March 22

𝗙𝗢𝗥𝗕𝗜𝗗𝗗𝗘𝗡 𝗙𝗥𝗨𝗜𝗧 | 𝗞𝗦𝗝

𝗖𝗛𝗔𝗣𝗧𝗘𝗥 𝗧𝗛𝗥𝗘𝗘 | 𝟬𝟯

Klub «Eclipse». VIP-zona 3-4.

Xoseok qat’iy qadamlar bilan sektorga kirdi uning yuzida sovuq intizomdan boshqa hech narsa yo‘q edi. Uning oldida tartibsizlik manzarasi ochildi. Eve nafis va uyatsiz holda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri stol ustida raqsga tushar, sonlari bo‘ylab qo‘llari kezib yurgan yigitga suyanib turardi.

— Kechirasiz, — Xoseokning ovozi musiqani po‘latdek yorib o‘tdi.

— Darhol stoldan tushing va tinchlik saqlang. Siz muassasa qoidalarini buzyapsiz.

Eve hatto boshini burmadi, musiqa ritmiga mos harakatlanishda davom etdi.

Jake kokteyilidan bir qultim ichib, yelkasidan ortga qarab, dadillik bilan dedi

— Ey! Bizga dam olishga imkon bersangchi! Bu qanday tartib o‘zi?

— Meni kuch ishlatishga va sizni bu yerdan haydab chiqarishga majbur qilmang! dedi Xoseok yanada qat’iyroq ohangda.

Eve qotib qoldi. Sekin mushuksimon nafislik bilan u yigitning bo‘ynidan qo‘llarini oldi va Xoseokka qarab burildi.

— Nega sizlar bunchalik injiqsizlar?

U shunday baland ovozda baqirdiki, ovozi qo‘shni sektorgacha yetdi.

— Agar bu yerda ko‘ngil yozish mumkin bo‘lmasa, bu qanday joy o'zi?!

U keskin qo‘l siltadi va qimmat billur stakan gursillab Xoseokning oyoqlari yonida chil-chil bo‘lib sinib ketdi.

Eve yana o‘z hamrohlari tomon burildi

— Va bu Seulning eng yaxshi clubimi?! Arzon musiqa va faqat miyani qotiradigan xodimlar!

VIP 1-2 da Arkan barmoqlarini qarsillatib qisardi.
Uning investorlari hatto nafas olishdan qo‘rqib jim qolishdi. Arkandan taralayotgan g‘azab aurasi deyarli jismonan sezilib turardi.
Qo‘shni sektorda Xoseok siniq parchalariga qaradi va ratsiyani lablariga olib bordi.

— Qo‘riqchilar VIP 3-4 ga. Sektorni tozalang.

Eve stoldan sakrab tushdi ko‘zlari adolatli g‘azab bilan yonardi

— Sen o‘zing kimsan, shunday…

— Bu qanday tartibsizlik?!
Gumburlagan, hukmron ovoz barchani jim qoldirdi.
Arkan yo‘lakda turardi.

Chiroqlar yorug‘ligi uning o‘tkir yonoq suyaklari va mukammal yelka chizig‘ini shundoq bildirib turardi. Jen va Jake og‘izlari ochiq holda qotib qolishdi. Bu erkak kuchning timsoli edi, aynan restoranda Eve orzu qilganidek. Evening nafasi ichiga tushib ketdi g‘azabning bir qismini darhol hayajon egalladi.
Arkan sovuq nigoh bilan xonani ko‘zdan kechirdi va Xoseokka burildi.

— Ularni bu yerdan haydab chiqar. Hozirning o‘zida.
U ortiga o‘girilib ketmoqchi bo‘ldi ammo..

— Meni kim haydab chiqaradi?
Senmi?! Eve uning ortida jarangdor kuldi.

Arkan to‘xtadi. U sekin ortiga burildi va uning ko‘zlarida Eve haqiqiy zulmatni ko‘rdi. Eve qo‘rquv sezmay unga juda yaqin keldi undan qimmat atir va sof hokimiyat hidi kelardi.

— Nima, tilingni yutdingmi? Eve to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning ko‘zlariga qaradi.

— Faqat buyruq berishni bilasanmi? Sen hech bo‘lmasa meni kimligimni bilasanmi?!

Arkan unga bezovta qiluvchi hasharotga qaragandek tikilib turdi.

— Og'zidan hali ona suti ketmagan, sut hidi keladigan, o‘z holiga tashlab qo‘yilgan erkatoy qizaloq…

Arkan nigohini Xoseokka qaratdi.

— Xoseok, muassasaga bolalarni kiritmaslikni o‘rgan.

Bu so‘zlar Evening g'ururiga har qanday tarsakidan ham kuchliroq zarba berdi.

U zaharli tabassum qildi:

— Sen o‘zing kim bo‘lasan?!

Arkan qo‘llarini shimining cho‘ntagiga soldi uning ustidan baland turib

— Men shu “arzon” klubning egasiman.
Va men sen kabi “arzimaslar” bu yerdagi qoidalarni buzishiga qarshiman.

Evening yonidagi yigitlar Arkanni tanib yuzlari bir zumda oqarib ketdi va nafaslarini ichlariga tortishdi.

— Janob Arkan… kechirasiz… biz bilmagandik… endi qoidalarga amal qilamiz…

Eve esa yanada kengroq tabassum qildi.

— Arkan… Demak, bu ism ortida oddiy g‘o‘ldiragan, qariya yashiringan ekanda?

— Eshit, “qariya” zo‘r ko‘rinishga urinma, sening yoshingda bu juda achinarli ko'rinyapti agar bilsang.

Xoseok dahshat ichida Arkanning qulog‘iga pichirladi.

— Tinchlaning, xo'jayin. Ularni menga qoldiring men hammasini hal qilaman…

Arkan Eveni g'alati nigoh bilan sinchkovlab uzoq vaqt analiz qildi va sovuq ohangda dedi

— Xoseok, ular ichganlari uchun bir tiyin ham olma. O'rniga iflos qilgan xonasini tozalab ketishsin. Va ular ortidan polni yuvib chiqishlarini kuzat. Shaxsan nazorat qil, bu yer yana oldingidek yaltirab tursin.

Eve jim bo‘lib qolgan do‘stlariga qarab qahqaha otib yubordi.

— U aqldan ozganmi?!

Arkan ortiga o‘girilib, keta boshladi.

Eve uning ortidan baqirdi

— Sening bunga haqqing yo‘q! Hammasi uchun men to‘layman!

— Lekin men sening pol lattanga barmog‘imni uchini ham tekkizmayman!

Xoseok uning yo‘lini to‘sdi.

— Unda siz bu yerdan chiqolmaysiz. Qonun — qonun.

