May 31

𝑍𝑎𝑛𝑔𝑜𝑟𝑖 𝑘𝑒𝑐ℎ𝑎 𝑠𝑎𝑑𝑜𝑠𝑖

Olovning taftidan Sangin ko‘zlarini ochganda, kulbaning yog‘och shiftiga tushayotgan olov sharpalarini ko‘rdi. Tanasi hali ham muzlab borayotgandek titrar, ammo yelkasiga tashlangan quruq, issiq harbiy chakmon unga najot berayotgandi.
U sekin qaddini ko‘tarib, xona burchagiga qaradi. Jungkook o‘choq yonida o‘tirgancha, o‘zining og‘ir jarohatiga qaramay, quruq shoxlarni olovga tashlardi. Uning yelkalaridagi qon va suv aralashib ketgan, ammo nigohi hali ham o‘sha-o‘sha — qat’iyatli va sadoqatli edi.

— "Uyg‘ondingizmi, malikam?" — Jungkookning ovozi pichirlashga yaqin, ammo sokin edi. U yaqinlashib, Sanginning yoniga tiz cho‘kdi va unga iliq suv to‘la yog‘och kosani uzatdi.

— "Menga endi 'malikam' deb murojaat qilmang, Jungkook," — Sangin kosani olarkan, yigitning ko‘zlariga tik bo‘ldi.

— "Men uchun taxt ham, saroy ham o‘sha daryo tubida qoldi. Men shunchaki Sanginman."

Jungkook bir muddat jim qoldi, so‘ng uning sovuq qo‘llarini o‘z kaftlari orasiga oldi. Uning nigohida ilk bor imperiya qonunlaridan ustun kelgan cheksiz muhabbat namoyon bo‘ldi.

— "Unday bo‘lsa, Sangin... Men seni bu dunyoning oxirigacha himoya qilaman."

Ammo ularning bu sokin baxti uzoqqa cho‘zilmadi. Kulba tashqarisidan, tun sukunatini buzib, uzoqdan itlarning akillashi va otlarning tuyoq tovushlari eshitila boshladi. Li Kanning ovchilari allaqachon izga tushishgan edi.

Li Kan o‘rmon chetidagi daryo bo‘yida, qo‘lida Jungkookning zirh bo‘lagini ushlagancha turardi. Uning ko‘zlarida g‘alati, telbavor bir olov yonardi.

— "Ular uzoqqa keta olishmadi," — dedi Li Kan o‘zining bosh jallodiga.

— "Jungkook og‘ir yarador. Saroy tabibining aytishicha, mening qilichimga surtilgan zahar o‘z kuchini ko‘rsata boshlagan bo‘lishi kerak. U malikani uzoq ko‘tarib yura olmaydi. Butun ormonni qurshab oling. Kim menga sarkardaning boshini olib kelsa, saroy gvardiyasi qo‘mondoni bo‘ladi!"

Askerlar mash’alalar ko‘tarib, qorong‘u o‘rmon bag‘riga tarqalishdi. Tungi zangori nur ostida mash’alalarning qizg‘ish alinglari huddi o‘rmonni yutib yuborayotgan yirtqichning ko‘zlariga o‘xshardi.

Pov𝑆𝑎𝑛𝑔𝑖𝑛

"Uning nafasi og‘irlashib bormoqda. Olov yonida o‘tirganda sezdim — Li Kanning qilichi shunchaki jarohat yetkazmagan, u zaharli bo‘lgan. Jungkook buni mendan yashirishga urinyapti, ammo uning peshonasidagi sovuq ter va titrayotgan qo‘llari hamma narsani aytib turibdi. Tashqarida esa dushman sharpalari yaqinlashmoqda. Men endi ojiza malika bo‘lishni xohlamayman. Agar uni qutqarish uchun hayotimni tikish kerak bo‘lsa, buni ikkilanmay qilaman."

