𝗙𝗢𝗥𝗕𝗜𝗗𝗗𝗘𝗡 𝗙𝗥𝗨𝗜𝗧 | 𝗞𝗦𝗝
— Ovv sizga va’da beraman bu shou zerikarli bo‘lmaydi, dedi Eve ovozini pasaytirib.
— Men uning hayotini jahannamga aylantirmagunimcha bu shou davom etadi
Jen qadahini balandroq ko‘tardi ko‘zlarida sho‘x chaqnash bor edi.
— Unda adashgan farzandning “Ilon” iniga qaytishi uchun!
Shampan qadahlari mayin jarang bilan to‘qnashdi. Jake faqat kuldi. Ammo Eve ular bilan birga kulsa-da, xayolan u allaqachon boshqa manzillarda edi sovuq va dabdabali Seulda.
Seoul
Jisu cheksizdek cho‘zilgan tushlik stolining to‘rida o‘tirardi. U sekin va aniq harakat bilan qahvasini aralashtirar, kumush qoshiqning finjonga urilgan mayin tovushi ulkan uyning sukunatini buzardi. Bu sokinlik uni bezovta qilmasdi. Aksincha, bu uyda u o‘zini mutlaq hukmdordek hammani boshqarayotgan qirolichadek his qilardi.
Shu payt eshik keskin ochildi. Romi qo‘lida planshetini mahkam tutgancha deyarli yugurib kirib keldi. Nafasi tezlashgan ko‘zlari hayajondan keng ochilgan edi.
— U qaytyapti, dedi u nafasi bo‘g‘ilib.
— Bir soatdan keyin Evening samolyoti Seulga qo‘nadi.
Jisu bir lahza qotib qoldi. Barmoqlari finjon dastasini sezilarli darajada qattiqroq qisdi. Ko‘zlarida tezda asabiylik ko'rindi ammo u buni tezda yashirdi. U chuqur nafas olib yuziga odatdagi sovuq loqaydlik niqobini qaytardi.
— Juda yaxshi dedi u sokin deyarli beparvo ohangda.
U sekin o‘rnidan turdi stol atrofini aylanib baland deraza yoniga bordi. Shahar osmoni bulutli og‘ir edi.
— Asosiysi… Arkan haqida bir og‘iz ham gap chiqmasin dedi u past lekin qat’iy ovozda.
—Agar u unashtiruv haqida vaqtidan oldin xabar topsa, isyon ko‘taradi va hamma narsani barbod qiladi dedi Jisu ohangini pasaytirib.
— Biz shunchaki bu xotira kunini tinchgina o‘tkazib olishimiz kerak. Hujjatlarga qo‘l qo‘ysin-u, keyin to‘rt tomoniga qarab ketsin.
— Yana bir gap… Arkanning yordamchisi bugungi kechki ovqat bekor qilinganini aytdi. Investorlar bilan muhim uchrashuvi bor ekan. Siz bilan keyinroq o'zi bog'lanishi haqida xabar qilibdi.
Jisuning qoshlari chimirildi. U keskin o‘rnidan turdi. Nafis stulning oyoqlari marmar pol ustida sirg‘alib tovush chiqardi.
— Bo‘shsan. Chiq dedi u sovuq buyruq ohangida.
Eshik yopilishi bilan u darhol telefonini qo‘liga oldi va o'ziga kerakli raqamni tera boshladi.
Arkan-Holdings korporatsiyasi.
Osmono‘par binoning eng yuqori qavatidagi keng, shisha devorli kabinetda bir erkak deraza yonida turardi. Quyosh botayotgan payt shaharni oltin rangga bo‘yayotgan edi.
190 santimetr bo‘yi, yelkalariga mukammal o‘tirgan qora kostyum, sovuq va o‘qdek tik qarash. 39 yoshida u Osiyodagi mehmonxonalar tarmog‘ining yarmiga egalik qiluvchi, temir irodasi va keskin qarorlari bilan nom qozongan inson...
Seoul manzarasi uning ortida mayda chiroqlar kabi miltillardi.
