16-Daraja...
Men Lee Yona 18 yoshdaman bugun yana yangi kun boshlandi va doimgidek ishlarni qilamiz... Bu kun xam kechagiday oddiy oʻtadi... Biz shu kungacha tashqariga chiqmadik, doim qonun qoidalar bilan yashadik, biz ota-onasiz kotta boʻlgan va ularni mehrini koʻrmagan qizlarmiz, bizga hech nimani orgatishmasdi yozish chizish oʻqish bular bizga umuman kerak emasdek, biz doʻst ortirmadik kimnidir jonimizdan ortiq sevmadik, doim bir hil kun shu kunlar bilan kotta boldik, biz doim dori vositalari orqali tanamizni yaxshilar edik, biz yosh boʻlishimizga qaramay doim bizga bosim oʻtkazishardi doim biz bir hil kiyim kiyar edik bular nima uchun bilmas edik, bizni tashqariga chiqsak tanangiz kasallanadi havodan esa infeksiya tushadi sizlar hunuk boʻlib qolasiz deya uqtirishardi, biz esa ularga ishonardik va hozir xam ishonamiz...
10 tacha qizlar bir tekisda boʻlib yiğilgan oldinma oldin turishar qoʻllarida yuz uchun krem va suv quyilgan stakanni ushlab olishgandi. Birma bir oyna oʻrniga kichik dumaloq kameraga qarab yuzlarini yuvib tozlanishardi...
Kamera ortidan esa bir kishi bir hil gap gapirarkan qizlar u erkak gapini eshitib tabbasum bilan yuzlarini yuvishardi...
Kamera ortidagi odam yoğon ovozda bir hil gap gapirarkan qiz yuzini yuvib boʻlib kameraga tabbasum bilan qaradi va qizga ketishing mumkin degan ishora bilan dumaloq kamera yashil boʻlib yondi. Keyingi qiz gali u qiz kameraga qarab turgan payt koʻzi yaxshi koʻrmaydigan qiz yeqilib tushib qoʻlidagi stakanni dumalab keti...
Qiz - Yordam bering, meni stakanim qayerda...?
Qiz tizzalab oʻtirgan holda stakani topishga harakat qilarkan topolmasdi... Tizilib turgan qizlar unga qarab qosh chimirib yordam berishni xoxlasharkan ammo bu mumkin emas edi... Ammo qizlarni lideri Lee Yona bu qonunlarga tupurib qoygandi qoʻrqmay stakanini va krem idishni yerga qoʻyib ulguraman deb oʻylab qizni oldiga bordi stakanini olib qizga yordam berib turgʻazdi qoʻliga stakan va kremini tutqazib qoydi...
Tizilib turgan qizlardan biri Jeon Yeonhe, Yonaning eng yaqin dugonasi Yonaga qarab vahimali gapirdi.
Yeonhe - Yona seni galing boʻlaqol kel Yona...
Yona ozini stakanini va krem idishni qoʻliga olib kamera toğrisiga kelib shoshilinch krem idishni ochdi va vahimali kremni qoʻliga olgancha yuziga surishni boshladi ammo kamera qizil boʻlib yonib ovoz chiqarishni boshladi...
Yona - Mana mana qildimku yuzimni yuvdimku,
Yona yuzini suv bilan yuvishni boshladi yiğlagancha kameraga qarab song qizlarga qaradi
Yona - Ayting hato ish qilmadim, Yeonhe ayt keldimku shu yerdamanku ayt meni olib ketishmasin!
Yiğlab qizlarga qaradi... Qizlar boshini devolga tiragancha yiğlab turaverishdi...
Ikki qorqchi oğir qadamlar tashlab kelishni boshladi yiğlab ozini ortga tashlayotgan Yonani qoʻlidan mahkam ushlab majburlab olib ketishdi... Yeonhe Yona tomonga qaragancha koʻz yoshini artib yana tizilib turib ishlarini davom etishdi song qizlar xonasiga kirib ketishdi...
Vohtlar oʻtarkan kunlar zerikarli edi, har kuni bir hil ish, bir hil ovqatlar edi... Qonun qoidalar oʻzgarib borib kuchayarkan qizlar chidolmas hato qilib jazolanar va pas darajaga tushib ketishardi...
Erta tong... Qizlar uxlab yotishar ekan hona eshigi qulfdan ochildi va hona chiroqlari yoqilgach qizlar tezda ornilaridan turishdi...
Yona Harukaga qarab homush ammo majburiy jilmaydi.
Yona - Senga xam, bugun extiyotkor boʻlishimiz kerak pas darajaga 3bor tushish niyatim yoʻq!
