March 6, 2025

Vampirlar olamida:Qonli ustun

Tanishtiruv

1. Lucian Ravenshade

Tug'ilgan sana: 14.01.2001

Harakteri: Lucian – ehtirosli va ziddiyatli yigit. U boshqalarga nisbatan sovuqqon va sirli, lekin qalbida katta hissiyotlar yashiringan. Lucian uchun kuch va hokimiyat eng muhim narsalar, shuningdek, u o‘zining haqiqiy muhabbatini izlab, boshqa vampirlarni boshqarishga intiladi.

Xususiyatlar: Kuchli shaxsiyat, liderlik qobiliyati, sirli tabiat.


2. Aldric Ravenshade

Tug'ilgan sana: 23.04.2003

Harakteri: Aldric – xushmuomalali va injiq yigit. U ko‘pincha o‘zining qulayliklarini afzal ko‘rgan bo‘lsa-da, taqdir uni doim o‘zining haqiqatini izlashga undaydi. Aldric – o‘zining qarorlarida noaniq va ba’zida shubhalanadi.

Xususiyatlar: Sog‘lom idrok, shaxsiy kurashlar, muvozanatni izlash.

3. Darius Ravenshade

Tug'ilgan sana: 02.10.2005

Harakteri: Darius – ichki kurashlar bilan yuzlashayotgan yigit. U o‘zining haqiqiy baxtini izlashga intiladi va ko‘p hollarda o‘zgarishlarni qabul qilishda qiyinchiliklar sezadi. Shuningdek, Darius o‘ta sezgir va o‘zgaruvchan hissiyotlarga ega, bu esa uni juda zaif qilishi mumkin.

Xususiyatlar: Sezgir, baxt izlash, hissiy kurashlar

.

4. Viktor Ravenshade

Tug'ilgan sana: 18.12.2002

Harakteri: Viktor – o‘zgarishlarga qat’iy qarshi turgan va odatlarini saqlab qolish istagidagi yigit. U boshqalardan farqli o‘laroq, faqat o‘z maqsadiga erishishga qaratilgan va ko‘p hollarda hissiyotlar bilan emas, faqat haqiqat bilan ishlaydi.

Xususiyatlar: Ishtiyoqli, qat’iyatli, o‘zgarishga qarshi.

5. Soren Ravenshade
Tug'ilgan sana: 04.07.2002

Harakteri: Soren – hamisha optimistik va quvnoq, lekin uning ichki dunyosida haqiqiy og‘riqlar mavjud. U barcha narsada yaxshi tomonini ko‘rishga harakat qiladi, ammo ba’zida o‘zining zaifliklarini ko‘rsatishdan qo‘rqadi.

Xususiyatlar: Optimistik, kuchli iroda, ichki kurashlar

.

6. Damien Ravenshade

Tug'ilgan sana: 09.03.2000

Harakteri: Damien – sovuqqon va aqlni ishga soladigan yigit. U ko‘pincha boshqalardan ajralib turadi va o‘zini hech kimga ochmaydi. Lekin, o‘zi uchun eng muhimi – haqiqat va odamlarni anglash.

Xususiyatlar: Aql-idrok, sovuqqonlik, sirli xarakter.

7. Marek Ravenshade (Kang Taehyung)

Tug'ilgan sana: 30.05.2003

Harakteri: Marek – g‘amgin va nafratga to‘la, lekin uning qalbida yana sevgi va xayrixohlikni uyg‘otish mumkin. U odamlar bilan o‘zini bo‘lishishda qiynaladi, lekin sevganlarining yonida har doim zaif va himoya qilishga tayyor bo‘ladi.

Xususiyatlar: G‘amgin, hissiy zaiflik, himoya qilish istagi

.

8. Ronan Ravenshade

Tug'ilgan sana: 21.11.2004

Harakteri: Ronan – yengil va kulgili yigit, ammo ichida og‘ir hislar bor. U ko‘pincha boshqalarga qaraganda ko‘proq ahamiyat beradi va do‘stlarini himoya qilishni yaxshi ko‘radi.

