April 21

𝗙𝗢𝗥𝗕𝗜𝗗𝗗𝗘𝗡 𝗙𝗥𝗨𝗜𝗧 | 𝗞𝗦𝗝

𝗖𝗛𝗔𝗣𝗧𝗘𝗥 𝗧𝗘𝗡 | 𝟭𝟬

Arkanning villasi. Kechqurun.

Arkan keng va sokin kabinetida chuqur o‘yga cho‘mib o‘tirardi. Xonani og‘ir sukunat bosgan, faqat devor soatining sekin urishi eshitilardi. Shu payt eshik muloyim taqilladi.

— Janob, Jisu xonim keldi.

— Kirishi mumkinmi? dedi axrana

Arkan boshini qisqagina irg‘ab, ruxsat berdi.

Jisu xonaga shoshilib kirib keldi. Uning qimmatbaho atir hidi bir zumda butun xonani egalladi. U hech ikkilanmay Arkan tomon yaqinlashdi va uni mahkam quchoqladi, butun vujudi bilan unga yopishdi. Arkan ham javoban uni quchdi, ammo nigohi sovuq va uning nigohlari Jisuda emas bo‘shliqqa qaratilgan edi.

— Arkan, bugun juda charchadim… Yaxshiyam uyda ekansan dedi
Jisu ko‘zlarini yumib, uning bag‘rida bosh qo‘yib.

— Bu ishlar, kompaniya… bizni butunlay uzoqlashtirib yubordi. Dam olish kunlari kichkina uyimizga borib dam olamizmi?
Jisu yana bir oz to‘xtab, past ovozda qo‘shimcha qildi

— Yoki tog‘larga… Faqat sen va men.

Arkan asta undan biroz uzoqlashdi. Ovozi quruq, hissiz edi

— Bilmayman, Jisu. Ko‘ramiz. Bu hafta juda bandman. Jadvalimda bo'sh joy yo'q.

Jisu yengil xo‘rsindi va erkakning yelkasiga qo‘lini qo‘ydi.

— Eve bilan seni ancha qiynab qo‘ydim, shundaymi? U juda o‘zboshimcha…

Arkan boshini burdi. Bir lahza uning xayolida Evening qiyofasi paydo bo‘ldi o‘sha dadil nigoh, biroz tishlangan lablar…

— Ha… biroz o‘zboshimcha dedi u qisqa.

Jisu mayin jilmaydi. Ayolning barmoqlari asta Arkanning ko‘ylagidagi tugmalarga tushdi.

— Unda seni biroz tinchlantiray… Hammasini unutdiraman dedi u pichirlab va tugmalarni birma-bir yecha boshladi.

Ayol lablarini erkakga yaqinlashtirib o‘pmoqchi bo‘lganida, Arkan birdan boshini chetga burdi va Jisuni ehtiyotkorlik bilan to‘xtatdi.

— Bugun… o‘pishmasak ham bo‘ladi, dedi u sovuqqina.

Jisu bir zum qotib qoldi. Ammo uni ranjitib qo‘yishdan qo‘rqib, hech qanday sabab so‘ramadi. Faqat indamay bosh irg‘adi.

— Xo‘p, jonim… qanday xohlasang, dedi u muloyimlik bilan.

Ayol Arkanning qo‘lidan tutib, uni karavot tomon yetakladi va yoniga yotqizdi. Arkan qarshilik ko‘rsatmadi, lekin ich-ichidan o‘zini huddi bu oldidagi ayolga begonadek his qilardi go‘yo Arkan Jisu sevgan erkak emas, shunchaki rol o‘ynayotgan kimsadek.

Ayni payt. Park saroyi.

Eve, Jen va Jake zo‘rg‘a uyga kirib kelishdi. Jen Jakening yelkasiga osilib olgan, Eve esa oyoq kiyimini yechishga urinib, asta klub qo‘shig‘ini xirgoyi qilardi.

Shu payt yo‘lakda Romi paydo bo‘ldi. U qo‘llarini ko‘ksiga chalishtirib, ularni yuqoridan pastga qarab sinchiklab ko‘zdan kechirdi.

— Xudoyim… sizlar nimaga o‘xshab qolgansizlar o‘zi?..

Romi mast uchlikka jirkanchlik bilan qarab yuzini burishtirdi.

— Sizlarga nima bo‘ldi o‘zi? Loy ichidan chiqib kelgandek ko‘rinasizlar!

Eve unga loqayd qaradi, keyin hiqichoq tutib bir ko‘zini qisdi

— O-o-o… Romi… Sen bu yerda nima qilyapsan o‘zi?.. Gilamlarni chang bosgan-bosmaganini tekshirgani keldingmi?

