—𝑻𝒉𝒆 𝑫𝒊𝒔𝒕𝒂𝒏𝒄𝒆 𝑩𝒆𝒕𝒘𝒆𝒆𝒏 𝑼𝒔 𝑶𝒓𝒂𝒎𝒊𝒛𝒅𝒂𝒈𝒊 𝑴𝒂𝒔𝒐𝒇𝒂—
1988-yildan buyon boylik va obro‘-e’tibor bilan tanilgan Jeon sulolasi o‘zining qoidalari, an’analari va qasri bilan mashhur edi. Ularning hashamatli hayoti ko‘pchilik uchun orzu bo‘lsa-da, bu devorlar ichida yashash oson emas edi.
Jungkook — sulolaning merosxo‘ri. Katta qasrda xizmatkorlar orasida tarbiyalangan, qattiqqo‘l bobo tarbiyasidan o‘tgan va hissiyotlarini yashirishga o‘rgangan yigit.
Qasrning uzun yo‘laklarida xizmatkorlarning qadamlari ohista yangrar edi. Har kuni ertalab ularning har biri belgilangan vazifasini bajarardi. Jeon oilasida tartib intizom hammadan ustun qo‘yilgan.
Rose qo‘llarini ko‘ksiga qo‘ygancha, hayajon bilan atrofga qarab turardi. Bu uning ilk kuni edi. Yeona xonim unga doimo mehribon bo‘lgan, lekin hozirgi jiddiy nigohlarida faqat qat’iyat sezilardi.
Rose tarixiy asarlarni bilgani va kitobxonligi sabab barchadan ajralib turardi...
— Bu axir o'sha suratku Koreyada Choson sulolasi davrida (1392–1897) qirol hokimiyatining ajralmas timsoliga aylangan...
Irworobongdo – Quyosh, Oy va Besh tog‘ manzarasi
Qirol taxti ortida doim turadigan rasm edi.
Quyosh va oy qirolning kosmik kuchini, besh tog‘ esa davlat barqarorligini ifodalagan.
Juda muqaddas sanalgan, qirolsiz ko‘rsatilmagan.
Bu rasm oddiy odamlar uchun ochiq emas edi. Qirolsiz ko‘rsatilmagan – ya’ni, qirol taxtda bo‘lsa, u bilan birga rasm ham “hozir” bo‘lgan.
Qirol vafot etganida yoki taxtdan tushirilganda, rasm ham olib tashlangan.
Shu sababli Irworobongdo – qirolning o‘zi bilan bir butun sifatida qabul qilingan... shu hayollar bn qolgan Roseni Yeona xonim gapga tutdi.
— Eslab qol, dedi Yeona xonim. Bu yerda xato qilishga haqqing yo‘q. Ayniqsa, Jeon Jungkook xonasida. U… injiq emas, lekin hech narsaga befarq ham emas.
Rose bosh irg‘ab qo‘ydi. Yuragi tez ura boshladi. U qo‘rquv va hayajon aralash hislar bilan xonaga kirdi. Hasamatli xona ko‘zlarini qamashtirdi: katta kitob javonlari, musiqa asboblari va devorda osilgan katta rasmlar.
Stol ustida bir nechta kitoblar ochiq holda yotar, deraza yonida esa qora pianino jim turardi.
Rose stolni tartibga keltira boshlagan edi, birdan orqasida og‘ir qadam tovushlari yangradi.
— Sen kimsan? dedi baland va sovuq ovozda.
Rose qo‘rqqanidan kitobni tushirib yubordi. Orqasiga qarasa, eshik oldida qora futbolkada Jungkook turardi. Uning nigohlari sovuq va jiddiy edi.
— M-meni Yeona xonim yubordi… dedi Rose ovozi titrab. Men faqat… xonangizni tozalash uchun…
Jungkook jim qarab turdi, so‘ng labini qiyshaytirib kulimsiradi.
— Mening xonamni? Demak, sen endi mening qadamlarimni ham kuzatadiganlardan bo‘lasanmi?
Rose tushunmay unga qaradi. Jungkook esa asta unga yaqinlashdi. Ko‘zlaridagi sovuq ifodada nimadandir qiziqish ham sezilardi.
