𝑬𝒎𝒐𝒕𝒊𝒐𝒏𝒔 𝑾𝒊𝒕𝒉𝒊𝒏 𝑾𝒂𝒍𝒍𝒔 𝑫𝒆𝒗𝒐𝒓 𝑰𝒄𝒉𝒊𝒅𝒂𝒈𝒊 𝑯𝒊𝒔𝒍𝒂𝒓 3-bob.
— J-juda ko‘p savol berayapsiz… Menga hech kim emas, — dedi Naeun ko‘zini olib qochib.
Jungkook uning iyagini ko‘tarib, ko‘ziga qarashga majburladi.
— Unda nega menga aytmay qochib chiqdimg? Nega yarim tunda begona yigit bilansan? Men bilmasligim kerakmi?
— Men sizga hech narsa tushuntirib berishga majbur emasman! — dedi Naeun ovozi titrab.
Jungkookning ko‘zlari xavfli porladi.
— Noto‘g‘ri, Naeun.
U bir qadam yaqinlashdi, ular orasida atigi bir necha santimetr qoldi.
— Men seni qayerda bo‘lganingni, kim bilan bo‘lganingni bilishga haqliman. Chunki…
U jim bo‘ldi. Ko‘nglidagi gapni aytmay to‘xtadi. Qayta nazoratni qo‘lga olgancha...
— …chunki sen bu qasrda mening qo‘lim ostida ishlaysan. Va men bilmaydigan sirlaring bo‘lmasligi kerak.
Naeunning lablari qaltiradi.
— U shunchaki do‘stim…
Jungkook uning yonidan o‘tib eshik tomon bordi, ammo to‘xtadi.
Yarim burilib, muzdek ovozda dedi:
— Naeun, yana shu yigit bilan kechasi ko‘rsam… o'zinga jabr qilgan bo'lasan.
Eshikni qattiq yopgancha chiqib ketdi.
Naeun esa yuragi qattiq urgancha joyida qotib qoldi.
Tong haliyam yorimagan, qasrning uzun koridorlari yarim qorong‘ulikda jim turardi. Sokinda faqat tashqi hovlidagi qushlarning erta tongda chiqargan ojiz ovozi eshitilardi.
Jungkook esa hali tong ham otmasdan uyg‘onib ketgandi.
Uning ko‘zlari ochilgan zahoti yoqasidan sovuq ter yugurdi. Nafasi notekis, ko‘kragi og‘irlashgan. Qanchadir lahza tepadan ko‘z uzmay yotdi. Keyin esa asta boshini changallab o‘tirib oldi.
U bir paytlar yonida bo‘lgan, endi esa faqat xotira sifatida mavjud bo‘lgan ayolning — o‘z xotininging — titroq ovozini eshitgandi bo‘ldi.
Ichida nimadir o‘qdek sanchildi. Tushdagi ko‘rinishlar yana qaytdi—qonga botgan qo‘li, muzlab borayotgan ayolning ko‘zlari, uning titroq lablari. Va eng yomoni: bularning bari Jungkookning o‘z qo‘li bilan sodir qilgan jinoyat edi.
U boshini silkib, o‘tmishni quvmoqchi bo‘ldi, ammo o‘tmish hamon devordek qarshisida turardi.
U o‘rnidan turib, sovuq vannaxonaga kirib, yuziga muzdek suv sepdi. Lekin baribir o‘sha og‘irlik ketmadi. Ko‘zlari qizarib turardi.
— Yetadi… — deya uzun nafas oldi.
Lekin… Naeunning kechagi holati yodiga tushganda yangi bir g‘azab, yangi bir chalg‘ish ichini kuydirdi. Unda yo‘q narsalar uyg‘onayotgandek edi — u yo‘l qo‘ymasligi kerak bo‘lgan tuyg‘ular.
U shkafdan qora ko‘ylak, qora shim oldi. Hammasi keskin, tartibli. U shunday kiyimlarda o‘zini nazorat qilayotgandek tuyulardi.
Xonadan tashqariga chiqayotgandi, lekin qadam bosgach to‘xtadi.Naeunni xonasi bir tikilgancha tunni esladi.