Romi darrov javob qaytardi, ovozida achchiq g‘azab sezilib turardi

— Onangni kutyapman! U menga bugun uyda qolishimni aytgandi.
Eve, sen katta kompaniyaning merosxo‘ri bo‘lib, o‘zingni juda zo‘r deb o‘ylayapsan!

— Eshit, Ilonning yordamchisi! deb uning gapini Jen bo‘ldi, zo‘rg‘a tik turib.

— Yo‘qol bu yerdan. Biz… dunyoni zerikishdan qutqarish uchun favqulodda yig‘ilish o‘tkazyapmiz. To‘g‘rimi, Eve?

Eve eshik tomon qo‘lini siltadi, deyarli muvozanatini yo‘qotib

— Yo‘qol, Romi! Sening yuzingni ko‘rish… huddi nordon sut ichgandek! Hozir xavfsizlik xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, mening sevimli niqoblarimni o‘g‘irlab ketganingni aytaman!

— Ket! Ket!

— Ha-a! deb qo‘shimcha qildi Jake xirillagan ovozda.

— Va orqaga qaramagin! dedi yigit davom etib.

— Yo‘qsa haykal bo‘lib qolasan!

G‘azab va haqoratlardan bo‘g‘ilib qolgan Romi sumkasini keskin oldi va eshikni qattiq yopib chiqib ketdi.

Ikkinchi qavatdan birdaniga baland ovoz yangradi

— G‘alabaaa!

Eve mehmonxona gilamiga yiqilib tushib kuldi

— Jen… suv olib kel… Menga ertaga ofis uchun yangi yuz kerak bo‘ladi shekilli…

Park saroyi. Ertalab.

Eve ko‘zlarini zo‘rg‘a ochdi. Boshida kechagi yuk mashinalari hali ham yurayotgandek har zarba ichidan kelayotgandek tuyulardi. Ammo og‘riqqa qaramay, u o‘zini majburlab o‘rnidan turdi. Ich-ichida esa tushunarsiz, ammo yoqimli bir intizorlik uyg‘onib ulgurgan edi.
Qiz tezda o‘ziga kelish uchun sovuq dush qabul qildi.

Bu safar u uslubini o‘zgartirishga qaror qildi ortiqcha ochiqliksiz.
Eve sodda, ammo jozibali ko‘rinishni tanladi jinsi shortilar, ustiga katta och pushti sviter. Bu kiyim uni biroz begunoh, hatto farishtasimon qilib ko‘rsatardi. Oq, toza krossovkalar esa obrazni mukammal yakunladi.
Sochlarini yengil tarab, tabiiy tushgan holda qoldirdi.
Shundan so‘ng, u pastga tushdi.

Jen va Jake allaqachon mehmonxonada o‘tirib, kuchli achiq qahva ichishardi. Ammo xonadagi nisbatan sokin muhit birdan buzildi Romi go‘yo hech narsa bo‘lmagandek divanda bemalol o‘tirardi.

Eve stol tomon yurarkan, labida sovuq jilmayish paydo bo‘ldi

— Nega hali ketmading?

Romi boshini ko‘tardi. Uning labida zaharli, masxarali tabassum paydo bo‘ldi. Nigohi esa Evega ayniqsa uning bir nuqtasiga haddan tashqari uzoq tikilib qoldi.

— Xayrli tong. Onangni kutyapman.

U beparvo ohangda davom etdi

— Bugun birga shopping qilib, spa markaziga borishni rejalashtirgandik… Ammo rejalar o‘zgardi.

Eve qo‘lidagi chashkani ushlab turgancha bir zum qotib qoldi.

— Nega?

Romi ataylab sekin harakat bilan kiyimini tuzatdi, so‘zlarini cho‘zib

— Jisu qo‘ng‘iroq qildi. Kechani Arkanning uyida o‘tkazgan ekan. Aytdiki, ular ertalabni ham birga o‘tkazishga qaror qilishibdi… va Arkan bugun erta ketmas ekan.
U yelkasini qisdi, labida yana o‘sha zaharli tabassum

— Shuning uchun mening “rejalarim” bekor bo‘ldi.

Jen va Jake bir-biriga qarab qo‘yishdi, keyin esa ehtiyotkorlik bilan Evening yuziga tikilishdi.
Shu payt Evening ichida nimadir qattiq sanchdi. Hasad birdan alangadek ko‘tarildi shunchalik kuchli ediki, u qo‘lidagi chashkani deyarli sindirib yuboray dedi. Ko‘z oldida o'sha lahza miltilladi
Arkan va Jisu… birga… aynan o‘sha joyda… kecha esa u bilan…
G‘azab va nafrat ichida achchiq aralashmaga aylandi.

— Tushundim, dedi u past, ammo sovuq ovozda va chashkani stolga qo‘ydi.

— Demak, ularning “ishlari” biroz cho‘zilibdi.

