𝗙𝗢𝗥𝗕𝗜𝗗𝗗𝗘𝗡 𝗙𝗥𝗨𝗜𝗧 | 𝗞𝗦𝗝
— Tur, mukammal-terminator! Sening “choling” allaqachon qamchilarini sayqallayotgandir!
Eve o‘rnidan sapchib turdi, choyshablarga deyarli o‘ralib yiqilay dedi. Poxmel boshiga bolg‘aday urildi.
— Ko‘zoynagim qani?! Ko‘z tomchilarim qani?! u xonada u yoqdan bu yoqqa yugurib, bir qo‘li bilan tor shimini kiyishga, ikkinchisi bilan tishini yuvishga urinardi.
— Eve, sen pidjakni teskarisiga kiyib olding! deb kuldi Jen,
Jake esa Evega bir litr muzdek suvni ustidan quyishni xohlardi.
Arkan kreslosida o‘tirar yuzi toshdek qotgan. Xoseok yonida turib, hujjatlarni varaqlardi.
— Demak, siz uni rostdan ham amaliyotga olishga qaror qildingizmi? Xoseok boshini chayqadi.
— Jin, nima qilayotganingizni tushunyapsiz -mi ? keyin buyer ishxona emas, haqiqiy jang maydoniga aylanadi.
Arkan soatga sovuq nigoh tashladi
— Agar u uch daqiqa ichida kelmasa, men shaxsan uni shahardan haydab yuboraman. Intizom birinchi o‘rinda…
Eshik shunday qarsillab ochildi-ki, go‘yo oyoq bilan urib sindirilgandek. Eve ofisga sakrab kirdi, deyarli Xoseokni oyoqlari bilan yiqitishiga oz qoldi.
Xoseok hayratdan titrab ketdi.
Arkan sekin boshini ko‘tardi. Eve og‘ir nafas olib, biroz yirtiq, lekin zamonaviy kostyumda va katta qorong‘i ko‘zoynakda turardi.
—Sen besh daqiqa kechikding, Arkanning ovozi muz kabi sovuq edi.
Eve yoqa tugmasini tuzatib, o‘zini qo‘lga olishga harakat qildi
— Bu… birinchi kunning hayajoni, shuning uchun shoshildim.
Arkan stulga orqaga cho‘zilib o‘tirib, barmoqlarini bir biriga birlashtirdi
— Yoki bu kechagi mastlikning oqibatimi?
— Biznesda har doim hushyor bo‘lish kerak…
Eve ko‘zoynagini burun uchiga biroz tushirdi va qizarib, lekin baribir jasur nigoh bilan qaradi. U tushundi, Arkan mehmonxonadagi o‘sha yigit haqida kinoya qilmoqda.
— Ha, bilasiz-da… Eve lo‘nda kulib javob berdi.
— Biz, yoshlar, kechalarni cho‘zib yuboramiz. Sizning esa hurmatli yoshingizni hisobga olsak, tabiiyki, ertaroq uxlayverasiz. Ishlaringiz tez tugasa kerak…
U mazmunli tarzda ko‘z qimirlatdi.
Xoseok vahimaga tushib, havo tiqilib qolgandek yo'taldi.
— E-e… boshliq, men… men ketaman… ishlarim bor, hujjatlarni… tayyorlay… dedi va xonadan raketa kabi chiqib ketdi, bu portlashni kuzatishni istamay.
Arkan sekin stoldan turdi, uning aurasi tahdidli edi. U «erkak kuchi»ga qilingan kinoyani tushundi.
— Biz bu yerga mening jinsiy imkoniyatlarimni muhokama qilish uchun to‘planmaganmiz, u past ovozda, Evegacha yaqinlashib dedi.
Eve orqaga chekinmadi. U teridagi charm divanga bemalol o‘tirib, oyog‘ini oyog‘iga qo‘ydi.