Xususiyatlar: Kulgu, mehribonlik, hissiy yengillik.

9. Nikolai Ravenshade (BangChan)

Tug'ilgan sana: 06.11.2001

Harakteri: Nikolai – qat’iy qarorlar qabul qilishda juda ishonchli, lekin ba’zan haddan tashqari sovuqqon va odamlarga nisbatan befarq.

Xususiyatlar: Sovuqqon, ishonchli, qat’iyatli.

10. Vaughn Ravenshade

Tug'ilgan sana: 15.01.2000

Harakteri: Vaughn – o‘zgacha va sirli, har doim o‘zini boshqalardan ajratib turadi. U boshqalar bilan do‘stlashishni istamagan holda, o‘zining ichki dunyosida o‘ziga shartli joy yaratadi.

Xususiyatlar: Sirli, mustaqil, ichki dunyo.

11. Kairos Ravenshade (J-Hope)

Tug'ilgan sana: 18.02.2000

Harakteri: Kairos – do‘stlariga kuchli tayanch bo‘lib, ularga yordam berishni istaydi. U har doim boshqalarga yordam berishga tayyor, lekin o‘zining haqiqiy hislarini ko‘rsatishni xohlamaydi.

Xususiyatlar: Yordamsevar, ijobiy, ichki kurashlar

1. Rosie Milyerest

Yosh: 19 (2005-yil, 12-mart)

Harakteri: Rosie – mustaqil va kuchli iroda bilan tanilgan. O‘zining maqsadlariga intilib, har doim o‘zini rivojlantirishga harakat qiladi. Hissiy jihatdan ba'zan nozik bo‘lsa-da, boshqalarga qattiq ko‘rinishga harakat qiladi

.


2. Ahri Milyerest

Yosh: 20 (2004-yil, 5-aprel)

Harakteri: Ahri – sodiq va muloyim qiz, lekin ba’zan hissiy jihatdan qattiq va qat’iyatli. U o‘zining sevganlariga sodiq qolish uchun harakat qiladi, lekin o‘zining ichki kurashlari bilan ham yuzma-yuz keladi


3. Sumin Milyerest

Yosh: 18 (2006-yil, 22-iyul)

Harakteri: Sumin – o‘zini izlayotgan va ichki baxtni izlashga harakat qiladigan qiz. U hissiyotlarini ifodalashda ba’zan qiyinchiliklar sezadi, lekin doimo o‘zining haqiqiy xohishlarini izlaydi

.


4. Minsoya Milyerest

Yosh: 19 (2005-yil, 9-yanvar)

Harakteri: Minsoya – sokin va tinch, lekin ba’zan haddan tashqari sezgir. U odamlar bilan yaxshi aloqada bo‘lishga harakat qiladi, lekin ba'zan o‘zini yolg‘iz his qiladi.


5. Soya Milyerest

Yosh: 18 (2006-yil, 28-may)

Harakteri: Soya – sevgi va ishonchni izlashda g‘ayratli. U har doim boshqalarga yordam berishga tayyor, lekin ba’zan o‘zining haqiqiy hissiyotlarini yashiradi

.


6. Rayli Milyerest

Yosh: 20 (2004-yil, 15-avgust)

Harakteri: Rayli – o‘zining hislarini yashirishga harakat qiladigan, lekin o‘ziga xos kuchli ruhiyatga ega. U boshqalarga o‘zining haqiqiy ichki dunyosini ko‘rsatishdan qo‘rqadi, lekin ichki kuchi bilan har doim kurashadi

.