— Yaxshi… dedi u past ovozda. Ko‘ramiz, qanchaga chidasang…
Rose yuragi gursillab urardi. Bu qasrda unga nima kutayotganini u hali tasavvur ham qila olmasdi…
Rose qo‘llarini artib, stol ustidagi oxirgi kitobni joyiga qo‘ydi. Xona endi ancha tartibga kelgandi. U chuqur nafas olib, ro‘molchasi bilan peshonasidagi mayda ter tomchilarini artdi.
Shu payt eshik taqillab ochildi va Yeona xonimning ovozi yangradi:
— Rose, nonushta tayyor. Jungkookni ham chaqirgin.
— Mayli, xonim… dedi Rose muloyim ohangda.
U hayajon bilan vannaxonaga yaqinlashib, eshikni yengil taqillatdi.
— Janob Jungkook… nonushta tayyor, sizni kutishyapti…
Javob bo‘lmadi. Rose bir lahza kutdi va ortiga qaytmoqchi edi, shu payt eshik sekin ochildi.
Uning ko‘zlari beixtiyor kattalashdi.
Jungkook vannadan chiqib kelayotgan edi. Sochlaridan suv tomchilari oqib, bo‘ynidan pastga, yelkalari orqali muskul chizig‘iga tushardi. Pastki qismi esa faqat oq sochiqqa o‘ralgan edi.
Rosening bo‘g‘ziga nimadir tiqilgandek bo‘ldi. U qarashini olib qochmoqchi edi, ammo ko‘zlari xiyonat qilgandek yana Jungkookka qayta-qayta qarardi. Suv tomchilari uning tanasida porlab, yerga tushardi.
Jungkook esa uni sezib turardi. Labining bir chetida yengil kinoya bilan jilmayib qo‘ydi.
— Hm… nonushta deysanmi? dedi u sokin, lekin o‘tkir ohangda. Lekin sen menga qarab to‘yib olganga o‘xshaysan.
Rosening yuzi qip-qizil bo‘lib ketdi.
— Y-yo‘q… men faqat… vazifamni…
Jungkook unga yaqinlashdi. Shunday yaqin ediki, Rose hatto uning tanasidan taralayotgan iliq hidni his qildi. U past ovozda pichirladi:
— Bu qasrda odamlar biror narsani yashira olishmaydi. Sen ham ehtiyot bo‘l… ko‘zlaring seni sotib qo‘yishi mumkin.
Rose yuragi gursillab urarkan, shoshilinch pastga qaradi va xonadan shoshib chiqib ketdi.
Eshik yopilgach, Jungkook kulimsirab boshini sarak-sarak qildi. U hech qachon xizmatkorlarga e’tibor bermasdi. Lekin bu qiz… uning nigohi, qizarib ketgan yuzi… nimagadir unga qiziq tuyuldi.
Qasr kattaligi bilan ham, jimjitligi bilan ham hayratlanarli edi. Hamma xizmatkorlar kun bo‘yi ishlashar, kechgacha qiladigan vazifalari bitmasdi. Ammo Rose uchun bugun biroz yengilroq kun edi.
Yeona xonim uni boshqa joyga yuborgan, uy ichida uncha ko‘p ish qolmagan edi.
Rose bolaligidan kitoblarga oshno bo‘lgan. Xizmatkor bo‘lishiga qaramay, har doim imkon topganida o‘qishga, yangi narsalarni o‘rganishga harakat qilardi.
U qiziqish bilan Jungkookning xonasidan o‘tganida, u yerda devor bo‘ylab joylashgan javonlarni ko‘rib qoldi. Turli tillarda yozilgan tarixiy asarlar, qadimiy qo‘lyozmalarga o‘xshash kitoblar… Rose beixtiyor yuragi urib ketdi.
U atrofga alangladi. Hamma pastda ish bilan band edi. “Bir qarasam, hech kim bilmasa kerak…” degan fikr xayoliga keldi va u ehtiyotkorlik bilan eshikni ochib, ichkariga qadam qo‘ydi.