Haruka - Ha men xam xoxlamayman!
Eshik ochilib qora kostyum shim kiygan qora naushnikni bir quloğiga taqib olgan kelishgan bir qorqchi kirib keldi...
Haruka - Uni qara u juda chiroyli a Yona.
Yona yostiğini toğirlab Harukaga soʻng qorqchiga qaradi
Yona choyshabini tahlab qoydi va joyidan jilmay jim turdi qogan qizlar esa krovatlarini toğirlashardi.
Haruka - Hoy birinchi boʻlib dush qabul qilib olsak boʻladimi?
Haruka qorqchiga qarab gapirar ekan qorqchi ensasini qotirgancha gapirdi...
- Ismim hoy emas, Jimin. Menga farqi yoʻq buni Sera xonimdan soʻraysiz!
Jiminni gapidan soʻng Haruka hech nima demay u xam kravati oldida jim turdi, xamma qizlar boʻlgach yana birma bir qizlar xonasidan chiqib alohida yeğilish xonasiga borishdi.
Yona qizlar lideri boʻlgani uchun doim chap tomonda birinchi boʻlib turar edi, 15-darajadagi qizlar 8ta edi... Ularni 4tasi orqada 4tasi oldinda turar edi, boshlarini egib yerga qarab qoʻllarini orqa tomonga juft qilib turishar ekan yiğilish xonasiga Sera xonim kirib keldi...
Sera xonim juda chiroyli qomatli maftunkor ayol edi... Qizlar uning ruxsatisiz unga qarashi mumkin emasligi sabab yerga tikilib turar ekan Sera xonim qizlarga diqqat bilan qarab gap boshladi...
Sera xonim - Hayirli tong qizlar, yaxshi dam oldingiz deb umid qilaman,
Qizlar nigohini yerdan uzmay Sera xonimga javob berishdi...
Qizlar - Hayirli tong Sera xonim!
Sera xonim - Bugungi kuningiz doimgidek yaxshi oʻtadi va siz odobli qiz bolasiz deb oʻylayman, bugun sizlarni orangizdan 16-darajaga oʻtadigan 3ta qizni tanlayman...
Qizlar yerga qarab jilmayisharkan... Sera xonim qizlarni koʻzdan kechirdi...
Sukunat... qizlar yuragi tez tez urarkan bir biriga eshitilardi, Sera xonim kimni tanlashiga qiziqarkan yerga qadab jilmayishardi...
Sera xonim - Yona, Haruka, Bona, sizlar 16-darajaga otasiz!
Sera xonim gapini yakunlab honadan chiqib qorqchi Jiminni kirgazib yubordi...
Yona Haruka va Bona bosh egib xonadan chiqib ketisharkan qogan qizlar kayfiyatlarini tushurmay 16-darajaga oʻtgan qizlar uchun hursan boʻlib qolishdi...
Qorqchi Jimin ortidan ketishayotgan 3 ta qiz ich ichidan hursand edi...
Avtor-Yona...
Men udaladim 16-darajaga chiqdim... Endi meni bir oila boqib oladi, va men bu yerlardan bu qonun qoidalardan ketaman... Baxtli yashayman,
Qorqchi Jimin zinalardan chiqib oxirgi eshikni ochdi qizlarga yoʻl bergach qizlar eshikdan kirib 16-daraja kirishdi...
16-darajaga oʻtkan qizlar etajga qarab turishar ekan.
Yona jilmaygancha qizlar xonasi tomon keti...
Qizlar xonasiga kirgan Yona eshik oldida qizlarga qarab turar ekan Haruka va Bona ham kirib kelishdi ular boshlarini tik tutgan xolda qoʻllarini juft qilib qorin sohasiga qoygan Yona birdan 11-darajada boʻlgan paytda u bilan dugona boʻlgan Yeonheni korib tabbasumi soʻndi...
Yeonhe Yonani koʻrgach kulib u tomon kelayotganda Yona bir qadam orqaga yurib gapirdi.
Yona - Men qizlar boshliğiman va bu honanini oxirgi ong tomondagi kravat meniki, oʻylaymanki qarshiligingiz yoq!
Degancha Yona indamay Yeonheni oldidan oʻtib keti
Qizlar tanishib olgach jimgina uxlashga yotishdi... Yana xona eshigi yopilib chiroqlar oʻchirildi...
Birdan xona chirogʻi yoʻqolib eshik ochilganini eshitgan qizlar ornilaridan turib krovatlarini toğirlashga tushishdi...
Xona eshigini ochib yana bir kelishgan qorqchi kirib kelganini koʻrgan Haruka Yonaga qaradi...