Pov 𝐽𝑒𝑜𝑛 𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘

"Zahar tomirlarimda oqyapti, buni his qilyapman. Ko‘zlarim xiralashmoqda, lekin men yiqila olmayman. U hozirgina menga 'faqat Sanginman' dedi. Bu so‘zlar menga mingta armiyaga qarshi turish uchun kuch beradi. Kulba atrofida dushman sharpalari ko‘rindi. Qilichimni oxirgi marta qo‘limga olaman. Agar bugun mening oxirgi tunim bo‘lsa, u jang maydonida emas, mening yagona dunyom — Sanginning poyida tugaydi."

Kulba eshigi shiddat bilan tepib ochildi. Ichkariga uchta qurollangan askar bostirib kirdi. Jungkook chaqmoq tezligida o‘rnidan turdi. Uning qilichi zangori oy nurida sovuq porladi. Birinchi va ikkinchi askar uning zarbidan yerga quladi, biroq jarohat va zahar asorati tufayli Jungkook muvozanatni yo‘qotib, tiz cho‘kib qoldi.
Uchinchi askar fursatdan foydalanib, Jungkookning bo‘yniga qilich ko‘targan lahzada, kutilmagan voqea sodir bo‘ldi.

Sangin o‘choq chetidagi og‘ir, yonayotgan yog‘och bo‘lagini olib, bor kuchi bilan askarning boshiga urdi. Askar hushsiz bo‘lib yerga yiqildi. Sanginning oppoq to‘y ko‘ylagiga dushmanning qora qoni sachragan edi. U yig‘lab yuborgudek holatda Jungkookning yoniga tiz cho‘kdi.

— "Ketishimiz kerak, Jungkook! Iltimos, tur..." — dedi u yigitni suyab.

Ular kulbadan chiqib, o‘rmonning quyuq, qorong‘u bag‘riga qarab qochishdi. Ammo bir necha yuz qadamdan so‘ng, daraxtlar orasidan otda kelayotgan va zaharli jilmayib turgan Li Kan paydo bo‘ldi.

— "Qanday ta’sirli manzara," — dedi Li Kan otdan tushib, qilichini yalang‘ochlarkan.

— "Sarkarda va malika... Yoki shunchaki ikki qochoqmi? O‘yin tugadi, Jungkook. Tiz cho‘k va malikani menga topshir!"

Li Kanning zaharli kulgisi o‘rmon sukunatini buzdi. Uning ortidan o‘nlab mash’ala ko‘targan askarlar yetib kelib, Jungkook va Sanginni yarim oy shaklida qurshab olishdi.
Jungkook bor kuchi bilan qilichiga tayanib turishga harakat qilar, ammo tomirlarida oqayotgan qora zahar uning ko‘zlarini xiralashtirib borardi. U yiqilishini bilsa-da, Sanginni ortiga yashirdi.

— "Men tirik ekanman... unga yaqinlasha olmaysan," — pichirladi Jungkook, lablaridan sizib chiqayotgan qonni artib.

Sangin yigitning titrayotgan yelkalariga, uning so‘nayotgan nigohiga qaradi. U tushundi: agar hozir qarshilik ko‘rsatishsa, Jungkook shu yerda halok bo‘ladi. Li Kanga faqat malika kerak, Jungkook esa shunchaki yo‘ldagi g‘ov. Uni qutqarishning yagona yo‘li bor edi.

Sangin Jungkookning ortidan sekin chiqdi va dadil qadamlar bilan Li Kanga yaqinlashdi.

— "To‘xtat buni, Li Kan!" — uning ovozi o‘rmonda aks sado berdi. — "Senga taxt va men kerakman, to‘g‘rimi? Agar hozir unga teginmaslikka va uning ketishiga ruxsat berishga qasamyod qilsang... men sen bilan saroyga qaytaman. Qarshilik ko‘rsatmayman. Sen xohlagan malika bo‘laman."

Jungkook buni eshitib, dahshat ichida qizning ko‘ylagidan tutishga urindi:

— "Yo‘q... Sangin... yo‘q... qilma..."
Li Kan kutilmagan taklifdan hayratda qoldi, so‘ng uning yuzida g‘olibona jilmayish paydo bo‘ldi.

— "Aqlli qaror, malikam. Kelishdik. Sarkardaning joni sening qo‘lingda."

