December 2, 2025

Watching you

Episode 1

Мой Сталлкер доктор

Hayotda shunday onlar bo‘ladi—seni chin dildan sevganlarni yo‘qotib, seni sevmaganlarga intilasan. Aslida esa, chin sevganlar ko‘pincha yutqazadi. Baxt degani ham shumi? Sen sevgan odamning tabassumi sen uchun baxt bo‘lsa…

Muallif: Cui Jireen Rue

Bugun tongda uxlab qoldim, buni tan olaman. Chunki kecha tunda bir kitobni mazza qilib o‘qidim. Avvaliga o‘qiganimdan xursand edim, lekin biroz o‘tib pushaymon bo‘la boshladim—menga yoqmay borardi. Keyin ta’sirchanligim tutdimi, yig‘lab yubordim. Kitob haqida yoki muallifi kimligi haqida aytmayman, sirimcha qolsin. Undan keyin yana uxladim deyishga ham til bormaydi, axir o‘qiganlarimni kimdandir doston qilishim kerak edi.

Aytgancha, men 18 yoshli voyaga yetgan o‘smirman. Lekin yoshlar kabi ko‘ngil xushligi, sevgi degan mayin tuyg‘ularga vaqtim yo‘q. "Nega?" deb so‘rarsiz. Izohlayman: hayotimda bir maraz bo‘lgan, va uni deb o‘zimni qanday qiynaganimni hali ham eslayman. U ilk sevgim edi. Hozir bormi? Albatta yo‘q. Ajralganmiz. U qora inson edi... lekin men uni bunday eslashni xohlamayman. U—bo‘yi mendan balandroq, bug‘doyrang, aql esa… aslida umuman o‘qimaydigan, qizlarni qo‘li bilan o‘ynatadiganlardan. Buni bilardim. Lekin gaplashdim. "Ulg‘aygach o‘zgaradi" deb o‘yladim. O‘zgarmadi.

Bugun esa — mening birinchi ish kunim. Bu ishni bir necha yil oldin, hali yosh bola bo‘lganimda yoqtirib qolganman. “Qanday ish?” deysizmi? Akvariumda tadqiqot ishlari. Ismim — Carayl. O‘zimga qulay kiyim kiyib oldim, chunki bugun shunchaki tanishib kelishim kerak edi.

Mashina bilan yetib borib, binoga kirdim. Meni tanishtirishdi, keyin esa bejik berishdi. O‘zimga kerakli joyga kuzatib qo‘yishdi.

— Salom, Carayl xonim, bu yerga keling. Hozir yig‘ilish bo‘ladi.

Ismimni qayerdan bildi demadim—axir bejikda yozuv bor.

— Hammaga salom. Yig‘ilganimizdan maqsad: okeanda yangi akulalar tug‘ilish mavsumi yaqin. Bu davrda to‘dalar bir-biriga qo‘shilib, kelishmovchiliklar yuzaga keladi. Bunday paytda ehtiyot bo‘ling. Oramizda yangi a’zo bor. Qani?

— Seni chaqiryapti, — dedi Ruby.

Oldinga chiqdim.

— Ismingiz?

— Carayl. Carayl Kurozane.

— Qo‘lingizni shu yerga qo‘ying. Keyin tekshiruv xonasiga kirasiz. U yerda sizni Rowen ko‘rikdan o‘tkazadi.

Qo‘l qo‘ydim, so‘ng tekshiruv xonasiga kirdim.

— Salom, — dedi yigit. U… uzun bo‘yli, chiroyli, ko‘zlari juda jozibador.

— Xonim, nimadir bo‘ldimi? — dedi Rowen.

Ehtimol, tikilib qolganim uchun bo‘lsa kerak.

— Meni rasmiy “xonim” deb chaqirmang. Oddiygina Carayl deng… agar xohlasangiz.

— Umumiy kasalliklar? — so‘radi u.

— Ba’zida yuragim sanchiydi, qo‘llarim esa doim sovuq. Bularni kasallik demayman, — dedim.

— Aha… mana, buni oling. Va iloji boricha dengizga tushmang. Boshqalarga ham aytaman. Vaqti-vaqti bilan ko‘rikdan o‘ting, — dedi Rowen.

