April 6

𝑍𝑎𝑛𝑔𝑜𝑟𝑖 𝑘𝑒𝑐ℎ𝑎 𝑠𝑎𝑑𝑜𝑠𝑖

Vazirlar yaqinlashgan sari Jungkook soyalar orasiga yashirindi. Uning yuragi hali ham Sanginning "Zangori oy chiqmasa, o‘lgan kunim bo‘ladi" degan so‘zlaridan bezovta edi. U uzoqdan Vazir Kimning g‘ururli qiyofasini va yonidagi yosh, ammo sovuq nigohli yigitni ko‘rdi. Bu Sanginning unashtirilgan yigiti — dushman oila vakili, hissiz va shafqatsizligi bilan tanilgan Li Kan edi.

— "To‘y 21-iyun kuni bo‘ladi," — dedi Vazir Kim qat’iyat bilan. — "Zangori oy kechasida ikki oila birlashadi va bizning qudratimizga hech kim qarshi chiqolmaydi."

Jungkookning qo‘llari musht bo‘lib tugildi. 21-iyun... Sanginning tug‘ilgan kuni va u kutayotgan Zangori oy kechasi. Bu qiz uchun baxt emas, balki zanjirband etilish kuni edi.

Shu payt Vazir va Li Kan Jungkook ni kõrishdi va u tomonga kelishdi. Jungkook tazim qildi.

Jungkook: hayrli kun vazir kim

Vazir: hayrli kun sarkarda Jeon. Bir õzingiz bu yerda nima qilyapsz?

Jungkook:nima ham qilardim janob, õzim shug'illanyapamanda!

Vazir: ha yaxshi. Tanishing Li Kan mening bõlajak kuyovim.

Jungkook Li Kan ga boshdan oyoq razm soldi va shunchaki boshini silkitib qõydi. U ich ichidan ham Sanginga Ichi achiyatgandi ham rashk qilayotgandi.

Jungkook:tanishganimdan xursandman Li.Kan.

Jungkook uni ismini donalab aytdi lkn janob demadi. Bundan vaxir hayratda qolsa ham indamadi.

Vazir:biz boraqolaylik. Sizga omad sarkarda Jeon.

Va ular ketishdi. Jungkook ularning orqasidan jaxl qilgancha qolaverdi. Unga Li Kanning kibrli,obrõparast,sovuq muomalasi va yuraksiz ekanligini yaqqol bildi va Sanginning otasi uni majburlayotgani va Li Kan uni hech qachon baxtli qila olmasligini bilib jahli chiqayotgandi. Ha u bir nima qilishi kk, albatta bir niam qilishi kk,qizni dõzaxdan qutqarishi kk.

Maxfiy Maktub

Ertasi kuni Sangin bog‘ga kelganida, har doimgidan ko‘ra mahzunroq edi. Uning qadamlari og‘ir, nigohlari esa yerda. Jungkook uni ko‘rishi bilan qilichni chetga surib, unga yaqinlashdi.
— "Malikam, kecha eshitganlarim rostmi?" — deb so‘radi u, ovozidagi xavotirni yashirolmay.
Sangin unga qaradi, ko‘zlarida yosh qalqirdi:

— "Otam o‘z siyosiy o‘yinlari uchun meni qurbon qilyapti, Jungkook. Men Li Kanning rafiqasi bo‘lishdan ko‘ra, shu tuproq ostida yotishni afzal ko‘raman."

Jungkook bir muddat jim qoldi. Keyin esa belidagi kumushrang pichoqni chiqarib, uni Sanginga uzatdi.

— "Men sizga qilichni himoyalanish uchun o‘rgatdim, taslim bo‘lish uchun emas. 21-iyungacha hali vaqt bor. Zangori oy chiqishidan oldin, biz o‘z taqdirimizni o‘zgartiramiz."

Jungkook:bu pichoq sizga,har qanday holatda õzingizni himoya qilishingiz un

Sangin:raxmat

Jungkook: raxmatning hojati yõq. Men sizni qutqarishni õz bõynimga oldim.

Sangin:nega

Jungkook:chunki men sizni.....

U tõxtalib qoldi va qizning moviy kõzlariga tik qaradi va ular uchun ysna dunyo tõxtaganday bõlib qoldi. Qiz ham qilt etmasdan yigitni tunday qora kõzlarida õzini yõqotib qõygandi. Hozirgi vaqtga aytganlariday faqat kõzlar gapirardi.

Qalblar Isyoni

Shu kundan boshlab mashg‘ulotlar yanada qattiqroq tus oldi. Sangin endi nafaqat qilich ushlashni, balki dushman ko‘zidan qanday qochishni ham o‘rgana boshladi. Bir kuni kechqurun, yomg‘ir savalab turgan mahalda, Jungkook unga kitobni qaytardi.

— "O‘qib bo‘ldingizmi?" — so‘radi Sangin hayron bo‘lib.

— "Ha. Undagi qahramonlar oxirida birga bo‘lolmasliklari mumkin, lekin ular bir-birlarini oxirgi nafasigacha sevishgan. Men esa..." — Jungkook to‘xtab qoldi, Sanginning yomg‘irdan nam bo‘lgan yuziga qo‘l tekkizdi. — "Men sizning hayotingiz tragediya bilan tugashiga yo‘l qo‘ymayman."

Sangin uning kaftiga boshini qo‘ydi:

— "Agar Zangori oy chiqmasa-chi?"
Jungkook muloyim jilmaydi:

— "Unda men osmonni o‘zim zangori rangga bo‘yayman, faqat siz yashasangiz bas."