February 4, 2025

Menga o'rganib qol

ep 1

Menga o'rganib qol
Muallif:Sieun
Qahramonlar tanishtiruvi

Minjae

Oddiy oiladan chiqqan, sabrli va kuchli qiz.
Kambag‘allik sabab boy oilaga kelin bo‘lishga majbur bo‘ladi.
Birovga qaram bo‘lishni yoqtirmaydi, lekin taqdir uni Sohyun bilan bog‘laydi.
Haqiqiy baxt nimada ekanini bilmaydi…

Sohyun

Sovuqqon va boy oilaning merosxo‘ri.
Nikohdan nafratlanadi, Minjaeni rad etadi.
Uni ataylab e’tiborsiz qoldiradi, shafqatsiz va befarq ko‘rinadi.
Lekin Minjaeni yo‘qotganda, yuragidagi bo‘shliqni his qiladi…

Hana
Minjaening eng yaqin dugonasi.
Pas tabaqadan bo‘lgani uchun boylar oldida ojiz bo‘lishni yoqtirmaydi.
Jihoonni sevadimi yo‘qmi – o‘zi ham bilmaydi.
Oxir-oqibat haqiqatdan qocholmaydi…

Jihoon

Sohyunning eng yaqin do‘sti.
Hanalarga past nazar bilan qaraydi, lekin Hanaga yaqinlashgan sari o‘z fikrini o‘zgartira boshlaydi.
O‘z his-tuyg‘ularini rad etganicha, Hanani boshqa yigitga yo‘qotishi mumkin…

Sohyun va Minjae bir maktabda o‘qigan, lekin hech qachon bir-biri bilan gaplashishmagan. Sohyun har doim kiborlu, mag‘rur va sovuq edi. U maktabdagi eng boy oilaning vorisi bo‘lib, hamma unga hurmat bilan qarardi.

Minjae esa oddiy o‘quvchi edi. U boylar orasida o‘zini notanish his qilardi. U Sohyunni faqat uzoqdan ko‘rardi – barcha qizlar unga oshiq bo‘lishardi, lekin u hech kimni mensimasdi.

Bir kuni maktab hovlisida Minjae tasodifan Sohyunni ko‘rib qolgandi. U mashhur bo‘lishiga qaramay, yolg‘iz o‘tirardi. U qo‘lida kitob ushlagancha, chuqur o‘yga cho‘mib ketgan edi.

Shu kuni u Sohyunga birinchi marta qiziqib qaragan edi.

Lekin bu faqat tasodifiy qiziqish edi. Chunki Sohyun hech qachon Minjaega qaramagan.


Oradan yillar o‘tdi.

Minjae Sohyunni qayta ko‘rganida, ular nikoh haqida gaplashayotgan edi.

Sohyun hech o‘zgarmagan. Sovuq nigohlar, kinoya bilan bo‘yog‘langan so‘zlar…

Minjae esa ichida o‘yladi: "U meni oldin taniganmikan?.. Yo‘q, u menga hech qachon qaramagan."

Minjae oq libosda oynaga qarab turardi. Bu kun orzu qilgan to‘yi emasdi. Hamma kelin bo‘lishni orzu qiladi, lekin majburlangan nikoh hech qachon baxt olib kelmaydi.

To‘y marosimi

Minjae unga sekin yaqinlashdi. Sohyun unga qattiq sovuq nigoh bilan boqdi.

— Agar hozir qochib ketsang, men seni tushunaman,— dedi u past ovozda.

Minjae hayron bo‘lib, unga qaradi.

— Nima?

Sohyun yelkasini qisdi.

— Senga yoqmasligini bilaman. Mening ham hech qachon xohlagan narsam emas. Lekin hozir hammasini to‘xtatish imkoning bor.

Minjaening yuragi tez urdi. U haqiqatan ham qochib keta oladimi?

Atrofga qaradi. Onasi, otasi… hamma unga qarab turardi. Agar u ketsa, oilasi butunlay qulaydi.

U Sohyunga tikildi.

— Qochmayman.

Sohyun kulimsiradi, lekin bu kinoyali kulgi edi.

— Shunda ham xuddi men kutganingdek ahmoq ekansan.

Minjae ichida nimadir sinib ketganday bo‘ldi.

Shu payt ruhoniy ularning oldiga chiqdi.

— Sohyun, siz Minjaeni xotinlikka qabul qilasizmi?

Sohyun chuqur nafas olib, "Ha" dedi.

— Minjae, siz Sohyunni er sifatida qabul qilasizmi?

Minjaening qo‘llari muzlab ketdi. Ko‘zlari Sohyunga tushdi. Bu sovuq nigoh bilan yashashga majburmi?

Biroq og‘ir xo‘rsinib, javob berdi:

— Ha…

Hamma qarsak chala boshladi. Shu bilan taqdir Minjaeni butunlay Sohyunning qo‘liga topshirdi…

Lekin u hali bilmasdi…

Sohyun hech qachon unga yaxshi munosabatda bo‘lmaydi.