Golden Cage ep6
Jungkook:
"Hamma bilgan oltin qafas asirasini..."
Jiminning yuzida bir lahza hayrat ifodasi paydo bo‘ldi, lekin u tezda o‘zini qo‘lga oldi. Jungkookning bu gaplari unga yoqmadi, chunki Yn haqida birovning bilishi va ayniqsa bu mavzuda gap ochishi unga nisbatan tahdiddek tuyulardi.
Jimin:
"Bu sizning ishingiz emas, Janob Jeon. Men oilaviy masalalarni biznes bilan aralashtirmayman."
Jungkook kulib qo‘ydi. Uning kulgisi sovuq va tahdidli edi, xuddi o‘zining kuchini ko‘rsatmoqchidek.
Jungkook:
"Janob Park, men siz haqingizda hamma narsani bilaman. Sizni bu yerga olib kelgan kuchlar va o‘zingizni himoya qilish uchun qanday qurbonliklar qilganingizni yaxshi tushunaman. Lekin qiziq... qanday qilib o‘zingizni shunday tutishingizga sabab bo‘lgan ‘oltin qafas asirasi’ haqida bu qadar ko‘p gap-so‘z tarqalibdi?"
Jiminning yuzida sovuq tabassum paydo bo‘ldi, lekin uning ichida bir lahza ichki g‘azab uyg‘ongan edi. U bu holatini Jungkookdan yashirishga harakat qildi.
Jimin:
"Gap-so‘zlar shunchaki mish-mish. Men bunday narsalarga ahamiyat bermayman. Men uchun muhim bo‘lgan yagona narsa — nazorat va tartib. Agar bundan chiqib ketadigan boshqa masalalar bo‘lsa, ularga men o‘zim bosh-qosh bo‘laman."
Jungkook yana kulib, stulga qulayroq o‘tirib oldi.
Jungkook:
"Ajoyib! Demak, mish-mishlarni rad etayotgan ekansiz. Lekin, Janob Park, unutmang, sirlarni doim yashirib bo‘lmaydi. Agar kimdir sizning dunyongizga zarar bermoqchi bo‘lsa, o‘sha oltin qafasni buzishga urinishi mumkin. Lekin bunday imkoniyat meni qiziqtiradi. Aytgancha malikangizning ismi Yn degan xabar oldim. "
Jiminning ko‘zlari sovuqlandi. Jungkookning bu ishoralari unga yoqmagan edi. Lekin u o‘z hissiyotlarini boshqara oladigan odam edi va bu muloqotni o‘z foydasiga aylantirishga qaror qildi.
Jimin:
"Janob Jeon, menimcha, siz mening qafasimni qanday qurilganini tushunmadingiz. U faqat mustahkam materiallardan qurilmagan. Bu qafas — mening kuchim va nazoratim ramzidir. Uni buzmoqchi bo‘lganlar har doim mag‘lub bo‘lishgan va bo'laveradi"
Jungkookning ko‘zlari bir lahza o‘ynab ketdi. Uning ichki ruhiy muammolari va shavqatsizligi bu gaplarni qabul qilishga imkon bermasdi.
Jungkook:
"Sizning kuchingiz va nazoratingiz menga qiziq. Bir kuni siz bilan bu haqda yana gaplashamiz, lekin hozircha bu suhbatni bu yerda tugatamiz."
Jungkook gapni boshqa mavzuga burib, biznes uchrashuvini davom ettirdi, lekin uning nigohida Jiminni sinashga bo‘lgan istak yaqqol sezilib turardi.
Jimin uyiga qaytib kelganida o‘zini g‘alati his qildi. Jungkookning so‘zlari uning xotirasida yangrar, lekin u bu fikrlarni darhol quvishga harakat qildi. Chunki bu kecha unga o‘zgacha edi.
U oltin qafas tomon yo‘l oldi. Yning chiroyli yuzini ko‘rishni, uning nigohlarini his qilishni istardi.
Chunki bu qiz uning nafaqat zaif nuqtasi, balki butun borlig‘ining ramziga aylangan edi.
Jimin:
"Malikam, bugun mening tug‘ilgan kunim. Lekin bu kunni sen bilan nishonlashni istayman."
Yn qafasning burchagida turgancha unga sovuq qaradi.
Yn:
"Bu yerda vaqtni sanashni to‘xtatganman. Bugun tug‘ilgan kuning ekanligini ham faqat sening aytganingdan bilib turibman."
Jimin bir lahza jim qoldi. U Ynga yaqinlashib, qafasning eshigini ochdi. Uning ichki g‘azabi, muhabbati va ehtiroslari uyg‘onayotgan edi.
Jimin:
"Bugun sening oldingda bir haqiqatni aytmoqchiman. Sen mening hayotimdagi eng katta sovg‘amsan, Yn. Lekin bu qafas seni himoya qilish uchun. Dunyo shavqatsiz. Mening kuchim va nazoratim seni xavfdan saqlash uchun ishlaydi. Ammo men sening roziligingni istayman."
Yn:
"Roziligim? Sen meni bu yerga majburlab qmaganingda roziligimni so‘ramading. Endi nima uchun buni so‘rayapsan?"
Jimin chuqur nafas oldi. U bu qizning kuchli ruhiga tan berardi.
Jimin:
"Chunki sen mening yuragimni o‘zgartirding, Yn. Bu faqat nazorat emas. Bu sevgi."
Yn bir lahza jim turdi, lekin uning ichidagi qo‘rquv va nafrat bu gaplarga ishonishga imkon bermas edi. U o‘zining ozodligi uchun kurashni davom ettirishga qaror qildi.
Pov avtor:
Jungkook esa bu paytda o‘z rejasini boshlashga tayyorlanayotgan edi. U oltin qafas haqida yanada ko‘proq ma’lumot to‘plash uchun harakat qilardi. U faqat boylik va kuchni emas, balki Jiminni mag‘lub qilishni, hammaning og'zida yurgan Jimin ko'z qorachig'iday asraydigan malikani o'ziniki qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.
Jeon Jungkook yetim xonada katta bo'lgan va u yerdan uni obro'li bir mansabdor asrab oladi, ammo Jungkookni asrab olgan odam bor alamlarını Jungkookdan olib uni ham ruhan ham jismonan zulm o'tkazadi va evaziga esa o'zining Jeon familiyasini beradi xolos.
Jungkook 9yoshidan boshlab bu azoblarga 10yil mobaynida chidaydi. Ammo u o'sha kecha 19 yoshida Jungkook o'z tug'ilgan kunida o'ziga o'z otasining jasadini sovg'a qiladi asrab olgan otasini vaxshiylarcha o'ldiradi.
Jungkookda kichkinaligidan ruhiy bosim ostida katta bo'lgani uchun u psihapatga aylanadi. Otasining qo'l ostidagi barcha boyliklari uning nomiga o'tib, Hamma narsani o'z nazoratiga oladi. Jungkook hech kimga rahm shavqat qilmay xato qilganlarni azoblab o'ldiradi. U shavqatsiz manyakka aylanib bo'lgan va hech kimning unga kuchi o'tmaydi.
Pov avtor:
Jungkook haqida keyingi qismlarda yanada to'liqroq ma'lumotlarga ega bo'lasizlar
Keyingi qismda ko'rishguncha Angels💋