April 21

𝑍𝑎𝑛𝑔𝑜𝑟𝑖 𝑘𝑒𝑐ℎ𝑎 𝑠𝑎𝑑𝑜𝑠𝑖

2 oydan sõng

Zulmatdagi va'da

Saroy bog‘ining chekka qismida, eski tut daraxti soyasida Jungkook kutib turardi. Atrofda xizmatkorlarning yugur-yuguri, bayramona bezaklar osilayotganining shovqini eshitilsa-da, bu yerda sukunat hukmron. Nihoyat, uzoqdan yengil qadam tovushlari eshitildi. Sangin ehtiyotkorlik bilan, qora yopinchiqqa o‘ranib kelardi.

Jungkook uning qiyofasini ko‘rishi bilan shaxdam qadamlar bilan unga yaqinlashdi va tirsagidan ushlab, daraxt panasiga tortdi.

— "Sizga bu yerga kelish xavfli ekanligini aytgandim, malikam," — dedi Jungkook past, ammo qat’iy ovozda. Uning nigohi atrofni sergaklik bilan kuzatardi.

Sangin nafasini rostlab, yopinchiqni bir oz tushirdi. Uning yuzlari toliqqan, ko‘zlari ostida uyqusizlik izlari bor edi.

— "Sizni ko‘rmasam, bu devorlar meni ezib qo‘yadi, Jungkook. Bugun Li Kan saroyga sovg‘alar bilan keldi... U menga marjon taqayotganida, go‘yo bo‘ynimga zanjir solayotgandek tuyuldi."

Jungkookning mushtlari tugildi, qo‘llaridagi tomirlar bo‘rtib chiqdi.

— "U sizga tegindimi?" — so‘radi u tishlari orasidan.

Sangin boshini chayqadi va Jungkookning qo‘llaridan tutdi. Qizning barmoqlari muzdek edi.

— "Yo‘q, shunchaki... u juda sovuq. Menga qarab jilmayadi, lekin ko‘zlarida o‘limni ko‘raman. Jungkook, u bizning oramizda bir gap borligini sezayotgandek. U bugun sening ismingni tilga oldi."

Jungkook bir oz tinchlanib, qizning qo‘llarini o‘z kaftlari orasiga oldi va ularni isitishga harakat qilib, og‘zi bilan pufladi.

— "Nima dedi?"

— "Sarkarda Jeon juda qobiliyatli, lekin haddan tashqari sadoqatli, bu uning boshiga yetishi mumkin dedi," — Sanginning ovozi titrab ketdi. — "Jungkook, balki qochishimiz kerakdir? Hozir, shu kecha!"

Jungkook to‘xtadi va qizning moviy ko‘zlariga chuqur tikildi. U bir necha soniya jim qoldi, so‘ng Sanginning yuzini kaftlari orasiga oldi. Uning bosh barmog‘i qizning yuzini ohista siladi.

— "Hozir qochsak, saroy darvozasidan chiqmasimizdan bizni tutishadi. Men sizni shunchaki olib qochmoqchi emasman, Sangin. Men sizni butunlay ozod qilmoqchiman. 21-iyun oqshomida, hamma Zangori oyga termulganida, saroyning janubiy darvozasi ochiq bo‘ladi. Men o‘z odamlarimni tayyorlab qo‘ydim."

Sangin uning ko‘ksiga boshini qo‘ydi. Jungkookning yuragi tez urayotganini eshitib, u bir oz xotirjam tortdi.

— "Agar o‘sha kecha Zangori oy chiqmasa-chi? Afsonada aytilishicha, u faqat haqiqiy qurbonlik evaziga chiqadi..."

Jungkook uning iyagidan ko‘tarib, o‘ziga qaratdi. Uning yuzida mahzun, ammo mag‘rur jilva paydo bo‘ldi.

— "Afsonalarga ishonmang. Agar osmon bizga rangini bermasa, men bu dunyoni olovga beraman. Siz faqat menga ishoning. Tushundingizmi?"

