"Egalik"
Egalik – muhabbat va obsesiyaning yagona so‘zdagi ifodasi.
Kechgi. Seul.
Kuz oqshomi. Havo iliq, osmonni qora bulutlar qoplagan. Deraza ortida yomg‘ir asta-sekin yerga urilardi, lekin ichkarida – Taehyung yashaydigan loftda jimjitlik hukm surmoqda. Qizil sharob, yarim ochilgan deraza va orqa fonda jaranglayotgan klassik musiqa. Bu go‘yo tinchlik edi. Ammo Katrin yuragidagi bezovtalikni bosolmasdi.
U bu yerda necha kundan beri qolayotganini eslay olmaydi. Yoki balki eslamoqchi emas. Taehyung uni bu shaharga olib kelgan, faqat shunchaki emas. Uning nigohida doim nimadir bor edi – egalik istagi, o‘ziga xos shafqatsizlik bilan aralashgan muhabbat.
Taehyung:Qayerga qarayapsan? dedi ohangdor, lekin past ovozda. U devorga suyanib turgancha, Katrinni kuzatardi. Uning yuzi xuddi haykal kabi chiroyli, ammo muzdek edi.
Katrin:Derazaga. Yomg‘irni ko‘ryapman, deb javob berdi Katrin sekin.
Taehyung:Yomg‘irni emas. Sen qochish yo‘lini qidiryapsan, unga yaqinlashgancha, Qochmoqchimisan, Katrin?
Katrin jim qoldi. Qo‘rquv, hayajon va o‘ziga tan olishni istamagan tuyg‘ular birlashdi.
Taehyung:Men seni sevaman, Katrin, –dedi u, endi yuzma-yuz turib. Uning qo‘li qizning iyagidan ohista tutdi. "Bu muhabbat emas, degin. Ammo men hech kimga seni bermayman. Hech qachon.”
Taehyungning so‘zlari yumshoq edi, lekin ichida porlab turgan xavf bor edi. Katrin unga tik qaradi. Yana jimlik.
Katrin:Sen meni qamab qo‘yyapsan dedi u asta.
Tae:Men seni himoya qilyapman, deb javob berdi u sovuq tabassum bilan. Senga tashqaridagi dunyo kerak emas. Ular seni mendan olib ketmoqchi bo‘ladi. Men esa bunga yo‘l qo‘ymayman.
Katrin qaltirab yutindi. Taehyung uning yuzini silab, sekin peshonasidan o‘pdi. Bu o‘pichda ham mehr, ham hukmronlik bor edi.
Tae:Sen mening orzularimdagi yagona haqiqatsan. Seni ko‘rgan kunimdan boshlab boshqa hech kimni ko‘rmay qo‘ydim. Hatto tong ham sensiz rangsiz.
U Katrinni bag‘riga tortdi. Qiz qochmoqchi edi. Uning miyasi “bu noto‘g‘ri” deb qichqirardi, lekin yuragi... yuragi nimagadir taslim bo‘layotgandek edi. Har bir nafas, har bir teginish unga hayajon va xavf bilan singar edi.
Tae:Men sen uchun dunyoni yo'q qilaman – dedi shivirlab. Faqat ketma.
Katrin ko‘zlarini yumdi. Yuragi goh to‘xtab, goh urib ketayotgandek edi. Uning qo‘llari Taehyungning ko‘kragiga borib tegdi. Itarishga urindi. Ammo... orada kuchsiz qarshilik, va ichidagi g‘alati tan olinmagan istak bor edi.
Katrin:Men seniki emasman dedi u.
Taehyung kuldi. Asta. Xuddi bu javob unga allaqachon ma’lumdek.
Tae:Yolg‘on dedi u. “
Sen allaqachon meniki bo‘lib ulgurgansan, Katrin.
Orqa fonda musiqa kuchaydi. Yomg‘ir derazani urishda davom etardi. Taehyungning qo‘llari qizni sekinlik bilan yotoqqa yaqinlashtirdi. U yelkalarini silab, lablarini uning bo‘yniga yaqinlashtirdi. Katrin ko‘zlarini yumdi. Yuragi chayqalgan ko‘prik ustida turgandek edi.
Bu muhabbat emas edi. Bu obsessiya edi. Ammo ayni shu obsessiyada bir tomoni erib borardi. Ko‘ngil hayqirardi, ammo tana taslim edi.
Tae:Men seni hech qachon yo‘qotmayman, Katrin dedi u. Agar sen ketsang... men seni ham o'zimni ham yo'q qilaman...
Katrin yotoqqa o'tirgancha so'zlarini davom etirdi.
Katrin: Tae..bari o'zgardi, seni kechira olmayman, o'sha kecha ozgina bo'lsa ham meni o'ylaganingda edi, balki xozir bari boshqacha bo'larmidi..