— Sizning qonuningizga tupurdim! Eve zaharli ohangda tupurdi va g‘azab bilan yana bir stakanni polga urib sindirdi.

«Eclipse». VIP 1-2.

Arkan investorlar oldiga stolga qaytdi.
Uning yuzi yana mutlaqo sokin niqobga aylandi, garchi ichida o‘sha sariq sochli qizaloqning betkachoparligi sababli g‘azab hali ham qaynab turgan bo‘lsa ham. U muloyim o‘tirib mehmonlarga yengil bosh irg‘adi.

— Ushbu noxush hodisa uchun uzr, janoblar, Arkanning ovozi tekis va chuqur jarangladi.

— Yoshlar ba’zan erkinlik qayerda tugab, intizom qayerda boshlanishini unutib qo'yishadi.Davom etamizmi?

VIP 3-4.

Bu yerda vaziyat mutlaqo boshqacha edi. Yarim soat oldin o'zlarini zo'r ko'rsatib o‘tirgan yigitlar, endi qo‘riqlash nazorati ostida siniq shisha parchalarini yig‘ishardi. Jen va Jake, lablarini siqib divan yonidagi stollarni salfetkalar bilan artishardi. Eve esa divanda o‘tirib oyog‘ini oyog‘i ustiga qo'yib o'tirardi. U sigaret chekib tutunni sekin chiqarar va qo‘llari ko‘kragida bog'lab turgan Xoseokka tik qaradi.

— Nimani tomosha qilyapsan? Eve jasorat bilan so‘radi.

— Manzaradan zavqlanyapsanmi?

Xoseok faqat chuqur nafas olib, boshini chayqadi. Bu “qizaloq”ni yenga olmayman deb tushunganidan so‘ng, u Jen va Jake tomon buruldi.

— Eve, sen haqiqatan ham og‘zingni vaqtida yopa olmaysanmi?! pichirladi Jen yopishqoq dog‘ni artgancha.

—Nega sen bu “qariya” bilan bahsga kirishding o'zi? Bizni sal qolsa politsiyaga topshirishardi!

Eve javob bermadi faqat dangasalik bilan yana bir tamaki tutunini boshini kreslo ustidan ortga tushurgancha shiftga qarab chiqardi.

— Yaxshiyam sen buni tushunibsan, Xoseok kulgiga to‘lib hazil bilan aralashdi.

— Endi esa biz bilamiz: bizning buyuk Evedan “sut hidi” keladi!
Xoseok, Jake va hatto ikki yigit ham kulib yuborishdi. Arkaning iborasi bu kechaning trendiga aylandi.

— Sut hidi keladigan kichik qizaloq… dedi Jake kulib, deyarli belini bukancha.

Eve keskin tik turdi ko‘zlari g‘azab bilan qorayib ketdi. U sigaret qoldig‘ini oyoqlarida kuch bilan ezdi.

— Jim bo‘ling! Men shunchaki unga rahim qildim! Agar xohlagan bo‘lganimda, u allaqachon besh daqiqada mening oyoqlarim ostida yotgan bo‘lardi!

Jen teatrdek ko‘zlarini aylantirib sochini tuzatdi.

— Hoy, Eve… To‘xtagin. Ba’zan o'zinga bo'lgan ishonching haddan tashqari oshib ketadi. Bu erkak Vegasdagi o‘sha bolalardek emas. Bu tosh. U seni hatto e'tiboriga ham olmadi, sezmadi ham.

— Haqiqat, dedi yigitlardan biri bosh irg‘ab.

— Bu Arkan. Sen uning uchun devor ortidagi shovqinsan xolos.

Eve sakrab turdi hayajon va xafa bo‘lgan g‘ururdan qaltirardi.

— Ha?! Siz o‘ylaysizki, men uddalay olmaymanmi?!

Jen ko'zlarini nozik qisib do‘stining zaif tomonini topganini sezdi.

— Isbotla. Kel, garov o'ynaymiz agar sen shu “qariyani” o‘zinga oshiq qilib uni telbaga aylantirsang istaganingni so‘raysan. Istalgan tilak. Biz umr bo‘yi senga qullik qilamiz.

Jake esa tabassum qilib quvonchdan chiqqan ko‘z yoshlari qo'li bilan artib qo‘ydi va gap boshladi.

— Yaxshisi. U hech narsa so‘ramasin. Shunchaki “iblis” obro‘sini qaytarib olsin. Lekin garov o'ynayman u hatto uning telefon raqamini ham ololmaydi to‘g‘rimi?

Eve sekin yangi sigaretni paketidan oldi ,yoqdi va Arkanning o‘tirgan VIP 1 xonasiga qaradi.

— Kuzating va o‘rganing, tishlari orasidan pichirladi.

— Tez orada shu “qariya” men unga qarashim uchun iltijo qiladigan bo‘ladi.

Arkan investorlarni liftgacha kuzatdi bitimni qat’iy qo‘l siqish bilan mustahkamladi. Eshik yopilish bilan u manjetlarni tuzatdi va chiqishga qarab yo‘l oldi, u yerda Xoseok uni kutayotgan edi.

— Xo‘p, hech qanday muammo bo‘lmadi, to‘g‘rimi? so‘radi Xoseok, yoniga yetib.

Arkan unga qisqa hukmron nigoh tashladi.

— Qanday muammo bo‘lishi mumkin? Hammasi mukammal o‘tdi. O‘sha bolalarchi nima qilishyapti?

— Ularni tinchlantirdingmi? Saboq oldilarmi?

Xoseok kulgusini ushlab tura olmadi qo‘shni sektordagi manzarani eslab.

— Xo‘p, qolganlari nima qilishganini deyarli tushunishdi…

— Lekin o‘sha sariq sochli qiz… u bilan vaziyat og‘ir.
U shunchaki o‘tiribdi, hech narsa bo‘lmagani kabi og'zidan tutun chiqargancha qolganlar esa ishlashmoqda.

Arkan qoshlarini chimirdi. U devorlari ichidagi har qanday bo‘ysunmaslikni yoqtirmasdi.

— Xoseok, endi bunday muammoli bolalarni klubga kiritishga jur’at ham qilma. Bu bizning imidjimizga putur yetkazadi.

Ular birgalikda VIP-3 ga yo‘l oldi. Ochilgan eshik oldida Arkan to‘xtadi.
Eve divanda yotib boshini orqaga tashlab, shiftga tutun chiqarar edi.
Shu payt Jen va Jake, g‘azab bilan stolni tozalashardi.

— Eshit, Eve, agar sen tufayli bizni Seoulning barcha klublarida haqiqatan ham ban qilishsa, buning uchun seni kechirmayman! g‘azab bilan Jen shivirladi.