Haruka - Bu bizga qaraydigan qorqchi emas, Jimin qayerda ekan a?
Yona qorqchiga qarab qoʻydi yostiğini toğirlab choyshabini taxlab qoʻyib joyida jim turib Harukaga gapira boshladi.
Yona - Bilmayman, ammo bu sal jaxldorga oʻxshaydi?
Haruka va Yona gaplashib turganini sezgan qorqchi ularga yoğon ovozda gapira boshladi.
- Gaplashish mumkin emasligini aytishmadimi?
Yona jaxl bilan qorqchiga qarab qoʻydi.
Yona - Gapirish xam mumkin emasmi?
Yona tomon qadam bosib kelayotgan qorqchi Yonani qarshisiga kelib turdi Yonani mayin va silliq tim qora sochlarini silamoqchi boʻldi ammo Yona uni qoʻlini siltab tashladi...
Yona - Sera xonimga bu ishingizni aytib bersam jazolaydi!
Ensasini qotirgancha jilmaygan qorqchi Yonaga yanada yaqin keldi...
Yona qoʻrqmay boshini tik tutgan xolda bir qoʻshini koʻtarib qorqchiga gapirdi.
Yona - Jimin sendan yaxshiroq edi.
- Aysh u seni yaxshigina qondirganga oʻxshaydi.
Bu gaplarni eshitgan qizlar bir biriga savol nigohi bilan qarab qoʻyardi jim turgan Yona oxiri jaxli chiqib qorqchi yuziga tarsaki tushirdi.
Yona - Bu senga kamlik qiladi, ammo bundan boshqa narsa qoʻlimdan kelmaydi.
Qorqchi jağini ushlab Yonaga ğazab bilan qarab uni urmoqchi boʻldi ammo honaga Jimin kirib keldi.
Jimin - Jungkook? nima qilyapsan? ularga yaqin borish va turish mumkin emas nima jazolanishni xoxlaysanmi?
Qorqchi Jungkook Yonaga ğazab bilan qarab turdida
Jungkook - Hali mendan koʻrasan buni unutmayman!
Jungkook Yonadan uzoqlashdi... Xonadan chiqib ketgach Jimin gap boshladi.
Jimin - Dush qabul qilib olib yana yigʻilish xonasiga toplanining. Sera xonimni sizlarda gapi bor ekan.!
Qorqchi chiqib ketgach qizlar oʻzlari uchun alohida qurilgan dush xonasiga kirib ketishdi... Yarim soat oʻtgach dushdan chiqishdi...
Yiğilish xonasida turgan qizlar yerga nigohi qadalgandi boshlarini koʻtarmay qoʻllarini juft qilgan xolda turishar ekan xonaga Sera xonim qorqchi Jimin va Jungkook bilan korib keldi.
Jilmayib salom bergan Sera xonim Yonaga koʻzi tushdi...
Qizlar nigohini yerdan uzmay Sera xonimga javob qaytarishdi...
Sera xonim - Juda chiroylisiz, barchangizni yaxshi kayfiyatda korib turganimdan hursandman, sizlarni yetakchingiz Yona sizlarga qarab yuradi va xar bir hatoyingizni menga yetkazib beradi. Bilib qoʻying odobsizlik bu jazoga olib keladi.
Sera xonim - Sizlarga bu ikki qorqchi qaraydi. Ular nima desa shuni qiling. Ehtiyot boʻling. 16-daraja bosqich ota yomon bosqich.
Qizlar xop deb bosh silkishdi... Yona esa boshini biroz koʻtarib qorqchi tomonga qaradi... Yonadan koʻz uzmay turgan Jimin Yonaga kozini qisdi...
Sera xonim gapini tugatib boʻlgach xonadan chiqib ketishdi... Qizlar xam birma bir tartib bilan xonadan chiqishar ekan dori ichish uchun saflanib etajda turishdi...
Kamera ortidan yana oʻsha yoğon ovozli erkak eshitildi... ( Dori bu sizlar uchun yaxshi teringizni yaxshilaydi)
Qayta qayta shu soʻzlarni aytdi...
Yona kameraga qarab dorini ichib boʻlgach oshxona tomon yurdi...
Qizlar xammasi dorilarni ichib boʻlgach... Oshxonaga kirib yana oʻsha yomon koʻradigan ovqatni va muzdek suvni olgancha ovqatlanadigan xonaga kirishdi.
Yerda oʻtirib ovqatlangan qizlar suhbatlashib gaplashib oʻtirishardi,
Haruka - 16-darajaga oʻtganimdan song yaxshi ovqatlanaman deb oʻylagan edim ammo yana oʻsha bemaza ovqat!