— Nega yo‘q? Agar xohlasangiz, buni ham muhokama qilamiz. Tajriba almashish, deylik.
Arkan unga yuqoridan pastga qaradi, ko‘zlarida xavfli chaqnashlar o‘ynardi
— Qo‘rqaman, bu masalada ham sening tajribang juda kam. Bu masalada ham stajirovka qilganing foydali bo‘lardi.
— O..o ..o… Eve cho‘zib dedi mushukcha tabassum bilan kulib
— Xo‘p, agar siz shaxsiy murabbiyim bo‘lsangiz… men mamnuniyat bilan bunday stajirovkaga rozi bo‘laman.
Arkan jag‘larini shunchalik qistiki, jag‘lari ajralib ketay dedi
— Yetar! Shou tugadi. Ishga kirish.
Eve unga qarab, chaqiruvchi nigoh bilan dedi
— Men aytgan edim: men hamma narsaga roziman, faqat sen yonimda bo‘lsang.
Arkan sekin unga qaradi, uning chaqiruvchi ko‘rinishining har bir detalini tekshirayotgandek. Ko‘zlarida sovuq tabassum chayqaldi.
— Yaxshi, muloyim, ammo qat’iy ovozda dedi u.
— Agar shunchalik tajriba olishni xohlasang, mening nazoratim ostida… bor, menga kofe olib kel. Espresso. Shakarsiz.
Eve qoshlarini ko‘tardi, yuzida to‘liq hayrat ifodasi bilan
— Nima?.. Kofe buni ishga nima aloqasi bor?
Arkan deraza yoniga borib, qo‘llarini orqasiga qo‘ydi.
— Hamma noldan boshlaydi, Eve. Sen o‘ylashingcha men ko‘zimni ochiboq shu kresloga o‘tirganman deb? Intizom va xizmat — birinchi bosqich.
Eve istehzoli kulgini tiyolmadi
— Rostdanmi? Men esa seni galstuk bilan birga tug‘ilgansan deb o‘ylagandim. Xuddi shunday… barcha tugmalari qadalgan.
Arkan keskin o‘girildi, uning nigohi jiddiy edi
Eve istamay divandan turdi, pidjakini to‘g‘rilab.
— Buyruqni bajaraman. Eng muhim boshliq uchun bitta espresso, deb o'qraydi va kabinetdan chiqib ketdi.
Qabulxonada u Xoseok bilan to‘qnash keldi, Xoseok uni achinish bilan kuzatayotgandi.
— Nega qarayapsan?! deb keskin javob berdi Eve.
— Eve.
— Men senga aytgandim-ku, uning asabiga tegmagin, deb xo‘rsindi Xoseok.
— U seni hozirning o'zida jahannamga yubora oladi.
Eve bu gaolarga e'tibor ham bermadi va uning gaoini tezda bo'ldi.
— Qayerda bu la’nati qahvani tayyorlaysizlar? Ko‘rsat!
Eve oshxonaga bostirib kirdi, bu paytda barista buyurtmalarni tayyorlayotgan edi.
— Hey, sen! Qoch, men Arkanga espressoni o‘zim tayyorlayman, Eve yigitni qo‘pol tarzda surib qo‘ydi.
— Kechirasiz, lekin janob Arkan maxsus maydalangan donani yoqtiradi, siz kofeni tamini buzib qo‘yishingiz mumkin… dedi xodim tortinib.
— Buzamanmi? Men?! Men Parijda qahva ichib o'tirganimda, sen hali ham maktabda o‘qiyotgan eding! Tur va jim bo‘l,
Eve qahva mashinasi bilan ovora bo‘ldi, barmoqlarini deyarli kuydirgan bug‘ga pichirlab.
— Jin ursin!
— Nega bu temir bunaqa issiq?!
Qora suyuqlikni zo‘rg‘a piyolaga to‘ldirib, Eve salfetka oldi va g‘olibona bosh ko‘tarib, ofisga yo‘l oldi.