— Buni jiddiy qabul qilayapsizmi? — dedim.

— Bizning ishda diqqat muhim. Qorqmaysizmi? Bir nahang kelsa-yu, hap etib tishlab olsa-chi?

— Mayli, rahmat…

Ruby oldimga keldi:

— Nima bo‘ldi?

— Hap, — dedim.

— Yosh bola bo‘lib qoldingmi? — dedi u.

— Yo‘q, albatta.

— Yur, tanishtiraman seni atrof bilan.

Shu payt favqulodda holat e’lon qilindi: Dowoo akulalar o‘rtasida qolib ketgan.

— Hozir xavfli-ku! Kim jonini o‘rtaga qo‘yib kiradi? Men emas, aniq! — dedi Ruby.

— Bu yerda tur, — dedim men.

— Qayoqqa? — dedi Ruby hayron bo‘lib.

Suzish kiyimini olib, g‘avvos kiyinimni kiydim. Eshik oldida chuqur nafas olib, dengizga tushdim. Nima qilishni bilmasdim, lekin suzdim. Akulalar yaqin edi. Men sekin teshikdan o‘tishga harakat qildim. O‘sha yigitni topdim. Unga gaz qolmagandi, nafas olmayotgandi.

Qolidan ushlab, ortga tortdim. Ammo akulalar nima uchun menga qarab kelmayapti? Bu qo‘rquv bilan hayajonni aralashtirdi. To‘satdan ulardan biri ortimdan kelayotganini ko‘rdim. Endi shunday suzdimki, o‘zim ham hayronman. Eshikni ochishlari kerak edi, lekin ulgurmadim shekilli. Yuqoriga intildim.

— Jin ursin, u aqldan ozgan! Rei, unga yordam ber! — dedi Ruby.

Tepaga chiqqach, yigitni uzoqqa tortdim, niqobini yechib, sun’iy nafas berdim. Lablarimda og‘riq sezildi… ko‘zlarimni ochdim.

— Lablaring… ulardan olchalarni hidi kelar ekan, — dedi Dowoo.

— Bu hazilmi? Hozir akula quvlayapti! — dedim.

— Qaysi akulalar? Ana o‘shalarimi? — dedi u xotirjam.

— Tentak! Nega hech narsa bo‘lmagandek gapiryapsan?!

U qo‘limdan ushlab, suv tubiga tortdi. Meni ko‘tarib olib, tez suzdi. Tugmani bosib, eshikni ochdi.

— Ana bo‘ldi, Kitten. Kirdik, — dedi Dowoo.

— Tentak laqma! Yo‘qol! Men o‘lim bilan kurashdim, u esa… — dedim jahl bilan.

Ruby yugurib keldi:

— Axvoling joyidami? U o‘zi eplay olardi-ku, seni aralashishing shart emasdi…

— Unda nega harakat qilmadi? Havosi ham tugagan edi… — dedim.

— Balki o‘sha… sun’iy nafasni kutgandirman? To‘g‘rimi? — dedi Dowoo yelka qisib.

Rowen menga yaqinlashdi:

— Yur, seni tekshiraman.

— U hech narsa qilmagan! Men bilan qoladi ! — dedi Dowoo.

Men unga qarab tarsaki tushirdim.

— Rahmat, — dedi Dowoo. — Yaxshi urar ekansan. Aks holda “faqat sun’iy nafas bera oladi” deb o‘ylardim.

Rowen qo‘limdan tortib ketdi.

— Bu yerda yot. Hammasi yaxshi ekanligiga ishonch hosil qilgach, chiqarsan, Calibri, — dedi u.

— “Calibri” emas! — dedim.

— Hammasi joyida, — dedi u xotirjam.

— Bilardim… — dedim.

— Lekin o‘zingdan o‘zing suvga tushma. Ayniqsa, u suvda Dowoo bo‘lsa, — dedi Rowen.

— Siz dushmanga o‘xshaysiz.

— Aslida ham shunday bo‘lsa-chi?

— Bo‘lsa ham menga qizig‘i yo‘q.

— Unda nega so‘rayapsan?

— Shunchaki…