— Yaxshi, Jen, lekin ko‘rdingmi u “chol”ning jag‘i qanday qisildi?
Jake xitirlab kuldi. Uning kulgusi yengil masxaralovchi edi go‘yo vaziyatni o‘yin deb bilayotgandek.

Eve esa uni befarq nigoh bilan kuzatdi, go‘yo atrofdagi taranglik unga aloqador emasdek. U divanga yonboshlab qo‘lini boshining ostiga qo‘ygancha, labida sust tabassum bilan jim turardi.

Arkan bir qadam oldinga chiqdi. Uning harakati keskin va og‘ir edi. U divan oyoqchasini oyoq uchlari bilan qattiq tepdi. Gursillagan tovush zal bo‘ylab yoyilib, havoni yorib o‘tgandek bo‘ldi. Bir zumda shovqin bosildi musiqa ham, pichirlashlar ham go‘yo nafasini ichiga yutdi.

— Nimaga yotibsan? Arkanning ovozi kamonning tarang ipidek cho‘zilib keskin yangradi.

Eve sekin boshini ko‘tardi. Nigohi beparvo ammo tubida yashirin alanga bor edi.

Arkan bir qadam yana yaqinlashdi. Qorong‘u yorug‘lik uning yuzini ikki bo‘lakka ajratib turardi.

— O‘ylab ko'r bu jazo senga ham tegishli? dedi u past ammo muzdek ohangda.

Xonadagi sukunat go‘yo qo‘l bilan ushlagandek qalinlashdi. Eve sekin mushuksimon erinchoqlik bilan o‘rnidan ko‘tarildi. Lablarida o‘sha “iloncha” tabassum paydo bo‘ldi. U shoshilmay tutundan yana bir tortdi divandan turdi va Arkan tomon yaqinlashdi ular orasida atigi bir necha santimetr masofa qoldirdi.

Eve o‘pkasini tutunga to‘ldirib, uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri erkakning yuziga pufladi.

— Bu jazo men uchun emas… deb pichirladi u.
U barmoqlari uchini Arkanning qimmatbaho pidjagi matosi bo‘ylab sekin yuritgancha so‘ng uning qulog‘iga yaqin egildi.

— Ammo xohlasang… men uchun boshqa jazo o‘ylab topishing mumkin. Shaxsan.

Eve ortga chekindi va beodob tarzda ko‘z qisdi. Orqada turgan Xoseok bunday jasoratdan beixtiyor yo‘talib yubordi, hayratini yashirishga urinib.
Arkan esa qimir etmadi. U shimining cho‘ntaklariga qo‘llarini tiqib Evega muzdek teshib o‘tadigan nigoh bilan qaradi.

— Yaxshi fikr dedi u kutilmaganda.

Eve g‘alabali va ayyorona jilmayib, do‘stlariga “aytgandim-ku” degan qarash tashladi. Jen va Jake allaqachon g‘alabani nishonlashga tayyor edi, ammo

Arkan davom etdi.

— Xoseok, bu kichkina qizga xodimlar xonasini ko‘rsat. U yerda drenajlar tiqilib qolgan, dushlarni tozalash kerak. Bu yerda foydasi tegmayotgan ekan, hech bo‘lmasa o‘z “iste’dodlarini” o‘sha yerda ishlatsin.

Evening yuzidagi tabassum bir zumda yo‘qoldi. Uning ko‘zlari g‘azabdan kattalashdi.

— Sen!..

Arkan uning nigohini keskin tutib, o‘z aurasi bilan bostirdi.

— “Sen” emas, “Siz”!
Kattalar bilan to‘g‘ri gaplashishni o‘rgan!

Arkan poshnasi bilan keskin burildi va eshik tomon qarab yurdi va Xoseokga yuzlandi.

— Ularning ismlarini yozib ol. Bu yerda bu ifloslikni tozalab bo‘lishlari bilan haydab yubor. Va bundan buyon birorta ham mening hududimda qoralarini ko'rsatishmasin. Hech qachon.

Eve xonaning o‘rtasida turardi mushtlarini shu qadar qattiq qisganidan bo‘g‘imlari oqarib ketgan edi. Uning yo‘ldan ozdirish rejasi hozirgina beton devorga urilgandek chilparchin bo‘ldi.

Arkan qora Bugatti’siga o‘tirdi. Dvigatelning baland ovozi Seoul tunining sukunatini tilib o‘tdi va mashina joyidan qo'zgaldi ortida faqat qimmat benzin hidi va kibrli havoni qoldirdi.

«Eclipse» klubi ichida.

Eve xodimlar xonasida u yoqdan bu yoqqa yurardi ko‘zlaridan chaqmoq sochilayotgandek.

— Dushlarni artib tozala? Jiddiy aytyapsanmi, Arkan?.. tishlarini qisib pichirladi u o'ziga o'zi.
Shu payt xona eshigidan qo‘lida chelak ko‘targan yosh farrosh kirib keldi.

— Hey, sen! deb chaqirdi uni Eve.
Yigit cho‘chib tushdi.

— Ha, xonim?

Eve unga yaqinlashdi, nigohi birdan yumshab, jozibador tus oldi. U sumkasiga qo‘l solib yuz dollarlik kupyuralardan iborat qalin pachkani chiqardi.

— Men uchun bir ish qilib bera olasanmi? Juda katta mukofot evaziga kichkina xizmat.
Xodim pulni ko‘rib, ko‘zlarini katta ochdi.

— N… nima qilishim kerak?

Eve ayyorona jilmaydi. Bu tabassumda yaxshilikdan asar ham yo‘q edi.

Eshik yonida turgan Jen va Jake asabiy tarzda soatga qarab turishardi.

— Jen, u rostdan ham hojatxonalarni tozalayotganmikin?..
Jake yelkasini qisdi.

— Arkan hazillashadiganga o‘xshamadi…
Shu payt klub eshiklari keng ochildi.
Va u yerdan Eve chiqib keldi.
U charchaganga ham mag‘lub bo‘lganga ham o‘xshamasdi. Aksincha, u tom ma’noda yarqirab turardi, burni ostida qandaydir quvnoq kuy xirgoyi qilib hatto raqsga tushayotgandek edi.
Jen Jakeni tirsagi bilan turtib qo‘ydi.

— Qara unga… Bechora do'sting Jake uyalganidan aqldan ozib qolibdi. Psixolog qidirishni boshla, ishlar chatoq.

Eve ularga yaqinlashdi xuddi ifloslangandan so'ng yaxshilab tozalangan narsa kabi yarqirab.

— Xo‘sh, ketamizmi? deb chaqqonlik bilan so‘radi.

— Eve, yaxshimisan? deb ehtiyotkorlik bilan so‘radi Jen.

