Hammangizdan nafratlanaman ep 1
2007-yil yanvar oyining 25-kunida jajji bir qizaloq dunyoga keldi.
Qizaloq dunyoga kelganida hamma xursand bo'ldi.
Qizaloqqa Anna deb nom qo'yishdi.
Anna oilada yagona farzand bo'lganligi uchun u juda zerikardi.
Oradan oylar, oylar ortidan yillar o'tdi, Anna ulg'ayib guldan ham go'zal qizga aylandi.
Tashqaridan Annaning oilasi juda go'zal va baxtli ko'rinsada aslida bunday emasdi.
Anna yillardirki oilasi tomonidan yillardirki ma'naviy va ruhiy jihatdan azoblandi.
Annaning otasi unga har doim shartlar qo'ysa, onasi uni ruhan ezardi.
Janob Park qizining har doim, har qanday mavzuda ham yetakchi bo'lishini istasa
Park xonim Annadan nafratlanardi.
Annaning biologik onasi bo'lishidan qat'iy nazar unga nisbatan nafrat dan o'zga tuyg'u yo'q edi.
Buning sababi esa Anna Janob Park sevgan ayol bilan ikki tomchi suvdek o'xshash edi.
Janob Parkning Park xonim dan Oldin sevgan ayoli esa yurak xurujidan olamdan o'tgan edi.
Janob Park chet e'lga odam sotish bilan shug'ullanar edi.
U qiziga nisbatan juda mehribon bo'lishiga qaramay iloji boricha o'zini Annadan uzoq tutishga urinar edi.
Anna
Rostan ham Anna o'sha qiz bilan juda o'xshar va ba'zida Janob Park o'zini Annaning oldida yo'qotib qo'yar edi.
Annani ko'rmaslik uchun Janob Park uni
Iqtisoslashtirilgan maktabga joylashtirishga qaror qildi. Anna uyiga kamdan-kam kelar va u uyga kelgan kunlarda ham otasini uyda ko'rmasdi.
Annaning go'zalligi ham, uning o'z boshiga muammolarni olib kelardi.
Ko'cha yuzini kamdan-kam ko'rgan qiz hattoki uydan tashqariga ham otasining tan soqchilari bilan chiqardi.
Uning go'zalligi sabab har doim uydan tashqarida bir muammo paydo bo'lardi.
Anna o'zini yigitlardan qanchalik uzoq tutishga urinmasin, bu ishi va go'zalligi sababli unga nisbatan qiziqish doimo ortib borar edi.
Annaga erkaklarning va yigitlarning munosabati uni erkak zotidan nafratlanishiga olib keldi.
Anna 16yoshni qarshi olgan kuni ular tug'ilgan kunni nishonlash uchun restoranga borishdi.
Janob Park butun boshli Restoranni 1 kunga band qildirgandi.
Sababi Janob Parkka odamlar ko'p bo'ladigan joylar yoqmasdi.