U keskin o‘rnidan turdi, sviterini to‘g‘riladi va do‘stlariga muzdek nigoh tashladi

— Jake, mashinani tayyorla. Park Holdingga bor.
Bir zum to‘xtab, qat’iy ohangda qo‘shdi

— Ular u yerdan bir qadam ham chiqolmasin.

So‘ng u sekin Romiga o‘girildi. Romi hali ham o‘zini g‘olibdek his qilib, kulimsirab turardi.
Evening nigohi yanada sovuqlashdi.

— Sen esa… dedi u sokin, ammo o‘tkir ohangda, shu bo‘sh uyda yolg‘iz qolishdan zavqlan.

U eshik tomon yurib, ortiga qaramay yana qo‘shimcha qildi

— Bugun “Eclipse”da juda ko‘p ishlar meni kutyapti.

Eve orqasiga o‘girildi. Mushtlari beixtiyor qisilayotganini sezib, chiqish yo‘liga tez-tez qadam tashladi. Uning xayolida faqat bitta fikr aylanardi

— Dadajon, bugun sizga shunday “xayrli tong” tilaymanki, hatto ismingizni unutib qo'yasiz…

Evening mashinasi asosiy kirish eshigi oldida g‘ichirlab to‘xtadi. Endigina tushmoqchi bo‘lgan Xoseok telefonini deyarli qo‘lidan tushirib yubordi. Erkak ertalab bunchalik erta Eveni ko‘rayotganiga ishonmay, ko‘zlarini ishqaladi.

— Eve?! dedi u hayrat bilan.

— Osmondan biror narsa tushdimi? Yoki bu dunyoning oxirimi? Bu kecha uhladingmi o'zi yoki soating buzilganmi?

Eve mashinadan tushdi. Qo‘llarini g‘azab bilan ko‘ksiga chalishtirib oldi. Pushti sviteri kulrang beton fonida ajralib turardi, ammo uning nigohi sovuq va qattiq edi.

— Ish kutmaydi! dedi u keskin.

— Sevimli direktoring qayerda?
Xoseok soatiga qaradi, yelkasini qisdi.

— Hali erta. Bugun ertalab qiladigan ishlari bor edi, shuning uchun biroz kechikadi. Keyinroq keladi.

Eve lablarini qattiq tishladi, ichida g‘azab qaynadi.

— Demak, boshqalarga qat’iy qoidalar qo‘yadi-yu, o‘zi kechikadimi… dedi u past ovozda, o‘zini zo‘rg‘a bosib.

Eve Xoseokni yonidan tez o‘tib, binoga kirib ketdi. Kabinetiga bostirib kirib, eshikni shunchalik qattiq yopdiki, go‘yo butun ofis larzaga kelgandek bo‘ldi. Stollardagi ruchkalar ham joyidan siljib ketdi.

— Voy, yana bularni tozalash kerak… dedi u kechagi hujjatlarga qarab.

— Juda zerikarli

Qiz og‘ir xo‘rsinib, stulga o‘tirdi. Telefonini olib, AI ilovasini ochdi.

— Siri… yoki isming nima bo‘lsa ham, quloq sol, apparat. O‘sha “chol” kelib menga hayot saboqlarini o‘qitmasidan oldin, bu la’nati hisobotni tezroq tugatishim kerak. Yordam ber.

Ilova esa eski va chalkash ma’lumotlarni berishda davom etdi. Eve sabrsizlik bilan uni to‘g‘rilab bordi.

— Yo‘q, “juda ko‘p tayoqchalar” emas, “metall konstruksiyalar hajmi” deb yoz… Ha, endi bo‘ldi.

Soat sakkizga yaqinlashganda, u nihoyat asosiy fayllarni yopishga muvaffaq bo‘ldi. Charchoq bilan stulga suyandi, soatiga qaradi. Uning ichida asta-sekin qasos rejasi shakllanib borardi.

Arkan villasi. Terassa.

Arkan stol yonida o‘tirardi benuqson tikilgan kostyumda, hatto nonushta paytida ham u jiddiy va sovuqqon ko‘rinardi. Qarshisida Jisu sokin o‘tirib, choyini sekin aralashtirar, hamma narsa tashqaridan qaraganda tinch va tartibli tuyulardi.

— Arkan, jonim, dedi u muloyim ohangda.

— Kecha juda yaxshi vaqt o‘tkazdik… Balki to‘y sanasini rasman muhokama qilishimiz kerakdir?

— Hozirdan rejalashtirishni boshlasak, joyni ham oldindan band qilamiz.

Arkan asta-sekin qahva finjonini stolga qo‘ydi va Jisuga sovuq, o‘tkir nigoh bilan qaradi.

— Jisu, menimcha, biz buni allaqachon hal qilganmiz.

— Nima haqida gapiryapsan? Jisuning tabassumi biroz xiralashdi.