— Sen… rostdan ham u yerni tozaladingmi?

Eve shunchaki bosh chayqadi va samimiy, ammo biroz qo‘rqinchli kulib yubordi.

— Ha, men u yerdgi hamma narsani “tartibga” keltirdim.

— Hatto Arkan kutganidan ham yaxshiroq.

Ular mashinaga o‘tirdilar. Jake Evedan shubhalanib undan ko‘z uzmasdan pichirladi.

— Yuz foiz aniq ayta olaman sen nimadir qilib qo‘yding. Tan ol, uning shaxsiy viski zaxirasiga ich ketkazadigan dori solib qo‘ydingmi?

Eve faqat sirli tarzda yelka qisdi, deraza ortidagi tungi shaharga qarab.

Parklar oilasining saroyi.

Jisu basseyn yonidagi shezlongda yarim yotgancha, telefonni qulog‘iga bosib turardi. Uning ovozi odatdagidan g‘ayrioddiy darajada yumshoq va shirin edi.

— Arkan, azizim… Kechki ovqat bekor bo‘lgani uchun juda xafa bo‘ldim. Muzokaralar qanday o‘tdi? O‘sha investorlar sening qarorlaringni qadrlashdimi?

Go‘shakdagi Jinning ovozi quruq va qisqa eshitildi.

— Hammasi muvaffaqiyatli o‘tdi. Gonkong bo‘yicha shartnoma bizning qo‘limizda.

— Oh, men shubha qilmagan edim! Sen buni qila olishing aniq edi? Sen eng yaxshisan…

Jisu bir soniya sukut saqladi.

— Aytgancha, ertaga Kay dafn qilingan kun. Sen yonimda bo‘lishing haqida va’da berganingni eslaysanmi? Bunday qiyin kunda menga qo‘llab-quvvatlash kerak…

— Eslayman, Jisu. Ertaga men belgilangan vaqtda qabristonda bo‘laman.

— Rahmat, azizam. Unda ertagacha…

Shu payt saroyning katta eshiklari shovqin bilan ochildi, Jisu hayratdan hamda birdaniga kuchli tovushdan seskanib ketdi. Zalga kulib va baland ovozda gaplashib Eve kirdi, orqasidan Jen va Jake ergashdi.

— Onajon! Men qaytdim!
Kichkina kuchukchangizni sog‘indingizmi? Eve butun uyga eshitiladigan darajada baqirdi.

Jisu g‘azabdan yuzi oqardi barmoqlari telefonni qattiq ushlab oldi.

— Arkan, men… men qayta qo‘ng‘iroq qilaman. Kutilmagan holatlar yuz berdi. Tezda aytdi va qo‘ng‘iroqni uzdi.

U joyidan qimirlamadi shunchaki ozgina siljidi va qizini o‘tkir nigohi bilan qarshi oldi.

— Sen… Qanday qilib shu ahvolda va shu vaqtda mening uyimga kirishga jur’at etding?!

Eve uning yoniga bordi kurtkasini stol ustiga beparvo tashlab.

— Sizning uyingiz? Yo'q, onajon. Bu mening otamning uyi. Va men qaytdim, o‘zimga tegishli bo‘lgan narsalarni olish uchun ham qaytdim. Aytgancha… bu qanday hid...

— Uydan qandaydir arzon atir hidi kelyapti.

— Va yana siz allaqachon o‘zingizga yangi o'ynash topdingizmi?

Jisu chaqmoqday qo'lini ko‘tardi, lekin Eve uning qo‘lini osonlik bilan ushlab qattiq siqdi va bu Jisuga og'riq berardi.

— Endi meni urolmaysiz.
— Hech qachon.

U uning qo‘lini siltab yubordi va do‘stlariga qaradi.

— Bolalar, xohlagan xonangizni tanlang.

Jisu joyida qotib qoldi yuzida g‘azab va qo‘rquv aralash chehra paydo bo'ldi. U og‘zini ochdi yana bir nechta so‘zlarni chiqarishga urindi, lekin Eve qo‘lini ko‘tardi va uni yarim so‘zda to‘xtatdi. Uning nigohi shunchalik sovuq va bo‘sh ediki, Jisu hatto gapirolmay qoldi.

— Sizning ovozingiz… yoqimsiz Oyi. Qulog'larimga rahmim kelyapti tishlari orasidan aytdi Eve, uni umuman gapirishiga yo'l qo'ymay.

— Ko‘zimdan yo‘qoling.

U qo‘lini qo‘pol tarzda siltab uning yelkasi bilan itarib, ichkariga kirdi. Keng zal bo‘ylab bir necha qadam yurib, Eve to‘satdan to‘xtadi. Uning nigohi zal markazidagi o‘sha joyga tushdi, uch yil avval otasi gilam ustida jon bergan joy. Quloqlarida Kayning ovozi , nafas olishi va onasining masxara kulgisi aks sado bera boshladi. Yuragi qisilib, tomog‘ida achchiq tugin paydo bo'ldi. Mushtlarini suyaklari oqarib ketguncha siqib, Eve orqaga qaramasdan zinapoyadan o‘z xonasiga yugurdi.
U eshikni qulfladi va kiyimlarini yechmasdan, dush kabinasi tomon yugurdi. Muzdek suv tomon to'liq burab, Eve sovuq kafel ustiga o‘tirib, tizzalarini qo‘llari bilan quchdi. Og‘ir suv oqimlari yelkalariga urilib, klub, tutun va shu la’natlangan sayohat hidini yuvib tashlardi, lekin ular ichidagi og‘riqga hatto tasir ham qilmasdi.
U yerda suv shovqini ostida Eve nihoyat taslim bo‘ldi. Yelkalari sovuq suv tasirida titrardi.U lablarini qo‘li bilan yopdi, onasi hech narsa eshitmasligi uchun. Va u qichqirdi.Bu sukutdagi, ichki og'riqlardan kelgan qichqiriq edi, tomirlaridagi havo deyarli yorilib ketgandek.

— Dada… nima uchun meni u bilan qoldirdingiz? degan fikrlar boshida qaytalanardi. Ko‘z o‘ngida oxirgi daqiqada tez yordamda otasining yuzi turardi. Uning zaif tabassumi va so‘zlari: “Men seni hammadan ham ko‘proq sevaman”.

Eve achchiq jilmaydi,muzdek suv bilan aralashgan ko‘z yoshlari bilan. U bu uydan, onasidan va o‘sha kechada shunchalik zaif bo‘lgani uchun o‘zidan ham nafratlanar edi. Lekin bir soatdan so‘ng yig‘lash to‘xtadi. Faqat sovuq, kristall toza g‘azab qoldi. Suv oqishda davom etdi, lekin Eve boshini ko‘targanda nigohi allaqachon boshqacha edi. U turdi, kranni o‘chirdi va bug‘ ortidagi oynaga qaradi.
— Ertaga, dada… — quruq lablari bilan pichirladi u.
— Ertaga men o'zimga tegishli bo'lgan narsalarni qaytarishni boshlayman.Bittama bitta.