7. Jia Milyerest

Yosh: 19 (2005-yil, 30-noyabr)

Harakteri: Jia – ichki kuchi bilan boshqaradigan, lekin sezgir va ozgina nozik qiz. U har doim o‘zini mustahkamlashga harakat qiladi, lekin ba’zan boshqalarning hissiyotlarini juda sezadi

10. Jemre Milyerest

Yosh: 19 (2005-yil, 13-fevral)

Harakteri: Jemre – ko‘p hollarda o‘zining mustaqilligini yoqtiradi, lekin ichki kurashlar va hissiyotlar bilan doim jang qiladi. U doimo o‘ziga ishonadi, lekin ba'zida noaniqliklar bilan

. Chansoo Milyerest

Yosh: 20 (2004-yil, 1-noyabr)

Harakteri: Chansoo – sevgini tushunishga intiladi, ba’zan ichki kurashlar bilan kurashadi. U odamlar bilan chuqur aloqalarni izlaydi, lekin o‘zining haqiqiy muhabbatini topishga ishonmaydi.


. Seo Milyerest

Yosh: 18 (2006-yil, 19-avgust)

Harakteri: Seo – o‘zini boshqarishga qodir, lekin doim shubhalanadi. U o‘zining ichki dunyosini boshqarishni yaxshi ko‘radi, lekin boshqalar bilan o‘zaro aloqada bo‘lishda ba’zan qiyinchiliklarga duch keladi.

Namsu Milyerest – 14.07.2007
Soya bilan egizak. Odatda jiddiy va vazmin, ko‘proq kuzatuvchi rolini bajaradi. U odamlarning niyatlarini yaxshi tushunadi va tezda ularga moslasha oladi. Biroq u faqat o‘ziga yaqin bo‘lgan odamlarga ochiladi

Cona Milyerest – 05.05.2006
Erkin va mustaqil xarakterga ega. U hech qachon boshqalarning fikriga bog‘lanmaydi va o‘z yo‘lidan borishni afzal ko‘radi. O‘ziga ishongan, lekin hissiyotlarini boshqalarga ochib berish qiyin.

Lucien Revenshade – 01.09.2004

U o‘ziga ishongan, aql-idrokli va strategik fikrlaydigan yigit. Tashqi tomondan sovuqqon va sirli ko‘rinsa ham, ichki dunyosida ko‘p narsalarni his qiladi. Hamma narsani nazorat ostida ushlashga odatlangan, lekin ba’zan bu uning o‘zi uchun ham og‘irlik qiladi. Unga yaqinlashish oson emas, chunki u ishonchini osongina bermaydi.

Kechki shom osmoni qirollik hududini ohangrabodek qamrab olgan. Qasrning ulkan, bezakli zalida hashamatli chiroqlar porlab, har tomondan tantanavor libosdagi mehmonlar yig‘ilayotgan edi. Bugungi kecha oddiy kechalardan emas – bu Qirolliklar ittifoqi tarixidagi eng muhim marosimlardan biri bo‘lib, unda Milyerest va Ravenshade qirolliklarining merosxo‘rlari ilk bor rasmiy ravishda uchrashishi kerak edi.

Milyerest oilasi zalga kirib keladi.

Qirollik elchisi oldinda yurib, katta eshiklar ohista ochiladi. Ichkariga Qirol Edmund Milyerest, qirolicha Elena Milyerest va ularning farzandlari – Rosie, Ahri, Sumin, Minsoya, Soya, Jia, Jemre, Seo, Chansoo, Namsu va Cona qadam bosishdi.

Milyerest qizlari ilk bor bu qasrga kelishgani uchun atrofga qiziqib boqishar, ammo bir vaqtning o‘zida qirollik odobiga rioya qilib, harakatlariga ehtiyotkorlik bilan yondashishardi.

— "Bu yer anchagina sovuqdek tuyulyapti," – ahista pichirladi Cona.

— "Shunchaki, hushyor bo‘lib turaylik," – jilmaydi Rosie, qo‘llarini ohista bir-biriga ishqalab.

Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri baland kursida o‘tirgan Ravenshade qirollik oilasi tomon yo‘l olishdi.

Ravenshade oilasi esa salobatli ko‘rinishda o‘tirardi. Qirol Alden Ravenshade va Qirolicha Vivienne Ravenshade rasmiy ko‘rinishda, farzandlari esa ularga bir qadam orqaroqda turishardi: Lucien, Marek, Ronan, Viktor, Soren, Darius, Aldric, Damien, Vaughn, Kairos va Nikolai.