Yona - Hojatxonaga borib kelaman...
Oʻrnidan turib xonadan chiqib ketgan Yona hojatxonaga kirib keti...
Nimalarnidir oʻylab oʻtirgan Yona hech nima boʻlmaganday chiqib ketmoqchi boʻlganda Yeonhe qoʻlidan tortib yana hojatxonaga olib kirdi...
Yeonhe - Yona gaplashib olishimiz kerak!
Yeonhe - Meni kechir men oʻshanda...
Gapini yakunlab boʻlmagan Yeonhe bir qoʻrqib keti... Chunki oʻsha yoqimsiz xar soatda chalinadigan tovush yana chalindi...
Yona - Qoch biz bormasak boʻlmaydi yoqsa jazolanamiz!
Yona Yeonheni itarib chiqib keti...
Qizlar endi ish qilishga tushib ketishdi ikkitasi etaj pollarini artar ikkitasi kir yuvar yana ikkitasi idishlarni yuvardi...
Yona va Haruka kir yuvib turishgan payt ular oldiga Yeonhe kirib keldi...
Yeonhe - Haruka men bilan oʻrin almashmaysanmi men idish yuvayotgan edim.
Haruka - Mayli, menga farqi yoʻq...
Jilmaygancha xonadan chiqib ketgach Yeonhe Yona oldiga keldi...
Yeonhe - Yona iltimos senga ishonishim uchun biror nima ayt.
Yona - Nega senga ishonishim kerak? Nima demoqchisan?
Yeonhe - Meni kechir Yona men hato qildim qoʻrqqan edim, iltimos meni toza emasligimni hech kim aytma!
Yona - Bundan menga nima naf? Aytib nima qilaman? Sen xam jim yursang men hech kimga hech nima demayman!
Yeonhe - Yona yana bir gap vitaminlar va dorilarni ichma oʻzingni ichayotganday koʻrsat!
Yona - Nima uchun? Nega axir ular foydali va bu biz kerak tanamiz yaxshi boʻlishi uchun...
Yona gapini tugatmay Yeonhe boʻldi...
Yeonhe - Yoq Yona ichma ular xavfli ular...
Birdan xonaga Haruka kirib keldi...
Haruka - Yona men bilan bora olasanmi yordaming kerak edi!
Yona qoʻlidagi kirni idishga tashlab Yeonhega qarab xonadan chiqib keti...
Xamma oz ishlarini qilib yurgan payt, Yeonhe etajda aylanib yurgan edi, Yona oshxonaga tushib ketayotgan payt Yeonhe ni korib qoldi...
Yeonhe bir xona oldida toxtadi, Yona uni yashirincha kuzatib turar ekan Yeonhe oldiga qorqchi Jungkook chiqib keldi, Yona bir xona ichiga kirib eshikni qiya ochib ularni kuzata boshladi...
Yona - Yeonhe, nimalar qilib yuribsan?
Eshik ortida kuzatib turgan Yona ular nima haqida gaplashishayotganiga qiziqardi...
Jungkook - Qilolsamchi nima qolidan kelmaydi deb oylaysanmi?
Yeonhe - Axir men sizga nima yomonlik qildim?
Jungkook - Yomonlik qilmading, shunchaki sen juda goʻzalsan va sen doim yonimda boʻlishingni istayman.
Yeonhe bir qadam ortga yurdi...
Yeonhe - Bu mumkin emas siz nima xoxlashingizni tushunmayapman, Sera xonim bilib qolsa ikkimizni xam soğ qoʻymaydi.
Jungkook - Sen indamasang hech kim bilmaydi, nima toza emasligini Sera xonim va boshqa qizlar bilishini istaysanmi? Yoki men bilan bir kecha boʻlganinimi?
Yeonhe - Jungkook iltimos bularni hech kim bilmasin!
Jungkook - Mayli! Ammo bir shartim bor!
Jungkook - Anavi qizlar boshligʻi Lee Yona uni meni xonamga olib kelasan!
Bu soʻz Yeonhening yuragiga shu qadar oğir tegdiki xato koʻzlaridan yoshlar sizib chiqishni boshladi...
Yeonhe - Axir Jungkook menchi? Nima uni sevib qoldingizmi? Xonada qilgan ishingiz menga yetarli!
Jungkook - Mittivoy, unday emas, men unga tarsaki tushirish qanday boʻlishini koʻrsatib qoymoqchiman xolos,
Yeonhe - Yoq boʻlmaydi, u meni dugonam, siz esa yigitim meni qiyin vaziyatda qoldiryapsiz.