Eve bu tunni ochiq ko‘z bilan, shiftga termulgan holatda o‘tkazdi. Uyqu kelmadi, ko‘z o‘ngida so‘nggi yillarning voqealari ketma-ket aylanib turdi. Bugun Eve uchun dunyo qulagan o‘sha kundan va Park Kayning yuragi to‘xtaganidan aniq uch yil o‘tgandi.
Eve turdi va mukammal qora libos kiydi.

Matosi tanasiga zich yopishib, ulg‘aygan, o‘tkir nafisligini ta’kidlardi. Uning xonasi eshigi sekinlik bilan taqilladi. Jen va Jake kirishdi, allaqachon motam libosida kiyingan holda.
— Eve… yaxshimisan? — Jake sekin so‘radi, do‘stining oqargan yuziga diqqat bilan qarab.
— Tun bo‘yi hatto chiroqni ham o‘chirmading.

Eve ko‘ylakning manjetlarini tuzatdi, oynaga qaramasdan.
— Hammasi joyida, Jake. Faqat shu sirk tugashini kutyapman, — dedi u.
Jen yaqinroq kelib, uning qo'lidan ushladi.
— Biz yoningdamiz. Bugun sen bu yerning haqiqiy egasisan, bu ilon emas. Uni sening g‘azabing bilan o'ynab chalg'itishiga yo‘l qo'yma.
Eve achchiq jilmaydi, nigohi muzdek edi:
— Meni chalg'itish? Yo‘q, Jen. Bugun men uyni o‘z g‘azabidan nafas ololmay qoldiradigan odam bo‘laman. Pastga tushamiz.
Ular oshxonaga tushishdi. Katta ovqat stoli bir necha kishiga tayyorlangan edi. Erining vafotidan keyin Jisu o‘rnatgan eski odat bo‘yicha, uning idishlar to'plami stol boshida — Park Kayning joyida — qo‘yilgan edi.
Eve sukut saqlab stol boshiga bordi va bir soniya ham ikkilanmasdan o‘tirib oldi.

Atrofda shovqin solayotgan xizmatkorlar hayratdan qotib qoldi.
— Bu to‘plamni olib tashlang! — Eve qattiq buyruq berdi, oldidagi xizmat idishlar to'plamiga ishora qilib.
— Va ularni yon tomonga qo‘ying. Oddiy joyga.
Xizmatkorlardan biri, qo‘rquvdan titrab:
— Lekin… Eve xonim… bu Jisu xonimning joyi. U har doim shu yerda o‘tiradi…
Eve asta-sekin boshini unga burdi. Uning ko‘zlarida shunchalik sovuq g‘azab yondi-ki, qiz bir qadam orqaga chekinib ketdi.
— Senga, olib tashla dedim ! — uning ovozi bostirilgan g'azab kabi jaranglab yangradi.
— Bugundan boshlab bu joyda men o‘tiraman. U esa qolganlarning o‘tiradigan joyida o‘tiradi. Men uni o‘zimning oldimda ko‘rishni xohlamayman. Bajar!
Jen va Jake bir-biriga qarab, tushungancha jilmayishdi. Ular bilishardi.

Eve onasiga uning o‘rnini ko‘rsatish uchun qancha vaqt kutganini bilardi. Xizmatkorlar shoshilinchda idishlarni joylashtirishdi. Shu payt poshnali poyabzalning polga urilish ovozi eshitildi. Jisu zinapoyadan pastga tushayotgan edi, tanasiga yopishgan qora libos kiyib, u motamlibosdan ko‘ra ko‘proq chaqiruvchi edi. Eveni stol boshida ko‘rib, u to‘xtab qoldi, yuzida g‘azab aralash qattiq taajjub aks etdi.
— Eve! Nimalarga jur’at etyapsan?! — u stolga kelib baqirdi.
— Bu mening joyim! Darhol o‘tiradigan joyingni almashtir!
— Sen Amerikada butunlay uyatni yo‘qotdingmi?
Eve unga nigoh tashlamasdan, dangasalik bilan salfetka oldi.
— Sizning joyingizmi? Adashyapsiz, ona.
— Bu Parklar oilasi boshining joyi. Va siz bu yerda faqat, o‘sha kim bilan xohlasa uxlaydigan beva sifatida turibsiz, bu kreslo qonim bilan menga tegishli.

— Qanday qilib jur’at etasan… aynan shunday kunda! — Jisu g‘azabdan nafas ololmay qichqirdi, ovozi g‘ichirlab ketdi.
— Men sening onangman! Men bu uyga hukmronlik qilaman!
Eve salfetkani chetga surib, unga tik qaradi. Uning aurasi shunchalik og‘ir edi-ki, Jisu ixtiyorsiz jim bo‘lib qoldi.
— Diqqat bilan eshit, Ilon, — u muzdek ohangda tishlari orasidan aytdi.
— Agar hoziroq og‘zingni yopib, taklif qilingan joyga o‘tirmasang, men seni shu uydan, motamlibosing bilan chiqaraman. Mehmonlar, qabriston va sening rejalaring menga qiziq emas. Bu joyning egasi — menman. Tushundingmi?

Jisu og‘ir nafas olib , barmoqlari sumkasini titrab ushlab turardi. U uch yil oldin haydab yuborgan “kuchukcha” yo‘qolgani, uning oldida esa yirtqich o‘tirganini angladi. U sukut saqlab, Evening xizmatkorlari va do‘stlari oldida uyalib, yana gapirishga jur’at qilolmay yon tomonga o'tirishga majbur bo'ldi.

— Ajoyib, — dedi Eve jilmayib, lekin bu jilmayish hech qanday yaxshi narsa va’dasini bermas edi.
— Nonushta qilinglarlar. Bugun bizda ko‘p ishlar bor.

Minimalizm uslubida jihozlangan keng yashash xonasida Arkan panoramali deraza oldida turib, telefonni qulog‘iga bosib olgan edi. Mukammal tikilgan qora kostyumdagi uning figurasi bu sovuq interyerning bir qismi kabi ko‘rinardi.
— Aytdim, aktivlarni vosita hisoblar orqali o‘tkaz, — uning ovozi tinch edi, lekin ichida yashirin tahdid sezilar edi.
— Agar kechikishlar bo‘lsa, ularni o‘zing hal qil. Sen bilasan, men bahonalarni yoqtirmayman.
U qo‘ng‘iroqni uzdi, eshik oldida Xosok paydo bo‘lganda.
— Jin, hammasi tayyor. Mashina pastda kutyapti.

