March 12

FORBIDDEN FRUIT || KSJ

CHAPTER ONE

"Ba'zi mevalar taqiqlangan bo'ladi...ammo ular eng shirinidir!"

Amerika.
“Obsession” tungi klubi | Soat: 00:13

Og‘ir bas tovushlari devorlarni larzaga keltirardi. Park Eve nafasini rostlashga urinib tor yo‘lakning sovuq devoriga suyandi. Bundan atigi o‘n daqiqa avval u raqs maydonchasida tanishgan notanish yigit bilan birga edi. Hozir esa yigit uning bo‘ynidan ehtiros bilan o‘par, nafasi esa yuziga olov kabi urilardi.

Yigitning qo‘li pastga sirg‘alib tushgan zahoti Eve keskin harakat bilan uning bilagidan ushlab qoldi.

— Yo‘q! To‘xta! Evening ovozi pichoqdek keskin edi.

Yigit og‘ir nafas olib bir qadam ortga chekindi.

— Nima bo‘ldi?

Eve unga sovuq va nafrat aralash qaradi. Uning qarshisidagi insonning hech qanday joni va ruhi yo'q, shunchaki navbatdagi jism turgandek his qilardi.

— Senda o‘sha narsa yo‘q… dedi u qo‘li bilan havoda noaniq ishora qilib.

— Nima “o‘sha narsa”, Eve? yigit hayronlik bilan so‘radi.

Yigit shok holatida qotib qoldi.

Eve ipak ko‘ylagining yoqasini ohista to‘g‘irladi va unga muzdek nigoh bilan qaradi.

— O‘sha uchqun… ehtiros, xarizma...hech biri senda yo'q. Sen u emassan. Qisqasi, ichimdagi olovni benzin kabi guvullata olmading hatto “jiz” ham etmadi tushundingmi? Sen bo‘shsan.

Yigitni hayrat va anglashilmovchilikda qoldirib, Eve zal tomon qarab yurdi. Jen va Jake ulkan stol atrofida qimmatbaho ichimliklar qurshovida o‘tirishardi. Dugonasini ko‘rgan Jen miyig‘ida kulib qo‘ydi.

— Xo‘sh, nima bo‘ldi? Olti soniya? Eve bu sening eng yomon natijang!

Ikkalasi baravar kulib yuborishdi.

Eve divanga o‘tirib, qadahni bir ko‘tarishda bo‘shatdi.

— Hatto olti soniyaga ham bormadi… Undan jirkanch hid kelardi. Juda jirkanch.

Shu payt Evening telefoni vibratsiya berdi. Ekranda qo‘ng‘iroq qilayotgan ism paydo bo‘ldi.

«Park Jisu — Ilon»

Xabar:
«3 kundan keyin otang vafot etganiga 3 yil bo‘ladi. Oz bo'lsa ham hurmat ko‘rsat va ortingga qayt. Agar ishlarni o‘z qo‘lingga olish niyating bo‘lmasa ularni mening nomimga o‘tkazib ber. Kichkina jozibali kuchukcham!»

Eve achchiq kulimsiradi.

— Buni umid ham qilma… deya o‘zicha pichirladi u.

U boshini divan suyanchig‘iga tashlab ko‘zlarini yumdi. Musiqa shovqini tobora uzoqlashayotgandek tuyuldi.

3 yil avval.

Evening hayoti hech qachon ertakdagidek bo‘lmagan. U o‘zini taniganidan beri ota-onasi tinimsiz janjallashishar, uy go‘yo doimiy jang maydoniga aylangan edi. Qichqiriqlar, sindirilgan buyumlar, qarsillab yopilgan eshiklar… bular uning bolaligiga singib ketgan edi.

Har bir janjaldan so‘ng otasi uni bag‘riga bosib mehr ko‘rsatishga urinardi. Onasi esa ichidagi g‘azabni aynan u orqali chiqarardi sovuq so‘zlar, og‘ir qarashlar, tuganmas ayblovlar.

Ular orasidagi yosh farqi katta edi. Eve bu nikoh boshidan notekis qurilganini bir kun kelib baribir qulashini ich-ichidan sezardi. Va u hech qachon bu oilada tinchlik bo'lmasligini his qilib ulg‘aygan edi…

Eve 18 yoshga to‘lganida uydagi janjallar chidab bo‘lmas darajaga yetdi.

O‘sha oqshom Park Kay Evening otasi stol to‘rida o‘tirardi. Uning yuzi oqarib ketgan ich ichidan nimanidir chuqur o'ylar jag‘lari qattiq qisilgan edi.

— Jisu… bugun qayerda eding? uning ovozi qo‘rqinchli darajada past va vazmin yangradi.