Arkan ovozini bir tekis, qat’iy tutdi

— Senga bergan uzuk… Bu turmush qurish taklifi emas edi. Bu hozirgi munosabatlarimizning ramzi. Mening mehr-muhabbatimning belgisi. Ammo men hozir turmush qurish haqida o‘ylamayapman. Kompaniya oldida juda ko‘p majburiyatlarim bor… va otamning xotirasi oldida ham.

Jisu qo‘lidagi qoshiq bilan qotib qoldi. Uning yuzida hayrat va alam aralash ifoda paydo bo‘ldi. Ayol bunday sovuq rad javobini kutmagandi.

— Lekin… bu qanday mumkin? Axir biz bir yildan beri birgamiz…

— Har narsaning o‘z vaqti bor, Arkan uni gaplarini keskin buzdi.

U o‘rnidan turib, yenglarini to‘g‘riladi.

— Ofisga borishim kerak.
U Jisuga qayrilib ham qaramay, ayvondan chiqib ketdi. Jisu esa yolg‘iz qoldi.

“Epscalipe”. Ertalab soat 8:35.

Eve asabiylashib soatiga qaradi va yo‘lakka chiqdi. Ish kunining yarim soati allaqachon o‘tgan, ammo xo‘jayinining ofisi hanuz bo‘sh edi. Qiz Xoseokning stoliga yaqinlashdi erkak esa xotirjamlik bilan elektron pochtalarini ko‘zdan kechirayotgan edi.

— Hali ham Arkan yo‘qmi? dedi Eve yashirilmagan jahl bilan.
Xoseok boshini ko‘tardi va yengil jilmaydi.

— Ko‘rib turganingdek.

— Men tushunmadim! Eve barmog‘i bilan soatini ko‘rsatdi.

— Qarang!

— Arkan...rahbar dedi Xoseok xotirjam, go‘yo bu oddiy haqiqatdek.

— U soatga qarab ishlamaydi. Aksincha, ish, ofis va xodimlar unga moslashadi.

Eve papkani shunchalik mahkam ushladiki, barmoqlari oqarib ketdi.

— Demak, u kechikishi mumkin, men esa bu ahmoqona hisobotlar bilan uni kutishim kerakmi?!

— Ko‘nikib ketasan, Eve, dedi Xoseok beparvo.

— Bugun Yaponiyadan katta biznesmenlar va uning oilasi keladi. Butun hafta ular bilanmiz oilaviy kechki ovqatlar, shaxsiy sayohatlar… Ana shunda haqiqiy ish boshlanadi.

Evening ko‘zlari dahshatdan kattalashdi.

— Menmi? Biznesmenning oilasi bilan kechki ovqat?!

— Hech qachon! Men bormayman!

Shu payt lift eshiklari mayin jarang bilan ochildi. Arkan og‘ir va ishonchli qadam bilan chiqib keldi.
Butun ofis bir zumda jimib qoldi. Xodimlar hurmat bilan ta’zim qila boshlashdi, Xoseok ham o‘rnidan turdi. Arkan esa Eveni ataylab e’tiborsiz qoldirib, to‘g‘ri ofisiga yo‘l oldi.

— Sizga ham xayrli tong! Eve uning ortidan baland ovozda baqirdi.

— Hamma uchun qonun qo‘yadigan, lekin o‘zi bajarmaydigan rahbar! Siz roppa-rosa 45 daqiqa-yu 50 soniya kechikdingiz!

Yo‘lakda o‘lim sukunati hukm surdi. Hamma nafasini ichiga yutdi.

Arkan hatto orqasiga ham qaramadi. U shunchaki eshigini ochdi, ichkariga kirdi va eshikni Evening yuziga qarsillatib yopdi.
Eve hayrat bilan Xoseokka o‘girildi

— U hozirgina… eshikni yuzimga yopdimi?!

— Men “yopdi” demagan bo‘lardim, dedi Xoseok tabassumini zo‘rg‘a yashirib.

— Balki… “qarsillatib yubordi".

G‘azabdan yonib turgan Eve o‘ylab ham o‘tirmay, Arkanning ortidan bostirib kirib ketdi. Qiz ham xuddi uningdek eshikni qattiq yopdi xonada yana o‘sha quloqni larzaga keltiruvchi ovoz yangradi.

Shu payt Arkan xotirjamlik bilan kurtkasini stulning orqa tomoniga ilib qo‘ydi. Go‘yo dunyodagi barcha sabrni yig‘ib olgandek, chuqur xo‘rsindi va stol ortiga o‘tirdi.

— Nima, bugun ertalabki “sevgi” shunchalik ajoyibmidiki, endi odamlarni odam o‘rnida ko‘rmay qo‘ydingizmi? dedi Eve zaharli ohangda, ammo yuzida beozor jilmayish bilan.

Nihoyat Arkan unga qaradi. Erkak asta-sekin Evening tashqi ko‘rinishini boshdan-oyoq sinchiklab ko‘zdan kechirdi.