Arkan manjetlarini tuzatib, soatga tez qaradi.
— Avval qabristonga. Rasmiy ravishda men u yerda bo‘lishim kerak. Taxminan o‘n daqiqa turib, keyin darhol ofisga. Bizda yaponlar bilan uchrashuv bor.
Xosok bosh chayqadi:
— Yaxshi. Ketamiz.

Seuldagi yodgorlik qabristoni. Eve va do‘stlari allaqachon yetib kelishgan edi. Qabriston qora libosdagi odamlar bilan to‘lgan — Park Kayning eski hamkorlari, qarindoshlari va shunchaki o‘zini ko‘rsatmoqchi bo‘lganlar.
Eve toshbelgi yonida turib, atrofdagi qiziq nigohlarni his qilardi. Uni tanishardi, orqasida shivir-shivir gaplashishardi. Yaqin atrofda turgan Jisu esa dramatik tarzda yuziga sochiqni bosib turardi, lekin ko‘zlarida bir tomchi ham qayg‘u yo‘q edi. U Romiga egilib, deyarli sezilmay kulib qo‘ydi:
— Bu kuchukcha ertalab o‘zini haddan tashqari kattalashtirib yubordi…
— Aytdim-ku, u o'zgargan, — Romi pichirladi.
— Hech narsa, — Jisu keskin aytdi. — Hozircha u o‘zini kuchli lider sifatida o‘ynasin. Men uning zaif joyini topib, sindiraman. U hali meni oldimga tizzasiga yiqilib keladi.

Birdan jimlikni kuchli dvigatelning g‘urillashi buzdi. Qora Bugatti darvozaga yaqinlashdi.
Hamma nafasini ushlab qoldi.
Eve esa atrofdagi hech narsani sezmay, faqat otasining qabri tomon qarab turardi.
Arkan mashinadan chiqqan zahoti, odamlar instinktiv ravishda yon tomonga surilib, boshlarini egib hurmat ko‘rsatishdi. Hatto Jisu ham o‘zgarib ketdi — u tezda salom berib, faxr bilan porladi. Jen va Jake klubdagi erkakni tanib, deyarli harakatsiz qoldi. Jen yuzini yashirishga urinish bilan shivirlab so‘zladi:
— Eve… Eve, jin ursin qara!
Eve asta-sekin boshini burdi:
— Nima bo‘ldi?
— Orqaga qar… — Jake nafas chiqarib aytdi.
Eve orqaga o‘girildi va yuragi urishidan to‘xtagandek bo‘ldi.

Arkan.
U kecha barda to'qnashgan odam.

Uning nigohi onasiga qaradi, u esa mehmon bilan suhbatlashayotgan edi, va biroz narida Xoseok turardi.
— Jin ursin...La'nati...— tishlari orasidan pichirladi u.
Arkan o‘girildi va ularning nigohlari to‘qnashdi. Bu shunchaki ko‘z bilan qarash emas edi — bu ikki yirtqichning dueli edi. Jisu, ular orasidagi chaqmoqlarni sezmay, Arkanni qo‘lidan ushlab Evega ishora qildi:
— Arkan, tanishing. Bu Eve, mening qizim. U kecha Amerikadan qaytdi.
Arkan asta-sekin bir qo‘lini shimining cho‘ntagiga solib, nigohini Evedan uzmadi.
Lablarida yengil, xavfli jilmayish paydo bo‘ldi.
— Ha-a… demak, sening qizing.
Eve tik turdi, nigohi qizg'in va g‘ururli bo‘ldi.
— Siz bu yerga qaysi maqomda keldingiz? Evening ovozi quruq va keskin edi.

Jisu bunday jasoratdan oqarib ketdi va pichirlay boshladi:
— Eve! Katta yoshdagilar bilan shunday salomlashasanmi?! Hurmat ko‘rsat!
Eve zaharli jilmaydi va masxara bilan past egilgan salom berdi.
— Ha-a, kattalarga hurmat ko‘rsatish kerak. Bu rost. Eng chuqur hurmatimni qabul qiling… janob Arkan.
Jen va Jake deyarli asabiy kulishni ushlab turishdi. Xoseok Arkanga qaradi, har qanday boshqa vaziyatda Arkan bunday jasorat qilgan odamni changga aylantirgan bo‘lar edi. Lekin Arkan shunchaki sovuq ohang bilan aytdi:
— Bu meni xursand qiladi.
Jisu yana uning tirsagiga yopishib, vaziyatni yumshatishga harakat qildi.
— Eve, bu haqda keyin gaplashamiz. Men sizlarni rasmiy tanishtiraman.

Eve uning qo‘lini, Arkanning tirsagida yotganini, ko‘rib, g‘azab to‘lqiniga berildi. Bu ayol otasining qabri oldida turib, boshqa erkakni tayanch qilib turardi!
— Albatta, — Eve keskin aytdi, nigohini Arkandan uzmasdan. Lablarida yengil, iloncha jilmayish paydo bo‘ldi, yashirin mazmun bilan to‘la.
— Ishonchim komilki, u meni yaqindan taniganidan xursand bo‘ladi…
Arkan yengilgina qosh ko‘tardi, qizaloqning jasoratli yuzini diqqat bilan kuzatib. Bu nigohda qo‘rquv yo‘q edi, faqat sof, aralashmagan chaqiriq va Evening shunchalik ustalik bilan namoyon qilgan zahar tomchisi ham bor edi. Arkan sukut saqladi, lekin ko‘zlari qorayib, qizni boshidan oyoqlarigacha tekshirdi. U hali hech qachon bunday ochiqchasiga olov bilan o‘ynashga jur’at etgan insonni ko‘rmagan edi, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning oldida turardi.

Eve esa so‘zlari o‘z maqsadiga yetganini sezib, namoyishkorona orqasini burdi va yana otasining qabri tomon qaradi. Atmosfera maksimal darajada taranglashdi. Jisu, klubdagi tungi hodisadan bexabar, vaziyat o‘z rejasiga muvofiq ketayotganini o‘ylab, mamnun jilmaydi, holbuki Xoseok Arkanning orqasida og‘ir nafas chiqarib, bu qizaloq ularning eng katta bosh og‘rig‘iga aylanishini oldindan his qilgandi.