Eve ichida nima bo'lishini tushunib borayotganini his qilib otasiga qaradi.

“Hozir boshlanadi…”

Jisu ko‘zlarini ko‘tarmay soxta itoatkorlik bilan javob berdi.

— Ishda edim, azizim… Keyin savdo markaziga borgandim.

Park Kay sekin vilkani stolga qo‘ydi. Metallning chinni idishga urilgan tovushi xuddi o‘qdek keskin jarangladi.

— Kim bilan?..

Eve otasining bo‘ynidagi tomirlar bo‘rtib chiqayotganini ko‘rib beixtiyor yutundi.

— Mennn… dugonam bilan. Sen uni tanimaysan… deya gap boshladi Jisu.

Ammo Kay birdan joyidan sapchib turdi va uning so‘zini keskin baqirib bo'ldi.

— Aldashga jur’at qilma!! dedi Kay dag‘dag‘ali ovozda. So‘ng soqchiga ishora qildi. Soqchi unga qalin konvertni uzatdi.

Kay konvertni g'azab bilan oldi va keskin ohangda buyurdi.

— Eve, xonangga kir!

— Dada… deya pichirladi Eve joyidan qimirlamay.

— Ket! deb baqirdi Kay.

Eve sekin o‘rnidan turdi. Ammo u chiqib ketayotgan paytda Kay g‘azab bilan konvertni Jisuning yuziga otdi. Suratlar xona bo‘ylab qora kapalaklardek sochilib ketdi. Ulardan biri Evening oyoqlari ostiga tushdi.

Jisu o‘rnidan sapchib turdi uning butun vujudi titrardi.

— Kay, hammasi sen o‘ylagandek emas! Bu… bu shunchaki tushunmovchilik!

Qattiq tarsaki ovozi xonani larzaga soldi.

Eve karaxt holda egilib suratni qo‘liga oldi. Unda onasi Park Jisu notanish bir erkak bilan yaqin turardi. Erkak ancha yosh ko‘rinar, suratlar mashina ichida tushirilgan edi.

Evening ko‘zlariga yosh to‘ldi. Atrofidagi dunyo go‘yo parchalana boshladi.

— Bas qil!! to‘satdan baqirdi Jisu, yuzini ushlagancha.

— Sening bu qiliqlaringdan charchadim! Seni ko‘rishga ko‘zim yo‘q!

Kay qo‘lini ko‘ksiga bosdi. Nafasi tezlashib og‘irlasha boshladi.

— Senga nima yetmasdi, a?! Senga nima bermadimki, shunchalik pastkashlikka bording?!

Jisu unga nafrat bilan tikildi. Eve bu nigohdan cho‘chib ketdi.

— O‘zingga qara! Oramizdagi farqqa qara! Men ham yashashni xohlayman!

— Yashashni?.. xirilladi Kay.

— Ha! Sen allaqachon qariganingni tushunsang bo'lardi?! Menga kerak bo‘lgan mehr va e’tiborni bera olaman deb o‘ylaysanmi? Sen meni o'smir paytimda shu uyga qamab qo‘yding homilador qilib, butun hayotimni tortib olding!

It qizing ham o'zing ham o'lib ketlaring.

— Oyi... deb pichirladi Eve unga daxshat bilan qarab. Onasi hozirgina uni “IT” deb atadimi?

Jisu unga nafrat bilan qaradi. Kay buni sezib yana gapirmoqchi bo‘ldi

— Eve men senga aytdim... lekin u gapini oxirigacha ayta olmadi kuchli yo‘tal bosib nafas olishi qiyinlasha boshladi. U jon talvasasida galstugiga yopishdi.

— Men senga hamma narsani berdim! deb xirilladi u.

— Bularning hammasi faqat jinsiy yaqinlik degani emas! deb shafqatsiz kulib yubordi Jisu

Eve og‘zini kafti bilan yopdi. Qarshisida turgan ayol uning onasi ekanligiga ishonolmasdi

Kay sekin yiqila boshladi oyoqlari qaltirab gilam ustiga quladi. Eve o‘zini uning ustiga otdi

— Dada! Ko‘zingizni oching! DADA! Shifokor chaqiring! Kimdir yordam bersin!

U boshini ko‘tarib, onasiga bor ovozi bilan baqirdi

— Bularning hammasiga siz aybdorsiz! Siz ILONSIZ!

Jisu titrayotgan qo‘llari bilan tez yordam raqamini terishni boshladi...

Tezyordam mashinasida Eve otasining qo‘lini o‘lik kabi muzlagan qo'llari bilan mahkam ushlab turardi. Kay ko‘zlarini arang ochdi va so‘nggi bor qiziga qaradi.