U qo‘lidagi hujjatlarni sekin yopdi. Telefoni tebrandi. Ekranda tanish ism paydo bo'ldi.
Arkan bir zum sukut saqladi va keyin telefonni qo'liga oldi
Uning ovozi past vazmin va buyruq berishga o‘rganib qolgan erkaknikidek qat’iy edi.
U hali bu qo‘ng‘iroq nafaqat kechki rejalarni, balki kelayotgan bo‘ronning yo‘nalishini ham o‘zgartirishi mumkinligini bilmasdi.
— Eshitaman dedi Jin past, quruq va mutlaq hukmron ohangda.
— Azizim... Jisuning mayin biroz titroq ovozi eshitildi.
— Kechki ovqatimiz bekor bo‘lganini eshitdim. Buni begonalardan emas, aynan sening o‘zingdan eshitishni xohlagandim.
Arkan sekin derazadan yuz o‘girdi. Chehrasida biror tuyg‘u na afsus, na iztirob, na izoh bor edi.
— Buni kimdan eshitishingni nima ahamiyati bor?dedi u sovuqqonlik bilan.
Aloqaning narigi tomonida Jisu sezilarli darajada asabiylashdi.
Arkan doim shunday bo'lgan— yetib bo‘lmas darajada uzoq, qattiqqo‘l va odamni ich-ichidan cho‘chitadigan darajada sovuq.
— Albatta yo‘q... dedi u shoshqaloqlik bilan.
— Shunchaki seni sog‘indim. Seni... sening teginishlaringni...
Arkan bilagidagi qimmatbaho soatga qisqa nazar tashladi. Uning uchun vaqt hissiyotlardan ko‘ra muhimroq va ustun edi.
Arkan uning noz-karashmalariga mutlaqo e’tibor bermadi va gapini keskin davom ettirdi.
— Ertaga yoningga odam yuboraman. Hozir bandman. Keyinroq gaplashamiz.
U hatto javobni ham kutmadi aloqa uzildi.
Jisu o‘zining hashamatli qasrida ko‘zgu qarshisiga keldi. Yorug‘lik uning oppoq terisida yaltirab turardi. U o‘z aksiga tikildi va labini sekin tishladi.
— Meni aqldan ozdiryapsan, Arkan... deb pichirladi u.
Ko‘zlarida esa sog‘inchdan ham xavfliroq telbalarcha bog‘liqlik ifodasi bor edi.
Biznes-klass terminali eshiklari shovqinsiz ochildi.
Birinchi bo‘lib Eve chiqdi. U keng charm bryuk, oq krasofkalar va bir necha tugmasi ataylab ochiq qoldirilgan keng rubashka kiygan edi. Qadamlarida ishonch nigohida esa befarqlik aralash mag‘rurlik sezilardi.
Uning ortidan brend chamadonlarga to‘la aravachalarni itarib, uyqusiragan, ammo baribir zamonaviy ko‘rinishini yo‘qotmagan Jen va Jake chiqishdi.
Eve zalning qoq markazida to‘xtadi. Sekin ko‘zoynagini yechdi va Seoul havosidan chuqur nafas oldi.
Sotqinlinlik va xiyonatni eslatardi..
— Xo‘sh… ilonim, men uydaman, deb pichirladi Eve tishlari orasidan.
Bu so‘zlar onasiga qaratilgan edi na sog‘inch, na hurmat bor edi unda, faqat muzdek nafrat sezilardi.
Jen uning yoniga yaqinlashib yelkasiga tushib ketgan soch tolalarini ehtiyotkorlik bilan to‘g‘irladi. Uning ko‘zlari allaqachon sarguzashtlarni izlab yonardi.
— Eve, men hoziroq doramalardagi vibeni his qilyapman! dedi u hayajon bilan.
— Qayerga boramiz? To‘g‘ri “Ilon”ning qasrigami yoki avval yaqin atrofdagi barda stressni parchalaymizmi?
Eve labining bir chetini ko‘tardi. Bu kulgi emasdi bu qaror edi.
— Barga dedi u qisqa va qat’iy.