Arkan Jisuga qaradi, uning yuzi yuz bergan drama fonida ham sovuq va o‘zgarishsiz edi.
— Menga ketish vaqti keldi, — u quruq ohangda aytdi.
— Ba’zi ishlarni kechiktirib bo'lmaydi. Kechqurun ko‘rishamiz, kelishilganidek.
Jisu muloyim, deyarli farishtaga o‘xshash jilmayish bilan qo‘lini ko‘kragiga bosdi.
— Yaxshi, azizim… Men kutaman. Meni og‘ir paytda yonimda bo‘lganing uchun rahmat, — u ko‘z yoshlarini ustalik bilan soxtalashtirib, motamli beva rolini o‘ynar edi.
Arkan bosh chayqadi, lekin mashinaga o‘tirmasdan oldin, ixtiyorsiz Evega uzoq va so‘nggi nigoh tashladi. Bugatti harakatlana boshladi, Xoseok old o‘rindiqda o‘tirib, jimlikni buzib:
— Eshiting, Jin… Bu qanday tasodif.

Kim o‘ylagan bo‘lardi, klubdagi o‘sha jasur qizaloq Jisuning qizi ekanini? Siz endi rasmiy ravishda uning otasi bo‘lishingizni tushunyapsizmi?

Arkan sukut saqlab, rulni qattiq ushladi. Jag‘i tarang edi. Lekin u jilmaydi…
— Otami?.. — u shunchaki rulni yanada qattiqroq ushlab, javob bermadi, lekin salon ichida havo sezilarli darajada sovuqroq bo‘ldi.

The Shilla” restorani.

Eve va do‘stlari yopiq kabinada o‘tirib, qabristonda ko‘rganlarini hazm qilmoqchi bo‘lishdi.
— Eve, tushuntir, bu nima edi? — Jen oldinga egildi. — Bu Arkan sening onang yonida nima qilmoqda? Ularning munosabati qanday?
Eve g‘azab bilan stolga salfetkani uloqtirdi.
— Aniq bilmayman, lekin qarang, u qanday unga yopishib olganini… u uning yangi maqsadi. Men bu “Ilon” nigohini bilaman. U uning kapitali va ta’sirini nishonga olgan.

— Eshit, sen osonlik bilan qutulding!
Jake asabiy jilmaydi.
— Tasavvur qil, agar sen endi kimligini bilib turib, o‘sha janjalni davom ettirganingda… Yaxshi bo‘ldi, hammasi hozir ayon bo‘ldi…

Eve birdan asta boshini ko‘tardi, lablarida xavfli, deyarli biroz aqldan ozgan jilmayish paydo bo‘ldi.
— Kim aytdi, men orqaga chekinaman?
Jen qo‘lida stakan bilan to‘xtab qoldi.
— Yo‘q, yo‘q va yana bir bor yo‘q, Eve! — u qattiq aytdi. — Buni unut! Bu endi klubdagi o‘yin emas. Bu sening oilang. Sening merosing.
— To‘g‘ri! — Eve tishlarini orasidan pichirladi.
— Ikkalang jiddiy o‘ylayapsizlarmi, men bu itni baxtli bo‘lishiga yo‘l beraman deb? Otamni qabrga tiqganidan so‘ng, u endi Seulning eng ta’sirli erkagiga turmushga chiqib, gullab-yashnashni rejalashtiryapti?
Yo‘q. Men undan hammasini olib qo‘yaman.
Uning qimmatli ishongan Arkanini ham.
Jake boshini chayqadi:

— Bu o‘z joniga qasd qilishga teng. Arkanning nigohini ko‘rdingmi? U bilan o‘yin o‘ynash mumkin emas. Agar sen uning “dumini” bosib qo‘ysang, u seni ezib yuboradi va buni sezmay ham qolasan.

Eve bir lahzaga to‘xtab qoldi. Xotirasida klubdagi sahna va Arkan ofisidagi “sovg‘asi” paydo bo‘ldi. Yuziga to‘satdan oqarish tushdi, qo‘lini ko‘zlariga qo‘ydi.
— La’nati…
— La’nati… — do‘stlari bir ovozdan so‘rashdi.
— Aftidan, men haqiqatan ham oxiriga yetdim, — Eve nafas chiqarib o‘yladi, Arkan kabinetida bir necha soat oldin qilgan ishlarini eslab.
<<>>.
Arkan koridorda yapon hamkorlari guruhida yurardi. Ular Gonkongdagi kelajakdagi shartnoma tafsilotlarini muhokama qilayotgan edi.
— Janob Arkan, logistika bo‘yicha shartlaringiz bizga ma’qul, — dedi yaponlardan biri tarjimon orqali.

— Lekin biz sizning bosh ofisingizning xavfsizlik tizimini yana bir bor ko‘zdan kechirmoqchi edik. Eshitishimiz bo'yicha, u mukammal ekan.
— Mukammallik mening asosiy prinsipim, — Arkan sovuq ohangda javob berdi, kabinetiga yaqinlashib. — Iltimos, ichkariga o‘taylik, u yerda nihoyat hujjatlarni imzolaymiz.

Xosok bir oz oldinga chiqdi. U katta eshikka yaqinlashdi, magnit kalit bilan qulfnini ochdi, lekin eshik biroz ochilgan zahoti to‘xtab qoldi. Kabinetdan namlik va nimadir kirli narsaning o'tkir, yoqimsiz hidi kelardi.
Xoseok darhol eshikni yana yopdi.
Arkan qoshlarini chimirib, yonida to‘xtadi.
— Nima uchun kechikish bo‘lyapti? — sovuq ohangda so‘radi.

Xoseok kuch bilan tabassum qilib, hamkorlariga murojaat qildi:
— Kechirasiz, janoblar. Bu kichik texnik tekshiruv. Iltimos, bir daqiqa lounge hududida kutib turing. Kotiba sizni kuzatib qo'yadi.
Yaponlar ketgach, Arkan Xosokka to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaradi.
— Nima bo‘ldi? Ayt.
— Bilmayman… Men faqat eshikni biroz ochdim, lekin u yerda… u yerda biror narsa noto‘g‘ri, — Xoseok pichirladi.
—Xoseok chetga chiq, — Arkan Xosokning yelkasini surib, o‘zi oldinga o‘tdi. — Men o‘zim ko‘rib chiqaman.

Arkan tezda eshikni ochib ichkariga kirdi. Uning ko‘z o‘ngida hayratlanarli manzara ochildi. Uning mukammal, steril kabineti butunlay iflos, ishlatilgan sochiqlar bilan to‘lib ketgan edi — klub xodimlarining kiyinish xonasidan olingan. Ular uning charm divanida, ish stolida, gilamda yotgan, hatto bir nechtasi osilgan edi.
Va stolning o‘rtasida, muhim hujjatlar papkasining ustida, oq konvert yotgan edi. Arkan asta-sekin yaqinlashib, uni ochdi. Ichida xat bor edi:
"Endi, siz so‘raganingizdek, dadajon, bu yer mukammal toza. Sizning sevimli qizalog'ingiz."
Xoseok kabinetga qarab, qo‘lini og‘ziga qo‘yib vahimaga tushdi. Arkan harakat qilmay turib, xatni shunchalik qattiq ushlab turardi-ki, barmoqlarining suyagi oqargan edi. Xonadagi jimlik uning g‘azabidan shovqinli bo‘lib ketdi.