— Eve... uning ovozi deyarli eshitilmadi

— Men shu yerdaman, dada, jim turing hammasi yaxshi bo‘ladi deya o‘ksib-o‘ksib yig‘lardi Eve

Otasi uning barmoqlarini zaifgina qisdi.

— Mening bor-budim... endi seniki... Men seni hayotimdan ham ortiq yaxshi ko‘raman qizim...

Bu so‘zlar Evening quloqlari ostida momoqaldiroqdek yangradi. O‘sha kecha Park Kay kasalxonada vafot etdi. Va aynan o‘sha tunda Evening bolaligi butunlay tugadi.

Hozirgi vaqt.

Eve sekin ko‘zlarini ochdi. Diskotekadagi musiqalarning gumburlagan sadosi yana ongini qamrab oldi. U do‘stlariga qaradi nigohida sovuq qat’iyatli bir soya aks etardi.

— Jen, Jake... Uch kundan keyin Seulga qaytamiz.

Do‘stlari shok holatda tikilib qolishdi.

Bu safar naqadar xatarli ekanini tushunib do'stlari unga hayrat bilan tikilib qolishdi.

Ayni damda Jisu ulkan charm kresloda sekin aylanib panoramik oyna ortidagi shahar chiroqlarini jilvadorligini kuzatardi. Uning qo‘lidabir qadah qimmatbaho vino lablarida esa g‘olibona tabassum o‘ynardi. So'ng Nigohini sodiq yordamchisi Romiga qaratdi.

— U kelmaydi bilaman, dedi Jisu gaplarini cho'zib jilmaygancha

— U hali ham o‘sha-o‘sha dumini qisib qochib ketgan kuchukcham. Biznes haqida nima tushunardi? Hech narsani!

Romi hujjatlarni varaqlarkan, unga shubha bilan qaradi

— Mabodo qaytib kelsa-chi? Baribir otasining vafotiga bir yil bo‘lyapti...

— U ham xuddi otasidek ahmoq. Sho‘rlikni tinch qo‘ysakchi Romi. Mana ko‘rasan u xatni e’tiborsiz qoldiradi bu aniq dedi Jisu mensimaslik bilan

— Hozir men uchun faqat bir narsa muhim to‘yni tezlashtirish.

Romi ko‘zlari katta-katta ochilib qotib qoldi

— Arkan haqiqatan ham sizga uylanishiga ishonchingiz komilmi? Axir u... juda qattiq yong'oq. Sovuqqon hisob-kitobli erkak. Uni bo‘ysundirish qiyin.

Jisu barmog‘idagi uzukning brilliant toshlari quyosh nurida tovlanib jarangdor kulib yubordi

— Yuz foiz ishonchim komil. U allaqachon mening qo‘limda. Barmog‘imga uzuk taqish bu shunchaki vaqt masalasi emas bu uning roziligini bildiradi va men... uning roziligini allaqachon olib bo‘lganman.

— Arkan? O‘sha mashhur Kim Seokjin sizga turmush qurishni taklif qildimi? Romi hanuz shokda edi

— Deyarli, ha Jisu ayyorona ko‘zlarini qisdi.

— Men unga nikohsiz uchrashishda davom eta olmasligimizni aytdim. Obro‘yimga dog‘ tushishini xohlamasligimni bildirib... hatto bir-ikki tomchi ko‘z yoshi ham to‘kdim. Uning yuzini ko‘rsang edi...
Jisuu qah qah otib kulib yubordi.

Romi o‘zini tutolmay, boshini chayqadi

— Baribir ehtiyot bo‘ling. Arkan siz ilgari uchrashgan erkaklarning hech biriga o‘xshamaydi. U bir qarashda ham odamning ich-ichini ko'ra oladigan erkak.Agar u sizning ko‘z yoshlaringizni shunchaki o‘yin ekanligini bilsa. .

Jisu qadahidagi qizil sharobdan bir xo‘pladi va deraza oynasidagi o‘z aksiga qarab jilmaydi

— U bu o'yin ekanligini bilmaydi. Chunki men bu rolni mahorat bilan o‘ynayapman. Endi menga faqat bir narsa kerak Evening qaytmasligi va Arkanning familiyasini olish. Shundan keyin bu saltanat butunlay meniki bo‘ladi.

Romi jilmaygancha davom etdi

— Siz xavfli ayolsiz, Jisu. Eve buni bilganda aqldan ozishi aniq.

Jisu o‘rnidan turib ko‘zgu oldiga bordi va mukammal turmaklangan sochlarini to‘g‘irladi.

— Men Evega yangi "dadajon" topyapman, buning nimasi yomon? Arkanning nomi ostida esa u foxisha qizimdan oxirgi tiyinigacha hamma narsasini tortib olaman.