Bu yerga bir kecha avval o‘zi Naeunni bosim bilan so‘roq qilgandi. Qizning ko‘zlaridagi qo‘rquv… yoki ranjish… yoki ikkalasi birda?
Jungkook zinadan tushdi. Xizmatkorlar hali ish boshlamagan, hamma jim. Poyabzalining qattiq tovushi devorlarda aks sado berardi.
U og‘ir qadamlar bilan tashqi eshikni ochib, salqin tong havosiga chiqdi.
Xayoli bo‘lingan, asabi tarang, ko‘zlari qorong‘u.
U mashina eshigini ochib o‘tirdi, dvigatelni yondirdi va gazni bosdi.
Qasr darvozasi ortida yo‘qolib borar ekan, xuddi undan qochayotgandek edi — o‘tmishidan… va o‘zi his qilmasligi kerak bo‘lgan yangi hissiyotlardan.
Bugun Naeunning rejalari bor edi. Avvalo Jungkookning bobosi — Jeon sulolasi boshlig‘i chaqirgan edi. U odatda sovuq, talabchan, hech kimga ortiqcha iltifot ko‘rsatmaydigan odam.
Naeun boshliq xonasiga kirganida bobosi stol ortida o'tirib, hujjatni ko‘zdan kechirardi.
— Kir. O‘tir. — dedi u muloyim, ammo baribir jiddiy ohangda.
Naeun muloyimlik bilan bosh egib o‘tirdi.
— Bugun bir ishim bor edi. Ruxsat bersasizmi deb kelgandim Janob dedi.
— Yaxshi, ruxsat dedi ishini davom qilgancha.
Naeun bosh egib xonadan chiqdi. O‘zi kutganidan oson ruxsat oldi.
Belisco restoran
Shahar markazidagi eng yorqin, eng gavjum, eng shovqinli joylardan biri. Ichkariga har kim kiravermaydi — bu yerda boylar, taniqli odamlar, yulduzlar to‘planardi.
Minji allaqachon kutib turgan edi.
— Naeun!!! — quchoqlab oldi u. — Oxiri kelding-a! Seni juda sog‘indim!
— Men ham seni, Xa bu sovg'a senga tug'ilgan kuning bn Minji — deya qizni yana quchoqlagancha jilmaydi Naeun.
Ular stolga o‘tirishdi, musiqa, chiroqlar, kulgu — barchasi kayfiyatni ko‘targandek bo‘ldi. Naeun o‘zini anchadan beri ilk bor erkin his qilgandi.
U tongdan beri yomon kayfiyatda edi. Do‘stlari — Taehyung, Jung Hoseok va Namjoon — uni majburlab olib kelishgan.
— Ey, JK, hayollaring joyida emas nimadir bo'ldimi— dedi Namjoon Jkni yelkasini qoqgancha
Lekin Jungkook bir og'iz ham gapirmadi. U shunchaki atrofni kuzatardi.
Va bir lahza — uning ko'zlari tilla rang soch qizni payqagach sergaklashdi.
Jungkookning jag‘i qattiq qisildi. U buni bilmasdi. Unga aytilmagandi. Yigit shunchaki o‘tirib uni kuzata boshladi.
— JK, nima bo‘ldi? — dedi Taehyung.
— Hech narsa… — Jungkookning ko‘zlari esa bir lahza ham qizdan uzilmadi.
Naeun kulib, tasodifan atrofga qaradi — va yiroqdagi qora stolda Jungkookni ko‘rib qoldi. Yigitning nigohi keskin, sovuq, lekin negadir g‘azabga to‘la edi.
Naeun tezda nigohini olib qochdi. Yuragi g‘alati ura boshladi.
Minji Jiminga qo'lini silkigancha yoniga chaqirdi.
— Voooy, Kimlarni ko'ryapman a Naeun? Bu yerda nima qilib yuribsan? — deb qizning yoniga kelib o'tirgancha qizni yelkasiga qo'lini qo'ydi.
Naeun asta orqaga chekinib:
— Jimin-oppa, sal uzoqroq tur… odamlar ko‘ryapti.
— Qo‘ysang-chi, chiroyli qizsan, ular esa menga xasad qilgancha qarashyapti qani yur raqsga tushamiz… —degancha uning bilagidan ushladi.
