March 24, 2024

Ijtimoiy-tarmoqlarning yoshlar hayotiga salbiy ta'siri.

Fokusni jamlash qiyinlashadi

2023-yilda o'rtacha hisobda, har bir foydalanuvchi kuniga 95daqiqa Tiktok-da vaqt o'tkazgan hisoblanadi. Lekin o'rtacha hisob bu, ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilarning barchasini vaqti qo'shilib, teng o'rtasidan bo'lib hisoblangani. Shuning uchun bu vaqt kam ko'rinadi. Lekin yana bir tajribada aniqlanishicha, Amerikadagi yoshlarning har 4tasidan 1tasi Tiktok-da kuniga 2-3soat vaqt o'tkazadi. 2-3soat har kuni til o'rganishga sarflansa, 1yilda yaxshi natijaga erishish mumkin. Lekin bu 2-3 soat, boshqa soatlarga ham ta'sir qilmay qo'ymaydi. 2-3soat to'xtamasdan bir vaqtda o'tqizilmaydi. har 30daqiqa - 1soatlarda TikTok yoki boshqa ijtimoiy-tarmoqlardan foydalanish orqali, fokusni jamlash qiyinlashadi.

O'ziga bo'lgan ishonch va hayotdan qoniqish hissi tushib ketadi.

Ijtimoiy-tarmoqlarda blogerlar hayotlarini ideallashtirib ko'rsatishadi, shu orqali oddiy foydalanuvchilarga hayotlari qiziqarli bo'lmay tuyuladi. Ijtimoiy-tarmoqda ko'p vaqt o'tqazish orqali esa, hayotlari yanada zerikarli bo'ladi. Ijtimoiy-tarmoqdagi "muvaffaqiyatga erishgan" tengdoshlarini kuzatish, o'qish, o'z ustida ishlashdan qiziqroq bo'ladi va ular ko'p vaqtlarini ijtimoiy tarmoqda o'tqizishadi. Ijtimoiy-tarmoqlardagi qisqa videolarning juda yomon tomoni, lentani scroll qilishdan qachon to'xtash aniq emas, yoki internetdan foydalanish uchun migabayt tugaguncha yoki telefon batareykasi tugaguncha foydalanishadi.

Bu holat ham chet elda, ham o'zimizda kuzatilyapti. O'zimizning yoshlarni bu platformalardan qutqarib, ularni chet ellik tengdoshlaridan rivojlanish marafonida o'tib ketishlari uchun, biz ham ularga yordam berishimiz kerak.