April 13

𝗙𝗢𝗥𝗕𝗜𝗗𝗗𝗘𝗡 𝗙𝗥𝗨𝗜𝗧 | 𝗞𝗦𝗝

𝗖𝗛𝗔𝗣𝗧𝗘𝗥 𝗘𝗜𝗚𝗛𝗧 | 𝟬𝟴

Eshik Arkan orqasida yopilishi bilan Jen va Jake xonaga bostirib kirishdi, hatto bir-birlarini ustilariga yiqilib ketay deyishdi.

-Xo'sh, nima?! Nima dedi? Nega u bunday g'alabaga erishgandek mag'rur xonadan chiqdi? deb g'azablandi Jen.

Eve otasining stulida boshini qo'llari bilan ushlab o'tirdi.

-Bolalar, bu falokat... U aytdiki o'sha chol uch yildan beri bu kompaniyada qandaydir "investor" bo'lib kelayotgan ekan va agar u bosh homiylikni to'xtatsa kompaniya kasotga uchrarmish.

-Investor?

Jake qovog'ini soldi va tez telefonini chiqardi.

—Xo'p, Google'da qidirib ko'ramiz...

Investitsiyalar...

Eve va Jen uning ustida qotib qolishdi va ekranga qarashdi.

— Qaranglar, bu yerda shunday deyilgan: 'Investor - bu foyda olish uchun kapital qo'yadigan shaxs deb o'qidi Jake.

— Va eng qiziqarli qismi: 'Katta investitsiyalar tugatilishi kompaniya defolt va bankrotlikka uchrashiga olib keladi

Eve dahshatga to'la ko'zlari bilan boshini ko'tardi

— Standartmi?

— oldin o''tgan oy men bilan sodir bo'lgan voqeadekmi, limitdan oshib ketganim uchun kartam bloklanganidagi?

— Bundan ham battarroq Jen ekranga ishora qildi.

— Bu sening ofising, o'sha latta suniling va hatto bu charm divan ham Arkan kiritgan sarmoyaning yarminiham to'lashga yetmaydi va bu degani butun kompaniya uniki. U seni sotib olishga qodir.

— Nima?!

Eve g'azab bilan sakrab turdi va stol oyog'ini tepib

— Bu qari tulki!” dedi.

— Demak, u bu vaqt men bu yerda bo'lmagan vaqtim kompaniyaga to'liq homiylik qilgan.

Jake o'qishda davom etdi

— Xo'sh, sening shartnomang haqida ham! Agar amaliyot muddati bir tomonla to'xtatilsa bu jarima to'lashni anglatadi...

Jake hushtak chaldi.

— Eve, bu yerda juda ko'p nollar bor. Sen mashinangni, balki uyingni ham sotishing kerak bo'ladi va ikkala buyraklaringni ham. Va qo'shimchasiga Jenning buyraklarini ham.

— Hey! Buyraklarimga tegma! Jenning jahli chiqdi.

Eve sochlarini changalladi

— Demak, men hozir qavasdamanmi?! qari taka onam bilan bir joyda uxlab zavq olsayu men uning qo'lida 3 oy ishlashim kerakmi?!

— Demak, Jake hamdardlik bilan xo‘rsindi.

— Endi sen rasman direktor Arkanning “chiroq quli”san

Eve jim bo'lib qoldi. Uning nigohi asta-sekin vahimadan ayyorlikka aylandi. Qiz avval oyog'idagi poyabzaliga, keyin soatiga qaradi.

— Xo'p, u mening "oddiy kiyimda" kelishimni xohlayaptimi? Mayli. Men u xohlagandek boraman. Lekin sizlarga va'da beraman... uch oydan keyin o'sha chol menga qo'shimcha bir million pul to'lashi haqida iltimos qilib, ishdan bo'shashim uchun yolvoradi!

—Eve yana biror rejang bormi? ehtiyotkorlik bilan so'radi Jen.

Eve keskin nafas chiqarib, ko'zlarini deraza tomon qaratdi. So'ng oq ko'ylagining yoqasini to'g'rilab, do'stlariga qaradi.

— Yetarli tamom, dedi u qat'iy ohangda.

—Yana bir variantim bor. Sizlar ikkingiz shu yerda qoling. Sizlar bu ofisda mening ko'zim va qulog'im bo'lasizlar. Sunil juda sodda, men uni tezda barmoqlarimga o'ray olaman. Va bilganingizdek Arkan mening "amaliyotim" mavzusida juda qattiq turib oldi, ya'ni ikkalasini ham bir vaqtning o'zida boshqarishni o'rganishim kerak bo'ladi. Biri menga ma'lumot bersa ikkinchisi resurslar bilan ta'minlaydi.

Shu payt eshik jimgina, ammo ishonchli tarzda taqilladi. Javob kutmasdan, Jisuning uzoq yillik "do'sti" Romi pul masalasida doim yonida yuradigan inson -ofisga kirib keldi.