Naeun cho‘chib qo‘lini tortdi.
— Iltimos, qo‘yib yubor istamayman.
Ular orasidagi kichik tortishuvni, restoran shovqinini Yorib turib… kimdir juda yaqin, juda sovuq ovozda gapirdi:
Jimin orqasiga o‘girilganda yonida Jungkook turganini ko‘rib ranggi oqarib ketdi.
— J-Jungkook?…
— Qo'lini tort dedim — dedi Jungkook bir qadam oldinga yurib.
Jimin qo‘lini ko‘tarib, orqaga chekindi.
Naeun esa qaltiragancha turardi. Jungkookning ko‘zidagi g‘azab hamon pasaymagandi.
— Eshitmadimmi?…Yoki Bu yerga kelish uchun mendan ruxsat so'ramadingmi?- dedi
Ovozi past, ammo xavfli, nazorat qilib bo‘lmaydigandek.
Naeun yutinib hech bir so'z aytmay jim turardi.
Restorandagi shovqin to‘satdan jim bo‘lib qolgandek tuyulardi. Jungkook Jiminni siltab o‘tib, Naeunning bilagidan ohista… lekin qattiq ushladi.
Naeun qotib qoldi.
— Jungkook-ssi… men Minji bilan…
— Men senga yur dedim — deb keskin takrorladi Jk.
U qizni hech kimga qaramay restorandan olib chiqdi. Naeun qarshilik qilmadi — qarshilik qilsa kuchayishini tushunardi. Qizning bilagi issiq, Jungkookning kafti esa muzdek edi.
Tashqariga chiqqach, qorong‘u parking maydoniga qarab yo‘l oldi. Yigit g‘azabini boshqara olmayotgandek edi, o‘zi ham buni bilardi.
— Jungkook, iltimos qo‘yib yuboring… — dedi Naeun asta.
— Yana shunaqa joylarga ruxsat so‘ramasdan chiqsang, ko'chaga chiqishni unutasan — dedi u tovushini pasaytirib.
Qizning yuragi tez urardi.
— Men… Minjining tug‘ilgan kuniga bordim xolos…
Jungkook qizga bir qaradi. Ko‘zlarining chuqurida nimadir sindi — rashk, g‘azab, qo‘rquv, o‘tmish aralash tuyulardi.
— Jimin senga tegajonlik qilayotgan edi, U mast edi, nima shunchalar soddamisan? degancha qizni bir siltash bn mashinaga joyladi.
— Qayerga ketyapmiz?
— Jim ket.
Jungkook rulga o‘tirgach gazni bosdi. Hech nima demasdan shahar bo‘ylab haydadi. Yigitning qo‘l muskullari tarang, jag‘i qattiq qisilgan edi.
Naeun ichida qo‘rquv aralash hayajon sezardi — unga nima bo‘lishini bilmasdi.
Yarim soatdan so‘ng mashina shahar chetidagi baland binolar orasida joylashgan hashamatli mehmonxona oldida to‘xtadi.
— Jungkook… bu yerga nega keldik?— dedi Naeun ovozi titrab.
Jk qizga qaradi. Nigohi qorong‘u, o‘qish qiyin edi.
— Bizga tinch joy kerak. Qasrga bormaymiz.
— Men qaytaman…
— Yo‘q. Bugun hech qayerga ketmaysan!
U eshikni ochib, Naeunni tashqariga chiqardi. Qiz bir lahza o‘ylanib gapirmoqchi bo‘ldi, ammo Jungkookning nigohi — muzdek, jiddiy — unga hech qanday imkon qoldirmadi.
Receptiondan o‘tishdi. Hammayoq jim, tun yarimlagan — hech kim e’tibor ham bermadi. Jungkook karta oldi. Liftga kirishdi. Naeun yuragi tobora tez urardi.
Lift eshigi yopildi.
Jk unga bir qaradi.
— Nega u bolaga hech narsa demading? Kim u senga? — deb past, ammo kuchli bosim bn so‘radi.
— U… hech kim. Minjining tanishi xolos…
— Yolg‘on gapirma.
Naeun ko‘zlarini olib qochdi. Jungkook unga yaqin turargancha indamasdan yana o'z joyiga qaytdi.
