November 9, 2025

𝑬𝒎𝒐𝒕𝒊𝒐𝒏𝒔 𝑾𝒊𝒕𝒉𝒊𝒏 𝑾𝒂𝒍𝒍𝒔 𝑫𝒆𝒗𝒐𝒓 𝑰𝒄𝒉𝒊𝒅𝒂𝒈𝒊 𝑯𝒊𝒔𝒍𝒂𝒓 2-bob.

Tun. Qasr jimjit edi. Hamma uxlab yotardi. Naeun esa karavotida aylanib-uyqisi kelmay, shiftga qarab yotardi.
Kechqurun Jungkook xonasida ko‘rgan kitobining sahifalari xayolida charx urar, uni o‘qishga bo‘lgan ishtiyoq yuragini bezovta qilardi.

“Faqat bir ozgina… bir-ikki betgina o‘qiyman, hech kim bilmaydi,” deb o‘zini ovutdi u.

Qorong‘ida sekin o‘rnidan turib, oyoq uchida yurib eshikni ochdi. Pastga tushar ekan, yo‘lakda hamma joy sukunatga cho‘mgan. Oshxonaga kirib suv ichdi. Lekin ko‘ngli tinchimadi.

Bir qarashda oddiy kitob, lekin uning sirli muhitidan voz kecha olmasdi.
Nihoyat, jur’at topib, sekin Jungkook xonasiga yo‘l oldi.

Eshikni asta ochdi. Xona bo‘m-bo‘sh edi. Yuragi hapriqib ketdi.
Kitob stol ustida turardi. Naeun ehtiyotkorlik bilan yaqinlashdi, qo‘llari titrab, kitobni qo‘liga oldi.

— Faqat biroz qarab chiqaman… deya ichida shivirlar edi u.

Kitobni quchoqlagancha ortiga qaytmoqchi bo‘ldi. Shu payt eshik asta ochildi.

Qizning yuragi joyidan chiqib ketgudek bo‘ldi.

Eshikda Jungkook paydo bo‘ldi. Qorong‘ida ham uning sovuq nigohi chaqnab turardi. Sochlari biroz tarqoq, ustida qora ko‘ylagi tugmalari ochiq edi. U qizni ko‘rib, asta jilmaydi.

— Demak, sen yana mening xonamdasan dedi u sekin, ovozida sovuq ohang aralash istehzo bor edi. — Va qo‘lingda mening kitobim…

Qiz jim qotib qoldi. Oyoqlari qaltirardi.

— Meni kechir… faqat o‘qigim kelgandi, dedi u titrab.

Jungkook unga yaqinlashdi. Qadam tovushlari jimjitlikda qattiq eshitilardi. Qiz ortga tisarildi, ammo qo‘lida kitobni hali ham mahkam tutib turardi.

— Naeun, dedi Jungkook yengil kulib, uning ko‘zlariga tik qararkan. — Men seni xizmatkor deb bilsam ham, bu jasoratni kutmagan edim.

U kitobni qizning qo‘lidan asta tortib oldi. So‘ng uning yuziga yaqinlashib, past ovozda qo‘shib qo‘ydi:
— Ammo shuni bilib qo‘y, mening ruxsatimsiz bu xonaga kirish… taqiqlangan.

Qiz bir zum ko‘zini yumdi, so‘ng boshini egib chiqib ketmoqchi bo‘ldi. Lekin Jungkook qo‘li bilan uning yo‘lini to‘sib qo‘ydi.

— Sendan uzoqlashishga xarakat qilyapman bilasanmi shuni?Chunki seni shu tanang shunchalar ohangraboki unga ziyon yetqazmaslikni hech iloji yo'q dedi u kulimsirab.

Rose esa ovozi zo‘rg‘a chiqib javob berdi:
— Men ketmoqchiman Janob...

Jungkook esa uning yuziga tikilib turarkan, labining chekkasidan sirli tabassum chiqdi.

