Buxoro davlat universiteti Biologiya kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan navbatdagi ijarada istiqomat qiluvchi talabaning yashash sharoitidan xabar olishdi
Biologiya kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan 4-kursda tahsil olayotgan talabalarning yashash sharoitlarini o'rganish, ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashklilashtirish hamda kitobxonlik madaniyatini yanada keng targ'ib etish maqsadida ma'naviy- ma'rifiy suhbatlar olib borildi. Xususan, Shahrimizning eski shahar hududida istiqomat qiluvchi Qosimova Sevichning ijara xonadoni bilan tanishildi.
Mazkur tashrif chog'ida talabaning yashash sharoiti bilan tanishildi hamda Sevinchning darsdan keyin bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishi va kitobxonlik madaniyatini yanada keng targ'ib etish maqsadida o'zlarining tavsiya va maslahatlarini berib o'tishdi.
Kafedra o'qituvchilari Sevinchning kelajakdagi rejalarini amalga oshirishida va yetuk mutaxassis bo'lishida kitobning alohida o'rni borasida o'z fikr va mulohazalarini bayon etishdi.