May 7, 2025

Biologiya kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan o'tkazib kelinadigan sayyor darslardan yana biri 7.05.25 kuni bo'lib o'tdi.

Biologiya kafedra dotsenti, q.x.f.f.d.(PhD) R.O.Atoyeva tomonidan 10-1RBIO-24, 10-2RBIO-24, 10-3RBIO-24 guruh talabalari bilan O'simliklar introduksiyasi fanidan Vobkent tumani "O'rmon xo'jaligi"da sayyor dars o'tkazildi.

Sayyor darsda Vobkent tumani "O'rmon xo'jaligi" rahbari Ibragimov R.Y. tomonidan birinchi bosqich magistrlarga mazkur hududning maydoni 10 gektarni tashkil etishi, turli davlatlardan ayniqsa Xitoy, Yaponiya, Shimoliy Amerika va boshqa hududlarda o'suvchi manzarali daraxtlar iqlimlashtirilganligi haqida qimmatli ma'lumotlar berib o'tildi.

Shuningdek, iqlimlashtirilgan daraxtlardan Pavloniya, Shoyi akatsiya, Virgin archasi, Sharq tuya, qarag'ay, ko'p yillik o'tlardan sezalpin hamda atirgul butasi kabi o'simliklar asosan qalamchasi, urug'lari va payvandlash usullari orqali ko'paytirilishi haqida ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo'lgan ma'lumotlar berib o'tildi.