— Avval eshikni taqillatishni o‘rgan, dedi u sovuqqon, ammo qat’iy ohangda.

— Bu ofis, sening uying emas. Qoidalarga rioya qil.

Eve stolga yaqinlashib, papkani kuch bilan stol ustiga tashladi.

— Agar intizomni juda yaxshi ko‘rsangiz, o‘zingiz ham vaqtida keling shu qoidalarga amal qiling! Siz ko‘ngilxushlik qilib yurganingizda sizni bir soatlab kutishga majbur emasman!

Arkan kaftini stolga qattiq urdi qog‘ozlar shitirlab ketdi. U asta-sekin o‘rnidan turdi. Eve esa beixtiyor qaddini rostladi.
Arkan qizga yaqinlashdi. Uning yuzi sovuq niqob ortida muzlab qolgandek edi.

— Menga quloq sol, kichkina shayton, dedi u ovozini xavfli darajada pasaytirib.

— O‘zingni bos, aks holda ovozing…

Eve ayyorona jilmaydi, nigohini olib qochmadi.

— Aks holda nima?

Arkan bir zum jim qoldi. Nigohi Evening lablarida kerak bo‘lganidan bir necha soniya uzoqroq turdi.

— Sizni o‘pishimni xohlaysizmi?

Bu savol Arkanga elektr toki urgandek ta’sir qildi. U darhol o‘zini bosishga harakat qilib bir qadam orqaga chekindi.

— Chiq! Arkan birdan baqirdi, ovozi yana buyruq ohangiga qaytdi.

— Va ruxsatsiz kirishga yana jur’at etma!

Eve bir lahza sarosimada tushib qoldi. So‘ng yana o‘sha ayyor jilmayish qaytdi. U ataylab xotirjam harakat bilan ofis burchagidagi charm divanga borib o‘tirdi.

— Yo‘q, chiqmayman. Siz mening oldimda hisobotlarni ko‘rib chiqasiz.

U qulayroq joylashib, qo‘llarini yoniga tashladi.

— Men bu yerga yo‘laklarda sarson bo'lish uchun emas, balki siz menga “dars berishingiz” uchun keldim. Professional bo‘ling Janob Arkan. Ish - bu ish. Oramizdagi bu… elektr esa butunlay boshqa narsa.

Arkan ichida sabrini yig‘ishga urinib, chuqur nafas oldi. So‘ng selektor tugmasini bosdi.

— Xoseok, yonimga kel.

Eve beixtiyor kulib yubordi, divanga yanada qulayroq cho‘zildi.

— Qo‘rqmang… Bugun sizni tishlamayman. Hozircha.

Eshik jimgina ochildi. Xoseok qo‘lida bug‘lanayotgan qahva bilan ichkariga kirdi. U ostonadan o‘tishi bilan xonadagi keskinlikni darhol sezdi go‘yo ko‘rinmas chaqmoqlar uchayotgandek.

— Qahvangiz, dedi erkak ehtiyotkorlik bilan, stakanni stolga qo‘yarkan Arkanga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaramaslikka harakat qilib

— Xoseok, dedi Arkan sovuq ohangda papkaga ishora qilib.

— Bu stajyor olib kelgan hujjatlarni tekshir. Ishonchim komil, unda so‘zlardan ko‘ra xatolar ko‘proq. Hammasini oxirgi raqamgacha ko‘rib chiq.

Xoseok papkani olib, tezda sahifalarni varaqlay boshladi. Eve esa divanda qotib qoldi. Hatto o‘zi ham yarim soat ichida “Siri” yordamida nimalarni yozib chiqqanini aniq bilmasdi.
Sahifalar birin-ketin o‘girildi. Xoseokning qoshlari asta-sekin yuqoriga ko‘tarila boshladi.

— Arkan… dedi u hayrat bilan bosh ko‘tarib.

— Bu yerda hammasi mukammal. Grafiklar, tahlillar, hatto Gangnam uchun xavf prognozi ham bor… Bu professional darajadagi tahlilar. Bitta ham xato yo‘q.

Arkan bir zum qotib qoldi. So‘ng papkani tortib olib, o‘zi varaqlay boshladi. Uning yuzida ochiq hayrat paydo bo‘ldi. Kecha “armatura” so‘zini bilmagan qiz bir kechada bunday natijaga erishganiga ishonish qiyin edi.
Evening ichini mag‘rurlik to‘ldirdi. U og‘zini qo‘li bilan yopib, past ovozda pichirladi

— Men ham hayratdaman…
Texnologiya miyamdan tezroq rivojlanibdi. Rahmat, muqaddas sun’iy intellekt.

Arkan sekin papkani yopdi va stolga tashladi. So‘ng Evega qaradi. Nigohida bir lahza mag‘lubiyatga o‘xshash nimadir chaqnadi.