— Voy, Eve-a! Qanday uchrashuv bo'ldi deb yolg'on jilmayib, ofisga qaradi.

—Men Jisuni ko'rishga keldim,va sen... Men shunchaki hayratdaman. Seni bu stulda ko'rishni kutmagan edim

Jen va Jake darhol qaddlarini rostlab, jiddiy bo'lib olishdi, stol ustidagi muhim rasmlarni o'rganayotgandek o'zlarini ko'rsatishdi.

— Kir, dedi Eve muzdek ohangda, hatto unga qaramasdan ham.

—Kelganinga yarasha ofiska kirmay ketma.

Romi poshnalarini chertib, ofisga chuqurroq kirib bordi.

—Jisu seni ishga juda masulyat bilan kiriahganingni aytdi... Va ma'lum bo'lishicha, sen kompaniyani boshqarishga qaror qilipsan? Bu juda... kutilmagan holat bo'ldi biz uchun.

Eve sekin stulda o'girilib, unga tikilib qoldi. Uning nigohi shunchalik og'ir ediki, Romi beixtiyor jim bo'lib qoldi.

—Seni hali ko'p narsalar hayratda qoldiradi, Romi. Ishon, bu shunchaki shouning boshlanishi. Endi, agar tekshiruvingni tugatgan bo'lsang, ketishing mumkin.
Men vaqtimni behuda gaplarga sarflamayman!

Romi chalkashlikdan ko'zlarini pirpiratdi, u “kichik Park”ning ohangiga ko'nikmaganligi aniq edi.

—Xo'sh... albatta. Men seni bezovta qilmayman... u eshik tomon orqaga qaytdi. Men Onanga sen... ish kayfiyatida ekanligingni aytaman.

Eshik uning orqasidan yopilishi bilan Eve sakrab turdi

—Ko'rdingizmi? U allaqachon xabar berish uchun qanotlarsiz uchib ketdi. Jen Jake ishga kirishinglar! Men esa Arkanning oldiga boray cholim meni kutib qolmasin!

Jen Evega hamdardlik bilan qaradi va boshini chayqadi

— Ehtiyot bo'l men bir narsani o'yladim.. o'sha chol seni nafaqat hisobotlar yozishga majbur qiladi, balki bugungi ishing uchun butun ofisi va tungi klubini yalab tozalatadi.

Eve bir soniya qotib qoldi. Yuragida u Jen haq ekanligini bilardi ARKAN jamoatchilik oldida sharmanda bo'lishni va ishdan qochib ketishni kechirmaydiganlardan edi. Lekin buni ovoz chiqarib tan olishi kerakmi?

Hech qachon!

— Shunchaki urinib ko'rsin, Eve qattiq jilmaydi, garchi qorni yoqimsiz burishgan bo'lsa ham.

— Demak, reja shunday: men u bilan qullik kunimni tugatishim bilan bu yerga uchib qaytaman. Hech qayerga borishni hatto o'ylamang! Qirolicha urushda bo'lganida, taxt va vazirlar mahkamasi sizga ishonib topshirilgan.

Uni ko'z qorachig'ingizdek asrang!

Arkana idorasi.

Arkan ulkan charm kreslosida o'tirib, monitordagi hisobotni diqqat bilan o'rganib chiqdi. Eshik jimgina ochildi va Xoseok qo'lida planshet bilan ichkariga kirdi.

— Xo'p, Jin mana bugungi ishlar ro'yxati, dedi Xoseok B bandlarini varaqlab.

— Soat o'n birda aktsiyadorlar bilan uchrashuv, soat ikkida Incheondagi yangi binoni tekshirish va... ha yana shuni ta'kidlash kerakki Eve bugun ham ishga kelmagan.

Arkan sekin qalamini qo'ydi va uni barmoqlari orasida aylantira boshladi, nigohi og'irlashdi.

—Unga eng chang va eng haroba arxivlarni tayyorla. Bu uning ishdan qolgan har bir soati uchun jazo bo'lsin.

Xoseok jilmayishdan o'zini tiya olmadi

—Arkan, uning qaytib kelishiga ishonasanmi? Esingda bo'lsa, u oxirgi marta ketganida hammamizni lanatlab haqoratlab ketgandi.

Arkan o'rnidan turdi, qo'llarini shimining cho'ntagiga sekin solib, shaharga qaragan panoramali derazaga yaqinlashdi.

— U qaytib keladi. Eve hali bola nima qilayotganini ham tushunmayapti. Agar uni yolg'iz qoldirsam, u bir necha kun ichida otasining butun merosini parchalab tashlaydi.

—Biz uning qaytishi tartibsizliklarni keltirib chiqarishini allaqachon bilardik. Balki uni Amerikaga qayta yuborishimiz kerakdir?