— Uning oldiga aniq va hushyor holatda borish niyatim yo‘q.
U ko‘zoynagini yana ko‘ziga taqdi go‘yo ichidagi hissiyotlarni shu orqali yashirgandek.
— Menga hozir… biroz yengillashish uchun nimadir, yoki… kimdir kerak.
Shamol uning sochlarini yengil silkitdi. Seoulda tun endi boshlanayotgan edi va bu kecha kim uchundir oddiy tun bo‘lsa, kim uchundir urushning ilk qadam edi.
Club «Eclipse» shaharning eksklyuziv joylaridan biri.
Klubning katta qora eshigi ochildi va zalga Arkan kirib keldi. Uning mavjudligi og‘ir aura kabi sezilarli edi — musiqa ovozi keskin pasaydi, xavfsizlik xodimlari esa tartib bilan turishardi. Orqasidan to‘rt nafar tanlangan qo‘riqchi kuzatib borardi, lekin hatto ular ham uning hukmron figurasiga qaraganda so‘nardi. Unga darhol Xoseok yaqinlashdi, uning o‘ng qo‘li va u bilan yuzma yuz gaplasha oladigan yagona inson.
— Hammasi tayyor dedi Xoseok terminalga ishora qilib.
— Faqat bitta savol: barni ochiq qoldiraylikmi yoki investorlar uchun shaxsiy kecha qilaylikmi?
Arkan sovuq tekshiruvchi nigohi bilan ikki qavatli zalni ko‘zdan kechirdi.
— Ochiq qoldir. «Eclipse Hongok 2» ochilishida investorlar shu joyda bo'lib,muhitni kuzatib his qilishlari zarur.
Ular ritmni his qilishlari kerak.
Bizning muvaffaqiyatimiz uchun bu zarur. Lekin xavfsizlikni taminla ortiqcha harakat yo‘q, iflosliklar yo‘q. Hammasi mukammal bo‘lsin.
— Tushundim Xoseok tezda ratsia orqali buyruq berdi.
— Siz o‘z zonangizga boring, men hammasini nazorat qilaman. VIP 1 va 2 siz va mehmonlar uchun yopiq, VIP 3 va 4 elit mijozlar uchun qoldiramiz.
Bu orada «Sky Palace» Restarani.
Eve, Jen va Jake stol atrofida o‘tirishar, stol nafis va qimmatbaho taomlar bilan to‘ldirilgan edi. Lekin taomlar ular uchun umuman qiziq emasdi. Jen dangasalik bilan vilka bilan idishni surib, ko‘zini bar stolidagi yigitlar guruhidan uzmasdi.
— Xudo, Koreya haqiqatan ham shu yillarda o‘zgarib ketibdi dedi Jen sochini tuzatib, past ovozda.
— Chapdagi bu yigitlarga qarang…
Ularning bunday ko‘rinishidan yuzida “men boy va juda xavfliman” deb yozilgandek. Bundaylarni yaxshi ko‘raman.
—Sen juda ham hayolparast insonsan Jen. Lekin mayli tan olaman, bu yerdagi yigitlar darajasi haddan tashqari yuqori. Eve, sen nima uchun jimsan? Hech kim seni qiziqtirmadimi? Dedi Jake Jenga kinoya qilib.
Eve dangasalik bilan shampan stakanini aylantirdi, chiroqlar aksini kuzatar ekan.
— Hech biri. Ularning barchasi bir xil… shirin. Menga shunday kishi kerakki, bir qarashi bilan meni bosib tura olsin. Hokimiyat, qimmat sigaret va gunoh hidi keladigan erkak.Sovuq aql va temir qo‘lga ega ritser. Shunday bo'lsinki, men uni sindirmoqchi bo'lay, u esa meni.
Jen kulib yubordi.
— Xo‘p, azizim, unda sen uzoq kutishga majbursan. Bunday namunalar Qizil kitobga kiritilgan!
Shu payt ularning stoliga ikki nafis yigit yaqinlashdi qimmat kostyumlarda.