— Xo‘p, dedi u tishlarini g‘ijirlatib.

— Aytaylik, sen buni qilding.
Unigohini Xoseokka burdi.

— Bugun kechqurun rejalar qanday?
Xoseok planshetiga qaradi.

— Yaponiya delegatsiyasi bilan kechki ovqat soat yettida. Restoran band qilingan. Hammasi tayyor. Jisu xonim ham tashrifini tasdiqlagan. Bu oilaviy kechki ovqat, shuning uchun u albatta bo‘lishi kerak.

Jisuning ismi tilga olinishi bilan Evening yuzi o‘zgardi. Yangi paydo bo‘lgan g‘urur bir zumda yo‘qolib, o‘rnini alangali g‘azab egalladi.

— Yana u?! dedi qiz keskin.

— Aslida, Eve, dedi Xoseok boshining orqa tomonini silab.

— Sen ham borasan. Arkan seni stajyor sifatida kechki ovqatda qatnashishingni buyurdi. Agar savollar bo‘lsa, tarjima va hujjatlar bilan yordam berasan. Shuning uchun… tayyorlan.

Eve divandan sapchib turdi va allaqachon ishga sho‘ng‘ib ketgan Arkanga qaradi.

— Demak, men ideal juftlik yonida “xizmatkor” bo‘lamanmi? dedi u past, ammo zaharli ohangda.
U lablarini qattiq qisdi, ko‘zlarida chaqnash paydo bo‘ldi.

— Xo‘p, Arkan… Siz buni o‘zingiz xohladingiz mayli siz xohlagandek bo'lsin.

Eve o‘z kabinetiga bostirib kirdi eshik tutqichlari uzilib ketishiga sal qoldi.

Qiz g‘azabdan titrardi. Darhol Jen va Jakega videoqo‘ng‘iroq qildi.

— Bu qariya meni onamning oldida ofitsiantga aylantirmoqchi! deb baqirdi u do‘stlari ekranda paydo bo‘lishi bilan.

— Men shunchalik chiroyli ko‘rinishim kerakki, uning ko‘zlari qamashib ketsin, yaponlar esa yurak xurujiga uchrasin!

Eve sabrsizlik bilan qo‘lini silkidi.

— Hoziroq! Menga bu shahardagi eng jozibali kiyimni toping!

Do‘stlari bir-birining gapini bo‘lib, internet-do‘konlarni titkilay boshlashdi.

— Mana shu! dedi Jen va unga havola yubordi.

— Qora, nozik ipli kofta va kalta mini yubka. Oyoqlaringni juda yaxshi ko‘rsatadi.

— Uni qalin qora, dantelli, tizzadan baland etiklar bilan kiy, deya qo‘shimcha qildi qiz.

— Sen har qanday erkakning xavfli orzusiga o‘xshaysan.

— Darhol buyurtma bering! dedi Eve qat’iy.

— Kuryer orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ofisga yetkazishsin!

Ammo Arkan qizni bo‘sh qo‘yishni istamasdi. Har besh daqiqada Xoseok qo‘lida yangi qog‘ozlar to'plami bilan kirib kelardi

— Arkan sendan buni tekshirishingni so‘radi.

— Arkan senga buni tarjima qilishni buyurdi.

Soat ikkiga kelib, Eve charchoq va ochlikdan holdan toyib borardi. Qorni esa xuddi yarador hayvondek g‘uvullay boshladi.
Oxirgi papkani tugatgach, u gandiraklab Arkanning ofisiga yaqinlashdi. Bu safar qisqa taqillatib ichkariga kirdi. Shirin hid darhol burniga urildi.

Arkan stol ortida o‘tirardi. Uning oldida qalin sous bilan qoplangan suvli bifshteks va sabzavotli garnir bor edi.

Eve qattiq yutinib, qotib qoldi. Nigohi go‘sht bo‘lagiga qadalgandi.

— Mana, biz xodimlar eshakdek ishlaymiz, direktor esa xonasida bemalol ovqat yeyapti… deb pichirladi u, Arkan eshitmasligiga umid qilib.

Arkan boshini ham ko‘tarmadi. Erkak go'shtni pichoq bilan sokin kesishda davom etdi.

— Stolga qo‘y, dedi u qisqacha.
Eve papkani stolga urib qo‘ydi. Shu payt uning xoin qorni baland va cho‘zilgan ovoz chiqardi. Xonada noqulay sukunat cho‘kdi.
Arkan sekin bosh ko‘tarib, qizarib ketgan Evega qaradi.

— Yana vazifalar bormi?! dedi Eve qo‘pollik ortiga xijolatini yashirib.

— Tushlikka borishing mumkin dedi Arkan xotirjamlik bilan og‘ziga go‘sht solib.
Eve atrofga alangladi.