Lucien – oilaning eng mohir vorisi, salqin va sirli nigohlar bilan kelayotgan mehmonlarni kuzatar, boshqa aka-ukalari esa qizlarni birma-bir sinchiklab o‘rganardi.

Qirollarning suhbatlari

Qirol Edmund va Qirol Alden bir-birlari bilan iliq salomlashib, rasmiy nutq so‘zladilar.

— "Milyerest oilasi doimo bizning hurmatimizga loyiq bo‘lgan," – dedi Alden salobat bilan.

— "Va biz sizniki," – jilmaydi Edmund. "Ushbu marosim farzandlarimiz uchun katta ahamiyatga ega. Axir ular kelajakdagi do‘stlik va hamkorlikni saqlab qoladigan avlod."

Qirolicha Elena esa qirolicha Vivienne bilan suhbatlashar edi.

— "Sizning o‘g‘illaringiz juda kelishgan va hurmatli," – dedi Elena, ko‘zi bilan ularga ishora qilib.

— "Sizning qizlaringiz esa nihoyatda nafis va aqlli ko‘rinadi," – jilmaydi Vivienne. "Ular ilk bor mana shunday rasmiy tadbirda qatnashayotgan bo‘lsa, biz ularga yordam berishga tayyormiz."

Ularning orqasida esa yoshlar bir-birlariga sinchkovlik bilan qarashardi.

Farzandlarning ilk uchrashuvi

Katta ziyofat stoli atrofida farzandlar bir-birlariga yaqin joylashishdi. Milyerest qizlari ilk bor Ravenshade yigitlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbatlashish imkoniga ega bo‘lishardi.

— "Demak, siz – Ravenshade oilasining merosxo‘rlari," – dedi Rosie, jilmayib.

Lucien unga salqin nigohi bilan qaradi.

— "Xuddi shunday. Siz esa Milyerest qirolligining faxrlari bo‘lsangiz kerak."

Jemre yonida turgan Ronanga ko‘z tashladi.

— "Siz juda jiddiy ko‘rinasiz. Yo‘q, kuting... yoki aksincha, kulgili insonmisiz?"

Ronan unga yengil jilmaydi.

— "Ikkalasi ham bo‘lishi mumkin."

Ahri esa Nikolai bilan suhbatlashayotgan edi.

— "Siz har doim shunday jiddiy bo‘lasizmi?" – so‘radi u.

— "Men shunchaki shundayman," – deya qo‘l siltadi Nikolai. "Har doim emas... faqat ba’zan."

Ularning suhbatlari hali boshlangandi, lekin hech kim asl haqiqatni bilmasdi – Ravenshade oilasi sirli vampirlar edi. Farzandlari esa bu haqiqatni hozircha yashirishardi.

Milyerest oilasi Ravenshade qirolligiga allaqachon yetib kelgan edi. Qirol Edmund va Qirolicha Elena o‘z farzandlari bilan qirollik saroyiga joylashib bo‘lishgan. Ravenshade hukmdorlari— Qirol Alden va Qirolicha Selene esa mehmonlarini iliq qarshilagan edi.

Ammo asl haqiqatni faqat kattalar bilardi. Ravenshade oilasi vampirlar sulolasidan edi.

Farzandlar esa buni hali bilmasdi.


Suhbatlar boshlanadi

Darius Rosie tomon bir qadam tashladi. Uning nigohlari sirli edi, lekin yuzida yengil tabassum bor edi.

— Qirollik hayotiga o‘rgangansizmi, malikajon? — dedi u.

Rosie yengil kuldi:
— Agar u qiziqarli bo‘lsa, balki.

Darius kulib qo‘ydi:
— Unda sizga yoqadigan narsalar topiladi.

Bu paytda Ahri va Aldric bir-biriga nigoh tashlab, asta suhbatlashardi.

— Siz hech qachon bu yerga kelganmisiz? — so‘radi Ahri past ovozda.