— Kechirasiz, ulardan biri muloyim tarzda…
— Biz sizga ichimlik taklif qilmoqchimiz. Agar hali shu kechani yuqori darajadagi qayerdadir o‘tkazishni rejalashtirmagan bo‘lsangiz, sizni Seulning eng yaxshi klubiga olib borishimiz mumkin.
— Qaysi klub? qoshini ko‘tardi Eve, uni baholovchi nigohi bilan ko‘rar ekan.
— Club «Eclipse». Bu shaxsiy club. Agar u yerga bormagan bo‘lsangiz Demak Seulni yaxshi bilmaysiz. Lekin u yerga kirish oson emas.
Eve tabassum qildi, ko‘zlarida qiziqish porladi.
— «Eclipse»… Bu chaqiriqdek eshitilyapti. Do'stlar, yig‘iling. U yerga boramiz.
Klub «Eclipse». Vaqti 23:50.
VIP zonaning birinchi sektorida og‘ir hashamat va katta pullar muhiti hukmron edi. Arkan yarim doira charm divanda, qo‘llarini qulf qilib o‘tirardi. Oldida stol ustida kolleksion stakanlar turardi…
Viski stakanda jim turardi yorug‘likni aks ettirmas, uni yutib yuborardi. Xuddi bu joyning haqiqiy egasidek. Zalning qarama-qarshi tomonida uch nafar investor o‘tirishardi. Ularning kostyumlari qimmat, nigohlari sovuq, ammo yelkalaridagi taranglik yashirin xavotirni fosh etib turardi.
— Janoblar, «Eclipse Hongok 2» oddiy club emas, dedi Arkan past ammo qat’iy ovozda. So‘zlari havoga ko‘tarilmay sukunatga singib ketgandek.
U bir lahzaga to‘xtadi. Zalda faqat muz bo‘laklarining sekin jiringlashi eshitilardi.
— Bu yerda siz mukammal xizmatni emas, nazoratni sotib olasiz. To‘liq xavfsizlikni emas, mutloq maxfiylikni. Bu yerga keladigan mijozlar pulni shunchaki qulaylik uchun emas, jimlik uchun to‘laydi.
Mening odamlarim bu zalda har bir nafasni nazarot qiladi. Har bir qadamni ko‘radi. Har bir shubhani sezadi.
Investorlardan biri ko‘zoynagini sekin tuzatdi. Nigohi sinovchan edi.
— Natijalaringiz ta’sirli, Arkan. Ammo inson omilichi? Shuncha alkogol, shuncha yoshlar… Xatoliklar bo‘lishi mumkin. Ahir bu bizness va bunda xatoliklar bo'lishi tabiiy.
Arkan labining bir chetida sezilmas tabassum paydo bo‘ldi. U stakanni stol ustiga qo‘ydi. Shisha yog‘ochga tegib, qisqa va qat’iy tovush chiqardi.
— Mening muassasamda “inson omili” yo‘q, dedi u sokinlik bilan.
— Bu yerda hamma qoidaga amal qiladi. Qoidani buzganlar esa kokteyilini ichishga ulgurmasidan yo'q bo'lishadi. Bu yerda hatto qoidalar ham menga bo'ysunadi.
Zalda yana sukunat cho‘kdi. Ammo bu safar sukunat bo‘sh emas edi u kuch bilan to‘la edi.
Shu payt pastda, VIP 3–4 zonasi kirishida, Eve so‘nggi marta o'ziga qarab olish uchun hojatxonaga kirdi. Oyna qarshisida to‘xtab o‘z aksiga tikildi. Qora ipak ko‘ylak tanasiga ikkinchi teridek yopishgan, har bir harakatini mayin chiziqdek ta’kidlab turardi.
Nozik barmoqlari bilan kalta suyaklari va silliq ko‘ksining chizig‘i yorug‘likda nozik jilvalanayotgan ochiq yelkasini silab qo'ydi. Sochlarini tarab yelkalariga tushurdi. Nigohiga ataylab jasorat qo‘shdi.
— Xo‘p, Seoul, sen mening shoularimni ko'rish uchun tayyormisan? dedi u past ovozda. Ko‘zlarida xavfli olov bilan.