— Ha? Va oshxona qayerda? Men uni ko‘rmadim.
Arkan istehzo bilan qoshini ko‘tardi.

— Bu yerda restoran yoki klub qidiryapsanmi?

Eve uning likopchasiga ishora qildi.

— Lekin siz ovqat yeyapsiz! Men ham shuni xohlayman… aynan shuni.

Arkan xotirjam chaynadi, so‘ng lablarini salfetka bilan artib, qizga qaradi.

— Men buyurtma berdim. Sen xo‘jayin emassan. Nima yeyishing meni qiziqtirmaydi. Agar tushlikka chiqishni istamasang, qolib ishlayver bu sening tanloving.

Shu so‘zlardan keyin u telefonga qo‘l uzatdi, go‘yo Eve xonada yo‘qdek.
Eve chiqib ketish uchun o‘girildi. Qo‘li allaqachon eshik tutqichida edi. Ammo ochlik va g‘azab ustun keldi.
U birdan orqasiga o‘girilib, stol tomon tezlik bilan yurdi. Chekkada yotgan zaxira vilkani oldi-da, Arkan reaksiya qilishga ulgurmasdan, uni likopchadagi eng suvli bifshteks bo‘lagiga sanchdi. Keyingi lahzada go‘shtni og‘ziga soldi.
Arkan qotib qoldi. Telefon ushlab turgan qo‘li havoda muzlab qoldi.

— Nima qilyapsan?! dedi u zo‘rg‘a.
Eve go‘shtni bemalol chaynab, ko‘zlarini rohat bilan qisdi.

— Och odamning oldida ovqat yeyish madaniyatsizlik… hatto gunoh, dedi qiz kinoya bilan.

— Yoqimli ishtaha, xo‘jayin.
Eve Arkanning portlashini kutmay, g‘alaba nigohi bilan tezda xonadan chiqib ketdi.

Kuryer qutini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Evening qo‘liga topshirdi. U ofisiga kirayotganida, Arkanning eshigi ochildi. Arkan qo‘lqoplarini to‘g‘rilab, qimmatbaho atir hidi va sovuqqon ishonch bilan tashqariga chiqdi.

— Xoseok, sen Eve bilan alohida mashinada borasan dedi u hatto Evega qaramay.

— Tarjimonni ham unutma. Men Jisuni olib ketaman sizlarni restoranda kutaman.

Eve uning ortidan sukutda qarab qoldi.

— Jisuni olib ketaman…deb o‘yladi ichida.

— Qanday “g‘amxo‘r"
Qiz ofisiga kirib, eshikni qattiq yopdi. Yo‘lak devoridagi rasm ham qiyshayib ketdi.

Qirq daqiqadan so‘ng ofis eshigi yana ochildi. Ammo bu safar ichkariga oddiy stajyor emas go‘yo haqiqiy olov kirib keldi. Qora, nozik ipli kofta va mini yubka Evega ikkinchi teridek yopishib, har bir egri chiziqni aniq ta’kidlab turardi. Tizzadan baland qalin etiklar esa unga yanada dadil va buyruqboz qiyofa berardi.

Lift yonida turgan Xoseok so‘zsiz qoldi.

— Voy Xudoyim… deb pichirladi erkak Eveni boshdan-oyoq ko‘zdan kechirib.

— Sen shunday kiyimda hamkor yapon yigitlari bilan kechki ovqatga borasanmi? Arkan bizni shu yerning o‘zida menyuga qo‘shadi… shirinlik sifatida.

Shu payt ularga tarjimon uzun bo‘yli, kelishgan Soobin yaqinlashdi. Yigit Eveni ko‘rib, bir zum qotib qoldi. Nigohida qiziqish bilan birga ochiq hayrat ham bor edi.

— Soobin o‘zingni tut , dedi Xoseok keskin.

Eve esa buni payqab, faqat mayin jilmaydi. U ko‘ftasining etagini biroz to‘g‘rilab, ularga yaqinlashdi. Atirining yengil hidi darhol sezildi.

— Xo‘sh, ketamizmi? dedi qiz injiqlik bilan.

So‘ng Soobinga o‘girilib, jilmaydi

— Bugun men sizning yordamchingizmanmi? Birga tarjima qilamizmi?

Soobin jilmaydi, ovozini biroz pasaytirdi

— Shunday ko‘rinadi. Menimcha, bugun omadim keldi. Shunday sherik bilan tong otguncha ishlashga tayyorman.

Xoseok og‘ir xo‘rsindi.

— Ketdik… dedi u past ovozda.

— Menimcha, bu kechki ovqat tarixga muxirlnadi… eng katta janjal sifatida.

“Meelji” restorani. VIP zal.

Arkan, Jisu va yapon delegatsiyasi allaqachon stol atrofida o‘tirishgan edi. Janob Tanaka biznes haqida gapirar, uning o‘g‘li Yeojun esa zerikib menyuni varaqlardi.