Lift 21-qavatga yetganda eshik ochildi. Yigit qizni oldida turib chiqishga ishora qildi. Qiz qadam tashladi.
Ular yo‘lak bo‘ylab yurdilar. Mehmonxonaning eng oxirgi xonasida to‘xtashdi.
Jungkook eshikni ochib, ichkariga kirdi. Qiz ham ortidan kirishga majbur bo‘ldi.
Jungkook asta unga yuzlandi.
Uning ko‘zlarida o‘sha qorong‘u o‘tmish soyasi, o‘sha bugungi g‘azab, va… tushunarsiz ehtiyoj aralash edi.
— Naeun. — dedi u nihoyat. — Kecha nima deganimni eslaysanmi… men ko‘rganingdan ham o'zgacha insonman. Shuni bilasanmi?.
Qiz jim turardi, hech nima demadi.
Nima bo‘ladi — bilmasdi.
Lekin bilardi: bu tun oddiy suhbat bilan tugamaydi.
Nima bu holat? Jimin bilan o‘rtangda nima bor? Qanday munosabatdasan ?! Gapir!— Jungkookning ovozi titrar, g‘azabdan ham, rashkdan ham.
Naeun esa qo‘rqinch aralash hayronlikda:
— Men… men hech nimani tushunmayapman. Jimin shunchaki… do‘stim xolos. Iltimos, menga baqirmang.
Jungkook uni devorga bosgancha, ko‘zlari qizarib:
— Yolg‘on gapiryapsan. U senga yaqinlashganini ko‘rdim. Balki sen ham xohlaganing uchun uni rad etmagamdursan a?
— Nima deyapsiz? Nega doim meni kim bilandir teng qilaverasiz? Agar shu sizni tinchlantirsa… ha, men Jiminni sevaman! Bas qiling endi!
Bu so‘zlar Jungkookni g'azablantirdi. Bir necha soniya hech narsa demadi. Keyin asta kuldi… ammo bu kulgi sovuq, og‘riqli edi.
— rad etilish qanday tuyg'u bilasanmi…? — u shivirlagandek aytdi, ko‘zlari yirtqichdek qorayib.
— Men bilaman rad etilish qanday bo‘lishini. Xotinim ham shunaqa qilgan edi… meni aldagan edi.
Naeunning yuragi bir zumda pushaymonlik his qildi.
Jungkook sekin qizga yaqinlashdi, ovozi past, o‘tkir va xavfli:
— U menga xiyonat qildi. Bilasanmi men qanday javob qaytarganimni? o‘sha kecha uni… o‘ldirdim.
Naeunning ko‘zlari taraqlab ochildi.
Jungkook esa uning qo‘lidan ushladi, qiz qaltirab ketdi.
— Agar sen ham shunaqa qilib xafa qilsang… bilib qo‘y, bir xatoni ikki marta takrorlay olishimga imkon bergan bo'lasan.
U qizni devordan bo‘shatdi, ammo uning ovozi hali ham dag‘al edi:
— Shuning uchun masofani sen emas, men belgilayman. Nafas olish joyingdan toki so'ngi nafas chiqargan joyingacha Tilla soch.
Jungkook aytgan gaplaridan so‘ng xonada muzdek sukunat cho‘kdi. Naeun hali ham devorga tiralganicha nafas ololmay turardi. Jungkook esa asta orqasiga o‘girildi va bar peshtaxtasiga borib, viskiy shishasini qo‘liga oldi.
U stakanga emas — to‘g‘ridan-to‘g‘ri shishaning o‘zidan icha boshladi.
Bir qultum. Ikkinchi qultum. Uchinchi.
Naeun unga xavotir va qo‘rquv bilan tikildi, ammo harakat qilishga jurʼati yetmadi. Jungkookning ko‘zlari sekin asta loyqalana boshladi, biroq g‘azab hali ham ichida yonib turardi.
— Hech qayerga ketmaysan,— dedi u mastlashayotgan bo‘lsa ham qatʼiy ohangda. — Tushunarlimi? Hech qayerga.