Aldric lablarini qimirlatdi, lekin ovozi eshitilmadi. Keyin sekin javob berdi:
— Men Ravenshadeda ko‘p narsa ko‘rganman. Ammo siz… siz hali hech narsani bilmayapsiz.

Ahri yuragida qandaydir g‘alati his paydo bo‘ldi.

Lucian va Cona esa o‘zaro bahslashib turishardi.

— Siz har doim shunaqa jasur bo‘lganmisiz? — so‘radi Lucian.

Cona yelka qisdi:
— Qo‘rquv nima ekanini unutganman.

Lucian uning ko‘zlariga qaradi:
— Balki sizni eslatishga majbur qilarman.

Ularning yonida Viktor va Sumin, Soren va Minsoya, Damien va Soya, Marek va Rayli, Ronan va Jia, Nikolai va Seo, Vaughn va Chansoo, Kairos va Jemre, Namsu va Luicen ham o‘zaro suhbatlashardi.

Ammo hech kim asl haqiqatni bilmasdi.


Kattalar orasidagi sirli kelishuv

Zalning boshqa burchagida Qirol Edmund, Qirolicha Elena, Qirol Alden va Qirolicha Selene jiddiy suhbatlashardi.

— Farzandlar hali bilmasin, — dedi Qirol Alden.

Qirol Edmund bosh irg‘adi:
— Hali erta. Ular tayyor emas.

Qirolicha Elena nigohini saroy bo‘ylab yugurtirdi:
— Agar ular bilib qolishsa-chi?

Qirolicha Selene sirli jilmaydi:
— Bilishsa ham, juda kech bo‘ladi.

Milyerest oilasi Ravenshade qirolligiga yetib kelganiga bir necha kun bo‘ldi. Qirol Edmund va Qirolicha Elena farzandlari bilan qirollik saroyiga joylashgan, Qirol Alden va Qirolicha Selene esa ularni iliq qarshilagan edi.

Lekin bu uchrashuv oddiy tashrif emasdi. Ikki qirollik farzandlarini unashtirish haqida maxfiy kelishuv bor edi.

Biroq... bu haqiqatni hali hech bir farzand bilmasdi.


Kattalar O‘rtasidagi Maxfiy Suhbat

Qirol Edmund boshini qimirlatib, vazmin ovozda gapirdi:
— Balki bu to‘g‘ri qarordir. Ikki qirollikning birdamligi kelajagimizni mustahkam qiladi.

Qirol Alden unga qarab qo‘ydi va past ovozda javob berdi:
— Bu faqat siyosiy ittifoq emas, balki xavfsizlik masalasi ham. Bizning kelajagimiz ularning qo‘lida.

Qirolicha Elena nigohini yoshlar o‘tirgan tomonga burib, muloyim tabassum qildi:
— Farzandlar hali bilmaydi. Ular tayyor emas.

Qirolicha Selene jilmayib qo‘ydi:
— Lekin ular bir kun bu taqdir ekanligini tushunishadi.


Farzandlar O‘rtasidagi Suhbatlar

Uzoq zalda yoshlar o‘zaro gaplashardi, lekin hech biri asl haqiqatdan bexabar edi.

Darius Rosie bilan yonma-yon yurar, uning nigohlaridan nimanidir o‘qishga harakat qilardi.

— Qirollikda bo‘lish siz uchun qanday tuyulyapti? — so‘radi u.

Rosie yengil kulib qo‘ydi:
— Agar qiziqarli bo‘lsa, balki yoqishi mumkin.

Darius sirli jilmaydi:
— Men bu yerda siz uchun ko‘plab qiziqarli narsalar borligiga ishonaman.

Ahri va Aldric suhbatlashayotgandi.

— Siz hech qachon bu qirollik haqida eshitganmisiz? — so‘radi Ahri.

Aldric yengil kulimsiradi:
— Bu joy o‘z sirlarini yashiradi. Siz esa hali hech narsani bilmayapsiz.

Lucian va Cona esa bir-biri bilan bahslashardi.

— Siz har doim shunaqa jasur bo‘lganmisiz? — dedi Lucian.