Hid ham boshqacha edi — yog‘och va eski kitoblar hidi aralashib, o‘ziga tortardi. Rose asta javondan bir kitobni oldi va kresloga o‘tirib varaqlay boshladi.
O‘qishga shunchalik berilib ketdiki, vaqt qanday o‘tayotganini sezmay qoldi. Quyosh botib, deraza ortidan zulmat kirib keldi. Xona qorong‘ulashdi.
Birdan eshik qattiq ochildi.
Rose cho‘chib tushdi. Uning ko‘zlari qarshisida Jungkook turardi.
U mast edi. Yelkasidan kurtkasi osilib, ko‘zlari g‘ira-shira yonib turar, xatti-harakatidan g‘azab aralash holda mastlik bilinardi.
— Demak… dedi u labini qiyshaytirib. — Endi mening xonam ham xizmatkorlar uchun ochiqmi?
Rose kitobni yopib, hovliqib o‘rnidan turdi.
— Men faqat… men kitoblarni yaxshi ko‘raman, janob Jungkook. Hech qanday yomon niyatim yo‘q edi…
Jungkook asta-sekin yaqinlasha boshladi. Uning qadamlari sekin, lekin tahdidli eshitilardi. U mast ko‘zlari bilan Rosega tikilib, yovqarash qilardi.
— Kitoblarni yaxshi ko‘rasanmi? dedi u past ovozda, lekin keskin ohangda. — Yoki menga tegishli narsalarni yashirincha o‘rganishni?
Rose ortga chekina boshladi. Yuragi qattiq ura boshladi. Devor unga suyanishga majbur qildi. Jungkook esa tobora yaqinlashardi.
U shunchalik yaqin kelganki, Rose uning nafasidan ham ichkilik hidini sezdi. Yelkasidan ushlab, qizning ko‘zlariga qaradi.
— Ehtiyot bo‘l… dedi u tishlarini qattiq qisgancha. Chunki bu qasrda hamma narsaning narxi bor. Hatto sening qiziqishingni ham…
Rose titrab, boshini chayqadi:
— Men… men faqat kitob…
Jungkook birdan kulib yubordi. Ammo bu kulgi iliq emas, balki kinoya va mastlik bilan aralash kulgi edi.
— Qiziqarli qizsan… dedi u va sekin qo‘lini olib, ortga chekinib, kresloga o‘tirib oldi. Ket. Ko‘zimga ko‘rinma.
Rose esa ich-ichidan larzaga tushgancha, kitobni joyiga qo‘yib, xonadan yugurgancha chiqib ketdi.
Jungkook kresloda o‘tirarkan, ko‘zlarini yumdi. Uning yuragida g‘alati bir his uyg‘ongan edi. Mastligi hamon bosilmagan bo‘lsa-da, ich-ichida “nega uni haydab yubordim?” degan savol g‘imirlar edi
Ertasi kuni qasrda hayot odatdagidek davom etardi. Hamma xizmatkorlar band, Rose esa Yeona xonim bilan birga boshqa xonalarni tozalash bilan ovora edi. Kechagi voqea esa uning yodidan chiqmay, yuragini g‘ash qilardi.
U mast edi, eslamasligi mumkin… Yaxshisi, uncha ko‘ziga tashlanmay yuray deb o‘zicha taskin berdi.
Ammo o‘sha kuni tushlikdan keyin Yeona xonim Rosega vazifa berdi:
— Rose, Jungkook janoblari xonasini tartibga keltirasan deb oshxonaga kirib ketdi.
Rose ichidan bezovta bo‘lsa-da, itoatkorlik bilan bosh irg‘ab, xonaga yo‘l oldi.
U kitob javoniga ko‘zi tushgach, beixtiyor kechagi holat yodiga tushdi. Shu mahal eshik ochildi.
Jungkook.
Bu safar u hushyor, jiddiy, yengil kostyumda, qo‘lida qahva tutib kirib keldi. Qadam tashlashi qat’iyatli edi.
Rose hovliqib o‘rnidan turdi:
— Janob Jungkook… men xonani tozalayotgan edim…
U esa jilmayib qaradi. Bu jilmayish kechagidan butkul farq qilardi. Mastlik yo‘q, ammo nigohida nim tabassum bilan sinov ohangi bor edi.