Jungkook endi gapiraman deganda yana oʻsha yoqimsiz signal ovozi chalindi. Yeonhe Jungkookga qarab turib ketib qoldi Yona esa xali xam xonada edi, Jungkook xonaga kirib ketganidan song Yona xam xonadan chiqib keti...
Yiğilish xonasida yerga qarab turgan qizlar Sera xonimni kelishini kutib turar edi. Jungkook va Jimin xonani ikki burchagiga turib qizlardan koʻz uzmas ekan Yeonhe boshini koʻtarib Jungkookga qarab qoʻydi.
Xonaga Sera xonim kirib keldi.
Kulgancha gapirarkan qizlar xam javob berdi.
Sera xonim - Men sizlarga koʻylak olib keldim, sizlar xoxlaganingizdek juda chiroyli, koʻylakda har biringizni ismingiz yozilgan.
Qizlar hursan boʻldi ammo hali xam Sera xonim ularga qarash uchun ruxsat bermagani sababli boshlarini egib turishardi...
Sera xonim koʻylaklarni olib qizlarga qaradi.
Sera xonim - Qizlar menga qarashingiz mumkin!
Qizlar jilmaygancha Sera xonimga qarashdi.
Sera xonim juda chiroyli oq va uzun koʻylakni ushlab turar ekan koylakda ismlar yozilgandi...
Sera xonim - Oʻzingizni koylagingizni olib xonaningizga borishingiz mumkin.
Sera xonim gapini tugatgach xonadan chiqib keti... Qizlar oʻz koʻylaklarini olgancha hursand boʻlib qizlar yotoqxonasiga ketishdi.
Yotoqxonaga kirgach xamma qizlar birinchi dush qabul qilib chiqib song koʻylaklarini kiyishganda ular bu koʻylak juda chiroyli ekanligiga yana bir bor amin boʻlishdi...
Haruka - Koʻylak juda chiroyli a ?
Bona - Ha va bu koʻylak bir xil bizga yarashgan.
Rita - Endi bizni oila boqib oladimi biram hayajonlanyapman.
Yona - Tayyor turishimiz kerak, lekin hozir bizni dori ichishga olib ketishadi.
Qizlar oʻzlari gaplashib turishar ekan xonaga Jimin kirib keldi va qizlar ornilaridan turib xonadan chiqishdi song esa osha etajga yiğilib turishdi ketma ket dorilarni kameraga qarab ichishni boshlashdi.
Dori ichish gali Yonaga kelganda u kameraga qarab oğziga dori soldi va ichgandek koʻrindi kamera yashil boʻlib yongach Yona kameraga qaradi soʻng keti...
Yona xonaga ketayotganda uni kimdir tortib bir xonaga olib kirib keti...
Yeonhe - Yona dorini ichdingmi?
Yona qorqib keti ammo Yeonhe ekanligini bilgach u ozini bosdi song oğzidan dorini chiqarib otib yubordi.
Yona - Yoq ichmadim? Ammo menga tushuntirib ber bular nima uchun!
Yeonhe - Yona bu dorilar tanamiz yaxshilanish uchun emas. Aslida bular uyqu dorilari biz bularni ichamiz va uyquga ketamiz, ammo kechasi Sera xonim va ikki qorqchi kelib birma bir qizlarni olib chiqadi, men bu dorilarni ichishni toxtatganimda 13-darajada edim.
Yona - Sera xonim unday emas, bizni yaxshi boʻlishimizni xoxlaydi,
Yeonhe - Unda Yona kechasi xamma uyquga ketganda bilasan!
Yona indamay xonadan chiqib keti...
Yeonhe esa Yonaga qaragancha qoldi...
Avtor-yeonhe...
Yona sen bilmaysan bu dori aslida tanamizga zararli ekanligini, Sera xonim yolğonchiga oʻxshaydi.
Qizlar yotoqxonada oʻtirisharkan birdan chiroqlar oʻchirildi eshik qulflandi. Qizlar oʻz joylariga yotishdi...
Doim Yonaga hayirli tun deb keyin uxlaydigan Haruka uyquga keti.
Yona biroz oʻrnidan turib tirsagini kravatga qoʻyib Harukaga qaradi va birdan Yeonhe gapirdi.
Yeonhe - U uyquga keti seni eshitmaydi, hozir eshik ochiladi va Sera xonim ikki qorqchi bilan kiradi bizlardan birimizni tanlagancha olib ketadi, ular kelganda uyquga ketganday koʻrsat oʻzingni!
Yeonhe shunday deb oʻrnidan turmoqchi boʻldi ammo eshik ochildi... Yona xam Yeonhe xam koʻzlarini yumishdi.