— Arkan, sizning investitsiya strategiyangiz bizni hayratda qoldirdi, dedi Tanaka. Obro‘yingiz benuqson.

Jisu jilmayib Arkanning qo‘liga tegdi.

— Arkan har doim eng yaxshisini tanlaydi biznesda ham, shaxsiy hayotda ham.

Shu payt eshik ochildi.

Xoseok, Soobin va Eve kirib kelishdi.

Xona bir zumda jim bo‘lib qoldi.

Arkan qo‘lidagi stakan bilan qotib qoldi.

Nigohi Evega tushdi.

Qora kofta, ochiq yelkalar, qisqa yubka Eve bu ko‘rinishda sof vasvasaga o‘xshardi.

— Kechikkanimiz uchun uzr dedi Xoseok tezda.

— Bu stajyorimiz Eve. U tarjima va hujjatlar bilan yordam beradi.

Eve mushukdek nafis harakat bilan stolga yaqinlashdi va Yeojunning ro‘parasiga, Soobinning yoniga o‘tirdi.

— Jisu xonim, dedi Tanaka jilmayib qizingizni biznesga jalb qilganingiz juda yaxshi qaror. U oqshomning bezagi.

Jisu jilmaydi, ammo nigohi sovuqlashdi.

Yeojun esa endi Eve’dan ko‘z uzolmasdi.

— Men kechasi Seulni ko‘rsatadigan gid qidirayotgan edim, dedi yigit.

— Eve, bugun kechqurun men bilan chiqishga rozi bo‘lasizmi?

Eve sekin sochini qulog‘i ortiga tashladi va jilmaydi.

— Albatta, Janob Yeojun… Sizga unutilmas tun bo'lishini vada bera olaman.

Arkan ularga sovuq va keskin nigoh tashladi.

— Agar rahbarimiz ruxsat bersa dedi Eve qo‘shimcha qilib, bevosita Arkanga qarab.

Arkan javob bermadi. Faqat stakanni qattiqroq ushladi.

Bir ozdan so‘ng alohida xonada hujjatlar muhokama qilindi.

Xoseok va Soobin chiqib ketishgach, xonada og‘ir sukunat qoldi.

Arkan oynaga yaqinlashdi.

— Bu sening kiyinish uslubingmi? dedi u past ovozda.

— Qachon o‘z mavqeingga mos kiyinishni o‘rganasan?

Eve sekin unga yaqinlashdi.

— Nima muammo? dedi u pichirlab

— Axir kelishuv tezroq bo‘ldi. Yeojun mening jozibamga qarshi tura olmadi.

— Joziba? dedi Arkan sovuq kulib.

— Bu yerda faqat haddan tashqari ochiqlikni ko‘ryapman.

Eve yana yaqinlashdi. Barmog‘i bilan erkakning labiga yengil tegdi.

Arkan uni ushlamoqchi bo‘ldi, lekin Eve tezroq edi. Qiz tez va masxarali o‘pish qoldirib, darhol chekinib ketdi.

— Sizga yoqmagan narsani boshqalar qadrlashi mumkin dadajon dedi u sekin.

Arkan uni tirsagidan ushlab tortdi, ammo tashqaridan ovozlar eshitildi. Ular darhol uzoqlashishdi.

Asosiy zalga qaytgach, hamma narsa imzolashga tayyor edi.

— Bu kelishuv yangi bosqichni boshlaydi, dedi Tanaka.

— Xuddi shunday, dedi Arkan sovuqqonlik bilan.

Tadbir tugagach, hamma tashqariga chiqdi.

Eve biroz chetga chiqib telefoniga qaradi.

Yeojun sezdirmay uning yoniga kelib, qo‘lini beliga qo‘ydi.

Eve tanasidan sovuq o‘tganini his qildi.

Arkan buni ko‘rib qotib qoldi.

Ichida g‘azab yana alanga oldi.

— Boring, xursandchilik qiling dedi Jisu beparvo kulib.

Eve majburan jilmaydi.

Ichida esa g‘azab qaynardi.

Yeojun uning belidan qo‘lini olmasdan bosh irg‘adi

— Ruxsatingiz bilan.

Eve xayrlashib, Arkan tomonga qaramaslikka harakat qildi.

Arkan esa ularni jim kuzatdi.

Ko‘kragida og‘ir tuyg‘u paydo bo‘ldi g‘azab, egalik… va yana bir narsa. Lekin nima?

Tashqarida havo salqin edi.

Arkan qora mashinasiga o‘tirdi.

Shu payt u Evening Yeojun bilan boshqa mashinaga o‘tirganini ko‘rdi.

Mashina harakatga keldi.

Ular butunlay boshqa tomonga ketishdi.

Park Eve

Arkan

Soobin