— Bu imkonsiz, deb qichqirdi Arkan.

—Muhim hujjatlardagi imzolarisiz men unga yordam bera olmayman.

Shu payt qabulxonada tanish shovqin eshitildi. Arkan ko'zining burchagi bilan eshik oldida harakatni payqab, zaifgina jilmaydi.

—U keldi... dedi sekin.

Eshik keskin, deyarli istehzoli taqilladi va ochildi. Eve o'sha juda ham rasmiyyyy kiyimlarini kiyib ichkariga kirdi.

Kalta shortik, oq ko'ylak, lablarida xushchaqchaq tabassum. U qo'lida papkani mahkam ushlab olgan edi

—Men shu yerdaman! deb baland ovozda e'lon qildi Eve.

—Va e'tibor bergan bo'lsangiz men eshikni taqillatdim! Ba'zilardan farqli o'laroq..

Arkan sekin o'girilib, unga muzdek nigoh tashladi.

—Xo'sh, nima bo'ldi? Imperiyangni yolg'iz saqlab qolish haqidagi fikringni o'zgartirdingmi? Biznes shunchaki o'yin emasligini angladingmi?

Eve ichidan jilmaydi. Jenning Arkansiz tilanchi bo'lib qolishi haqidagi so'zlari uning xayolida aks-sado berardi.

Vaziyatni saqlab qolish muhim edi

Xoseok, ularning orasidagi uchqunlarni payqab,
tez yo'taldi

—Men... hujjatlarni tekshirib ko'raman, deb tezda orqaga chekindi.

Eve, Arkan bilan yolg'iz qoldi.

Eve taktikani o'zgartirishga qaror qildi. U asta-sekin stolga yaqinlashdi va Arkanning oldida, uning chetiga beparvolik bilan suyandi. Qiz oyoqlarini chalishtirdi, shunda shortining etagi xavfli tarzda ko'tarilib uning sonlarini aniq ko'rsatib turardi

—Bunchalik qattiqqo'l bo'lmang, dadajon. Bu ohang sizga umuman yarashmaydi.

Eve unga engashib pichirladi.

Qiz qo'lini uzatdi va sekin
Arkanning kurtkasini yoqasini to'g'rilashni boshladi.

Arkan bu holatdan qotib qoldi. U Evening atirini hidladi, erkak uning ho'l lablarini juda yaqin birinchi marta ko'rdi. Qo'li beixtiyor mushtini qisdi va tanasida keskinlik to'lqini paydo bo'ldi, u bu reaksiyasini qattiq yuzi orqasiga yashirishga harakat qildi.

—Sen faqat jiddiylik bilan o'zingga kela oladigan qizaloqsan.deb ming'irladi Arkan ko'zlarini uzmay.

Eve jimgina kulib yubordi, iliq nafasi uni qamrab oldi.

—Hmm... unda bu qizaloq juda tajribasiz va seni Jisu bilan ko'rib juda... xafa ekanligini hisobga olgin. Evening barmoqlari arkanning kurtkasining yoqasidan sirg'alib o'tishda davom etdi. Arkan uning xotirjamligi buzilganini his qildi. U to'satdan Evening qo'lidan ushlab, bu o'yinini to'xtatdi.

—Yetar... -Arkanning ovozi bo'g'ilib qoldi.

Erkak xirillab stuldan to'satdan o'rnidan turdi, oynaga yaqinlashdi va o'zini qo'lga olishga urinib, galstukini to'g'riladi.

—Xinanga bor va ishla.

Eve taslim bo'lmadi. U yana orqasidan erkakning aksiga qarab yaqinlashdi.

Qizning o'sha tulki ko'zlari

—Sen mening investorim bo'lishdan to'xtamaysan, shundaymi? deb achinarli ohangda mushukday cho'zdi.

Arkan orqasiga o'girilib, nigohini qizga qaratdi

—Ko'ramiz. Bu haqda yana o'ylab ko'raman. So'ragan hujjatlarim qayerda?

—Ofisingdan olib keldingmi?

Arkan nafislik bilan divanga yaqinlashdi va o'tirdi. Eve kelib, uning yoniga o'tirdi.

Qiz darhol uning yelkasiga suyanib papkani ochdi.

- Mana, "dadajon", qarang... Eng muhim qog'ozlar.

Arkan qoshini asta-sekin ko'tarib, birinchi sahifani oldi. U ikkinchi, uchinchi... sahifalarni varaqladi.

—Eve... bu nima? deb so'radi u shubhali va jim ovozda.

—Nima demoqchisan?
Hujjatlar!

Eve o'zining aqliga nihoyatda ishongan ko'rinardi.

Arkan unga katta shriftda yozilgan qog'oz bilan o'girildi "Xodimlarning tushlik taqsimoti: 40 porsiya Kimchi makaron, bepul qo'shimcha guruch."