Arkan stol yonida turib, telefon orqali yetkazib berish tafsilotlarini muhokama qilardi.
— Ha, men hisobotni kechgacha kutaman. Hech qanday bahona yo‘q…
Shu payt eshik ochildi. Eve mayin, mushuksimon yurish bilan ichkariga kirdi.
U Arkan band ekanini ko‘rdi va bu unga qo‘l kelardi. U stolga yaqinlashdi, nigohi mayinlashdi.
U piyolani Arkan oldiga qo‘yish uchun egilganda, qo‘lidan qog'oz salfetka “tasodifan” tushib ketdi. Salfetka sekin Arkaning oyoqlari yoniga tushdi.
Eve Jinning yuzidan ko‘z uzmay, sekin egila boshladi.
U buni shunday qildiki, tor shimdagi sonlari taranglashdi, orqasi esa nafis egildi. O‘rnidan turarkan, go‘yo bexosdan orqasi bilan Arkaning tizzasiga tegib, sekin uning oyog‘i bo‘ylab yuqoriga sirg‘aldi.
Arkan darhol jim bo‘lib qoldi.
Aloqadagi suhbatdoshi nimadir so‘rayotgandi, lekin Jin uni eshitmay qoldi.
U terisi orqali Eve tanasining issiqligini va uning beandaza, haddan tashqari yaqinligini his qildi. Uning tanasi tor tortilgan tor singari taranglashdi, telefonni siqib turgan qo‘li esa apparatni deyarli ezib yuboray dedi.
Eve tiklandi va Arkan bilan yuzma-yuz qoldi. Ularning orasida sanoqli millimetrlar qolgan edi.
— Qahvangiz, janob Arkan… deb pichirladi u, nafasida «Chanel» iforining yengil hidini va qahvaning mayin hidini sezdirib.
— Umid qilamanki, bu sizga yetarlicha kuch beradi?
Arkan go‘shakni sekin tushirdi, hatto qo‘ng‘iroqni uzmadi ham. Uning ovozi qo‘rqinchli darajada past va xirillagan bo‘lib chiqdi
— Kimligingni unutayapsan… Qayerda ekaningni eslatib qo‘yaymi?
Eve esa uning reaksiyasiga tikilib, shunchaki lablarini yaladi
— Oh, men juda yaxshi eslayman. Men stajirovkadaman. Va, chamasi, juda tez o‘rganayapman.
Arkan keskin o‘rnidan turdi, Eve beixtiyor ortga chekindi. Uning harakatlari yirtqichona va aniq edi. Telefon orqali suhbatni uzmasdan, u panoramali oynaga tomon yurdi, qizning borligini go‘yoki inkor etgandek, biroq tarang tortilgan yelkasidan Eve maqsadiga yetgani bilinib turardi.
— Ha, men shartlarni tasdiqlayman.
— Shartnoma kechgacha tayyor bo‘ladi, dedi u go‘shakka qisqa qilib va qo‘ng‘iroqni uzdi.
Eve esa Arkan “qizib ketganini” ko‘rib, g‘olibona jilmaydi. U loqayd qadam tashlab divan tomon bordi-da, bemalol cho‘zilib o‘tirdi va “o'gay ota”sining keng yelkasiga tikilib kuzata boshladi. U bilardi: Arkan ich ichidan allaqachon yorila boshlagan.
Shu payt kabinetga qo‘li papkalar va qandaydir qutilarga to‘la holda Xoseok kirib keldi. U avval Arkan tomonga, keyin Eve tomonga qaradi va og‘ir xo‘rsindi.
Arkan ortiga o‘girildi, yuzi yana muzdek niqobga aylandi.
— Nimaga kerilib o‘tiribsan? dedi u Evega tikilib.
— Xoseok, unga biror ish top. Tez.
Unga juda ko‘p bo‘sh vaqt berilsa, mutlaqo bema’nilik bilan shug‘ullana boshlaydi.