Cona yelka qisdi:
— Qo‘rquv nima ekanligini esdan chiqarib bo‘ldim.

Lucian uning nigohlariga qaradi:
— Ehtimol, men sizga buni eslatishga majbur qilarman.

Viktor va Sumin, Soren va Minsoya, Damien va Soya, Marek va Rayli, Ronan va Jia, Nikolai va Seo, Vaughn va Chansoo, Kairos va Jemre, Namsu va Luicen ham o‘zaro suhbatlashardi.

Lekin ular bilmaydiki, bu yig‘ilishning asosiy maqsadi ularning kelajagini belgilash edi.


Maxfiy Reja

Qirol Alden chuqur nafas oldi va past ovozda gapirdi:
— Biz ularga bu haqda qachon aytamiz?

Qirol Edmund nigohini uzoqqa qadadi:
— Hali emas. Ular hali tayyor emas.

Qirolicha Elena muloyimlik bilan jilmaydi:
— Lekin ular bir kun haqiqatni bilishadi. Va o‘shanda...

Qirolicha Selene shivirladi:
— Ular taqdirlarini o‘zlari qabul qilishlariga to‘g‘ri keladi.

Ravenshade qirolligi o‘z mehmonlari — Milyerest qirolligini saroyda bir necha kun davomida mehmon qildi. Ammo endi ular o‘z yurtlariga qaytishga tayyor edi.

Ammo hech kim bilmaydiki, bu uchrashuv shunchaki do‘stona tashrif emasdi. Ikki qirollik farzandlarini unashtirish haqida maxfiy kelishuv bor edi.

Lekin barcha yoshlar bundan bexabar edi.

Va eng muhimi… qirolliklar farzandlariga bu haqda aytmagunicha, ular bir-birlarini ko‘rishmaydi.


Kattalar O‘rtasidagi Suhbat

Qirol Edmund chuqur nafas olib, Qirol Alden tomon qaradi:
— Endi Milyerest qirolligi o‘z uyiga qaytadi. Lekin biz kelishuvni haligacha farzandlarga oshkor qilmadik.

Qirol Alden vazminlik bilan javob berdi:
— Aytish vaqti hali kelgani yo‘q. Ular bunga tayyor emas.

Qirolicha Elena nigohini uzoqqa qadadi:
— Lekin ular do‘stlashib qolishdi. Bu ayriliq ular uchun qiyin bo‘lmaydimi?

Qirolicha Selene jilmayib qo‘ydi:
— Ularning taqdiri allaqachon belgilangan. Qanday bo‘lsa ham, ular bir kun kelib bu haqiqatni bilishadi.

Qirol Edmund bosh irg‘ab, shunday dedi:
— Hozircha ularni ayirmasak bo‘lmaydi. Bir-birlarini ko‘rmasliklari kerak.

Qirol Alden unga qo‘shilib, shunday dedi:
— To‘g‘ri. Biz farzandlarimizga haqiqatni aytmagunimizcha, ular yana uchrashmaydi.


Farzandlarning So‘nggi Suhbati

Barcha yoshlar barcha bo‘lib yig‘ilgan edi, lekin hech biri yaqin orada bir-birlarini ko‘rmasliklarini bilmasdi.

Rosie va Darius

Darius Rosiega qarab jilmaydi:
— Sizga shu yer yoqib qoldi shekilli?

Rosie yengil kuldi:
— Qiziqarli odamlar bor ekan. Lekin nega bunday savol beryapsiz?

Darius bir zum jim qoldi, so‘ng sekin dedi:
— Shunchaki… yana bir bor uchrashamizmi, deb o‘ylab qoldim.

Rosie hazilomuz javob berdi:
— Albatta! Axir biz qirollik do‘stlarimiz, shunday emasmi?

Darius jilmaydi, lekin yuragida nimadir g‘ashlik bor edi.


Ahri va Aldric

Ahri qo‘llarini ko‘ksiga chalishtirdi va Aldric tomon qiziqsinib tikildi:
— Siz hech qachon ortga qarashni xohlamaysizmi?