Amerika. 2 kun o‘tgach. Aeroport va samolyot.

Evening pentxausida tartibsizlik hukmronlik qilardi. Buyumlar xona bo‘ylab uchar, Jake esa Jen ustiga chiqib sakrayotgan chamadonni zo‘rg‘a yopishga harakat qilardi.

— Jen, la’nat bo‘lsin! Agar sening besh juft krossovkangni joylashtiraman deb, mening ko'zoynaklarim sinib ketsa seni okean ustidan o'tayotganimizda samolyotdan tashlab yuboraman! deb baqirardi Jake kuchanishdan terlab-pishib

— Tinchlan, Jake! Seulda hozir yomg‘irlar mavsumi men hatto ko‘lmak ichida bo'lsam ham zamonaviy ko‘rinishim kerak! Jen so‘nggi bor kuchi bilan bosgan edi chamadon qirsillab yopildi.

— Eve, tezroq bo‘lasanmi? Taksi pastda kutib turibdi!

Eve kiyim almashtirish xonasidan xuddi rok-yulduzlaridek chiqdi charm shim, ochiqroq bo'lgan oq rubashka, va quyoshdan himoyalovchi qora ko‘zoynak. Uning qiyofasidan "shaxvoniy va isyonkor" qiz obrazi ufurib turardi.

— Men tayyorman. Bu eski-tuski kiyimlarni tashlab yuboringlar. Koreyaga borgach “sevimli” oyijonimning pullariga hammasini yangidan sotib olamiz.

Samolyot biznes-klass, osmon bag‘rida sokin uchar salondagi yumshoq yorug‘lik uch do'atning kayfiyatiga alohida bir sirli ohang bag‘ishlardi.

Jen allaqachon shampan vinosidan mayin ho‘plab, o‘zini to‘la erkinlikcha tutardi. Jake esa quloqlariga naushniklarni taqib o'zi sevgan musiqalarni eshitardi unga hech narsa qiziq emasdi.

— Eve, eslatib yuborchi rejamiz qanday edi? dedi Jen ko‘zidagi uyqu niqobini biroz ko‘tarib.

— Uchib boramiz qabr boshida bir oz ko‘z yosh to‘kamiz aksiyalarni qo‘lga kiritamiz va keyin yana uygaga qaytamiz. Shundaymi?

Eve sekin boshini dugonasi tomon burdi. Uning ko‘zlarida esa sokin ammo xavfli uchqun chaqnardi.

— Yo‘q, dedi u past lekin qatiy ohangda.

— Avval o‘sha “Ilon” onajonim hech narsaga qo‘l uzata olmasligini anglab yetganida qanday tipirchilashini tomosha qilaman. U o‘zini g‘olib deb o‘ylayotgan paytda… men shunday o'yin qilaman va jag'larim og'ruguncha kulaman.

U bir lahza jim qoldi labida sovuq tabassum paydo bo‘ldi.

— Keyin esa… unga hech qachon unutolmaydigan haqiqiy “shou” ko‘rsataman.

Jake kulib yubordi.

— Sening shoularingni yaxshi ko‘raman! dedi u sho‘xlik bilan naushniklarini qoliga olib.

— Faqat umid qilamanki, u yerda kelishgan erkaklar ham bo‘ladi. Axir Koreya jiddiy kostyum kiygan, sovuqqon va jozibali erkaklari bilan mashhurku dedi Jen suzulib

Eve onasining yaqinda yozgan xabarini esladi. O‘sha so‘zlar xayolida yana jarangladi. U miyig‘ida kuldi.

Bu safar safar shunchaki qayg‘u yoki meros masalasi emas edi. Bu hisob-kitob, sabr bilan rejalashtirilgan o‘yin va kimning haqiqiy kuchga ega ekanini ko‘rsatadigan haqiqiy sahna edi.

Va Eve bu sahnada oddiy bir tomoshabin emas u bu sahnaning asosiy roli edi.

— Ovv sizga va’da beraman bu shou zerikarli bo‘lmaydi, dedi Eve ovozini pasaytirib.

— Men uning hayotini jahannamga aylantirmagunimcha bu shou davom etadi

Jen qadahini balandroq ko‘tardi ko‘zlarida sho‘x chaqnash bor edi

— Unda adashgan farzandning “Ilon” iniga qaytishi uchun!

Shampan qadahlari mayin jarang bilan to‘qnashdi. Jake faqat kuldi. Ammo Eve ular bilan birga kulsa-da, xayolan u allaqachon boshqa manzillarda edi sovuq va dabdabali Seulda.

Eve

Park Jisu

Park Key

Fanfic Busan girls kanali uchun tarjima qilindi!