— Demak, yana mening xonamdasan? dedi u sekin. Lekin bu safar kitob emas, supurgi bilan, shundaymi?
Rose qizarib ketdi. U labini tishlab, boshini egdi:
— Kechirasiz… kechagi holat qaytarilmaydi.
Jungkook stulga o‘tirib, qahvasidan ho‘pladi. U ancha vaqtgacha Rosega qarab turdi.
— Men eslayman, Rose. Sen kitobni yashirincha o‘qiyotgan eding. O‘sha ko‘rinishing… qiziq edi.
Rosening nafasi ichida tiqildi. U nima deyishni bilmasdi.
Jungkook esa birdan keskinroq ohangga o‘tdi:
— Sen xizmatkorsan. Bu qasrda hammani o'z chegaralari bor. Lekin sen ularni bosib o‘tding. Nega? Kitob uchunmi?.. Yoki menga yaqinlashish uchunmi?
Rose hayratdan bosh ko‘tardi.
— Yo‘q! Men sizni… men sizni umuman bunday maqsadda o‘ylamagan edim. Men faqat kitoblarni yaxshi ko‘raman, xolos.
Jungkook jilmayib, o‘rnidan turdi. U sekin Rosega yaqinlasha boshladi. U qizning qo‘liga yaqin kelib, qo‘lidan kitob changini artgandek ushladi. Rose esa titrab ketdi.
— Qiziqarli. dedi Jungkook past ovozda. Men senga ishonishni istayman… lekin shu bilan birga seni sinashni ham xohlayman.
U asta Rose qulog‘iga engashib pichirladi:
— Ko‘ramiz, qanchalik halol va toza ekansan.
So‘ng u birdan ortga chekinib, yana jilmaydi.
— Ishingni tugat va tezroq chiqib ket toza yoki tozamasligingni ko'rish istagim oshishi mumkim .
Rose esa qaltiragancha, nima bo‘layotganini tushunmay qoldi. Jungkookning bu yangi tomoni hushyor, sovuq va sinovchan nigohi uni butunlay larzaga solgan edi.
Qasrning katta ovqatlanish xonasida har kungidek kechki ovqat tayyor edi. Uzun stolning markazida Jungkook o‘z o‘rnida o‘tirar, yonida esa ota-onasi, bobosi, buvisi va xolasi edi. Xizmatkorlar odatdagidek devor bo‘ylab jim turishardi — ularga faqat xizmat qilish, lekin ovoz chiqarmaslik buyurilgan.
Rose ham ulardan biri sifatida stul ortida, boshini egib, jim qarab turardi.
Bir payt Jungkook qoshiqni qo‘liga oldi. Ko‘zlari esa bevosita Rosega qadalgan edi. U yengil jilmayib, ataylab qoshiqni pastga tushirib yubordi.
“Qars” — qoshiq Rose oyog‘i yoniga tushdi.
Rose odatdagidek itoat bilan egildi, uni olib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Shu payt Jungkook birdan qo‘lini cho‘zib, uning yelkasini ochiq joyiga sekin tegib o‘tdi. Qiz beixtiyor titrab ketdi.
— Ehtiyot bo‘l, dedi u past ovozda, go‘yo hazil qilayotgandek. Qoshiq hamma narsadan qimmat.
Atrofdagilar esa hech narsani sezmadi. Faqat Rose qizarib, o‘zini noqulay his qilib turardi.
Jungkook esa bundan qoniqmagandek, qiz egilganida uning sochidan yengilgina tortib qo‘ydi.
— Qara, tushib qolmasin, dedi u ohista kulib.
Rose boshini sekin ko‘tardi. Nigohida norozilik, lekin jimlik bor edi. U bunday o‘yinlardan qochishni istardi, ammo xizmatkor sifatida indashga haqqi yo‘q edi.
Jungkook esa bemalol ovqatini davom ettirar ekan, o‘zicha fikrlardi:
Qanchaga chidaysan, Rose? Qachongacha jim yurishga majbursan?..Menga bo'lgan o'sha hissingni jo'sh urdirmasam, Jeon sulolasidan emas.