Li Kan Sanginning bilagidan mahkam ushlab, o‘z otiga tomon tortdi. Askerlar Jungkookni yarador va baxtsiz holda yerda qoldirib, ortga qayta boshlashdi. Jungkook yerda yotgancha, Sanginning dushman qo‘lida ketayotganini ko‘rdi. Uning yuragidagi og‘riq tanasidagi zahardan ming chandon kuchliroq edi.

Ular uzoqlashgan sari, osmondagi Zangori oy go‘yo bu adolatsizlikka chiday olmagandek shiddat bilan porlay boshladi. O‘rmon ustidagi zangori nur shunchalik yorqinlashdiki, tun bir lahzada sehrli kunduzga aylandi.
Jungkookning ko‘zlaridan oqqan yosh yerga, Zangori oy nuri tushib turgan tuproqqa tomdi. Shu lahzada tabiat qonunlari to‘xtagandek bo‘ldi.
Zangori nur Jungkookning tanasiga, uning jarohatlariga singib keta boshladi. Tomirlaridagi qora zahar sehrli zangori olov taftida erib, yo‘qoldi. Uning tanasiga mislsiz bir kuch oqib kirdi. Bu shunchaki jismoniy kuch emas, balki Zangori oyning sadoqat va sevgiga bergan qadimiy marhamati edi.
Jungkook ko‘zlarini ochganda, uning qorachiqlari zangori tusda yonayotgan edi. U o‘rnidan turdi. Qilichi endi oddiy po‘lat emas, balki zangori alanga bilan qoplangan ilohiy qurolga aylangandi.

Pov 𝑀𝑎𝑙𝑖𝑘𝑎 𝑆𝑎𝑛𝑔𝑖𝑛 𝑆𝑎𝑟𝑜𝑦 𝑎𝑟𝑎𝑣𝑎𝑠𝑖𝑑𝑎 𝑦𝑜𝑧𝑖𝑙𝑔𝑎𝑛 ketayotgan edi

"Uni qutqardim. Menga beradigan har qanday azobiga chidashga tayyorman, faqat Jungkook yashasa bo‘ldi. Li Kan yonimda o‘tiribdi, uning g‘alaba nashidasi ko‘zlarini ko‘r qilgan. Ammo tashqaridagi zangori nur menga umid beryapti. Men qalbimda uning tirikligini, nafasi rostlanganini his qilyapman. Jungkook... men senga ishonaman."
Pov𝑌𝑜𝑣𝑢𝑧 𝐿𝑖 𝐾𝑎𝑛

"G‘alaba meniki! Malika o‘z oyog‘i bilan menga keldi. Sarkarda esa o‘rmon qa’rida itdek o‘lishini kutib yotibdi. Ammo bu osmon nega bunchalik g‘alati porlayapti? Zangori nur terimni kuydirayotgandek tuyulmoqda. Bu shunchaki tabiat hodisasimi yoki nimadir yaqinlashyaptimi? Baribir, mening qo‘limda butun boshli armiya bor, hech narsadan qo‘rqmayman."

Pov𝐽𝑒𝑜𝑛 𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘

"Men endi og‘riqni his qilmayapman. Tomirlarimda muz emas, balki qasos va muhabbat alolovi yonmoqda. Oy menga o‘z kuchini berdi. Li Kan, sen osmonni aldashing mumkin edi, lekin mening sevgimni yengolmaysan. Men kelyapman. Sening armiyang ham, saroying ham bu kecha mening zangori olovimda kul bo‘ladi."

Li Kanning karvoni o‘rmondan chiqib, saroyga olib boradigan baland tosh ko‘prikka yetganda, otlar kutilmaganda vahima ichida ortga tana boshladi.
Ko‘prikning qoq markazida, zangori oy nuri ostida bir sharp turardi. Uning qo‘lidagi qilichdan zangori uchqunlar sachrab turardi. Bu — qayta tug‘ilgan Sarkarda Jungkook edi.
Li Kan ko‘zlariga ishona olmay, otidan tushdi:

— "Bu... bu qanday sodir bo‘ldi? Sen o‘lishing kerak edi!"

Jungkook qilichini Li Kanga qaratdi. Uning ovozi momoqaldiroqdek yangradi:

— "O‘yin tugadi, Li Kan. Malikani qo‘yib yubor."