Ular zinapoyadan ko‘tarilishganda kirish eshigi oldida Xoseok kutib turardi. Uning nigohi shovqinli guruhni birma-bir baholardi Eve, Jen, Jake va qo‘llarini qizlarning belidan zo‘rg‘a uzib turgan ikki yigit.
— Sizning sektor tayyor, VIP 3 va 4, dedi Xoseok yo‘lni bir lahza to‘sib.
— Iltimos, qoidalarni hurmat qiling…
Uning ovozi sokin edi ammo unda ogohlantiruvchi qat’iyat sezilardi. Zinapoya ortida musiqa urardi, yorug‘lik miltillardi va kecha hali endigina boshlanayotgandi.
—Bu yerda ortiqcha shovqin qilinmaydi.
Eve esa jasorat bilan tabassum qildi va Xoseokning oldidan o‘tarkan ataylab uning yelkasiga tegib, qimmat atir va tahdid hidi tarqatdi.
— Harakat qilamiz… agar musiqa juda zerikarli bo‘lmasa.
Ular zinapoyaga ko‘tarilib, o‘z joylarini egallashdi.
Sektorlar nafis yog‘och devorlar bilan ajratilgan edi. Ular VIP 1-2 da kim o‘tirganini ko‘ra olishmasdi lekin tovushlar mukammal eshitilardi.
O‘n besh daqiqa o‘tib, Eve sektorida vahshiylik boshlandi.
— Ey! Yana quy! dedi Jen yigitga suyangan holda.
— Eve, ularga Vegasda qanday raqs tushilishini ko‘rsat!
Eve bir shisha shampanni ichib to‘g‘ridan-to‘g‘ri stol ustiga chiqdi. Uning harakatlari sekin erotik edi.
U yigitlardan birini galstugi bilan o'ziga tortdi musiqa ritmiga mos harakatlana boshladi ularning lablari deyarli bir - biriga tegardi.
— Qani, Eve ortda qolma!
Jake kulib baland qarsak chaldi. Evening kulgisi va qichqiriqlari club fon musiqasidanda baland va jarangli edi.
VIP 1-2 da vaziyat taranglashib borardi.
Arkan gapirishda davom etdi
— …shunday qilib, investitsiya qaytimi sakkiz oy ichida rejalashtiril…
Shu payt devor ortidan sinib ketgan bokalning jarangli ovozi va Evening baland, ayolsimon kulgisi eshitildi.
Arkan jim bo‘lib qoldi. Uning jag‘lari qattiq qisildi. Investorlar bir-biriga qarashdi.
— Aytayotganimdek, sakkiz oy — bu real mud…
— Eve, sen haqiqiy iblissan! Yana qil! va stol ustida oyoqlar dupuri.
Arkan keskin ravishda bokalini stolga qo‘ydi. Ovoz past edi ammo e'tiborni tortardi. Arkan qo'riqchilarni chaqirish tugmasini bosdi. Bir soniyadan so‘ng Xoseok uning yonida edi.
— Xoseok, Arkanning ovozi etik ostida muz sinayotgandek jarangladi.
— Men aniq aytgandim hech qanday tartibsizlik yo‘q. Devordan narida o‘sha hayvonlar kim?
— Bu yangi yoshlar guruhi, Shtatlardan uchib kelishgan tez javob berdi Xoseok.
— Men ularga allaqachon ogohlantirish berganman…
— Menga baribir qayerdan uchib kelishgani, Arkan sovuq nigoh bilan devorni teshib qaradi.
— Agar bir daqiqadan keyin yana bitta ovoz eshitsam, ularni shaxsan o‘zing haydab chiqarasan. Stol bilan birga, ustida sakrashayotgan bo‘lsa ham. Qandaydir ahmoq mening bitimimni buzishiga yo‘l qo‘ymayman.
Xoseok bosh irg‘ab tezda Eve sektoriga yo‘l oldi. U hali Eve birinchi ogohlantirishdayoq bo‘ysunadiganlardan emasligini bilmas edi.