Sangin ohista bosh irg‘adi. Shu payt uzoqdan qo‘riqchilarning mash'alalari ko‘rindi.

— "Ketishingiz kerak," — pichirladi Jungkook, qizning peshonasidan ohista o‘pib.

Sangin orqasiga qaray-qaray zulmatga singib ketdi. Jungkook esa u ketgan tomonga qarab, uzoq vaqt qimirlamay turdi. So‘ng belidagi qilichining dastasini qattiq qisdi.

Sarkarda Jeon Jungkook

Uchrashuvdan so‘ng kazarmaga qaytgan. U shamni yoqmadi, faqat oy nuri tushib turgan deraza yonida o‘tiribdi. Qo‘lida o‘sha uchrashuvda Sanginning sochidan tushib qolgan kichik bir lenta. U qog‘ozga juda tez va shiddatli yozadi, ba'zan qalam uchi qog‘ozni yirtib yuboradi.

𝑆𝑎𝑟𝑘𝑎𝑟𝑑𝑎 𝐽𝑒𝑜𝑛 𝐽𝑢𝑛𝑔𝑘𝑜𝑜𝑘 𝑘𝑢𝑛𝑑𝑎𝑙𝑖𝑔𝑖𝑑𝑎𝑛

13-𝑖𝑦𝑢𝑛. 𝑇𝑢𝑛

"Uning qo‘llari muzdek edi... Men bu qo‘llarni dunyoning barcha boyliklariga alishmayman. Li Kan unga tegishga jur'at qildi. Bu uning so‘nggi xatosi bo‘ladi. 21-iyun — yo u o‘ladi, yo men. Boshqa yo‘l yo‘q."

Malika Sangin

O‘z xonasiga qaytib, eshikni ichkaridan qulflagan. Nafasi hali ham bo‘g‘zida. U ko‘zguga qarab, Jungkook o‘pgan joyini — peshonasini qo‘li bilan ushlab turibdi.Cho‘kkalab o‘tirgan holda, kichik stulcha ustida yozmoqda. Uning yonida to‘y uchun tayyorlangan oq ko‘ylak turibdi — u bu ko‘ylakka xuddi kafanga qaragandek nafrat bilan qaraydi.

𝑀𝑎𝑙𝑖𝑘𝑎 𝑆𝑎𝑛𝑔𝑖𝑛 𝑘𝑢𝑛𝑑𝑎𝑙𝑖𝑔𝑖𝑑𝑎𝑛

"Jungkookning yurak urishini eshitdim. Uning har bir so‘zi menga hayot bag‘ishlaydi. Ammo qalbimda bir xavotir bor — u 'olovga beraman' deganda nimani nazarda tutdi? U men uchun o‘zini olovga otishidan qo‘rqaman."*

Li Kan

Vazir Kim bilan suhbatdan keyin o‘zining qorong‘u xonasida. Stol ustida saroyning xaritasi chizilgan. U xaritadagi Jungkook nazorat qiladigan hududlarni qora rang bilan belgilab chiqmoqda.Sekin, har bir harfga e'tibor berib, juda sovuqqonlik bilan yozadi. U yozayotib, zaharli jilmayib qo‘yadi.

𝑌𝑜𝑣𝑢𝑧 𝐿𝑖 𝐾𝑎𝑛 𝑘𝑢𝑛𝑑𝑎𝑙𝑖𝑔𝑖𝑑𝑎𝑛

"Sarkarda va Malika... Bog‘dagi bugungi maxfiy uchrashuv ularning so‘nggisi bo‘lishi mumkinligini hali bilishmaydi. Vazir Kim o‘z qizini sevadi deb o‘ylashadi, lekin Vazir faqat taxtni sevadi. Men esa ularning ikkisini ham chohga itarish uchun keldim. 21-iyun — qonli oy kechasi bo‘ladi, zangori ema𝑠.

𝑇𝑜 𝑏𝑒 𝑐𝑜𝑛𝑡𝑖𝑛𝑢𝑒𝑑......