—Xo'sh, bu sening "strategik tiziming"mi? Xodimlarning tushlik tanaffusi xarajatlari? Arkan uning ko'zlariga tikilib qaradi.

—Sen menga katta harflar bilan yozilgan jadvallar o'rniga oshxona kvitansiyalarini olib keldingmi? Va

Eve yuzini saqlab qolishga urinib, kipriklarini pirpiratdi:

—Xo'sh... nimani kutganding? Yaxshi ovqatlangan ishchi muvaffaqiyat kaliti! Bu biznesning poydevori, Arkan! O'zing aytganingdek biz pastdan qadam va qadam boshlashimiz kerak!

Arkan vaziyatning bema'niligiga kulib yubormaslikka harakat qilib, ko'zlarini qo'li bilan yumdi.

- Voy Xudoyim... Umidsiz ekansan. Yillik hisobot o'rniga menyu olib kelding. Har bir taomdagi kaloriyalarni sanashga majbur qilishimdan oldin bu yerdan ket.

Eve lablarini qisdi va o'zini erkakning yonida yanada yaqinroq bosdi

—Voy, mayli. Hech bo'lmasa endi ochlikdan o'lmayotganimizni bilasan. Sen menga o'rgatishga va'da berding, shunday emasmi? Xo'sh, davom et va menga o'rgat.

Arkan unga bir necha soniya tikilib qoldi va ofis shunchalik jim bo'lib qoldiki, faqat konditsionerning havo chiqarishi eshitildi. U asta-sekin tushlik kvitansiyalari solingan papkani chetga qo'ydi.

— Agar Amerikada uch yil oʻqish senga moliyaviy hisobot va oshxona menyusi oʻrtasidagi farqni oʻrgatmagan boʻlsa, unda men senga qanday yordam bera olaman? Arkan charchagan holda burnini ishqaladi.

— Sening taʼliming shunchaki otangning behuda sarflangan puli.

Eve uncha ham xijolat bo'lmadi. U ko'ylagini to'g'rilab, yelkasini Arkanning ko'ziga ataylab namoyish qildi va uning ko'zlariga tikilib qoldi.

—Voy, ishon, menga "yordam" bera oladigan juda ko'p narsalar bor... Qayerdan boshlashni ham bilmayman. Arkan unga to'satdan o'girilib qaradi, nigohi chinakam qattiqlashdi.

—Amerikada uyat tuyg'uyingni ham qoldirib kelganmisan? U yerda senga dars berishmagan, ustozing bo'lgan kattalar bilan noz-karashma qilishni aytmasa ham bo'ladi.

Eve shunchaki universitetdagi zerikarli ma'ruzani tinglayotgandek, jahl bilan ko'zlarini yumdi.

—Yo'q... Ular agar odamlar o'rtasida elektr bo'lsa, pasportdagi raqamlar shunchaki zerikarli statistika deyishardi

Arkan to'satdan divandan turib, uzoqlashdi. Uning jag'i qisilgan edi.

—Bemani gaplarni gapirma. Qog'ozda va omma oldida men sening o'gay otang ekanligimni, qonuniy vasiying ekanligimni unutma.

Eve uning orqasidan sakrab turdi, yuzi g'azabdan burishib ketdi. U Arkanga shunchalik yaqinlashdiki, ko'kragi deyarli pidjagiga tegib ketdi.

—Balki ma'ruza qilishni to'xtatib, biror narsa o'rgatishni boshlashing kerakdir?! deb og'ir nafas olib, kinoya qildi u.

— Va esingda bo'lsin: men seni hech qachon "o'gay ota" yoki "ota" sifatida qabul qilmaganman va qabul qilmayman ham.

Hech qachon.

Arkan qotib qoldi, Evening g'azablangan yuzini diqqat bilan o'rganib chiqdi. Uning ovozi past va xavfli edi.

—Va bunday qilishingning sababi nimada?

Eve to'satdan jim bo'lib qoldi. U oldinga bir qadam tashladi, Arkanni biroz orqaga suyantirdi va sekin erkakning yuziga yaqinlashdi. Uning ovozi har qanday odamning umurtqasini titratadigan shahvoniy pichirlashga aylandi.

—Chunki... men seni yaxshi ko'raman. Erkak sifatida. OTA sifatida emas.

Arkan qotib qoldi. Bu tan olish u duch kelgan har qanday moliyaviy inqirozdan ham qattiqroq ta'sir qildi. Ko'zlari katta-katta ochildi va stulning suyanchig'iga yotgan qo'li beixtiyor qisilib, qimmatbaho charmni ezdi. U g'azab, isyonni kutgan edi ammo bu to'g'ridan-to'g'ri, qurolsizlantiruvchi hujumga duch keldi.

Arkan

Eve