Aldric kulimsiradi:
— Orqaga qarasam, kelajakni ko‘ra olmayman.

Ahri ko‘zlarini qisdi:
— Qiziq… ehtimol, siz juda sirlisiz.

Aldric yelka qisdi:
— Ehtimol, siz ham shundaydirsiz.


Cona va Lucien

Cona kulib qo‘ydi:
— Siz menga har doim "ogohlantirish" berasiz, lekin hech narsa bo‘lmaydi.

Lucien ko‘zlarini qisib kuldi:
— Balki sababi shundadirki, men sizni hozircha sinab ko‘rayotgandirman?

Cona kuldi:
— Menga o‘yin yoqadi, Lucien. Lekin men har doim yutaman.

Lucien unga yaqinlashib shivir etdi:
— Ehtimol, men sizni yutish uchun hali fursat toparman.


Viktor va Sumin

Sumin bir lahza jim turib, so‘ng Viktorga qaradi:
— Siz bu joyni tark etishni xohlaysizmi?

Viktor unga qaradi:
— Hali emas. Lekin ketish kerakligini bilaman.

Sumin jilmaydi:
— Hali hammasi tugamagan bo‘lsa kerak?

Viktor sirli jilmaydi:
— Ehtimol, bu hali boshlanishidir.


Soren va Minsoya

Minsoya Soren tomon yengil jilmayib qaradi:
— Siz doimo shu qadar jim bo‘lasizmi?

Soren sekin bosh irg‘adi:
— Men ko‘proq kuzatishni yoqtiraman.

Minsoya kuldi:
— Xo‘sh, nimani kuzatyapsiz?

Soren unga tik qaradi:
— Sizni.


Damien va Soya

Soya xayolchan nigoh bilan Damian tomon qaradi:
— Nimadir noto‘g‘ri ketayapti, shunday emasmi?

Damien jilmaydi:
— Siz har doim shubhalanasizmi?

Soya shivirladi:
— Chunki har doim hamma narsa shubhali bo‘ladi.


Marek va Rayli

Rayli Marekka qarab kuldi:
— Siz hamma narsaga shubha bilan qarashga o‘rganganmisiz?

Marek yelka qisdi:
— Ishonchning narxi baland bo‘lsa, ehtiyot bo‘lish kerak.

Rayli jilmaydi:
— Xo‘sh, menga ishonasizmi?

Marek unga uzoq tikildi va shivir etdi:
— Hali bilmayman.


Ronan va Jia

Jia Ronanga qarab jilmaydi:
— Siz doimo shunchalik sirli bo‘lasizmi?

Ronan jilmayib javob berdi:
— Men sirlar bilan yashayman.

Jia yelka qisdi:
— Men esa sirlarni ochishni yaxshi ko‘raman.


Nikolai va Seo

Seo Nikolai tomon qaradi:
— Siz hech qachon oldindan nimani kutayotganingizni bilganmisiz?

Nikolai jilmaydi:
— Ba'zan hech narsa kutmaslik yaxshiroqdir.


Vaughn va Chansoo

Chansoo Vaughn tomon qaradi:
— Siz doim shunday sovuqqon bo‘lasizmi?

Vaughn kulimsiradi:
— Bu shunchaki niqob.


Kairos va Jemre

Jemre Kairosga qaradi:
— Siz hech qachon yuragingizga quloq solganmisiz?

Kairos jilmaydi:
— Ehtimol, hozir buning vaqti kelgandir.


Namsu va Luicen

Namsu Luicen tomon qaradi:
— Siz hozir nimani o‘ylayapsiz?

Luicen kuldi:
— Siz bilan yana uchrashish haqida.


Milyerest Qirolligi Uzoqqa Yo‘l Oladi

Ular bularning hech biridan bexabar edi.

Farzandlar bir-birlariga qarab xayrlashdilar, lekin hech biri yana qachon uchrashishini bilmasdi.

Qirolliklar esa ularga bu haqiqatni aytmagunlaricha, ular bir-birlarini ko‘rishmaydi.