—

—Kitobni sju yerda o'qishing mumkin shunchalar istayotgan bo'lsang dedi qizni qulog'iga shivirlagancha

Naeun yuragi qattiq urib turar ekan, nigohini Jungkookdan olmay, qat’iyat bilan pichirladi:

— Janob… kitobni xohlashim muhim emas… Iltimos, ketishimga ruxsat bering.

Jungkook uni ko‘zdan kechirdi. Qizning ovozi titragan, ammo so‘zlari qat’iyatli edi. U bir lahza jim qoldi, so‘ng asta kulimsiradi, labini qiyshaytiradi va qo‘lini pastga tushirdi.

— Mayli, — dedi u sekin. —Ketishingga ruxsat.

Qiz chuqur nafas olib, xonadan tez chiqib ketdi. Yuragi hanuz tez urardi, lekin u o‘z qarorini qabul qilganidan mamnun edi.

Jungkook esa ortida turgan xonada kitobga tikilib, ich-ichidan:
“Qizning bu qat’iyligi… qiziq. Shu bilan birga, yana shu yerga qaytishini kutaman,” — deb o‘yladi u.

- Axmoq Naeun nimalar qilyapsan undan uzoqroq yurishga xarakat qilishim kerak aysh..
Xonamga kirish uchun shaylanar ekanman telefonimga xabar kelib meni to'xtatdi.

: O'sha qo'rg'on oldidaman chiq

:Esingni yedingmi ket bu yerdan meni tinch qo'y degandim senga

: Xozir chiqmasang o'zim kiraman

:Yaxshi xozir chiqaman
Atrofga alanlagancha orqadagi kichik eshikdan chiqib Jiminni qidira boshladim, mashinadan tushib menga kulgancha bag'rini ochib kelarkan undan uzoqlashdim.
Naeun: buyerda senga nima bor nimalar qilyapsan meni tinch quy degandim senga nima gaplarimni tushunmayapsanmi? dedi asabiylashgancha
Jimin: Men esa senga nima degandim xo'sh Naeun xonim? savolan boqish bilan

Naeun: xozir vaqti emas men kirishim kerak xayr deya eshikni Jiminni yuziga yopgancha xonasiga shoshildi.

Qasr ichida jimjitlik hukm surardi. Naeun xonasida o‘tirib, yuragi hanuz tez urib turardi. U hozir ham Jungkookning nigohi va savollaridan qocholmasligini bilardi.

Birdan eshik asta ochildi. Jungkook ichkariga kirdi, qo‘llari cho‘zilgan, ammo yuzida sovuq, nazoratli tabassum bor edi.

Jungkook: u kim? dedi u sekin, ammo ovozida keskin ohang bor edi.

Naeun boshini egib, jim turdi. Qizning yuragi ich-ichidan urib, nima deyishni bilmasdi.

Jungkook uning yoniga sekin yaqinlashdi. U qizni devorga qamab qo‘ydi, lekin hech qanday kuch ishlatgani yo‘q edi — shunchaki nazoratni sezdirish uchun.

— Kim bilan eding? so‘radi u, ko‘zlari qizning yuziga tikilib. Kim edi u bola?

Naeun titrab boshini egdi, lekin javob bermadi.

Jungkook asta uning qo‘lini ushladi, lablari esa qizning qulog‘i yoniga yaqinlashdi.
— Eshit, dedi u past ovozda. — Men sening sirlaringni bilishni istayman. Shu bilan birga, sening himoyalanganingni ham. Lekin sen yolg‘on gapirsang, men ham bilib olaman va bu faqat senga zion keltiradi.

Naeun yuragi gursillab urardi. U qanchalik sir saqlashni xohlasa ham, Jungkookning yaqinligi va sovuq nazorati ostida o‘zini himoyasiz his qilardi.

Jungkook esa ich-ichidan kulib qo‘ydi. Bu o‘yin yangi darajaga ko‘tarilgan edi.
— Sen sir saqlashga harakat qilasan, lekin men… seni himoya qilaman va shu bilan birga nazorat qilaman. dedi u sekin, lablarining bir chetida ayyorona tabassum bilan.

Naeun jim qoldi, yuragi tez urardi, lekin u hali ham bola kimligini aytmagandi.