Tae: Katrinem... o'zimda emas edim, o'sha kecha nima bo'layotganini bilmasdim
Katrin: faqat bir so'zni takrorlaysan nafratlanaman sendan o'qdingmi meni bari jonimga tegdi, seni kechirmayman, sevmayman men Jimin sevaman seni esa... gaplarim og'zim ichida aylanib qolib ketdi, yuzimda birdan achishish sezdim unga qaramaslik ko'z yoshlarimni ko'rsatmaslikka xarakat qilib boshimni yanada egdim lekin u bunga ham izn bermayman sochlarimni siqimlagancha dedi:
Tae: aslo! Yaxshilab eshit meni aslo u iflosni ismini tilinga ola ko'rma ayniqsa meni oldimda bir foxisha bn seni hech qachon alishmasligimni bilasan bu bir xato edi...Katrinem kel uxlaymiz seni xafa qilgim kelmayapti hopmi? deya qizni ko'z yoshlarini artgancha yotoqqa avaylab yotqizdi.
Tungi soat uchlar atrofida. Yomg‘ir to‘xtagan, ammo shahar hanuz shovqin. Deraza ortida qorong‘ulik va sokinlik hukmron. Ichkarida esa, Katrin bedor. U Taehyungning to‘shagida yotardi, ammo uxlashdan yiroq edi.
U yuragini qo‘lida tutgandek his qilardi. Uni nazoratdan chiqargan his-tuyg‘ular tuni bilan halovat bermayapti.
Taehyung esa o‘zining odatiy jimjitligi bilan yonida yotardi. Qo‘lini Katrinning beliga qo‘ygan, xuddi uni ushlab turgandek, “qochib ketmasin” degandek. Nafaqat jismonan, balki ruhan ham qamab qo‘ygandek edi.
Katrin sekin o‘rnidan sirg‘alib chiqdi. Nafas olishi og‘irlashgan. Oshxonaga o‘tib, suv ichdi. Yuragi go‘yo bir ohangda urardi: "qoch… qol… qoch… qol…"
Tae:Sen charchab ketganingni bilaman, degan ovoz orqa tomondan eshitildi. Taehyung eshik oldida turardi. Sochi tuzg'igan, ko‘zlari qizarib chiqqan. -Men sening yuragingni o‘g‘irlab qo‘yganimni ham bilaman.
Katrin javob bermadi. Faqat unga tik qaradi. Uning nigohida ko‘p narsa bor edi: dard, xavf, istak... va bir tomchi yolg‘izlik.
Taehyung unga yaqinlashdi:Men seni majburlashni istamayman. Lekin seni yo‘qotishni ham istamayman. Men sensiz o‘zimni odam deb his qilmayman.
Katrin:Bu muhabbat emas, Taehyung bari tugatganmiz dedi ohangsiz.
Tae:Bo‘lishi mumkin. Ammo men seni hayotimda birinchi marta chinakam his qilganimni sezdim, u qizning yuzini ohista silab:Men seni kuzatganman. Har bir harakating, har bir kulging – men uchun signal bo‘lgan.
Katrin:Shuning uchun meni bu yerga majburan olib keldingmi?
Tae:Yo‘q dedi u jiddiy ohangda.Men seni himoya qilish uchun seni bu yerga keltirdim.
Katrin: Kimdan a? Tae ayt kimdan? Xonada sukunat cho'kdi.
Katrin orqaga chekindi. Bu so‘zlar go‘yoki yuragiga ignadek sanchilardi shirin va og‘riqli. U bir necha soniya o‘yladi. Keyin to‘g‘ri qaradi:Men ketaman. Bugun.
Taehyung jim bo‘ldi. Yuragi birdan cho‘kkanini his qildi. U bir necha qadam oldinga yurdi. Ko‘zlari qorong‘ulikda porlardi. Nafas olish tezlashgan. U qizning yoniga keldi, yuziga yaqinlashdi.
Tae:Ketma, iltimos dedi u past ovozda, deyarli shivirlab. “
Agar ketsang... men o‘zimni yo‘qotaman. Menga endi sen kerak bo‘lib qolding. Qanday bo‘lsa ham seni ushlab turaman.
Katrin ko‘zlarini yumdi. Ichkarida hayqiriq. Boshida “ket!” degan ovoz. Ammo yuragi... yuragi “qol...” derdi. Nafasini ichiga yutib, qattiq yutindi. Taehyung uni bag‘riga tortdi. Bu gal boshqa edi. Bu gal, u his qildi – bu obsesiyaning emas, o‘zini yo‘qotayotgan yigitning quchog‘i edi.
Tae:Sen ketishing mumkin, lekin men yuragingdan ketmayman, Katrin. Sening yuragingda men borligimni bilaman. Ketganingda ham, uxlayotganingda ham, kim bilandir kulganingda ham men sendaman.
Katrin ham asta... sekin... qo‘llarini uning orqasiga o‘tkazdi.
Ko‘z yoshlar lablarigacha sizib keldi. “Ketolmayman,” dedi u.
Sen meni yo‘q qilib bo‘lding, Taehyung.
Ular bir-birini quchib turishdi. To'fon, musiqasiz, so‘zsiz jimjitlikda. Faqat yuraklar ovozi eshitilardi.
Tae: Seni sevaman Katrinem...
Katrin: Men ham...
Tugadi.