Naeun ehtiyotkorlik bilan bir qadam chekingandek bo‘ldi:
— Men… faqat uyga qaytmoqchi edim…
Jungkook bu gapni eshitishi bilan sekin boshini ko‘tardi. U mast odamnikidek sekin, ammo xavfli qadamlar bilan Naeun tomonga yurdi.
— Uy? Sening uying qayer? Bilasanmi? Jeon Jungkook qayerda bo'lsa Tilla soch ham o'sha yerda bo'ladi!
U qizning qo‘lidan ushlab, xonani ichkariga chuqurroq boshlab bordi. Uning qo‘li issiq, kuchli, titroq ichida edi.
— Bugun men seni qo‘yib yubormayman,— dedi u viski hidiga aralash qattiq nafas bilan. — Sen hozir mening ko‘zim oldida bo‘lasan. Mendan uzoqroqqa borishni o‘ylama ham.
Naeun yig'lamaslikka, ovozini chiqarmaslikka harakat qildi:
— Iltimos, mastsiz. O'zingizda emassiz ertaga hammasini gaplashib...
Jungkook uning gapini bo'lib, qo‘llari bilan devorga tiralib to‘sib qo‘ydi:
— Mast bo‘lsam ham es-hushim joyida. Va aytayotganimni aniq bilaman.
U yana viski shishasidan ichdi, tomog‘idan issiq, qo‘rqinchli xo‘rsinish chiqdi.
— Men senga ishonmayman. Jimin. Yolg‘onlar. O‘sha so‘zlaring…
U bir soniya ko‘zini yumdi — ichidagi azob, rashk, g‘azab hammasi aralashib, uni ichidan yemirayotganini yashira olmasdi.
Keyin esa yana ko‘zini ochib, qizning o‘ziga eng yaqin joyiga egildi.
— Hech qaerga ketmaysan, Naeun. Bu — buyruq.
U Naeunni keskin yotoq tomon boshlab bordi. Qiz orqaga tortilgancha, boshini chayqagancha qarshilik qilardi, ammo Jungkookning qudrati unga yetmasdi. U mast bo‘lsa ham kuchli edi.
Jungkook uni yotoq chetigacha yetaklab borib, sekin, ammo keskin harakat bilan uni o‘tirg‘izdi. Naeun darhol turishga urindi — qo‘rquv unga kuch berardi.
Naeun Jkni itargancha eshikka qadar yugurib bordi.
Ammo Jungkook bir necha katta qadam bilan uni quvib yetdi. Naeun endi eshikni ochmoqchi bo‘layotganda, Jungkookning qo‘li bo‘yniga mahkam yopishdi — qattiq, lekin shikast yetkazmaydigan darajada chegaralanib.
Naeunning nafaslari tezlashdi, ko‘zlari keng ochildi.
Jungkook uni o‘ziga tortdi va yotoq tomon qayta sudradi. Qizning oyoqlari ostidagi gilam titragandek bo‘ldi. U qarshilik ko‘rsatdi, qo‘lini ushlab:
— Iltimos… Jin ursin, qo‘yib yuboring… qo‘rqyapman…
Ammo Jungkook uni yotoqqa itardi — o‘sha qattiq bosim bilan emas, balki mast odamning beqaror kuchi bilan. Qiz chalqancha yiqildi. Jungkook esa uning yoniga yotib, qo‘lini uning ustidan o'tkazib quchib oldi.
U qizni bag‘riga oldi — shunchaki mahkam quchoqlab, go‘yo uni yo‘qotishdan qo‘rqayotgandek.
Naeun qattiq muzlab qoldi. Uning yurak urishi Jkning ko‘kragiga urilib turardi.
— Hech qaerga… ketmaysan…— deb yana takrorladi.Jungkook, qo‘llari hali ham qizni mahkam ushlab.
— Men… seni yo‘qotishni istamayman Lisa dedi.
Mastlik asta-sekin uni yengib borardi. Nafasi sekinlashdi, boshini Naeun yelkasiga qo‘ydi, qo‘llari bo‘shashdi.
Ammo Naeun qo‘rquvdan titrardi — harakat ham qila olmasdi, ovoz ham chiqara olmasdi. Quloqlari ortida jarang qoldirgancha Lisa ismi bong uraverdi.