๐๐๐๐๐๐๐ ๐๐๐๐๐ ๐ ๐๐๐๐ ๐
Vazir Kim taqdim etgan hashamatli mehmonxonada. Stol ustida qimmatbaho vino va ikkita oilaning gerbi tushirilgan nikoh shartnomasi turibdi. U xonada yolgโiz, yuzida sovuq va hissiz bir ifoda. U juda aniq va tekis xat bilan yozadi. Kundaligi โ bu shunchaki hislar emas, balki u uchun strategik rejalardir. U yozayotib, vaqti-vaqti bilan qilichining dastasini silab qoโyadi
4-๐๐๐๐๐. ๐พ๐๐โ๐๐ ๐๐๐ฆ๐ก.
๐ฟ๐ ๐พ๐๐ ๐๐ข๐๐๐๐๐๐๐๐๐๐
Sarkarda Jeon... Uning nigohi oddiy bir askarning nigohi emas. Bugun menga qaraganida, u mening unvonimdan ham, Vazirning haybatidan ham zarracha qoโrqmadi. U malikaga shunchaki sadoqat bilan emas, balki jonini berishga tayyor bir telba kabi qaraydi.
Vazir Kim oโz qizini menga berib, qudratini mustahkamlamoqchi. Men esa bu nikoh orqali nimalarga erishishimni hali hech kim bilmaydi. Sangin โ u goโzal, lekin juda maโyus. Uning yuragi allaqachon boshqa yerda ekanligini sezish qiyin emas. 21-iyun oqshomida faqatgina ikki oila birlashmaydi, oโsha kuni koโp sirlar ochiladi. Sarkarda Jeonni koโzdan qochirmaslik kerak. Bunday odamlar yo eng yaqin ittifoqchi, yoki eng xavfli dushman boโlishadi.
Mashgโulot maydonidagi kichik, shaxsiy chodirida. Tashqarida tun chiroqlari lipillab oโchmoqda. Uning ust-boshi chang, peshonasidan hali ham ter tomchilari oqmoqda โ u gโazabini jismoniy zoโriqish bilan bosishga harakat qilgan.U xontaxta ustidagi eski sham yorugโida yozmoqda. Stol ustida Sanginning u oโqib chiqqan kitobi va oโzi charxlayotgan qilich turibdi. Qalamni shunday qattiq siqib ushlaganki, barmoqlari oqarib ketgan.
๐๐๐๐๐๐๐๐ ๐ฝ๐๐๐ ๐ฝ๐ข๐๐๐๐๐๐ ๐๐ข๐๐๐๐๐๐๐๐๐๐
4-๐๐๐๐๐. ๐๐๐๐๐ ๐ก๐ข๐.
Bugun qoโllarim qon bilan emas, gโazab bilan titradi. Vazir Kimning yonidagi oโsha "sovuq haykal" โ Li Kanni koโrganimda, qilichim oโz-oโzidan gโilofidan chiqib ketishga shaylandi. Uning nigohida zarracha hayot asari yoโq. U Sanginni sevmaydi, u shunchaki yangi bir hududni zabt etgandek kibr bilan turibdi.
"Toโy 21-iyun kuni..." Bu soโzlar qulogโim ostida oโlim hukmi kabi jarangladi. Sanginning tugโilgan kuni โ u hayotga kelgan kun, endi uning ruhini oโldiradigan kunga aylanmoqchi.
Bugun uning moviy koโzlariga tik qaraganimda, u yerda faqatgina qoโrquvni emas, balki soโnggi umid uchqunini koโrdim. U menga ishonyapti. Men esa unga osmonni zangori rangga boโyashni vaโda berdim. Agar taqdir bizni ayirmoqchi boโlsa, men taqdirning oโzi bilan jang qilaman. 21-iyun oqshomida Zangori oy chiqadimi yoki yoโqmi โ buning ahamiyati yoโq. Men uni bu jahannamdan olib chiqib ketaman. Hatto butun qirollik menga qarshi qurol koโtarsa ham.
๐๐๐๐๐๐ ๐๐๐๐๐๐
Saroyning eng baland minorasidagi yotoqxonasida. Deraza ochiq, tun shamoli pardalarni oโynamoqda. U deraza tokchasida oโtirib, uzoqdagi qorongโu oโrmonlarga โ Jungkookning qarorgohi boโlgan tomonga termulib oโtiribdi.
Yozish jarayoni: U sargโaygan qogโozga emas, ipakdek mayin daftarga yozmoqda. Koโz yoshlari baโzi soโzlarni xira qilib yuborgan. U goโyo bu satrlarni Jungkook eshitayotgandek, pichirlab yozadi.
๐๐๐๐๐๐ ๐๐๐๐๐๐ ๐๐ข๐๐๐๐๐๐๐๐๐๐
5-๐๐๐๐๐. ๐๐๐๐ ๐ ๐โ๐๐
Kecha bogโda vaqt toโxtab qolgandek edi. Jungkookning qora koโzlarida oโzimni koโrdim โ u yerda men ojiza malika emas, balki ozod bir inson edim. Uning nam yuzimga tekkan qoโllari har qanday shohona libosdan issiqroq va qadrliroq edi.
Otam meni Li Kanga topshirmoqchi. Li Kan โ bu ism sovuqlik va zulmatni anglatadi. Uning yonida nafas olishim ham qiyin. Otam uchun men shunchaki qudratga eltuvchi koโprikman. Ammo Jungkook... u mening qanotim boโlishga soโz berdi.
"Osmonni oโzim zangori rangga boโyayman," dedi u. Qanday telbalarcha, ammo goโzal gap! Uning bu soโzlari qalbimdagi muzlarni eritib yubordi. Lekin ichimda bir qoโrquv bor: agar men uchun u oโz hayotini xavfga qoโysa-chi? Men u uchun oโlishga tayyorman, lekin uning men sababli nobud boโlishini koโtarolmayman.
Agar 21-iyun bizning soโnggi kunimiz boโlsa, men oโsha kunni zanjirlar ostida emas, Jungkookning yonida, ozodlikda kutib olishni istayman. Zangori oy, iltimos, bizga yoโl koโrsat...
Sangin yozib bรตlib,xonani tark erdi lkn deraza ochiq qolgani sababli shamol kirib uning kundaligi sahifalarini sharaqlatib ochib bir sahifada tรตxtab qoldi va u sahifada Sanginning bir sirli gap yozgan edi:
"Bugun onamning eski sandigโidan Zangori oy haqidagi afsonaning davomini topdim. U yerda aytilishicha, oy rangini oโzgartirishi uchun kimgadir baxt emas, kimningdir qoni kerak ekan..."
๐๐ ๐๐ ๐๐๐๐ก๐๐๐ข๐๐....