— Xoseok… — Arkanning ovozi shunchalik jim va qo‘rqinchli edi-ki, Xoseok bexosdan eshikka qarab orqaga qadam tashladi.
— Men uni tugataman…

Eve qo‘lini yuziga qo‘yib o‘tirardi, yelkasi mayda titroq bilan silkinardi.
Jen va Jake bir-biriga qarashdi, eng yomonini kutib, lekin Eve qo‘llarini tushirganda ular ko‘rdi… ular ko‘rdi, u… histerik tarzda kulayotganini.
— Eve, sen endi mamlakatdagi eng xavfli odamga qarshi terror aktini tan olding, — Jake o‘lik ohangda aytdi.
— Nega kulasan? Bizga Antarktida chiptalarini bron qilish kerak!
Eve kulib, ko‘z yoshlari orasida pichirladi.
— Siz ko‘rishingiz kerak edi… bu sochiqlar… ular shunchalik nam va kulrang edi… To‘g‘ridan-to‘g‘ri uning italiyalik mebellariga! Va xat! Men uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muhrlangan papkaning ustiga qo‘ydim!

Jen sekin o‘z sumkasiga cho‘zildi va narsalarni yig‘ishga kirishdi.

— Jake, sen qanday xohlaysan, lekin men ismimni “Xuana” ga o‘zgartiraman va fermaga ketaman, lama boqaman. Men bu odamni bilmayman. Eve? Qaysi Eve?
— Birinchi marta eshitayapman, — dedi Jake darhol Jenni yelkadan quchoqlab, boshini qimirlatib.
— Qo‘llab-quvvatlayman. Jen, men uning do‘sti bo‘lishni xohlamayman. Bu hayot uchun xavfli. Undan o‘lim hidi keladi, Evedan esa aqlsizlik va jasorat taraladi.
Eve nihoyat biroz tinchlandi, lekin ko‘zlarida hanuz g‘azab chaqnab turardi.
— Yaxshiyam, — dedi u.
— U meni “sutli qizaloq” deb atadi va kanalizatsiyani tozalashga majbur qildi!
Bu iflos eslatish uni haqiqatda kim ekanini ko‘rsatadi.
— Hah, haqiqatda kim? — Jen ko‘zlarini aylantirdi.
— Eve, u Arkan! U mehmonxonalar, kazinolar va yarim shaharni nazorat qiladi! U seni yer ostidan topib chiqaradi! Sen hattoki tushunyapsanmi, u…

buni o‘zining steril ofisida ko‘rganda nima qiladi?
Eve yana kulib yubordi:
— Ana endi! — dedi u, ich-ichidan g‘alati bir kutish hissidan siqilayotgan bo‘lsa ham.
— Uning yuzi… Xudo, o‘sha paytdagi yuzini ko‘rish uchun otamning hamma pulini berardim.
Jake Evega achinib qaradi:
— Do‘stim, agar seni Xan daryosida sement solingan qozonda topishsa, eng chiroyli gullarni olib kelishga va’da beraman.
— Lekin hozir men rasman sening hamrohing lavozimidan iste’foga chiqaman.

Evening telefoniga onasidan xabar keldi: «Soat 21:00 da “Arkan” mehmonxonasida kechki ovqat. O‘z vaqtida va hech qanday fokuslarsiz kel. Bu muhim!»
Eve ekranini o‘chirdi va lablarida kutishga to‘la tabassum paydo bo‘ldi.
— Bolalar, turinglar. Tayyorlanish vaqti keldi. O‘yin rasman boshlandi.

Xoseok dahshat ichida iflos sochiqlar uyumiga qarab turardi, bu paytda tozalash xizmati tezlik bilan kabinetni yig‘ishtirardi. Arkan xonaning o‘rtasida qimirlamay turardi. U sekin yozuvni buklab, shimining cho‘ntagiga soldi.
— Xo'jayin eshiting… buni uning yoshiga yo‘y. U shunchaki erkatoy qizaloq, — uni tinchlantirishga urinib dedi Xoseok.
Arkan boshini unga burdi. Uning nigohi shunchalik og‘ir ediki, xonadagi havo go‘yo qalinlashib ketgandek tuyuldi.
— Menga aql o‘rgatma, Xoseok. Bu “qiz” hammasini mayda-chuydasigacha o‘ylab chiqishga aqli yetdi. U mening hududimga kirdi. Men esa chegarani buzganlarni kechirmayman.
Arkan kabinetdan chiqib ketdi, eshikni shunday kuch bilan yopdiki, devorlar titrab ketdi, koridordagi qo‘riqchilar esa beixtiyor boshlarini yelkalariga qisib olishdi.

<<<<<<<<<<<>>>>>>>>>>>>>>>>>>>>
Eve o‘z yotoqxonasida oynaning oldida turardi. Jen va Jake karavotda o‘tirib, oxirgi tayyorgarlikni kuzatishardi. Eveda juda qisqa oq shorti bor edi, u uning nozik oyoqlarini ta’kidlab turardi va badaniga yopishib turadigan oq top kiygan edi.

— Eve, menimcha bu shortilar shunchalik qisqaki, umuman kiymasang ham bo‘lardi, — dedi Jen shubha bilan.
Jake kulib yubordi:
— Menimcha ayni muddao. Bunday ko'rinishdan qariyalar tez “yonadi”.
Uchovlari ham kulib yuborishdi.

— Qariya? Aslida u endigina o‘ttiz to‘qqizda — eslatdi Jen.
Eve bo‘yniga kumush choker taqib, burnini jiyirdi:
— Bu uni yosh qilmaydi.
U sariq jingalak sochlarini to‘zg‘itdi, lablariga yaltiroq surtib, oxirida “Chanel” atiridan sepdi. Tayyor. Sekin portlaydigan bomba.
— Hali ham tushunmadik, — Jen karavotdan turdi. — Biz seni qayerga tayyorlayapmiz? Bo‘lajak o‘gay otang bilan uchrashuvgami yoki sevgiling bilan uchrashuvgami?

Eve o‘z aksiga qaradi va uning nigohi po‘latdek qattiqlashdi.
— Dushman bilan uchrashuvga.
Shu so‘zlar bilan u xonadan chiqdi, pastga tushdi va mashinaga o‘tirib, mehmonxona tomon yo‘l oldi.

Jisu

Arkan

Eve

Fanfic Busan girls kanali uchun tarjima qilindi!