Eve esa noz bilan sochlarini tuzatdi
— Bema’nilikmi? Menga esa mening qahvam sizda juda chuqur ta’m qoldirgandek tuyuldi.
Arkan uning tomonga bir qadam tashladi va xonadagi havo go‘yo quyuqlashib ketdi.
— Sen bu yerga ish o'rganish uchun kelgansan, mushuk-sichqon o‘ynash uchun emas. Yana shunaqa chiqish qilsang, Jisuning iltimoslariga qaramasdan bu yerdan uchib ketasan.
Xoseok shoshilinch ravishda ularning orasiga kirdi
— Xo‘sh, Eve, tur. 40 daqiqadan keyin muhim direktorlar kengashi bor. Senga ish bor, konferensiya zalini tayyorlash kerak hisobotlarni joylashtirish, taqdimotni tekshirish va… u biroz tutilib qoldi,
— umuman olganda, yakuniy yig‘ilishda assistent bo‘lasan.
Eve Xoseokga xuddi telbaga qaragandek qaradi
— Menmi? Kostyum kiygan o‘sha qari marazmatiklar uchun qog‘oz tashib yuramanmi?
— Aynan shunday, qisqa qilib javob berdi Arkan.
— Bo‘ysunuvchi rolini o‘ttiz juft ko‘z qarshisida qanday uddalashingni ko‘ramiz.
Eve ko‘zlarini qisdi. Uning boshida reja pishib yetildi. Agar Arkan shuni xohlar ekan... bu bo'ladi!
Eve yugurib hojatxonaga kirib,tezda Jen bilan Jakega video qo'ng'iroq qildi
— U seni kukunga aylantirib tashlamadimi? dedi Jen.
Eve ko‘zlarini aylantirib, o‘z aksiga qarab turdi.
— Voy, Jen, vahima qilma… U shunchalik to‘g‘ri, shunchalik “toza”ki… hatto ko‘ngil ayniydigan darajada tartibli.
Unga ozgina tartibsizlik zarar qilmaydi. Aytgancha, Jake tirikmi o‘zi?
— Tirik, tirik. Men faqat tasavvur qilyapman: direktorlar kengashida hisobot tarqatyapsan. Qog‘ozlarni ataylab teskari tutib, pastroq egilish uchun bahona qilasan, to‘g‘rimi? dedi Jake kulib.
— Aynan shunaqa reja, azizim, Eve ko‘zini qisib, aksiga ko‘z qisdi.
— Arkan meni “itoatkor stajyor” bo‘lishimni xohlaydimi? Mayli. Men bu kompaniya tarixidagi eng “ta’sirli” assistent bo‘laman.
— O‘ylab ish qil, jiddiy aytyapman, dedi Jen past ovozda.
— Arkan kabi odamlar yutqazishmaydi. Ular shunchaki o‘yin qoidalarini o‘zgartiradi!
— U seni yer bilan bitta qilib tashlaydi.
Jenning ovozi kulgudan keyin jiddiylashdi.
Eve labidagi yaltirashni tekislab, oynaga yaqinroq egildi. Uning ko‘zlarida o‘sha tanish chaqnash bor edi sen aytganingdek, tez moslashadi, lekin tez soviydigan odamning sovuq o‘yini.
— Men faqat o‘yin qoidalarini o‘zgartiryapman.
U telefonni o‘chirib, yoqasini yana bir marta to‘g‘riladi. Ko‘ylak haqiqatan ham biroz ochiq edi yo'q bu ataylab ochiq qoldirilgan edi.
Bugungi “rasmiy” yig‘ilish sahnaga aylanadi. Va Eve sahnalarni boshqarishni yaxshi ko‘radi.
— Sahna vaqti keldi, dadajon deb pichirladi u va hisobotlar dastasini olib, majlislar zaliga yo‘l oldi.