Sen menga qarata o‘q otishingdan oldin qalbingdagi boshqa o‘qlarni chiqarib tashlashing kerak bo‘ladi.
Roselin qattiq nafas oldi.
– Sen kim bo‘libsanki, meni shunchalik osongina tushunasan?
Mayk yaqinlashdi. Uning yuzida jiddiyat va samimiyat aralash edi.
– Men sening dushmaningman. Lekin qalbingdagi nafrat bilan ehtirosning qayerda tugashini ko‘ra olaman. Sen buni yashira olmaysan.
Roselin bir lahza to‘xtab qoldi. Qurolni pastga tushirdi. Ammo bu uning taslim bo‘lishidan emas, ichidagi qarama-qarshiliklardan edi.
– Men bunday hissiyotlarni qabul qilolmayman. Bu... bu noto‘g‘ri.
Mayk uning yuziga yaqinlashdi, qo‘llarini ohista Roselinning beliga qo‘ydi.
– Noto‘g‘ri yoki to‘g‘ri, bu hozir bizning o‘rtamizda yagona haqiqat.
Roselin boshini ko‘tardi, uning nigohlarida sovuqlik bilan birga iliqlik ham paydo bo‘lgandi.
– Mayk, agar biz davom etsak, bu nafaqat bizni, balki atrofimizdagi hamma narsani yo‘q qiladi.
Mayk boshini qimirlatdi.
– Balki. Lekin men bunga tayyorman. Va sen ham tayyor ekansan.
Yurak va jang o‘rtasidagi tanlov
Maykning so‘zlari Roselinni chalg‘itib yubordi. U o‘zining sovuqqonligini yo‘qotayotgandi. U Maykni qattiq itarib, undan uzoqlashishga harakat qildi.
– Yo‘q! Bu yerda hech narsa bo‘lishi mumkin emas!
Ammo Mayk uni yana ushlab, yoniga tortdi. Ularning nigohlari bir-biriga qadaldi. Barcha jangning ovozi, portlashlar, hayqiriqlar ular uchun yo‘q bo‘lib ketgandi. Endi bu xona ichida faqat ikki qalbning qarama-qarshiligi bor edi.
– Agar bu jangda mag‘lub bo‘lsam ham, sening qarshingda taslim bo‘lmayman, Roselin. – Maykning ovozi past, lekin qat’iy edi.
Roselin bir lahza jim qoldi. U qalbida nimani xohlashini tushunolmasdi. Ammo Maykning qo‘llari uning ehtiroslarini uyg‘otayotgandi.
Ular orasidagi masofa nihoyat yo‘qoldi. Ularning ehtirosli o‘pichlari jangning haqiqiy kurashdan oshib tushishini bildirardi. Ammo bu ehtiros ularga nafaqat birlashishni, balki har bir qadamda xavfni eslatardi.
Bu tongga qadar davom etgan qarorlar o‘yinining faqat boshlanishi edi. Endi ular faqat nafrat bilan emas, bir-biriga bo‘lgan taqiqlangan hislar bilan ham kurashishi kerak edi.
Mayk va Roselinning bazada sodir bo‘lgan o‘sha kechasi, jang maydonidagi sovuqqonlikni boshqa darajaga olib chiqdi. Tong otib, jangning ovozlari so‘ngandan so‘ng, ularning o‘rtasidagi ziddiyat yanada murakkablashdi. Nafrat va ehtiros bir-biriga uyg‘unlashib, qalbdagi haqiqatlarni yashirishga imkon bermay qo‘ydi.
Roselin o‘z ofisida yolg‘iz o‘tirardi. Uning nigohlari oynavand devorlardan tashqariga, endigina uyg‘onayotgan shahar tomon qarar edi. Ammo ko‘zlarida tinchlik yo‘q edi. Kechagi voqealar uning ichki tinchini butkul buzib yuborgandi.
"Mayk... U nimaga erishmoqchi? Men bilan o‘ynashayotgan bo‘lsa, bu o‘yin unga qimmatga tushadi."
Roselin bu fikrlarni o‘zida takrorladi. Ammo ich-ichidan bilardi: Mayk o‘ynayotgani yo‘q. U haqiqatan ham uning ichki dunyosiga kirishga urinmoqda.
Shu payt eshik sekin taqilladi. Bu Roselin uchun kutilmagan hol edi, chunki uning odamlari ruxsatsiz ofisga kirmasdi.
– Kir! – dedi u sovuq ovozda.
Eshik ochildi va Mayk paydo bo‘ldi. U xotirjam, ishonchli qadamlar bilan ichkariga kirdi. Qo‘llari cho‘ntagida edi, lekin uning ko‘zlari Roselinning nigohini izlayotgandi.
– Qanday qilib kirding? – dedi Roselin, uning kirganidan hayratda emas, balki bezovta bo‘lib.
Mayk jilmaydi.
– Bu savol seni bezovta qilishi kerak emas. Men bu yerga javob olish uchun keldim.
Roselin qo‘llarini stol ustiga qo‘yib, unga jiddiy qaradi.
– Nima javob? Sen mendan nimani xohlaysan, Mayk? O‘yinlaringni tugatib, yo‘qol.
Mayk unga yaqinlashdi. Uning harakati sokin, ammo qat’iy edi.
– Sen o‘zingni aldama, Roselin. Kecha nima bo‘lganini bilasan. Bu o‘yin emas edi.
Roselin boshini burib, oynavand devorga qaradi. U Maykning nigohiga tik boqishga jur’at eta olmasdi.
– Kecha... Bu shunchaki vaqtinchalik hissiyot edi. Hech qanday ma’noga ega emas.
Mayk kulimsiradi va uning qarshisiga, stoldan qarama-qarshi o‘tirib, dedi:
– Agar shu fikrdasan, nega meni to‘xtatmading?
Roselin o‘zini yo‘qotib qo‘yayotganini his qildi. Unga qarashga majbur bo‘ldi.
– Sen nimaga erishmoqchi bo‘lsang, bilmayman, lekin bu yo‘ldan qayt. Men uchun bunday hissiyotlarning ahamiyati yo‘q.
Mayk boshini qimirlatdi.
– Balki shundaydir. Ammo kecha men o‘zimning dushmanimni emas, haqiqiy Roselinni ko‘rdim. Sen shunchaki lider emassan. Sen qalbingni o‘z hislaringdan yashiradigan ayolsan.
Roselin uning so‘zlariga norozi bo‘ldi. U o‘rnidan turib, stolni urdi.
– Bu mavzuni yopamiz! Sen mening dushmanimsan. Shundayligicha qolasan!
Mayk ham o‘rnidan turib, unga qarab yaqinlashdi. Endi ularning yuzlari bir-biriga juda yaqin edi.
– Sen nimani xohlayotganingni anglaganingda, bu dushmanlik qandaydir ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Roselin uning nigohidan uzoqlashib, bir qadam orqaga chekinib, sekin pichirladi:
– Bu juda xavfli yo‘l, Mayk...
Mayk esa o‘zining o‘sha ishonchli jilmayishini yuzida saqlab turardi.
– Men xavfni qabul qilaman. Savol shundaki, sen tayyormisan?
Muallif Minamiya Carcia Pegasus fanfic kanali uchun mahsus mualliflik huquqi mavjud